{"id":120028,"date":"2024-05-09T18:59:22","date_gmt":"2024-05-09T15:59:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120028"},"modified":"2024-05-09T18:59:34","modified_gmt":"2024-05-09T15:59:34","slug":"meda-oshqozon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/meda-oshqozon\/","title":{"rendered":"Me&#8217;da, oshqozon"},"content":{"rendered":"\n<p>Me&#8217;da, oshqozon \u2014 ovqat hazm qilish sistemasining kengaygan qismi (q. Ovqat hazm tsilish sistemasi). M.da ovqat saqlanadi, maydalanadi va qisman hazm bo&#8217;ladi (q. Ovqat hazm kilish). M. ichakning oldingi ixtisoslashgan qismi sifatida birinchi marta ayrim bo&#8217;shliqichlilar, yassi chuvalchanglar va xalqali chuvalchanglarda paydo bo&#8217;ladi (q. Ichak). Umurtqali hayvonlarda M. ichakning oldingi kengaygan qismi hisoblanadi. Biroq yumaloqog&#8217;izlilarda va ayrim baliqlap&#187;^ M. ixtisoslashma- gan, ko&#8217;pchilik baliqlarda qizilo&#8217;ngach va ichakdan aniq ajralmagan. Suvda va quruklikda yashovchilarda M. hazm qilish sistemasining boshqa qismlaridan aniq ajralgan. Qushlar M.si mustaqil bezli va muskulli bo&#8217;limdan iborat. Sut Emi- zuvchilar M.si murakkab tuzilgan bo&#8217;lib, kirish va chiqish qismi hamda M. tubi va tanasidan tashkil topgan. Ko&#8217;pchilik kavshovchi sut emizuvchilar M.si 4 bo&#8217;lma: katta qorin, to&#8217;rqorin, qatqorin va shir- dondan iborat. Ayrim kitlar M.si 5 va 6 bo&#8217;lmali bo&#8217;ladi. Bezli qavatning tuzi- lishiga ko&#8217;ra, bezli yoki ichak ti-pidagi (odam, Mushuklar, itlar), qizilo&#8217;ngach (exidna, o&#8217;rdakburun) hamda aralash, ya&#8217;ni qizilo&#8217;ngach-ichak (otlar, cho&#8217;chqalarda) ti- pidagi M. farq qilinadi. Ko&#8217;pchilik sut emizuvchilarda M. bezlari ixtisoslash- gan bo&#8217;ladi. Odamda M. qorin bo&#8217;shlig&#8217;ida joy- lashgan bo&#8217;lib, shakli loviyaga o&#8217;xshaydi. Uning ko&#8217;proq qismi chap tomondagi qovurg&#8217;a osti sohasida, ozroq qismi esa qorin bo&#8217;shlig&#8217;i tepa bo&#8217;lagining o&#8217;rtasida turadi. M. tanasining yuqori qismi (tubi) kengaygan va diafragma- ga qaragan. M.dan chiqish qism (pilo- rus) qorinning o&#8217;rta chizig&#8217;i orqasidan o&#8217;ngga o&#8217;tadi. M.ning kirish qismi qizilo&#8217;ngachdan boshlansa, chiqish qismi 12 barmoq ichakka qo&#8217;shiladi. Ovqat b-n o&#8217;rtacha to&#8217;lgan M. yuqoridan jigarning pastki yuzasiga va diafragmaga; past- dan ko&#8217;ndalangchambar ichak va uning tutqichiga tegib turadi. M.ning botiq chekkasi (kichik qiyshaymasi) o&#8217;ngga va yuqoriga, qavariq chekkasi (katta qiy- shaymasi) chapga va pastga qaragan. M.dan chapda \u2014 taloq, pastda va orqada \u2014 me&#8217;- da osti bezi bor. M. hamma tomondan qorin pardasi b-n o&#8217;ralgan. M. sig&#8217;imi har kimda har xil: yangi tug&#8217;ilgan bolada 20-30 ml, o&#8217;rta yoshdagi odamlarda 1-3 l; erkaklar me&#8217;dasi ayollarnikiga nisba- tan kattaroq bo&#8217;ladi. M. devori shilliq, shilliq parda osti, muskul va seroz qavatdan iborat. M. tashqaridan seroz parda b-n qoplangan. Uning ostidagi muskul qavati bo&#8217;ylama (tashqi), ko&#8217;ndalang va qiyshiq yo&#8217;nalgan tolalardan tuzilgan. Shilliq parda osti qavati M.ning muskul qavatini shilliq pardaga bog&#8217;laydi. Bu qavat qon tomir va nervlarga boy. M.ning ichki yuzasi shilliq parda b-n qoplangan, bu parda- ning burmalari ostida juda ko&#8217;p bezlar bor. M.ga kirish qism (kardia) va tubdagi bezlardan shilimshiq, pilorus bezlari- dan esa fermentlar ishlanib chiqadi. M. b-n 12 barmoq ichak chegarasida pylorus si-quvchisi (sfinkteri) bor, u bir necha qavat tsirkulyar muskullardan tuzilgan bo&#8217;lib, me&#8217;daning vaqti-vaqti b-n bo&#8217;shab turishini ta&#8217;minlaydi. M. silliq mu- skullarining qisqarishi natijasida M.da tonik peristaltik xarakatlar bo&#8217;ladi. M.ga tushgan ovqat mikdoriga qarab tonik qisqarish uzluksiz uzok, da- vom etadi. Peristaltik\u2014 to&#8217;lqinsimon harakatlar M.ning kardia qismidan pilorus qismiga tomon bo&#8217;ladi, bu harakatlar ovqatni aralashtiradi va ichakka o&#8217;tkazib beradi. Bo&#8217;sh M. qisqargan holda turadi; och qoringa ichilgan suv M.da to&#8217;xtamay ichakka o&#8217;tadi. M.ning ki- rish qismidan tushgan ovqat M. devorla- rini kengaytiradi va peristaltikasi tufayli asta-sekin pastga tomon suri- ladi. M. ovqatni aralashtiradi, hazmga moslaydi, kimyoviy o&#8217;zgartiradi va ichak- ka o&#8217;tkazib beradi (evakuasiya). M. shira- sidagi xlorid kislota ta&#8217;sirida ovqat bo&#8217;kib, gidroliz qiluvchi fermen-tlar ta&#8217;sir etishi uchun qulay muhit vujudga keladi. M.ning tubi va tanasida joy- lashgan naysimon bezlar xlorid kislota, qolgan bezlar esa pepsin va shilliq Su- yukligini ajratadi, bularning chiqishi ovqat sifati va miqdoriga bog&#8217;liq bo&#8217;lib, uni nerv sistemasi va gumoral omillar boshqaradi. Birinchi (shartli refleks) fazasida ovqatni ko&#8217;rish, hidining bu- runga kirishi, eyish, og&#8217;iz va halqum re- tseptorlarining ta&#8217;sirlanishi vujudga keladi. Ikkinchi (neyrogumoral) fazada ovqatning M. shilliq pardasiga bevo- Sita ta&#8217;siri shira chiqartiradi. Uchin- chi (ichak) fazada 12 barmoq ichak resep- torlarining qitiqlanishidan vujudga keladigan reflektor ta&#8217;sir va ichakdan qonga so&#8217;riladigan oziq moddalar ta&#8217;si- ri M.dan shira chiqishiga olib keladi. Ovqat M.da 3 soatdan 8\u2014 10 soatgacha turishi mumkin. Shu vaqt ichida ovqat me&#8217;da shirasi b-n to&#8217;la shi- miladi va asta-sekin oz-ozdan 12 barmoq ichakka o&#8217;tadi. M. kasalliklari- dan gastrit, yara kasalligi va o&#8217;smalar kuzatiladi. Nosir Ahmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Me&#8217;da, oshqozon \u2014 ovqat hazm qilish sistemasining kengaygan qismi (q. Ovqat hazm tsilish sistemasi). M.da ovqat saqlanadi, maydalanadi va qisman hazm bo&#8217;ladi (q. Ovqat hazm kilish). M. ichakning oldingi ixtisoslashgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/meda-oshqozon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120028","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120028","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120028"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120028\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120054,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120028\/revisions\/120054"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120028"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120028"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120028"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}