{"id":120101,"date":"2024-05-09T19:15:29","date_gmt":"2024-05-09T16:15:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120101"},"modified":"2024-05-09T19:15:32","modified_gmt":"2024-05-09T16:15:32","slug":"meliorasiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/meliorasiya\/","title":{"rendered":"Meliorasiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Meliorasiya (lot. melioraio \u2014 yaxshilash), qishloq xo&#8217;jaligi meliora- tsiyasi \u2014 erlarning unumdorligini tub- dan yaxshilashga qaratilgan tashkiliy- xo&#8217;jalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi. M. tabiiy sharoitlar (tuproq, gidrologik, iqlimiy va b.) maj- muini kerakli yo&#8217;nalishda o&#8217;zgartirish; tuproqda ekinlarni etishtirish uchun qulay bo&#8217;lgan suvhavo, harorat va oziq rejimini, atmosferaning er yuzasiga yaqin qatlamida havoning harorati va harakatini o&#8217;zgartirish imkoniyatini be- radi. M. katta xalq xo&#8217;jaligi ahamiyatiga ega: yangi erlar o&#8217;zlashtirilib, ekin may- donlari kengayadi, erlarning unumdorli- gi, hosildorligi oshadi, mahsulot sifa- ti yaxshilanib, uning tannar-XI kamayadi. M. iqtisodiy-ijtimoiy masalalar b-n birga ekologik vazifani ham hal etadi. M. maqsadlariga ko&#8217;ra, 3 asosiy tur- kumga bo&#8217;linadi. Noqulay suv rejimi- ga ega bo&#8217;lgan erlar M.si (qurg&#8217;oqchil dehqonchilik r-nlarini sug&#8217;orish, ortiqcha zax bosgan erlarda zax qochirish, chorvachilik rivojlangan cho&#8217;l va yarim cho&#8217;l hududlardagi yaylovlarga suv chiqarish va h.k.); noqulay fizik va kimyoviy xos- Sali erlar M.si (sho&#8217;rxok, qumli, og&#8217;ir, berchlashgan, zichlashgan tuproqlar va b.); suv va shamol ta&#8217;sirida eroziya- ga uchragan erlar M.si noqulay tabiiy sharo-itlarga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatish vosita- lari va usullari bo&#8217;yicha M. quyidagi turlarga bo&#8217;linadi: gidrotexnik M. (suv resurslarini sug&#8217;orish maqsadlarida kanallar, suv omborlari va b.) gidro- texnik inshootlar tarmoqlari orqali boshqarish; drenaj va sho&#8217;r yuvish yo&#8217;li b-n grunt suvlari sathini tartibga so- lish va tuproqdan o&#8217;simliklar uchun za- rarli tuzdarni chiqarib tashlash; te- rassalar, sel to&#8217;sgich inshootlar, suv tutgich tuproq ko&#8217;tarmalar, suv yig&#8217;gich kanallar va b. yordamida er usti oqar suvlar b-n tuproq yuvilishi va oqib ke- tishini bartaraf etish); agrotexnik M. (irrigasiya eroziyasiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik maqsadida erni haydash va sug&#8217;orishda yo&#8217;nalishlarni o&#8217;zgartirib turish; sho&#8217;rlangan erlarni o&#8217;zlashtirishda ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklardan ko&#8217;proq foyda- langan holda almashlab ekishni qo&#8217;llash; qumli tuproklarga sideratlar ekish; qumli tuproqlarni Gillash va b.); o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi M.si (ihota o&#8217;rmonzorlari tashkil qilish va eroziyaga qarshi maxsus daraxtzorlar barpo etish singari tad- birlar b-n shamol va suv ta&#8217;sirida yuz beradigan tuproq eroziyasini bartaraf etish). M. usullari erni tubdan yoki kapi- tal yaxshilash ishlaridan iborat. Su- gorish tizimlari esa erlarga zarur miqdorda va kerakli muddatlarda suv berishni ta&#8217;minlovchi, uzok, muddat- ga mo&#8217;ljallangan inshootlardir. Kol- lektor-drenaj tarmog&#8217;i ortiqcha grunt suvlarini muntazam chikarib tashlash- ni ta&#8217;minlaydi. M.ning barcha turla- rini birgalikda qo&#8217;llash yaxshi samara beradi. Er maydonlari M.si, ayniqsa quruq iqlimli mintaqalarda, iqlimni o&#8217;zgartirishga ham olib keladi, sug&#8217;orish havoning erga yaqin qatlamida namlikni oshiradi (tuproq va o&#8217;simlik qoplamidan bug&#8217;langan namlik tufayli), natijada harorat pasayib, qurg&#8217;oqchilik ta&#8217;siri kamayadi. M. kup kapital mablag&#8217;talab qiladi, ammo u meliorasiyalanadigan erlar mahsuldorligining yil sayin oshib borishi hisobiga bir necha yil ichida o&#8217;zini qoplaydi. Mac, g&#8217;alla ekinla- ri sug&#8217;orilmaydigan maydonlardagiga nisbatan sug&#8217;oriladigan erlarda 4-5 marta ortiq hosil beradi, sugorma dehqonchilik hududlarida ayrim ekin- larni sug&#8217;ormasdan etishtirish amalda mumkin emas. M. tarixi. O&#8217;rta Osiyo hududida M. qadimiy davrlardan qo&#8217;llanila bosh- langan. Markaziy Osiyoda, xususan, O&#8217;zbekiston hududlarida olib boril- gan arxeologik tadqiqotlar natija- sida topilgan sug&#8217;orish tarmoqlari qoldiklari qadimiy Sug&#8217;diyona, shim. Baqtriya, Xorazm, Farg&#8217;ona, Marg&#8217;iyona kabi davlatlarda dehqonchilik mada- niyati yuqori bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatadi. Mil. AV. 6\u20145ming yilliklarda tog&#8217; oldi hududlarda liman va qayir usu- lida dehqonchilik qilingan. Sug&#8217;orib dehqonchilik qilish mil. AV. 2-ming yillikda Surxondaryoda, Zaraf-shon, Farg&#8217;ona vodiylarida, Amudaryo Delta- sida yuzaga kelgan. Sirdaryo va Amudaryo etaklarida sug&#8217;orish asosida erlarni o&#8217;zlashtirish ishlari mil. AV. 8-7-a.lar- da olib borilgan. 20-a.ning 20-y.laridan O&#8217;rta Osiyoda M. tadbirlari keng miqyosda amalga oshi- rila boshlandi, ayniqsa, eski sug&#8217;orish tarmoqdarini tiklash va yangilarini qurishga katta e&#8217;tibor berildi. Grunt suvlari sathini tartibga so- lish, erlarni sho&#8217;rsizlantirish bo&#8217;yicha ham katta ishlar amalga oshirildi. Bu ishlarda drenajning eng samarali tur- lari \u2014 yopiq gorizontal va vertikal Dre- najlar qo&#8217;llanildi. M. miqyosi, ayniqsa, O&#8217;zbekistonda katga bo&#8217;ldi: Mirzacho&#8217;lni o&#8217;zlashtirish misolida yalpi meliorativ qurilishning printsipial yangi texnologiyasi barpo qilindi, texnik jihatdan mukammal meliorativ tadbirlar ishlab chiqildi. Suv resurslarini sersuv manbalar- dan kam suv havzalarga o&#8217;tkazish kata miqyosda amalga oshirildi, mashinalash- gan sug&#8217;orish tobora rivojlandi. Umuman, O&#8217;zbekiston qudratli suv xo&#8217;jaligi majmuiga ega: sug&#8217;oriladigan dehqonchilik ko&#8217;lami 4,3 mln. ga; umu- miy suv sarfi 2500 m3\/sek bo&#8217;lgan 75 ta yirik kanal, 32,4 ming km uzunlikda xo&#8217;jaliklararo va 176,4 ming km xo&#8217;jalik sug&#8217;orish tarmoqlari, 31 ming km xo&#8217;jaliklararo va 106,3 ming km xo&#8217;jalik kollektor-drenaj tarmoqlari mavjud. Xo&#8217;jaliklarda 12,8 mingtaga yaqin nasos st-yalari yordamida 1050 ming ga atrofi- da ekinzorlar sug&#8217;orilmoqda. 4800 dan ortiq vertikal drenajlar, 24,6 mingdan ortiq kuzatuv va 2000 ga yaqin sug&#8217;orish quduqlaridan foydalanilmoqda (2003 y.) (yana q. Sug&#8217;orish). Ad.: Kostyakov A. N., Osnovi melio- rasii, 6 izd., M., 1960; Irrigasiya Uzbe- kistana: t. 1-4, T., 1976-81; Axmedov X. A., Sug&#8217;orish meliorasiyasi, T., 1977; Muhammadjonov A., Quyi Zarafshon vo- diysining sug&#8217;orilish tarixi, T., 1972; Kamilov O. K., Meliorasiya zasolennix pochv Uzbekistana, T., 1985; Reshetov G. G., Meliorasiya novoosvaivaemix pochv uz- bekistana, T., 1986; meliorasiya zemel v Uzbekistane, T., 1986. Sobirjon Azim- Boev, Ziyomiddin Artukmetov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Meliorasiya (lot. melioraio \u2014 yaxshilash), qishloq xo&#8217;jaligi meliora- tsiyasi \u2014 erlarning unumdorligini tub- dan yaxshilashga qaratilgan tashkiliy- xo&#8217;jalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi. M. tabiiy sharoitlar (tuproq, gidrologik, iqlimiy va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/meliorasiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120101","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120101","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120101"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120101\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120128,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120101\/revisions\/120128"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120101"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120101"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120101"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}