{"id":120039,"date":"2024-05-09T18:59:13","date_gmt":"2024-05-09T15:59:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120039"},"modified":"2024-05-09T18:59:18","modified_gmt":"2024-05-09T15:59:18","slug":"mehnat-gigienasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mehnat-gigienasi\/","title":{"rendered":"Mehnat gigienasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Mehnat gigienasi, kasb gi- gienasi \u2014 gigienaning bir bo&#8217;limi. Mehnat jarayonlari va i.ch. muhitining odam organizmiga ta&#8217;sirini o&#8217;rganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiena me&#8217;yorlari va tadbirlari- ni ishlab chiqadi. Har. qanday joydagi mehnat sharoitlari i.ch. jarayoni texno- logiyasiga va ish o&#8217;rinlarida yaratila- digan sanitariyagigiena sharo-itlariga bog&#8217;liq. Jismoniy mehnat jarayoni- da, asosan, odam muskullariga, akdiy mehnatda esa asabiyruhiy tomondan zo&#8217;r keladi.Texnika rivojlanib, i.ch. jara- yonlari mukammalashgan sari jismoniy mehnat o&#8217;rnini aqyaiy mehnat egalladi va aqliy mehnat jarayonlarini ko&#8217;proq o&#8217;rganishga ehtiyoj tug&#8217;ildi. I.ch.ning sanitariyagigiena sharoitlari deganda ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga ta&#8217;sir qilishi mumkin bo&#8217;lgan kimyoviy moddalar, chang, shovkin, vibrasiya, ionlashtiruvchi nur- lar, shuningdek, havo harorati, namligi, harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining yoritilishi, mikroorga- nizmlar ko&#8217;pkamligi va b. tushuniladi. Kishini muhofaza qilinadigan tegishli choralar ko&#8217;rilmasa, mana shu omillar- ning har biri yoki bir nechtasi birga sa- lomatlikka ziyon etkazadi. M.g. fanining asosiy vazifasi ham ana shu no-jo&#8217;ya ta&#8217;- sirlar oldini olishdan iborat. Mehnat sharoitlarini yaxshilash O&#8217;zRda umumdav- lat vazifasi hisoblanadi. &#171;O&#8217;zbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazora- ti to&#8217;g&#8217;risidagi Nizom&#187;ga muvofiq, M.g. sohasida davlat sanitariya nazoratining bajaradigan asosiy vazifasi sanitariya qonunlariga rioya qilinishini kuzatib borishdir (q. Davlat sanitariya nazora- ti). M.g.da nazorat olib borish uchun turli usullardan foydalaniladi. Shu- lardan asosiysi sanitariyagigiena tekshiruvlaridir. Obhavoga tegishli omillar; havoning ifloslanish dara- jasi, vibrasiya, shovqin, radioaktiv nurlarni o&#8217;lchash va b. ishlarda shu me- tod qo&#8217;llanadi. Bundan tashqari, fizio- logik, statistik hamda eksperimental tekshiruv usullari ham bor. M.g. i.ch. da odam organizmining fiziologik va bio- logik talablariga hammadan ko&#8217;ra ko&#8217;proq muvofiq keladigan gigiena normativla- rini belgilab olish maqsadida organism b-n i.ch. muhiti o&#8217;rtasida bo&#8217;lib turadi- gan o&#8217;zaro ta&#8217;sir qonuniyatlarini ham o&#8217;rganadi. Mamlakatda joriy etilgan tartibqoidaga muvofiq, i.ch. omillari- ning birontasi ham yo&#8217;l qo&#8217;yiladigan normadan yoki eng katta kontsentrasiyadan ortiq bo&#8217;lmasligi, ishlovchilar ularga cheksiz uzoq vaqt davomida yaqin yurga- nida omillar o&#8217;sha odamlarga muayyan kasallik yoki sezilarli biror o&#8217;zgarish paydo qilmasligi kerak. M.g. O&#8217;zR Sog&#8217;liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan Max- sus davlat normativlari, yo&#8217;riqnoma va ko&#8217;rsatmalariga amal qilgan holda olib boriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mehnat gigienasi, kasb gi- gienasi \u2014 gigienaning bir bo&#8217;limi. Mehnat jarayonlari va i.ch. muhitining odam organizmiga ta&#8217;sirini o&#8217;rganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiena &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mehnat-gigienasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120039","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120039","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120039"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120039\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120048,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120039\/revisions\/120048"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120039"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120039"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120039"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}