{"id":120129,"date":"2024-05-09T19:17:18","date_gmt":"2024-05-09T16:17:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120129"},"modified":"2024-05-09T19:17:22","modified_gmt":"2024-05-09T16:17:22","slug":"mebel","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mebel\/","title":{"rendered":"Mebel"},"content":{"rendered":"\n<p>Mebel (lot. mobilis \u2014 qo&#8217;zg&#8217;aladigan, osongina suriladigan), jihoz \u2014 xonalar, istirohat bog&#8217;lari, ko&#8217;chalar jihozining asosiy turi. Ma- ishiy (uy-ro&#8217;zg&#8217;orda ishlatiladigan), jamoat bi-nolari va joylari (bog&#8217;cha- yasli, maktab, o&#8217;quv yurtlari, idoralar, teatr, klub, kinoteatr, do&#8217;konlar, kafe va restoranlar, sanoat binolari va b.) da qo&#8217;llaniladigan xillarga bo&#8217;linadi. M. (kursi, xontaxta, javon, belanchak, beshik, stul, stol, shkaf, karavot, Di- van, sandiq, kuti, skameyka, parta va b.) insonning mehnati \u2014 mashg&#8217;uloti, dam olishini qulaylashtirish uchun xizmat qiladi. Yog&#8217;ochning qattiq turlari (eman, shamshod, yong&#8217;oq, nok, qayin, lipa, tol, terak, kizil daraxt, chinor, qayrag&#8217;och, olxa, shumtol, archa, qarag&#8217;ay, tilog&#8217;och va b.), metall va PLA-stmassadan ishla- nadi, novdalardan to&#8217;qiladi. Vazifasi, tuzilishi, materialiga qarab juda ko&#8217;p turlarga bo&#8217;linadi, har bir turning ham bir necha xili bo&#8217;ladi (mas, stolning ovqat tay-yorlash va ovqatlanishda ishla- tiladigan, yozuv stoli kabi xillari, ja- Vonning kitob terib qo&#8217;yiladigan, kor- xonada \u2014 asbob-uskunalar saqlanadigan xillari bor). Maishiy (uy-ro&#8217;zg&#8217;or) da ishlatiladigan M. yotoqxona, mehmonxona, oshxona va hovli M.lari kabi xillarga bo&#8217;linadi. Bir xonali uy- larga mo&#8217;ljallab ishlab chiqariladigan M.lar ham yotokxona, xam mehmonxona M.i vazifasini o&#8217;taydi (mas, divankara- vot, kreslokaravot). Ikki, ba&#8217;zan undan ortiq turi birlashtirilgan M.lar xam ishlab chikariladi. Tuzilishi va tex- nologik jihatlariga ko&#8217;ra, M. joyidan qo&#8217;zg&#8217;almaydigan va qo&#8217;zg&#8217;aladigan, yig&#8217;ma, devorga o&#8217;rnatiladigan va b. xillarga bo&#8217;linadi. M. xonani, bino ichini badi-iy bezash uchun xizmat qiladi, amaliy san&#8217;at sohasi ham hisoblanadi (M.larni bezashda rassomlik, haykaltaroshlik va naqshdan foydalaniladi). M. juda qadim davrlarda, inson o&#8217;troklasha boshlagan paytlardayoq paydo bo&#8217;lgan. Yangi ijtimoiy tuzumlar, mada- niyat, fan va texnika taraqqiyoti yangidan- yangi M. namunalarini vujudga keltirdi. Qadimdan Misr fir&#8217;avnlariga mansub ayrim M. namunalari bizning davrimiz- gacha saqlangan. Taxt, sandiklar yog&#8217;ochdan o&#8217;yma va bo&#8217;rtma naqsh va tasvir ishlab, jez, kumush, oltin va fil suyagi qoplab bezatilgan. Yunonistonda M., asosan, yog&#8217;ochdan ishlangan. Qad. Rimda M. tayyor- lashda yog&#8217;och b-n bir qatorda marmar, jez- dan ham foydalanilgan, daraxt novdasi- dan to&#8217;qima M. ham tayyorlangan. Stol- larning oyog&#8217;i yirtqich hayvonlarning oyoqlariga o&#8217;xshatib ishlangan. Bizgacha saqlangan Vizantiya M.i namunalari oltin, fil suyagi, qimmatbaho toshlar qoplab bezatilgan. Xitoy, Yaponiya, Eron kabi Osiyo mam- lakatlarida ham M.ni jozibador bez- atishga katta ahamiyat berilgan. Osiyo mamlakatlarida, jumladan, O&#8217;rta Osi- yoda uylarni jihozlashda gilam, shol, kigiz kabilarga katta e&#8217;tibor berilga- nidan M. unchalik raem bo&#8217;lmagan. Le- kin beshik, belanchak, chorkursi, sandiq, sandiqchalar, xontaxta, tancha (sandal), tokchaga ishlangan jovon, taxt kabi jihozlar asta-sekin raem bo&#8217;lgan. Sharq mamlakatlarida 7\u2014 8-a.lardan boshlab yog&#8217;och va jez M.lardan madrasa, maejid, saroylarda keng foydalanilgan, ustiga kitob qo&#8217;yib o&#8217;qiladigan lavh, 8 qirrali stollar, kursilar qadama, o&#8217;yma va bo&#8217;yama na-qshlar b-n bezatilgan. O&#8217;rta Osiyo sa- roylarida taxt, kursi taxta (karavot) lar oltin, kumush, qimmatbaho toshlar b-n bezatilgan. Ular yong&#8217;oq, archa, tut terak,va b. daraxtlarning yog&#8217;ochidan tayyorlangan. Hozir milliy M.lar Evropa uslubidagi M.lar b-n uyg&#8217;unlashib ketdi. Evropada M. tarakdiyoti badiiy US- lublarning kuchli ta&#8217;siri ostida bo&#8217;ldi. 10-12-y.larda roman uslubi sodda, Le- kin vazmin, dag&#8217;al M.ni vujudga keltir- Di. Gotika (12-15-a.lar) M.ni nafis- lashtirdi, bezakda yog&#8217;och o&#8217;ymakorligidan foydalanildi. Uyg&#8217;onish davrit yog&#8217;och in- krustasiyaatshan ko&#8217;p foydalanildi, yangi M. turlari, mas, yozuv shkaflari, yumshoq kursilar (kreslolar) paydo bo&#8217;ldi. Barokko (17-18-a.lar) M. shakllari- ni murakkablashtirdi. M.da odatdagi serhasham bezakdan tashqari mozaika ham ishlatildi. 18-a. 2-choragidan ravnaq topgan rokoko uslubi o&#8217;zidan oldingi klassisizm oqimining monumental M. shakllarini engillashtirdi, usti yopib qo&#8217;yiladigan yozuv stollari, M. garnitu- ralari paydo bo&#8217;ldi. Ampir uslubi (19- a.) da M.larning oyoklari Sfinks, grif- fon, sher oyog&#8217;i, ustunlarga o&#8217;xshatib ish- landi, bezakning simmetrik bo&#8217;lishiga ahamiyat beriddi.- 19-a. 2-yarmidan M. kam bezakli qilib f-kalarda ishlab chiqarila boshladi, yog&#8217;ochni egib ishlana- digan arzon, xammabop Vena M.lari om- malashdi. 20-a. boshlaridan rasionalizm uslubi yangi materiallar (mas, metal quvurlar) dan foydalanish, M.larni yig&#8217;ma va qismlari ajratiladigan qilib tayyorlash usullarini maydonga keltir- Di. Idora, o&#8217;quv yurtlari, bank, xonadon- lar uchun maxsus M. xillari paydo bo&#8217;ldi. Hozir idoralarda, asosan, italyan uslu- bidagi M.lar raem bo&#8217;ldi (2003). Zamonaviy M. foydalanishga qulay, engil, sodda bo&#8217;lib, qimmatbaho yog&#8217;och te- jab ishlanadi, qismlarga ajraladigan qilib tayyorlanadi. Tashishga, ko&#8217;chirishga qulay (ayrim M.lar bir necha qismga AJ- ratiladigan qilib tay-yorlansa, ayrim M.larning qismlari alohida bo&#8217;lib, ustma-ust, yonma-yon qo&#8217;yiladigan qilib yasaladi). M. alo-hida-alohida komplekt qilib (mas, stol va stullar) tayyorlana- Di, M. to&#8217;plam (1, 2, 3, 4 xonali xonadon- larga mo&#8217;ljallab, bir uslub, bir xil ma- terial va bir xil rangda tayyorlanadigan komplekt), garnituralar (yotokxona, ka- binet, oshxona, mehmonxona kabi maxsus xonalarga mo&#8217;ljallangan, bir uslub, bir xil rang, bir xil materiallardan) ishlab chiqariladi. O&#8217;zbekistonda Evropa uslu- bidagi M.lar milliy uslubdagi M.lar b-n uyg&#8217;unlashib ketgan. Engil uslubdagi M.lar b-n birga klassik uslubdagi zal- vor M.lar yana raem bo&#8217;la boshladi (yana q. Mebel sanoati).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mebel (lot. mobilis \u2014 qo&#8217;zg&#8217;aladigan, osongina suriladigan), jihoz \u2014 xonalar, istirohat bog&#8217;lari, ko&#8217;chalar jihozining asosiy turi. Ma- ishiy (uy-ro&#8217;zg&#8217;orda ishlatiladigan), jamoat bi-nolari va joylari (bog&#8217;cha- yasli, maktab, o&#8217;quv yurtlari, idoralar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mebel\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120129","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120129","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120129"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120129\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120130,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120129\/revisions\/120130"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120129"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120129"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120129"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}