{"id":120195,"date":"2024-05-09T19:52:28","date_gmt":"2024-05-09T16:52:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120195"},"modified":"2024-05-09T19:52:32","modified_gmt":"2024-05-09T16:52:32","slug":"maxmur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/maxmur\/","title":{"rendered":"Maxmur"},"content":{"rendered":"\n<p>Maxmur (taxallusi; asl ism- sharifi Maqmud Mulla Shermuhammad o&#8217;g&#8217;li, ?\u2014Qo&#8217;qon \u2014 1844) \u2014 o&#8217;zbek mum- toz adabiyoti namoyandalaridan biri. Shoir Mulla Shermuhammad Akmal Ho&#8217;qandiyning o&#8217;g&#8217;li. Qo&#8217;qondagi Ma- drasai Mirda tahsil olgan. Umarxon qo&#8217;shinida sarbozliksipohiylik qilgan. M. yoshligidan she&#8217;riyatga havas qo&#8217;yib, Sa&#8217;diy, Hofiz, Jomiy, Navoiy merosi- ni o&#8217;rgangan. Shoirning shaxsiy hayoti juda og&#8217;ir kechgan, bu esa uning ijodida ham yorqin iz qoldirib, ko&#8217;pchilik she&#8217;rlari- ning mazmunruhiga sezilarli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. M. tabiatan munofiqlik va riyokorlikni qat&#8217;iy qoralovchi, hiylanayrang va qing&#8217;ir ishlarni yoqtirmaydigan, ayni zamonda, nozik did va serjahl, o&#8217;z qadrqimmatini yuqori tu- tuvchi inson bo&#8217;lgan. M.ning an&#8217;anaviy devon tuzganligi noma&#8217;lum. 1950 y.da Po&#8217;latjon Qayumov va Asqarali Charxiylar izlanishlari tu- fayli Qo&#8217;qonda M.ning o&#8217;zbek va forsiy tillardagi she&#8217;riy majmuasi to-pilgan. M. asarlarining deyarli hammasi o&#8217;z maz- Mun va ruhiga ko&#8217;ra, hajviy va tanqidiy yo&#8217;nalishdadir. Mumtoz she&#8217;riyatning g&#8217;azal, masnaviy, muxammas va qasida tur- larida yaratilgan bu asarlar milliy ada- biyotda ijtimoiy hajviyotning M. ijodi- da yanada yuksak pog&#8217;onaga ko&#8217;tarilganini ko&#8217;rsatadi. Shoir o&#8217;z davridagi tuzumning ko&#8217;pdan-ko&#8217;p illatlarini keskin tanqid ostiga olgan, o&#8217;sha zamondagi adolatsiz- lik, zo&#8217;ravonlik va huquqsizlikni fosh etgan. Bu tanqid, ko&#8217;pincha, &#171;jafokor FA- lak&#187;, &#171;berahm charx&#187; qilmishidan o&#8217;tli shikoyat, achchiq taqdirdan, befayz hayotdan nolafig&#8217;on tarzida yuzaga kelgan. Qishloq ahlining och-yalang&#8217;och hayoti, o&#8217;lkani qurshagan vayronagarchilik, xa- robazorlarga aylangan qishloklarning ayanchli manzarasi &#171;Hapalak&#187; satirasi- da jonli va ta&#8217;sirchan chizilgan. Unda shoir juda katta ijtimoiy mazmunni o&#8217;ziga xos ramziy obrazlarda, xalqona qochiriq va achchiq kino-yalar, imo-isho- ralar vositasida esda qolarli daraja- da badiiy mahorat b-n ifodalay olgan. M.ning xalq so&#8217;zlashuv tiliga ko&#8217;chib, maqolmatallar doirasidan mustahkam o&#8217;rin olgan &#171;Tovuqi ignachiyu o&#8217;rdagu G&#8217;ozi \u2014 kapalak!; Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, to&#8217;rt katalak!; Xalqini ko&#8217;rsang agar o&#8217;lasiyu qoqu xarob,ochlikdan egi- lib qomati misli Kamalak&#187; kabi mis- ralari Hapalak qishlog&#8217;ining xarobaga aylanganini (shoirning onasi shu erlik bo&#8217;lgan), dehqonlarning esa o&#8217;ta qashshoq hayotini ishonarli gavdalantiradi. Vay- Rona qishloqlar va bechora dehqon ahli mav-zui M.ning boshqa she&#8217;rlarida ham shu tarzda tanqidiy ruxda hayotiy taxlil etilgan. M.ning ko&#8217;pgina hajviy she&#8217;rlari za- monasidagi aniq shaxslarga qaratilgan: &#171;Isqotiy&#187;, &#171;Amakim&#187;, &#171;Xo&#8217;ja Mir Asad hajvi&#187;, &#171;Hajvi Atoyi poraxo&#8217;r&#187;, &#171;qozi Muhammad Rajab avj sifatlari&#187; va b. M. ijodiy merosida hajv san&#8217;ati- ning murakkab, ayni zamonda, mahsuldor va yorqin usullaridan biri \u2014 o&#8217;z-o&#8217;zini fosh etish usulida yaratilgan asarlar alohida o&#8217;rin tutadi. Shoirga zamondosh tarixiy shaxslar \u2014 yuqori lavozimli amaldorlardan Hoji Niyoz, Hakim Tu- Robiy, Mulla Ya&#8217;qub Xo&#8217;jandiy kabilar- ning jirkanch tabiati va qabih amaliy- ijtimoiy faoliyatlarini ayovsiz fosh etuvchi hajviyalar bu turkumning etuk namunalaridir. Shoir qoldirgan adabiy meros ichida &#171;Karimquli Mehtarning sifatlari&#187; deb nomlangan masnaviy alohida o&#8217;rin tuta- Di. Tarixan hayotda bo&#8217;lgan vo-qeani ba- diiy bayon etuvchi bu asarda shoir mohir hajviy \u2014 hazil she&#8217;r ustasi sifatida namoyon bo&#8217;ladi. Karim-quli Mehtar to- monidan o&#8217;ziga ajratilgan sovg&#8217;a \u2014 otni ta&#8217;riflash jarayonida hajviy tasvir- ning go&#8217;zal lavhalarini yaratadi. &#171;Suv ham ichsa tamog&#8217;iga tiqilar, pashsha gar qo&#8217;nsa yoliga yiqilar&#187; darajasida qirchang&#8217;i bo&#8217;lgan, &#171;kunda etti no&#8217;xta uzar, misli Qo&#8217;chqor suzar, og&#8217;zida tishdin asar yo&#8217;q&#187; ot ta&#8217;rifida M. xalqog&#8217;zaki ijo- dining lof, askiya turlari ruhi va US- lubida quv-noq misralar bitadi (&#171;ham harishu ham xarobu ham badnom, ikki ming ayb angadur mudom&#8230;&#187;). M. \u2014 zullisonayn shoir. Fors tili va she&#8217;riyatini mukammal bilgan. Bir qancha forsiy asarlar ham yaratgan. Uning merosida Sharq she&#8217;riyatining mulamma va shiru shakar turlarining namunalari mavjud. M. ijodiy faoliyati o&#8217;zbek mum- toz adabiyotida tanqidiy yo&#8217;nalishning, ayniqsa, hajviyotning taraqqiyotida na- vbatdagi yuqori bosqich bo&#8217;ldi. M.ning hajviy she&#8217;rlar devoni saqlangan, unda 69 asar (3417 misra) jamlangan, lirik asarlari esa bayozlarda uchraydi. M. adabiy merosi keyingi dav- rlar qalam ahli, xususan, hajv-go&#8217;ylar ijodiga jiddiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Muqimiy va Yaodgshlarning Hapalak qishlog&#8217;i haqidagi hajviyaga taxmis bog&#8217;laganliklari, M. yumoristik tahlil etgan qirchang&#8217;i ot mavzuida 19-a. oxirla- ri va 20-a. boshlarida ko&#8217;plab hajviy na- munalarning paydo bo&#8217;lishi xulosa uchun ishonchli dalildir. As: tanlangan asarlar, T., 1951; she&#8217;- rlar, T., 1959. Ad:. Qayumov A., Qo&#8217;qon adabiy muhiti, T., 1961. Abdurashid Abdug&#8217;afurov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Maxmur (taxallusi; asl ism- sharifi Maqmud Mulla Shermuhammad o&#8217;g&#8217;li, ?\u2014Qo&#8217;qon \u2014 1844) \u2014 o&#8217;zbek mum- toz adabiyoti namoyandalaridan biri. Shoir Mulla Shermuhammad Akmal Ho&#8217;qandiyning o&#8217;g&#8217;li. Qo&#8217;qondagi Ma- drasai Mirda tahsil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/maxmur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120195","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120195","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120195"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120195\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120202,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120195\/revisions\/120202"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120195"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120195"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120195"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}