{"id":119030,"date":"2024-05-09T14:22:08","date_gmt":"2024-05-09T11:22:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=119030"},"modified":"2024-05-09T14:22:31","modified_gmt":"2024-05-09T11:22:31","slug":"pleonazm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pleonazm\/","title":{"rendered":"Pleonazm"},"content":{"rendered":"\n<p>Pleonazm (Yun. pleonasmos \u2014 ortiqchalik) \u2014 bir xil yoki sinonimik ifoda vositalarining (til birliklari- ning) semantik jihatdan takror holda qo&#8217;llanishi. P. tejamlilik prin-tsipiga zid hodisadir. Biroq shunga qaramay u uslubiy vazifa bajarishga asoslanadi. Pleonastik qo&#8217;llanish uchun shakliy ta- kror asosiy mezon bo&#8217;la olmaydi, balki mavjud ma&#8217;noning qay-ta takrorlanishi asosdir. Nutkda takrorlanayotgan bir- liklarning turi (qo&#8217;shimcha, so&#8217;z, gap)ga qarab, P.ni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Leksik P.lar; 2. Semantik P.lar; 3. Affiksal P.lar; 4. Leksik-af- fiksal P.lar. 5. Sintaktik P.lar. Agar sinonim yoki semantik jihatdan yaqin bo&#8217;lgan so&#8217;zlar leksik birlik sifa- tida birikib, o&#8217;zaro aniklovchi \u2014 ani- klanmish munosabatida bo&#8217;lsa, ular lek- sik P.lar hisoblanadi: ko&#8217;tshak it, tuz namak, interval oralig&#8217;i, mayda mikro- blar kabi. Bunday tavtologik xarakter- dagi P.lar ko&#8217;pincha o&#8217;zlashma so&#8217;zning ma&#8217;nosini to&#8217;la anglamaslik yoki hisobga olmaslik natijasida unga shu so&#8217;zning O&#8217;zbekcha sinonimini qo&#8217;shish tufayli vujudga keladi. Ba&#8217;zi leksik P.larda aynan bir tushunchaning takrori mav- jud bo&#8217;lsada, o&#8217;zlashma so&#8217;z semantikasi- da ma&#8217;no siljishi ro&#8217;y beradi: bosh-oyoq sarpo (forscha &#171;sar-po&#187; \u2014 bosh-oyoq), lahm go&#8217;sht (Arab. &#171;lahm&#187; \u2014 go&#8217;sht). O&#8217;zbek tilida semantik P. ham keng tarqalgan: oyoq b-n tepmoq, ko&#8217;z b-n ko&#8217;rmoq, qari chol, maxfiy sir kabi (te- pish oyoq orqali, ko&#8217;rish ko&#8217;z orqali so- dir bo&#8217;lishi; chol bo&#8217;lgach, uning qariligi, sir bo&#8217;lgandan keyin maxfiyligi aniq narsa). Mazkur misollardagi semantik ortiqchaliklar nutkda ta&#8217;sirchanlikni, ta&#8217;kidni oshirish maqsadlariga xizmat qiladi. Affiksal P.lar qo&#8217;shimchalarning takrorlanishi natijasida vujudga ke- ladi: kuylashaylikkuylaylik, Ko&#8217;kim- tirroq (-imtir va roq), singlisi (-i va -si) va b. Leksik-affiksal P.larda o&#8217;zak-negiz anglatgan ma&#8217;no qo&#8217;shimcha orqali yana takror ifodalanadi. Mas, to&#8217;qayzor, o&#8217;rmonzor so&#8217;zlarining o&#8217;zagida o&#8217;rin ma&#8217;nosi ham, jamlik ma&#8217;nosi ham anglashiladi. Kulolchi, omborxo- na, yotoqxona so&#8217;zlarida ham pleonastic qo&#8217;llanish kuzatiladi. Bunday hollarda pleonastik qo&#8217;llanishga hojat yo&#8217;q. Til doimo o&#8217;ta aniqlikka intilar ekan, unda ortiqchalikning yuzaga kelishi tabiiy- dir. Ortiqchaliklar esa ko&#8217;pincha uslubiy vazifa uchun xizmat qiladi. Tavtologiya ham P.ning bir ko&#8217;rinishi hisoblanadi. Ne&#8217;mat Mahkamov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pleonazm (Yun. pleonasmos \u2014 ortiqchalik) \u2014 bir xil yoki sinonimik ifoda vositalarining (til birliklari- ning) semantik jihatdan takror holda qo&#8217;llanishi. P. tejamlilik prin-tsipiga zid hodisadir. Biroq shunga qaramay u uslubiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pleonazm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-119030","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119030","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=119030"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119030\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":119051,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119030\/revisions\/119051"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=119030"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=119030"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=119030"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}