{"id":120066,"date":"2024-05-09T19:08:48","date_gmt":"2024-05-09T16:08:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120066"},"modified":"2024-05-09T19:08:54","modified_gmt":"2024-05-09T16:08:54","slug":"metallar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/metallar\/","title":{"rendered":"Metallar"},"content":{"rendered":"\n<p>Metallar (Yun. Metalleuo \u2014 qaziyman, erdan qazib olaman) \u2014 oddiy sharoitda yuqori elektr o&#8217;tkazuvchanligi, issiq o&#8217;tkazuvchanligi, elektr o&#8217;tkazuvchanligi, elektr magnit to&#8217;lqinlarini yaxshi qaytarishi, PLA- stikligi kabi o&#8217;ziga xos xususiyatlarga ega bo&#8217;lgan oddiy moddalar. M. qattiq holatda kristall tuzilishda bo&#8217;ladi. Bug&#8217; holatida esa bir atomlidir. M.ning OK- sidlari suv b-n birikkanida ko&#8217;pincha gidroksidlar (asoslar) ga aylanadi. M. elektron tuzilishi tu-fayligina yuqorida aytib o&#8217;tilgan o&#8217;ziga xos Xu- susiyatlarga ega. M. atomlari tashqi (valent) elektronlarini osonlikcha beradi. M.ning kristall panjarasi- da hamma elektron o&#8217;z atomi b-n birik-Kan bo&#8217;lavermaydi. Ulardan ba&#8217;zilari harakatlanadi. Kimyoviy xossalari. D. I. Mendele- evning davriy sistemasidagi 109 ki- myoviy elementning 87 tasi M., 22 tasi metallmasdir. Barcha M.ni &#171;oddiy me- tallar&#187;, &#171;oraliq metallar&#187;, &#171;lantanoid va aktinoidlar&#187; tashkil qiladi. Davriy sistemada asosiy guruhchalardagi metal- lar oddiy metallar (s &#8212; va r-elementlar), qo&#8217;shimcha guruhchaga joylashgan metal- lar \u2014 oraliq metallar yoki (d &#8212; va f &#8212; ele- mentlar) nomi b-n yuritiladi. Oddiy moddalarni metallar va metallmas- lar deb shartli ravishda ikki guruhga bo&#8217;linadi. Mac, Ge va Sb qaysi turkumga kirishi to&#8217;g&#8217;risida yagona fikr mavjud emas. Lekin germaniyni yarimo&#8217;tkazgich xossalariga ega bo&#8217;lgani uchun metallmas, surmani esa fizik xossalariga ko&#8217;ra yarim metall bo&#8217;lsada, M. deb hisoblash to&#8217;g&#8217;riroqdir. Qalayning metall ((Z-Sn) va yarim-o&#8217;tkazgich (a-Sn) modifikasiya- lari bor. Germaniy, kremniy, fosfor va ba&#8217;zi metallmaslarning yuqori bosim ostida M. kabi o&#8217;tkazuvchi modifikasi- yalari mavjudligi aniqlangan. Bundan tashqari, yuqori bosim ostida barcha mod- dalar ham metallik xossalarini namoyon qilishi mumkin. Shu sababli, u yoki bu elementni M.ga yoki metallmaslarga ta- allukli ekanligini belgilashda uning nafaqat fizik xossalarini, balki ki- myoviy xossalarini ham hisobga olish zarur. M. kimyoviy reaktsiyalarga elek- tronlar donorlari sifatida kirishadi, birikmalarda yoki eritmalarda musbat zaryadli ionlar hosil qiladi. M.ning elektromanfiyligi metallmaslarning elektromanfiyligidan pastroq bo&#8217;ladi. Ko&#8217;pchilik M. vodorod, galogenlar, xal- kogenlar b-n faol reaktsiyaga kirishadi. Ishqoriy va ishqoriy er metallar suv b-n oddiy t-ralarda, rux va temir kabi M. esa suv bug&#8217;i b-n yuqori t-ralarda reak- tsiyaga kirishadi. Azot b-n qator M., mas, litiy xona t-rasida, magniy, tsirkoniy, gafniy, titan esa qizdirilganda reak- tsiyaga kirishadi. Metall o&#8217;ziga qaraganda aslroq metallni o&#8217;sha metall tuzi erit- masidan siqib chiqaradi. Bu xossalarga asoslanib, barcha M. ku-yidagicha joy- lashadi (Beketov qatori): Li, K, sa, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Fe, Cd, Co, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Ag. Hg, Au. Fizik xossalari. Ko&#8217;pchilik M. oddiy kub va geksagonal kristall tuzilishda, ba&#8217;zi M. murakkab kristall panjara tuzilishida bo&#8217;ladi. Ko&#8217;pchilik M. tashqi sharoitga (tra, bo- sim) ko&#8217;ra, ikki yoki undan ko&#8217;p modifi- kasiyada bo&#8217;lishi mumkin. M.ning suyuk- Danish t-ralari \u2014 38,87\u00b0 dan (Hg) 3380\u00b0 gacha (W), zichligi 0,531 g\/sm3 dan (Li) 22,5 g\/sm3 gacha (Os). M. o&#8217;ziga xos optik, termik, mexanik, elektrik va b. bir necha xossalarga ega; chunonchi, suyukdanish va qaynash t-rasining yuqoriligi, sirtidan yorug&#8217;lik va tovushni qaytishi, issiq va elektrni yaxshi o&#8217;tkazishi, zarba ta&#8217;siri- dan yassilanishi va cho&#8217;zilishi ko&#8217;pchilik M.ning eng muhim fizik xossasidir. Zichligi 5 dan kichik M. engil, 5 dan kattalari \u2014 og&#8217;ir M. deyiladi. Temir va uning qotishmalari qora M., qolganlari rangli M. deb yuritiladi. Asl M. bunga qaramaydi. Nodir M. jumlasiga vana- diy, molibden, berilliy, indiy, tsirko- niy, lantan, niobiy, tantal, reniy, Ger- maniy, galliy, talliy va b. kiradi. &#171;No- dir M.&#187;degan ibora shartli ibora bo&#8217;lib, sof metall ajratib olish usullarining qanchalik takomillashganiga bog&#8217;liq; bir vaqtlar &#171;Nodir&#187; deb hisoblangan titan endilikda &#171;Nodirlar&#187; jumlasiga kirmaydi (M.ning kimyoviy va fizik xossalari haqida metall elementlarga oid maqolalarga qarang). M.ning ba&#8217;zi birikmalarida (qotishmalarda ham) me- Tall bog&#8217;lanish (metallni hosil qiluvchi zarralar orasidagi bog&#8217;lanish) saqlanib qoladi. M. tabiatda erkin va kimyoviy birikmalar holida uchraydi. Asl M. (ol- tin, platina, kumush), ba&#8217;zan mis, qalay va simob sof holda topiladi. Olinishi. Sanoat miqyosida sof me- Tall olish uchun yaroqli tabiiy xom ashyo \u2014 metalli ruda nomi b-n yuritiladi. Ruda- larga, ko&#8217;pincha, qo&#8217;shimcha jinslar \u2014 loy, qum, ohaktosh va h.k. aralashgan bo&#8217;ladi. Shu sababli rudani qayta ishlashdan AV- val uni bu jinslardan tozalash, boshqacha aytganda, rudani boyitish lozim. Boyi- tilgan ruda &#171;kontsentrat&#187; deb ataladi. Ko&#8217;pchilik rudalar flotasiya usulida boyitiladi. M. rudalarining birinchi turkumi tabiiy M. bo&#8217;lsa, ikkinchisi \u2014 oksidli rudalar hisoblanadi. Oksid- li rudalarga qizil temirtosh G&#8217;e2 O3, qo&#8217;ng&#8217;ir temirtosh Fe2O33H2O, magnit temirtosh Fe3O4, boksit A12O3-2n,o, pirolyuzit MpO2, qalaytosh SnO2, vis- mut oxrasi BiO3 kiradi. Er po&#8217;stining chu-qurroq qismlarida M.ning sul- fidli rudalari uchraydi, mas, mis kol- chedani CuFeS2, mis yaltirog&#8217;i Cu2S, kinovar HgS, qo&#8217;rg&#8217;oshin yaltirog&#8217;i PbS, ruxyaltirog&#8217;i ZnS va h.k. Ba&#8217;zan bir necha M.ning sulfidlari aralash xrlda uch- rab, polimetall rudani tashkil qiladi. Ba&#8217;zi M. xloridlar, sulfatlar, karbo- natlar va fosfatlar b-n birga bo&#8217;ladi, ba&#8217;zilari silikatlar tarkibiga kiradi. M. Er pustila bir xilda tarqalmagan. Er po&#8217;stida massa jihatidan alyuminiy 8,05%, temir 4,65%, kaltsiy 2,96%, na- triy 2,5%, kaliy 2,5%, magniy 1,85% bo&#8217;lsa, qolgan barcha M. Er pusti massasi- ning juda oz qismini (qariyb 0,2% ni) tashkil qiladi. 1958 y.da O&#8217;zbekistonda avisenit (tarkibida talliy va temir oksidi bor) minerali, keyinroq Olmaliq xududi- ning polimetallik minerallarini tek- shirish jarayonida b i r u nit, nasledo- vit minerallari topildi. Tarkibida vanadiy va uran M.i bo&#8217;lgan tuyamunit minerali [Ca(UO2)2(VO4)2nH2O] ham O&#8217;zbekistonda topilgan. Rudalardan M.ni sof holda olish ishi texnikada qaytarish, termik parcha- lash, almashinish jarayonlari natijasi- da metallurgiyaning turli tarmoqdari (pirometallurgiya, gidrometallurgiya va elektrometallurgiya)da amalga oshi- riladi. O&#8217;ta sof M. olish uchun modda- larni vaku-umda haydash usulidan ham foydalaniladi. Keyingi y.larda zona- lar bo&#8217;ylab suyuklantirish usuli ko&#8217;p qo&#8217;llanilmoqda. Bu usul asosida (elek- tron-nurli lampalar b-n qizdirib) ni- obiy, tantal, volfram va b. M. yot mod- dalardan tozalanadi. M. sof holda kam- dankam ishlatiladi. Ko&#8217;pincha, qotishma holida qo&#8217;llaniladi. Mac, cho&#8217;yan, po&#8217;lat, jez, bronza, konstantan, melxior, nix- rom va b. Atmosfera sharoitida M. Emi- riladi (korroziyaga uchraydi). Metall bu- yumlarni emirilishdan saqlash muqim ahamiyatga ega. Maxsus zanglamaydigan po&#8217;latlar tayyorlash usulining topilishi bu masalani hal qilishga yordam beradi. M. turmushda, qurilishda, kosmonavtika, kemasozlik, mashinasozlik, samolyotsoz- likda va b. ko&#8217;p sohalarda ishlatiladi (ya na q. Metallarni ishlash). Ad.: Zaytsev B. E., Obtshie Fizicheskie i ximicheskie svoystva metallov, M., 1987. Peksheva N. P., Ximiya metallov, Krasnoyarsk, 1987. Bobileva. V., Mexa- nicheskie i Texnologicheskie svoystva metallov, 2 izd., M., 1987. Nusrat Parpiev, Omonulla Xo&#8217;jaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Metallar (Yun. Metalleuo \u2014 qaziyman, erdan qazib olaman) \u2014 oddiy sharoitda yuqori elektr o&#8217;tkazuvchanligi, issiq o&#8217;tkazuvchanligi, elektr o&#8217;tkazuvchanligi, elektr magnit to&#8217;lqinlarini yaxshi qaytarishi, PLA- stikligi kabi o&#8217;ziga xos xususiyatlarga ega &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/metallar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120066","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120066","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120066"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120066\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120088,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120066\/revisions\/120088"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120066"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120066"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120066"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}