{"id":120156,"date":"2024-05-09T19:32:05","date_gmt":"2024-05-09T16:32:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120156"},"modified":"2024-05-09T19:32:10","modified_gmt":"2024-05-09T16:32:10","slug":"maqom-ansambli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/maqom-ansambli\/","title":{"rendered":"&#171;Maqom&#187; ansambli"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;Maqom&#187; ansambli &#8212; h) maqomlarni ijro etishga ixtisos-lashgan xonanda va sozandalar guruhi. Ularning ijro dasturlaridan asosan maqomlar, shuningdek, o&#8217;zbek bastakorla- rining kuy va ashulalari, xalq musiqasi na-munalari o&#8217;rin oladi. 20-a.ning boshlariga qadar &#171;M.&#187;a.lari Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo&#8217;qon, Toshkent va b. yirik shaharlarda, xususan saroy sharo- ITIda faoliyat kursatgan. Keyinchalik &#171;M.&#187;a.lari yangicha shart-sharoitlarda mumtoz milliy musiqa ijodiyotini keng targ&#8217;ib qilish maqsadida qayta tuzil- gan. O&#8217;tmishda &#171;M.&#187;a.lari tomonidan maqomlar yaxlit turkum holda yoki ular- ning alohida-alohida cholg&#8217;u va ashula qismlari ijro etilgan. Bunda, jumla- dan, Shashmaqomttt talqin, Nasr, Savt kabi sho&#187;balarini aytishga ixtisoslash- gan hofizlar talqinxon, nasrchi, savtxon deb yuritilgan. Ularga tanbur, doyra yoki ixcham cholg&#8217;u ansambli jo&#8217;rlik qilgan. Jumladan, 19-a.ning oxirida Buxoroga mos &#171;M.&#187;a. tarkibida, odatda, 2 ta tan- bur, dutor, qo&#8217;biz (yoki Sato), doira va 2-3 nafar jo&#8217;rovoz hofizlar bo&#8217;lgan. 1920-y. larda tashkil topgan Sharq musiqa makta- blarida, Samarqand musiqa va xoreogra- fiya in-tida maqom ijrochiligidan saboq berishda opga Jalol Nosirov, ota G&#8217;iyos Abdug&#8217;ani, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Matyoqub Xarratov kabi yirik maqomchi ustozlar xizmat qilganlar; 2) O&#8217;zbekiston teleradiokom- paniyasi qoshidagi Yunus Rajabiy nomi- dagi &#171;maqom&#187; ansambli. 1959 y.da aka- demik yu.Rajabiy tashabbusi b-n tuzil- gan. 1989 y.dan Yunus Rajabiy nomida. Respublika radiosi huzurida 1927 y.da tashkil topgan o&#8217;zbek xalq cholg&#8217;ulari an- sambli (rahbar yu. Rajabiy), shuningdek, Hoji Abdulaziz Rasulov, Domla Halim, To&#8217;ychi Hofiz kabi atoqli hofizlarning boy ijodiy-ijrochilik an&#8217;analariga tayanib ish tutdi. Ansamblga tajribali xonanda va sozandalar jalb etilib, mil- liy cholg&#8217;ulardan tanbur, dutor, chang, ru- bob, g&#8217;ijjak, Sato, nay, qo&#8217;shnay, doira va b. kiritildi. Ansambl tomonidan, aso- san, Buxoro va Farg&#8217;ona-Toshkent makom yo&#8217;llari mukammal o&#8217;rganilishi hamda noyob ijro uslublari o&#8217;zlashtirilishida F. Sodiqov (1961-76 yillarda chang- chi va musiqa rahbari), J. Sultonov, O. Imomxo&#8217;jaev, A. Haydarov, K. Ismoi- lova, B. Dovidova, O. Alimahsumov, O. Qosimov, T. Alimatov, O&#8217;zbekistonda xiz- mat ko&#8217;rsatgan artistlar \u2014 K. Mo&#8217;minov, A. Ubaydullaev, B. Zirkiev, I. Kataev, S. Aminov, Sh. Ergashev, X. Qodirova, H. Yusupova, 3. Sodiqov, I. Qodirov, shu- ningdek, I. To&#8217;raev, D. Sottixo&#8217;jaev, U. Otaev va b.ning ulushi katta bo&#8217;ldi. Bu jamoa ijrosida Shashmaqom, Farg&#8217;ona\u2014 Tosh-kent maqom yo&#8217;llari magnit tasmasi hamda grammofon plastinkalarga yozib olinib, bir necha bor ko&#8217;paytirilgan. Yu. Rajabiy rahbarligida keng faoli- yat ko&#8217;rsata boshlagan bu ijodiy ja- moa katta va o&#8217;ziga xos maktab yaratishga muvaffaq bo&#8217;ldi. Ansamblga badiiy rahbar sifatida ishlagan yu. Rajabiy (1959-76), o.Alimahsumov (1976-79), Sh. Mirzaev (1979-81), G&#8217;. Toshmatov (1981-86), A. Ismoilov (1989-96 va 1999 y.dan), Isroil Vahobov (1996\u2014 99)larning xizmatlari katta. So&#8217;nggi davrdagi ansambl tarkibi ud va qonun cholg&#8217;ulari b-n kengaydi, maqomlarning ijro talqinlari yanada ko&#8217;paydi. &#171;M.&#187;a. ijrochiligining keyingi ravnaqida A. Ismoilov va A. Abdurashidov, O. Hotamov, O. Otaxonov, E. Lutfullaev, H. Rajabiy, M. Tojiboev, M. Yo&#8217;ldoshev, aka-uka Vahobovlar, B. Do&#8217;stmurodov, T. Maxmudov, O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artistlar A. Xoltojiev, M. Dalabosova, N. Sattorova, A. Dadaev, M. Ziyoeva va b.ning munosib hissasi bor. Ansambl sozanda va xonandalari nufuz- li musiqiy anjumanlar, shu jumladan, YUNESKO qoshidagi xalqaro musiqa ken- gashining VII Kongressi (Moskva, 1971), Xalqaro musiqashunoslik simpoziumla- ri (Samarqand, 1978, 1983, 1987), &#171;Sharq taronalari&#187; xalq-aro musiqa Festi- vallari (Samarqand, 1997, 1999, 2001) da muvaffaqiyatli ishtirok etgan; 3) O&#8217;zbekistonning turli joylar (madaniyat saroylari, o&#8217;quv yurtlari, viloyat televi- deniesi va b.)da tashkil topgan profes- sional va havaskorlik makom ansamblla- ri 1970 y.lardan faoliyat ko&#8217;rsatmoqda (Xorazm, Andijon, Buxoro, Samarqand, Qo&#8217;qon va b.). &#171;M.&#187;a.lari ustozona makom ijrochiligi an&#8217;analarini davom ettir- gani holda boshqa mumtoz kuy va ashu- lalarni hoz. zamon tinglovchilarining didi, talab va ehtiyojlariga moslab ijro etilishiga alohida aqamiyat beradi. 1972 y.da Toshkent konservatoriyasi (hozirda O&#8217;zbekiston davlat kon-servatoriyasi) tarkibida Sharq musiqasi (hozirda an&#8217;- anaviy ijrochilik) kafedrasi ochilishi b-n sozanda talabalar uchun &#171;M.&#187;a. nomli o&#8217;quv-amaliy fani joriy etildi. Kon- servatoriya talabalaridan iborat cholg&#8217;u &#171;M.&#187;a. ijrosida Buzruk maqomi cholg&#8217;u qismlari (1973, rahbar F. Sodiqov), shu- ningdek, Shashmaqomning barcha mushki- lot yo&#8217;llari (rahbar dosent A. Hamidov) ilk bor mukammal holda yozib olinib, 5 ta maxsus grammofon Stereo plastinka- lar (jami 11 dona) chiqarilgan (1987\u2014 91). Xorazm maqomlari to&#8217;liq holda 1990-y.larda Xorazm viloyat teleradiosi qoshida tuzilgan &#171;M.&#187;a. (badiiy rahbar R. Jumaniyozov) ijrosida magnit tasma- siga yozib olingan. Hoz. musiqa va san&#8217;at kollejlarida hamda ba&#8217;zi boshlang&#8217;ich musiqa va san&#8217;at maktab va liseylarida ham maqom yo&#8217;llari o&#8217;qitilmoqda. 1983 y.dan muntazam o&#8217;tkaziladigan maqom ijrochilarining respublika tanlov- larida &#171;M.&#187;a.lari ham ishtirok etadi. 1991 y.da bu tanlovga Yunus Rajabiy nomi berilgan. Ravshan Yunusov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;Maqom&#187; ansambli &#8212; h) maqomlarni ijro etishga ixtisos-lashgan xonanda va sozandalar guruhi. Ularning ijro dasturlaridan asosan maqomlar, shuningdek, o&#8217;zbek bastakorla- rining kuy va ashulalari, xalq musiqasi na-munalari o&#8217;rin oladi. 20-a.ning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/maqom-ansambli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120156","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120156","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120156"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120156\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120165,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120156\/revisions\/120165"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120156"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120156"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120156"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}