{"id":120158,"date":"2024-05-09T19:28:56","date_gmt":"2024-05-09T16:28:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120158"},"modified":"2024-05-09T19:29:00","modified_gmt":"2024-05-09T16:29:00","slug":"mahalliy-davlat-hokimiyati-organlari-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mahalliy-davlat-hokimiyati-organlari-2\/","title":{"rendered":"MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI (O&#8217;zRda) &#8212; joylardagi davlat boshqaruv idora- lari. Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni o&#8217;z vakolatlari do- irasida o&#8217;zlari hal etadilar, umumdav- lat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari b-n uy-g&#8217;unlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy bo&#8217;g&#8217;ini sifatida yuqori davlat organ- lari qarorlarining amalga oshiri- lishini ta&#8217;minlaydilar. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy an&#8217;analarga tayan- gan holda ilg&#8217;or mamlakatlar tajriba- sidagi ijobiy tomonlarni o&#8217;rganib, o&#8217;z davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, M. D. h. o. tizimini yarat- Di. Mahalliy hokimiyat tizimini shak- llantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida O&#8217;zbekiston Respublikasi kon- stitusiyasi (1992 y., 8 dek.), &#171;Mahalliy davlat hokimiyati to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonun (1993 y., 2 sent.), &#171;Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga say- lovlar to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonun (1994 y., 5 may) kabilar mu-him o&#8217;rin egallaydi. O&#8217;zR Konstitu-tsiyasining 20-bobida M. D. h. o. faoliyatining Konstitusiya- viy huquqiy asoslari o&#8217;z aksini topgan (99\u2014104moddalar). Mazkur moddalarda M. D. h. o. tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitusiyaviy dara- jada mustahkamlab qo&#8217;yilgan. Konstitu- tsiya mahalliy vakillik organlarining 2 bo&#8217;g&#8217;inli tizimi (ya&#8217;ni, tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari \u2014 quyi bo&#8217;g&#8217;in; viloyatlar va Toshkent sh. xalq de- putatlari kengashlari \u2014 yuqori bo&#8217;g&#8217;in) ni mustahkamladi va bu mahalliy davlat hokimiyati to&#8217;g&#8217;risidagi qonunda o&#8217;z ifo- dasini topdi. M. D. h. o.: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta&#8217;minlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ri- vojlantirish; mahalliy byudjetni shak- llantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig&#8217;imlar belgilash, byud- jetdan tashqari jamg&#8217;armalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xo&#8217;jalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati AKT- larini qayd etishni ta&#8217;minlash; nor- mativ hujjatlarni qabul qilish hamda O&#8217;zR Konsti-tusiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. M. D. h. o. O&#8217;zR qonunlari, Pre- zident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amal- ga oshiradi, xalq deputatlari quyi ken- gashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, respublika va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadi. M. D. h. o. 2 ga bo&#8217;linadi: mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijroiya organlari. Mahalliy vakillik organla- ri o&#8217;z faoliyatini kollegi-allik asosida olib boradi. Mahalliy kengash ishining asosiy tashkiliyhuquqiy shakli ses- siya hisoblanadi. Mahalliy vakillik organlarining hamma bo&#8217;g&#8217;inlari say- lov yo&#8217;li b-n tashkil qilinadi. Qonun vakillik organlariga har tomonlama bilimga, tajribaga ega, keng, mustaqil fikrlovchi shaxslarning saylanishi- ni va bu organlar ishchan bo&#8217;lishini na- zarda tutadi. 1994 y. 25 dek.da va 1999 y. 5 dek.da O&#8217;zbekistondagi mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar o&#8217;tkazildi. M a halliy ijroiya organ- lari \u2014 hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladi va u yakkaboshchilik printsipi asosida ish olib boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar, bo&#8217;limlar va bo&#8217;linmalardan iborat bo&#8217;lib, ularning tuzilishi, tashkil eti- lishi va faoliyati O&#8217;zRning Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar b-n belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent sh. ijroiya hokimiyati organ- larining tuzilishi va Shtatlari hokim tomonidan O&#8217;zR Vazirlar Mahkamasi b-n kelishilgan holda, tegishli xalq depu- tatlari kengashi tasdiqlagan byudjet do- irasida belgilanadi va o&#8217;zgartiriladi. Tuman, shahar ijroiya hokimi-yati or- ganlari va Qoraqalpog&#8217;iston Respu- blikasi ijroiya hokimiyati organlari tuzilishi va Shtatlari tarkibi M. D. h. o. to&#8217;g&#8217;risidagi qonun b-n tartibga so- linadi. Xalq deputatlari kengashlari va hokim munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarga asosan hududdagi muhim masalalar, muammo- larni hal qilishda maslahatlashish uchun hokimlar huzurida maslahat kengashi tuzildi. Lekin bunday maslahat kengash- lari tuzilishi hokimning faoliyatidagi yakkaboshchilik printsipiga putur etkaz- maydi. Ijroiya hokimiyati bo&#8217;linmalari rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari b-n kelishilgan holda va hokimning taqdimiga binoan, tegishli xalq deputatlari kengashlari sessiyala- rida lavozimiga tayinlanadi va lavozi- midan ozod etiladi. Mahalliy vakillik organlari va hokimlar qabul qiladigan hujjatlar Konstitusiya va qonunlarga zid bo&#8217;lmasligi lozim. Hokim tomoni- dan qabul qilingan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, kor- xonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin. Akmal Saidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI (O&#8217;zRda) &#8212; joylardagi davlat boshqaruv idora- lari. Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni o&#8217;z vakolatlari do- irasida o&#8217;zlari hal etadilar, umumdav- lat man-faatlarini shu hududda yashab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mahalliy-davlat-hokimiyati-organlari-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120158","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120158","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120158"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120158\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120159,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120158\/revisions\/120159"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120158"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120158"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120158"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}