{"id":119938,"date":"2024-05-09T17:51:29","date_gmt":"2024-05-09T14:51:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=119938"},"modified":"2024-05-09T17:51:42","modified_gmt":"2024-05-09T14:51:42","slug":"milliy-ittihod","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/milliy-ittihod\/","title":{"rendered":"&#171;Milliy Ittihod&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;Milliy Ittihod&#187;, &#171;Ittihodi taraqqiy&#187; \u2014 Turkiston jadidlari to- monidan tashkil etilgan yashirin tash- kilot (1920-25) Munavvarqori va sa- driddinxon Sharifxo&#8217;jaev tashabbusi b-n Toshkentda tuzilgan. &#171;Turk adam markaziyat (federalistlar) firqasi&#187; (1917 y., iyul) &#171;Ittihod va taraqqiy&#187; (&#171;Ittihodi taraqqiy&#187;, 1917\u2014 20) yashi- rin tashkilotlari asosida tashkil top- gan. &#171;M. i.&#187;bolsheviklar rejimiga qarshi kurashda sovet muassasalarida xizmat qilayotgan milliy rahbar xodim- larga tayangan va o&#8217;z oldiga Turkistonda milliy mustaqil davlatni barpo etish- ni bosh maqsad qilib qo&#8217;ydi. &#171;M. i.&#187;ning o&#8217;zagini o&#8217;z Vatanining mustaqil bo&#8217;lishi yo&#8217;lida kurashga tayyor bo&#8217;lgan taraqqiyparvar ziyolilar tashkil etdilar. &#171;M. i &#187; tashkiloti faoliyati- da Munavvarqoridan tashqari, T. Jonuzoqov, Ashurali Zohiriy, U. Asadullaho&#8217;jaev, Sayd Ahroriy, S. Sharifxo&#8217;jaev, Salimxon Tillaxonov va b. muhim rol o&#8217;ynashdi. 1920 y.dan bosh- lab tashkilotning Toshkent, Farg&#8217;ona, Samarqand, Buxoro va Xorazm sho&#187;balari tashkil qilindi. 1920 y. noyab.da Munav- varkrrining Buxoroga borishi va Buxo- ro Xalq Sovet Respublikasi maorif nozirligida vaqf bo&#8217;limi mudiri vazi- fasida ishlashi b-n tashkilot markazi Toshkentdan Buxoroga ko&#8217;chdi. Buxoroda 5 kishidan iborat Markaziy qo&#8217;mita tashkil qilinib, unga Sa&#8217;dullaxo&#8217;ja Tursunxo&#8217;jaev, Abduqodir qush-Begiev va b. kiritiladi. Tashkilot qayta tu- zilib, uning yangi dasturi va nizomi ishlab chiqiladi, muxri tasdiqlanadi. Munavvarkrri Toshkentda GPU tomo- nidan qamoqqa olingach (1921 y. 30 mart \u2014 1 dek.), ma&#8217;lum muddat tashkilot FA- oliyatida qatnashmadi. Yosh buxoroliklar firqasining sobiq a&#8217;zolari (Fitrat, Otaulla Xo&#8217;jaev, Mukammil Burxonov, A. Muhiddinov, Usmon Xo&#8217;ja, Muin- jon Aminov, Porso Xo&#8217;jaev va b.) &#171;M. i.&#187;tashkiloti faoliyatida ishtirok qildilar. Validiyning Buxoroga keli- shi va Turkiston milliy birligi tash- kiloti tuzilishi b-n (1921 y. avg.) &#171;M. i.&#187;faoliyati yanada kuchaydi. Keyinchalik Cho&#8217;lpon, S. Mirjalilov, O. Maxmudov, Toshpo&#8217;latbek Norbo&#8217;tabekov, Bekjon Rahmonov ham tashkilot faoliyatiga yaqindan yordam berdilar. &#171;M. i.&#187;tashkilotining shu vaqtdagi asosiy maqsadi Buxoro Respublikasi, umuman, Turkiston mintaqasini so- vetlashtirish va ruslashtirish ta&#8217;siri- dan saqlab qolish, yurt mustaqilligiga erishish edi. &#171;M. i.&#187;tashkiloti a&#8217;zolari mav- jud tuzumga qarshi qurolli harakat rahbarlari b-n aloqa o&#8217;rnatib, Rahmonqul qo&#8217;rboshi huzuriga S. Sharifxo&#8217;jaev, Usmonxo&#8217;ja To&#8217;xtaxo&#8217;jaev va Tangriqulxoji Maqsudiylarni g&#8217;oyaviy mafkurachilar sifatida yubordi (1921 y. mart). Keyinchalik S. Sharifxo&#8217;jaev qisqa muddat qamoqda bo&#8217;lgach, Salim Posho b-n birgalikda avval Afg&#8217;oniston, so&#8217;nfa Eronga o&#8217;tib ketdi (1923 y. iyul). O&#8217;rta Osiyoda milliyhududiy chegara- lanish o&#8217;tkazilishi arafasida \u2014 1924 y. oxirlarida tashkilot markazi qayta Toshkentga ko&#8217;chadi. Viloyat sho&#187;balari yangi xodimlar b-n kengaytiriladi. O&#8217;zbekiston SSR tashkil topgach, GPU tomonidan har tomonlama siquv ostiga olingan &#171;M. i.&#187;1925 y. boshlarida o&#8217;zini tarqatilgan, deb e&#8217;lon qiladi va keyin- chalik uning asosida &#171;Milliy istiklol&#187; tashkiloti tuziladi. Bu yashirin tashki- lot 1926-29 y.larda mavjud bo&#8217;lib, uning faoliyatida S. Tilla- Xonov muhim rol o&#8217;ynaydi. Keyincha- lik buxorolik va farg&#8217;onalik milliy ittihodchilar ham bu tashkilotga kelib qo&#8217;shilganlar. &#171;Milliy istiklol&#187; tash- kiloti nafaqat O&#8217;zbekistonda, balki butun O&#8217;rta Osiyoda demokratik Respu- blika tamoyillariga asoslangan tuzum o&#8217;rnatishni o&#8217;z faoliyatining asosiy yo&#8217;nalishi, deb hisobladi. Biroq sovet davlati mustahkamlana boshlanishi b-n tashkilot o&#8217;z faoliyatini to&#8217;xtatishga majbur bo&#8217;ldi. 1929 y. noyab.da tosh- kentda Munavvarkrri boshchiligidagi 38 kishi (keyinchalik ularning soni 87 kishiga etdi) bu tashkilotning a&#8217;zosi sifatida qamoqqa olindi. Ter-gov ja- rayoni keyinchalik Toshkentdan Moskvaga ko&#8217;chirildi va ular qatag&#8217;on qilindi (yana q. &#171;O&#8217;zbekiston Respublikasi&#187; maxsus jildining Tarix bo&#8217;limi). Ad.: Munavvar qori Abdurashidxo- Nov, tanlangan asarlar, T., 2003; Vali D i y , Bo&#8217;linganni bo&#8217;ri er. Turkiston xalqlarining milliy mustaqillik uchun kurashi tarixidan [xotiralar] T., 1997; jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash, T., 1999; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [O&#8217;zbekiston sovet mustamlaka- chiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002. Naim Karimov, Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;Milliy Ittihod&#187;, &#171;Ittihodi taraqqiy&#187; \u2014 Turkiston jadidlari to- monidan tashkil etilgan yashirin tash- kilot (1920-25) Munavvarqori va sa- driddinxon Sharifxo&#8217;jaev tashabbusi b-n Toshkentda tuzilgan. &#171;Turk adam markaziyat (federalistlar) firqasi&#187; (1917 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/milliy-ittihod\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-119938","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119938","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=119938"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119938\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":119953,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119938\/revisions\/119953"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=119938"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=119938"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=119938"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}