{"id":12010,"date":"2021-12-07T12:15:59","date_gmt":"2021-12-07T09:15:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12010"},"modified":"2025-10-15T07:59:39","modified_gmt":"2025-10-15T04:59:39","slug":"ahmad-jaloyir-ibn-sulton-uvays-kim-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ahmad-jaloyir-ibn-sulton-uvays-kim-bolgan\/","title":{"rendered":"AHMAD JALOYIR IBN SULTON UVAYS kim bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>AHMAD JALOYIR IBN SULTON UVAYS (? \u2014 1410) \u2014 Jaloyiriylar sultoni (1382-1410). Akasi Husayn hukmronligi davrida Basra noibi bo&#8217;lgan (1375 yildan). 1382 yil isyon ko&#8217;tarib poytaxt Tabrizni egallagan va akasini qatl etishga farmon bergan; biroq qolgan akalari bilan bo&#8217;lgan shiddatli kurashlardan so&#8217;nggina davlatning oliy hukmdori deb tan olingan (1384 yildan). Hukmronligining dastlabki yillari (1386-87) da Tabrizni To&#8217;xtamishxon, so&#8217;ng Amir Temur, keyin qora qo&#8217;yunlilar boshlig&#8217;i qora Muhammad egallagan. 1393 yil Tabrizdan keyingi ikkinchi yirik shahar \u2014 Bag&#8217;dod ham Temur tomonidan zabt etilgan. Ahmad Jaloyir Misrga qochgan va 1394 yil yanvarda Bag&#8217;dodga qaytib, qora qo&#8217;yunlilardan qora Yusuf yordamida bir necha yil hokimiyatni boshqargan. 1401 yil iyulda Bag&#8217;dod Temur tomonidan ikkinchi marotaba fath qilingan; Ahmad Jaloyir shaharni ilgariroq tashlab chiqib qora Yusuf bilan birga avval Shom (Suriya) ga, so&#8217;ngra Kichik Osiyoga yo&#8217;l olgan. Temur va Boyazid o&#8217;rtasidagi urushdan foydalanib, Bag&#8217;dodni qisqa muddat egallab turgan, so&#8217;ng ittifoqchisi qora Yusuf bilan yana Shomga qochgan. Bag&#8217;dodni egallagan temuriy Shahzoda Abu Bakr ularni ta&#8217;qib qilgan. Shomda Ahmad Jaloyir va qora Yusuf hibsga olingan va 1405 yilda, Temur vafotidan so&#8217;nggina ozod qilinganlar. 1410 yil 30 avgustda Ahmad Jaloyir qo&#8217;shini Tabriz yaqinida Qora Yusuf tomonidan tor-mor keltirilgan, o&#8217;zi esa qatl etilgan. Manbalarga ko&#8217;ra, Ahmad Jaloyir shafqatsiz, makkor hukmdor bo&#8217;lsada, Jasur jangchi, olimlar, shoirlar rahnamosi bo&#8217;lgan, Arab va fors tillarida she&#8217;rlar hamda musiqaga oid bir qancha risolalar yozgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AHMAD JALOYIR IBN SULTON UVAYS (? \u2014 1410) \u2014 Jaloyiriylar sultoni (1382-1410). Akasi Husayn hukmronligi davrida Basra noibi bo&#8217;lgan (1375 yildan). 1382 yil isyon ko&#8217;tarib poytaxt Tabrizni egallagan va akasini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ahmad-jaloyir-ibn-sulton-uvays-kim-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-12010","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12010","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12010"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12010\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":157933,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12010\/revisions\/157933"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12010"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12010"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12010"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}