{"id":120121,"date":"2024-05-09T19:14:58","date_gmt":"2024-05-09T16:14:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120121"},"modified":"2024-05-09T19:15:01","modified_gmt":"2024-05-09T16:15:01","slug":"mendelizm-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mendelizm-2\/","title":{"rendered":"Mendelizm"},"content":{"rendered":"\n<p>Mendelizm \u2014 organizmlar bel- gilarining irsiylanish qonunlari haqidagi ta&#8217;limot. Bu ta&#8217;limotning yaratilishida Mendel tadqiqotlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari (q. Mendel qonunlari) M.ning poydevori hisoblanadi. Mendel qonunlari 1865 y.da kashf etilgan bo&#8217;lib, uning zamon- doshlari bu kashfiyotga munosib baho bera olmagan. 1900 y.da nemis botanigi K. Korrens, Avstriya olimi E. Chermak va niderland botanigi X. De Frizlar har xil o&#8217;simlik turlari duragaylarida olib borgan tajribalari asosida bir- birlaridan mustaqil holda Mendel qonunlarini qayta kashf etishdi. Shu- ning uchun 1900 y. genetika fani tash- kil topgan, ya&#8217;ni M.ga asos solingan yil hisoblanadi. M. terminini 1905 yilda R. Pennet taklif etgan. Genetikaning rivojlanishi va M. nazariy asosla- rining yaratilishi Mendelning irsiy omillar (1906 y.dan boshlab u. Betson taklifiga binoan &#171;genlar&#187;) haqidagi g&#8217;oyasi katta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Ir- siy omillar (genlar)ning Mendel kashf etgan xususiyatlari zamonaviy genetik tadqiqotlarida to&#8217;la-to&#8217;kis tasdiqlandi. M. ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, or- ganizm belgilarining irsiylanishini ta&#8217;min etuvchi irsiy omillar (genlar) moddiy asosga ega bo&#8217;lib, ular uchun diskretlik, stabillik (barqarorlik, turg&#8217;unlik) xususiyatlari xos; genlar turli \u2014 dominant va resessiv holatda faoliyat ko&#8217;rsatishi mumkin. Gen allel- lari tana hujayralarida ikkitadan, ya&#8217;ni juft (diploid) holatda; jinsiy hujayralarda bittadan, ya&#8217;ni yakka (ga- ploid) holatda bo&#8217;ladi. Erkak va urg&#8217;ochi jinsiy hujayralar qo&#8217;shilishi tufayli vujudga keladigan yangi avlod, ya&#8217;ni zi- Gotada genlarning juftlik holati yana qayta tiklanadi. Genetikaning Mendel- dan keyingi davrida M. tez sur&#8217;atlar b-n rivojlandi, u yangi qonuniyatlar, da- lillar va g&#8217;oyalar b-n boyitildi. M.ning rivojlanishini ta&#8217;min etgan asosiy il- miy natijalar quyidagilardan iborat: 1) no&#8217;xat o&#8217;simligida Mendel tomonidan kashf etilgan umumbiologik irsiyla- nish qonunlari barcha organizm (o&#8217;simlik, hayvon, mikroorganizm)lar uchun xos ekanligi; 2) organizm belgilari irsiy- lanishining yangi qonunlari kashf eti- lishi, ya&#8217;ni irsiyat har doim faqat bitta gen b-n bog&#8217;liq bo&#8217;lib qolmasdan, ikki va undan ortiq noallel genlar (poligen- lar)ning o&#8217;zaro ta&#8217;siri tufayli amalga oshishi ham isbotlanganligi; poligen- larning komplementar, epistaz, poli- mer hamda bir genning ko&#8217;p tomonlama (pleyotropiya) ta&#8217;sirida belgilarning irsiylanish qonunlari ochilganligi; 3) tsitoge-netikada xromosomalar soni va faoliyatini o&#8217;rganish natijasida olin- gan dalillar Mendel qonunlarining tsitologik asosi bo&#8217;lib xizmat qilishi; organizm belgilarining irsiylanishi- da Mendel tomonidan aniqlangan al- Lel va noallel genlar faoliyati b-n bir qatorda tsitogenetikada aniqlangan gomologik va nogomologik xromosoma- lar faoliyatida uyg&#8217;unlik (o&#8217;xshashlik) borligi; 4) Mendelning irsiy omil (gen) haqidagi g&#8217;oyasi, uning asosiy xusu- siyatlari haqidagi ta&#8217;limotning gene- tik, tsitogenetik va molekulyar genetic tadqiqotlar tufayli to&#8217;ldirilganligi va rivojlanganligi; oqibatda irsiyatning moddiy asoslari hisoblangan genlar struk-turasi va funktsiyasi to&#8217;g&#8217;risidagi yangi qonuniyatlar aniqlanganligi. M. Ch. Darvin asos solgan evolyusion ta&#8217;- limotning genetik asoslarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega. Jo&#8217;ra Musaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mendelizm \u2014 organizmlar bel- gilarining irsiylanish qonunlari haqidagi ta&#8217;limot. Bu ta&#8217;limotning yaratilishida Mendel tadqiqotlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari (q. Mendel qonunlari) M.ning poydevori hisoblanadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mendelizm-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120121","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120121","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120121"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120121\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120125,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120121\/revisions\/120125"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120121"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120121"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120121"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}