{"id":120036,"date":"2024-05-09T18:59:44","date_gmt":"2024-05-09T15:59:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120036"},"modified":"2024-05-09T18:59:58","modified_gmt":"2024-05-09T15:59:58","slug":"metrologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/metrologiya\/","title":{"rendered":"Metrologiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Metrologiya (Yun. metron \u2014 o&#8217;lchov va logos \u2014 ta&#8217;limot) \u2014 o&#8217;lchovlar, ular- ning bir xilligini ta&#8217;minlash usulla- ri va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo&#8217;llari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy muammo- lari: a) o&#8217;lchashlarning umumiy naza-riyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) o&#8217;lchash usullari va vositalari; g) o&#8217;lchashlar aniushgi (o&#8217;lchashlar noaniqligi naza- riyasi, o&#8217;lchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yo&#8217;llari; D) o&#8217;lchashlar bir xilligini ta&#8217;minlash; e) etalonlarni yaratish; j) o&#8217;lchash vosita- lari va o&#8217;lchash uslublarining tavsifla- rini aniqlash va birliklar o&#8217;lchamlarini etalonlardan qolgan barcha o&#8217;lchash vosi- talariga o&#8217;tkazish usullari. Dastlab, M. turli o&#8217;lchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sig&#8217;im va b.), shuningdek, turli mamlakatlarda ko&#8217;llaniladigan tangalar va ular orasi- dagi nisbatlarni bayon etuvchi fan si- fatida ifodalangan. 1975 y. 20 mayda Xalqaro metrik Konventsiyaning imzo- lanishi, o&#8217;lchovlar va tarozilar xalqaro byurosi ilmiy in-tining hukumatlararo darajada ta&#8217;sis etilishi M.ning rivoj- lanishida muhim ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. M. yuqori aniklikdagi fizik tajri- balarga tayanadi, u fizika, kimyo va b. ta- biiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu b-n birga, moddiy dunyo ob&#8217;ektlari xossalarining mikdoriy ifodalani- shiga imkon beruvchi o&#8217;ziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. O&#8217;lchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (naza- riy M.) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga o&#8217;lchash jarayonlari va bu jarayonlarning ele- mentlari: o&#8217;lchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, o&#8217;lchash vositalari va usullari, o&#8217;lchash sharoitlari, o&#8217;lchash natijalarini tahlil qilish va o&#8217;rganish natijasida olingan ma&#8217;lumotlar va umumlashmalar kiradi. M.da o&#8217;lchanadigan kattalik ob&#8217;ekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifa- tida izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, ya&#8217;ni xususiyat sifatida kator ob&#8217;ektlar uchun umumiy va u bir ob&#8217;ekt uchun boshkasiga karaganda ma&#8217;lum son marta katta yoki kichik bo&#8217;lishi mumkin. Mas, uzunlik, massa, zichlik, t-ra, kuch va b. (ob&#8217;ektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir ob&#8217;- ekt etarlicha aniqlikdagi xususiyatlar- ga \u2014 uzunlik, massa, zichlik va b. ga ega; ob&#8217;ekt uchun kattalik tushunchasi aniq bo&#8217;ladi (mas, stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va b.). Faqat aniq kattaliklarni o&#8217;lchash mumkin. Katallikka ob&#8217;ektiv (mikdo- riy) baho berish uchun shu kattalikning birligini (ayrim kattaliklar uchun \u2014 shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi \u2014 sonli qiymati keli-shuv bo&#8217;yicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil o&#8217;lchamli (mas, t-ra shkalasi, Brinel bo&#8217;yicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi kattaliklar qiymatlarining ketma-ketligi kattalik shkalasi deb ataladi. Fanning rivojlanishi b-n ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar ti- zimlarini tuzishga o&#8217;tildi. M.da fizik kattaliklar va kattaliklar birlikla- ri tizimlarini tuzish prin-tsiplari o&#8217;rtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomon- lari ko&#8217;riladi. Hozirgi vaqtda yuz- dan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi si keng qo&#8217;llaniladi. Nazariy M. o&#8217;lchashlar anikligi (o&#8217;lchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bag&#8217;ishlangan. Bunda ehtimollik nazari- yasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa bo&#8217;limlaridan keng foydalaniladi. O&#8217;lchashlarning bir xilligiga eri- shish uchun qo&#8217;llaniladigan barcha o&#8217;lchash vositalari to&#8217;g&#8217;ri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlash- dan o&#8217;tkazish lozim. Buning uchun kat- taliklar birliklarining etalonlari \u2014 o&#8217;lchash vositalari, kattaliklar bir- liklarini asliday qaytarish va ular- ning o&#8217;lchamlarini boshqa o&#8217;lchash vosi- talariga o&#8217;tkazish uchun mo&#8217;ljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qo&#8217;llanilgan. M. eta &#8212; lonlar yordamida kattaliklar birlikla- rini qayta tiklash usullarini va ular- ning aniqligini oshirish yo&#8217;llarini, shuningdek, birliklar o&#8217;lchamlarini o&#8217;tkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham o&#8217;rganadi. Qonunlashtiruvchi M. \u2014 davlat to- monidan aniq belgilanishi va tekshiri- lishi talab qilinadigan, o&#8217;lchashlar va o&#8217;lchash vositalarining bir xilligiga erishish b-n bog&#8217;liq masalalar- ni ko&#8217;radi. Davlatlarda o&#8217;lchashlar bir xilligini talab etiladigan darajada ta&#8217;minlash va saqlab turish uchun M. bo&#8217;yicha milliy idoralar tomonidan boshqariladigan metrologik xizmatlar tashkil etiladi. Ad.: Burdun G. D., Markov B. N., Osno- VI metrologii, M., 1972; Dushin E. M., Osnovi metrologii i elektricheskie iz- mereniya, M., 1987. Andrey Sodtshov, Ozod Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Metrologiya (Yun. metron \u2014 o&#8217;lchov va logos \u2014 ta&#8217;limot) \u2014 o&#8217;lchovlar, ular- ning bir xilligini ta&#8217;minlash usulla- ri va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo&#8217;llari haqidagi fan; fizika bulimi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/metrologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120036","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120036","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120036"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120036\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120068,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120036\/revisions\/120068"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120036"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120036"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120036"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}