{"id":118169,"date":"2024-05-09T11:33:29","date_gmt":"2024-05-09T08:33:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118169"},"modified":"2024-05-09T11:33:32","modified_gmt":"2024-05-09T08:33:32","slug":"peru-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/peru-2\/","title":{"rendered":"Peru"},"content":{"rendered":"\n<p>Peru (Peru), Peru Respublikasi (Republika del Peru) \u2014 Jan. Amerika- ning g&#8217;arbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 1 mln. 285,2 ming km2. Axoliey 27,9 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Lima sh. Ma&#8217;muriy jiqatdan 25 departament (departamento) ga bulinadi. Davlat tuzumi. P. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1993 y. 29 dek. da qabul qilingan, unga 2000 y.da tuza- tishlar kiritilgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (2001 y.dan Alexandro to- Ledo Manrike), u to&#8217;g&#8217;ri va yashirin ovoz berish nuli b-n 5 y. muddatga sailanadi. Prezident ketma-ket ikkinchi muddatga kayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kon- gress (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar ken- gashi amalga oshiradi. Prezident Vazir- lar Kengashining raisi va uning tavsiya- siga binoan vazirlarni tayinlaydi. Tabiati. Sohil qismi eni 80-180 km li tekislik (Kosta), markazi tog&#8217;lik (Serra) va sharqi sernam o&#8217;rmonli tog&#8217;oldi (Selva). P. maydonining 1\/3 kismiga yaqini tog&#8217;. Peru and tog&#8217;lari bo&#8217;ylama vodiylar orqali G&#8217;arbiy, Marka- ziy va Sharqiy Kordilera tizmalariga bo&#8217;linadi. Eng baland joyi 6768 m (ua- skaran tog&#8217;i). Jan.da Puna yassitog&#8217;ligi bor. Neft, mis, polimetall, uran ruda- lari, kumir, tabiiy gaz konlari topil- gan. P. hududining katta qismi iqlimi \u2014 ekvatorga xos va tropik. Yil davo- mida o&#8217;rtacha t-ra sohilda 15-25\u00b0, shim. dagi yassitog&#8217;liklarda 12-16\u00b0, Jan.da 5-9\u00b0, tekislikda 24\u2014 29\u00b0. Yillik yog&#8217;in tog&#8217;larda 1000 mm, Selvada 3000 mm gacha. Ko&#8217;p daryolari (Maranon, Ukayali) Amazonka havza-siga mansub. Yirik ko&#8217;li \u2014 Titikaka. Sohili va tog&#8217;yon bag&#8217;irlari butazor va kaktuszor. Tog&#8217;larning Sharqiy yon bag&#8217;ri va tekisliklar doim yashil tro- pik o&#8217;rmonzor. Hayvonot dunyosi xilma-xil: yaguar, tulki, Puma, turli qushlar, sudralib yuruvchilar, guanako, vikunya, maymun, chumolixo&#8217;r, yalqov, tapir va h.k. Daryo va ko&#8217;llarida baliq ko&#8217;p. Milliy bog&#8217;lari \u2014 Manu, Serros-de-Amotane va b. Aholisining yarmiga yaqini kechua, aymara indeyslari, qolganlari Peru-an- lar (ispan-indeys metislari). Rasmiy tillar \u2014 ispan, kechua, aymara tillari. Dindorlarning aksariyati \u2014 katolik. Shahar aholisi 72%. Yirik shaharlari: Lima, Kalyao, Arekipa, Truxilo, Chi- klayo, Kusko. Tarixi. P. hududi qad. Zamonlarda inklarning Tauantinsuyu davlati tarki- biga kirgan. 1532-36 y.larda ispan kon- kistadorlari bu davlatni bosib oldi. 1543 y. P. Ispaniyaning vise-qirolligi deb e&#8217;lon qilindi va erlar ispan mu- stamlakachilari o&#8217;rtasida bo&#8217;lina bosh- ladi. 1780-83 y.larda in-deyslar Tupak Amaru rahbarligida qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tardi. Amerikadagi ispan mustam- lakalarining mustaqillik yo&#8217;lidagi urushlari (1810-26) davomida 1821 y. P. mustaqilligi e&#8217;lon qilindi. 1822 y. P. Respublikasi tuzildi va birinchi kon- stitusiya qabul etildi. 1825 y. mamla- katning Jan.-Sharqiy qis-mi \u2014 yuqori P. mustaqil Boliviya Respublikasi deb atala boshladi. 19-a.ning 30-y.lari oxi- ri \u201440-y.lari boshida konservatorlar b-n liberallar o&#8217;rta-sida hokimiyat uchun kurash avj oldi. P.ning Chili b-n uru-shi (1879-83) oqibatida mamlakat o&#8217;z hududining bir qismidan mahrum bo&#8217;ldi. l-jahon urushi vaqtida P. betaraf tur- Di. 1933 y. qabul etilgan Konstitusiya- da prezident \u2014 parlament idora usuli belgilandi. 2-jahon urushi vaqtida P. hukumati 1945 y. Germaniya va Yaponiyaga urush e&#8217;lon qildi. 1948-56 y.larda hukmronlik qilgan diktatorlik rejimi mamlakatdagi fuqarolar erkinligini tugatdi. Meh- natkashlarning noroziligi kuchayib, hukumatga qarshi keng ko&#8217;lamli hara- katga aylandi (1950 y. Arekipa sh.dagi qurolli qo&#8217;zg&#8217;olon, 1954-55 y.lardagi ish tashlashlar va b.). 1956-62 y.da mamlakatni idora qilgan hukumat demok-ratik erkinliklarni tikla- Di. 1963 y. hokimiyat tepasiga chiqqan hukumat islohot dasturini e&#8217;lon qilgan bo&#8217;lsada, aslida xalq manfaatlariga zid yo&#8217;l tutdi. 1968 y.dagi harbiy to&#8217;ntarish natijasida hokimiyatni qo&#8217;lga olgan harbiylar iqtisodiy va siyosiy mus- taqillik uchun kurash boshladi, tashqi siyosatda mustaqil yo&#8217;ldan bordi. 1980 y. o&#8217;tkazilgan umumiy saylov yakunida hokimiyat fuqaro hukumatiga topshiril- Di, mamlakatda konstitusiyaviy idora usuli tiklandi. 1992 y. apr.da 1980 y.gi Konstitusiya bekor qilin-Di, parlament tarqatib yuborildi. 1993 y. yangi kon- stitusiya qabul etildi. 2001 y. 3 iyunda bo&#8217;lib o&#8217;tgan ovoz berishning ikkinchi davrasi yakunida &#171;Peruning kelajagi uchun&#187; partiyasining rahbari Alexandro Toledo Manrike prezident etib saylan- Di. P. \u2014 1945 y.dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR Su- verenitetini 1991 y. 19 dek.da tan olgan va 1999 y. dek.da diplomatiya munosabat- lari o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 28 iyul \u2014 Mustaqillik kuni (1821). Asosiy siyosiy partiyalari va kasa- ba uyushmalari. &#171;Peruning kelajagi uchun&#187;, siyosiy partiya; Xalq harakati partiyasi, 1956 y. asos solingan; Xalq- xristian partiyasi, 1966 y. tuzilgan; P. Aprist partiyasi, 1924 i. Tashkil etilgan; P. kommunistik partiyasi, 1928 y. asos solingan; P. uchun ittifoq partiyasi, 1994 y. tuzilgan; xristi- an-demokratik partiya, 1956 y. Tashkil etilgan. P. mehnatkashlari umumiy kon- federasiyasi, 1929 y. tuzilgan; P. meh- natkashlari Birlashgan kasaba uyushma markazi, 1992 y. tashkil etilgan. Xo&#8217;jaligi. P. \u2014 konchilik va kayta ishlash sanoati nisbatan rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda konchilik sanoatining ulushi 10,7%, qayta ishlash sanoatining ulushi 21,5%, qishloq va o&#8217;rmon xo&#8217;jaligining ulushi 13,2%. Qishloq xo&#8217;jaligida faol aqolining 40% band; dehqonchilik \u2014 etakchi tarmoq. Mamlakat hududining 3% ga ekin ekiladi, 91% o&#8217;tloq va yaylov. Eksport uchun shakarqamish, paxta, kofe, tsitrus mevalar, kakao, choy, tamaki, koka bar- gi etishtiriladi, ichki iste&#8217;mol uchun sholi, makkajo&#8217;-xori, bug&#8217;doy, arpa, ma- niok, oq jo&#8217;xo-ri, kartoshka, loviya va b. ekiladi. Go&#8217;sht va jun beradigan chorva- chilik rivojlangan: qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y, ot, shuningdek, Lama, alpaka boqiladi, baliqchilik rivojlangan. Ovlangan baliqning ko&#8217;p qismidan un va baliq yog&#8217;i ishlab chiqariladi. Sanoati da turli foyda- li qazilmalarni qazib olish katta ahamiyatga ega. Jahon bozorida P. vis- mut, surma, molibden, volfram, simob, selen, tellur etkazib berishda salmokli urin oladi. Shu metallarning asosiy qismi Oroya sh.dagi polimetall k-ti va Chim-Bote sh.dagi metallurgiya k-tida eri-tiladi. Talara, La-Pampilyadagi va Lima yaqinidagi z-dlar yiliga 8,5 mln. tonna neftni qayta ishlaydi. Oziq- ovqat va to&#8217;qimachilik tarmoklari rivoj- langan. Mashinasozlik (shu jumladan, kemasozlik va avtoyig&#8217;uv), kimyo, rezina, tsellyuloza-qog&#8217;oz, ko&#8217;n, poyab-zal, tikuv- chilik sanoati korxonalari bor. Yiliga o&#8217;rtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transporti. Temir yo&#8217;llar uz. \u2014 3,5 ming km, avtomobil yo&#8217;llari uz. \u2014 70 ming km. Dengiz savdo flotining ton- Naji 616 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari \u2014 San-Nikolas, Kalyao, tala- ra, Chimbote. Tashqi savdosi . P.dan chetga mis, ku- mush, qo&#8217;rg&#8217;oshin, rux, temir ruda, neft va neft mahsulotlari, kofe, qand- shakar, baliq mahsulotlari, paxta tola- si, jun va b. chiqariladi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, chala tayyor mahsulotlar, qurilish materiallari, keng iste&#8217;mol mollari kel-tiriladi. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Lotin Amerikasi mamlakatla- ri b-n savdo qiladi. Pul birligi \u2014 yangi sol. Maorifi, ilmiy va madaniyma&#8217;ri- fiy muassasalari. Bolalar 6 yoshgacha bog&#8217;chada tarbiyalanadi. 9 y.lik yagona va bepul umumiy ta&#8217;lim joriy etilgan. Davlat maktabi b-n birga xususiy va cherkov maktablari ham bor. 9 y.lik MAK- Tab umumiy ta&#8217;limdan tashqari meqnat ta&#8217;limi xam beradi. Kechua in-deyslari ona tilida o&#8217;qitiladi. Tijo-rat, hunar- texnika, ped. va b. o&#8217;rta o&#8217;quv yurtlari mavjud. 33 un-t bor; yiriklari: Lima- da &#171;Sanmarkoe&#187; Milliy un-ti (1551 y. asos solingan), Milliy muxandislik un-ti (1955), Arekipada &#171;San-Agustin&#187; Milliy un-ti (1828) va b. Ilmiy muas- sasalari: Milliy tib-biyot akademiyasi (1884), P. til akade-miyasi (1887), Lima geogr. jamiyati (1888), P. atom energiyasi in-ti (1945), boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim tajriba in-ti (1940), P. dengiz in-ti (1964) va b. Limada Milliy kutubxona (1821), &#171;San- markoe&#187; un-ti va Milliy muhan-dislik un-tining kutubxonalari, Milliy tarix muzeyi (1921), P. mada-niyati milliy mu- zeyi (1946), antropologiya va arxeologiya muzeyi (1938), &#171;Xaver Prado&#187; muzeyi va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi va te- leko&#8217;rsatuvi. Yirik gaz. va jur.lari: &#171;Komersio&#187; (&#171;savdosotiq&#187;, kundalik gaz., 1839 y.dan), &#171;Oxo&#187; (&#171;diyda&#187;, kun- dalik gaz., 1968 y.dan), &#171;Peruano&#187; (&#171;Pe- Rulik&#187;, hukumatning kundalik gaz., 1825 y.dan), &#171;Republika&#187; (&#171;Respublika&#187;, kun- dalik gaz., 1982 y.dan), &#171;Unidad&#187; (&#171;bir- lik&#187;, kundalik gaz., 1956 y.dan), &#171;eks- preso&#187; (&#171;tezkor&#187;, kundalik gaz., 1961 y.dan), &#171;ekstra&#187; (kundalik kechki gaz., 1964 y.dan); &#171;Alerta agraria&#187;, (q.x. ma- salalarini yorituvchi oylikjur., 1987 y.dan) , &#171;oyga&#187; (&#171;tin-glang&#187;, haftalik jur., 1963 y.dan). Axen-Sia de Notisias Andina milliy axborot agentligi 1981 y.da tuzilgan. Bosh aloqa boshqarmasi radio va televide-nieni nazorat qiladi. &#171;Radio Nasional del Peru&#187; hukumat Mahkamasiga 1937 y. asos solingan. Teleko&#8217;rsatuvlar 1958 y.dan olib bori- ladi. Adabiyoti ispan, kechua va aymara til- larida. Azaliy xalq og&#8217;zaki ijodiyo-ti boy. Kechua tilidagi &#171;Olyantay&#187; xalq dramasi mustamlaka davridan avval- gi eng muhim adabiy yodgorlikdir (bu asar matni 18-a.da qayta ishlanib, 1853 y.da nashr etiddi). Mustamlaka davrida yara-tilgan tarixiy voqealar bayoni is- Pan tilidagi adabiyotga asos soldi. Ink Garsilaso de la Veganing &#171;Inklarning shohona sharhlari&#187; kad. tarix va mada- niyatga oid asosiy manbadir. 17-18-a. larda risarlikni tarannum etadigan, shuningdek, diniy-falsafiy, ma&#8217;ri- fiy she&#8217;riyat va Nasr rivojlandi. Xalq ijodiyotida esa ispanlarga karshi Kay- fiyat ifodalandi. 19-a. oxiri \u201420-a. boshlarida M. Melgar ijo-dida ispan kitobiy she&#8217;riyati b-n in-deys folklo- ri an&#8217;analari birlashib ketdi. &#171;Peru rivoyatlari&#187; degan 12kismli salmokdi asar yaratgan R. Palma P. adabiyotini yanada rivojlantirdi. Mus-taqillik e&#8217;- lon qilingandan so&#8217;ng adabiy hayot jon- landi, milliy teatr uchun satirik asar va komediyalar (F. Par-do-ialyago va M. Asensio Segura) yozildi. 20-a. boshi ada- biyotida modernizm, simvolizm, 1-jahon urushidan keyin avangardizm oqimlari rasm bo&#8217;ldi. 2-jahon urushi davrida va undan keyin S. Alegriya, X. M. Arge- Dasning tanqidiy romanlarida, X. R. Ri-beyro, E. Kongrayns Martinning sha- har qashshoqlari hayotini tasvirlovchi hikoyalarida o&#8217;tkir ijtimoiy muammo- lar ko&#8217;tarildi. 70\u2014 90-y.larda shoir- lardan V. Delgado, A. Romualdo, X.G. Rose, dramaturglardan X. Rios, E. So- lari Sueyn, shoir M. Vargas Losa xalq turmushi va orzu-is-taklarini haqqoniy yoritdilar. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. P. madaniyati \u2014 Lotin Amerikasidagi eng qad.laridan biri. Mil. AV. 10-8-a.lar- da madaniy markazlar mavjud bo&#8217;lgan. Badiiy hunarmandchilik buyumlari (jun va ipdan to&#8217;qilgan kashtali gilamlar, oltin, kumush haykalchalar, metall, so- Pol, zarang idishlar va b.) bizning dav- rimizgacha saqlangan. Mus-tamlakachilik tartiblari qad. san&#8217;at rivojiga xalaqit berdi. P.da saqlanib qolgan qad. Shaharlarda to&#8217;g&#8217;ri burchakli kvartallar, tor ko&#8217;chalar, qo&#8217;rg&#8217;onlar (Machu-Pikchu, Saksauaman), qabristonlar, saroylar, ibodatxonalar, diniy marosimlar o&#8217;tkaziladigan Amfi- teatrlar, pog&#8217;onali ehromlar bo&#8217;lgan. 16- a. 2yarmi va 17-a. 1yarmidan to&#8217;g&#8217;ri ko&#8217;chali yangi shaharlar, yirik shaharlarda eV- ropacha uslubda cherkovlar bunyod etildi (17-a. 2yarmi va 18-a.da barokko, 19-a. da klassisizm uslublarida), uylarning ichki tomonini bezashga e&#8217;tibor beril- Di. 19-20-a.larda turli uslubda imo- ratlar qurildi. M. Pikeras Kotoli, E. Seoane Ros, L. Miro Kesada Garland singari me&#8217;morlar &#171;yangi perucha uslub&#187; yaratdilar. Lima sh., Ankon kurorti va b. qayta qurildi. 19-a.da zamonaviy rassomchilik ri- vojlanib, I. Merino, F. Laso, K. Baka Flor, D. Ernandes kabi rangtasvirchilar etishdi. 20-a. rassomlaridan X. Sabo- gal, X. Kodesido, xaykaltaroshlaridan K. Sako, I. Poso va b.lar o&#8217;z asarlarida xalq hayotini, indeyslar turmushini aks ettirdilar, qad. san&#8217;at an&#8217;analarini rivojlantirdilar. P. tasviriy san&#8217;a- tida kubizm, ekspressionizm, abstract san&#8217;at keng tarqaldi. Xalk, san&#8217;ati- da geometrik shakllar hosil qilib gul to&#8217;qiladigan yomg&#8217;ir po&#8217;shlar, sopol idish, haykalchalar, qadama naqsh tushirilgan idish va bu-yumlar yasash rivoj topgan. Musiqasi. Qad. inklar musiqasi pen- tatonikaga asoslangan bo&#8217;lib, diniy, harbiy, saroy va xalq musiqasidan ibo- rat. Diniy madhiyalar (xayl), tarixiy ri- voyat qo&#8217;shiklari (taki), marsiya (uan-ka) va lirik qo&#8217;shiqlar (aravi) kabi musiqiy janrlar, raqslar (uayno, kaiua, karuyo) rivojlangan. Cholg&#8217;u as-boblari: uankar, tinya kabi barabanlar, anata, kena, tarka kabi puflab chalinadigan sozlar, erke, aykori kabi karnay va b. keng tarqalgan. Bular kechua va aymara indeyslarining madaniy merosiga xos bo&#8217;lsa, kreol xalq musiqasida ispan musiqiy madaniyati- ning ta&#8217;siri seziladi. Kreollarning asosiy musiqa asboblari gitara va Arfa- dir; 19-20-a. kompozitorlaridan X. B. Al-sedo, X. M. Vale Riestra, O. Polar, M. Agirre, P. Chaves Agilarni ko&#8217;rsatish mumkin. Zamonaviy kompozitorlar ora- sida A. Gevara Ochoa alohida ajralib turadi. Limada milliy konservatoriya, Filarmoniya jamiyati, munisipal teatr, Milliy simfonik orkestr bor. Teatri. Inklar davlati tashkil to- pishi b-n P. teatr san&#8217;ati rivojlana boshladi. Qad. teatr tomoshalarining bir necha turi mavjud bo&#8217;lib, ular mu- siqa jo&#8217;rligida, xor bo&#8217;lib ashula ay-tib ijro etilgan. Kechua tilidagi &#171;olyan- tay&#187; xalq dramasi mashhur bo&#8217;lgan. 1548 y. birinchi dunyoviy tomosha ko&#8217;rsa- tilgan. 17-a.da J. Lelio, G. del Rio truppalari Shuhrat qozongan. 1680 y. Limada &#171;prinsipal&#187; teatri qurildi. &#171;Koliseo de komediya&#187;, &#171;komediya na- Sonal&#187; va b. teatrlarda P.lik taniqli aktyorlar T. Miranda, E. Peres va b. eti- shib chikdi. 20-a.ning 60-y.laridan turli shaharlarda teatr festivallari o&#8217;tkazila boshladi. Limadagi M. A. Se-Gura tea- tri, havaskor aktyorlarning &#171;La Kaba- nya&#187; truppasi P. dramaturglarining pesalarini sahnalashtiradi. Aktyorla- ri: L. Arrista, E. Samorano, D. Paredes va b. mashhur. Teatrlar uchun kadrlar Li- madagi Milliy drama san&#8217;ati in-tida tayyorlanadi. Kinosi tarixi 1913 y.dan boshlan- gan. Shu yili birinchi film suratga olingan. 20-a.ning 30-y.larida milliy ki-nematofafiya shakllandi, Limada bi- rinchi kinofirma vujudga keddi. Keyin- gi yillarda A. Robles Godoy &#171;Selvada yulduzlar yo&#8217;q&#187;, &#171;ko&#8217;k devor&#187;, &#171;Sarob&#187;, &#171;Uayanaydagi voqea&#187; filmlarini yaratdi. &#171;Erning kuchi&#187; (rej. B. Arias), &#171;Ton-Gdagi ajal&#187; (rej. F. Xose Lombar- Di) filmlari ham dunyo yuzini ko&#8217;rdi. X. Uako, S. Vilyanueva, E. Nisimai, E. Chambining hujjatli filmlarida in- deyslar turmushining o&#8217;tkir shktimoiy muammolari ko&#8217;tarilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Peru (Peru), Peru Respublikasi (Republika del Peru) \u2014 Jan. Amerika- ning g&#8217;arbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 1 mln. 285,2 ming km2. Axoliey 27,9 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Lima sh. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/peru-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118169","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118169","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118169"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118169\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118178,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118169\/revisions\/118178"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118169"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118169"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118169"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}