{"id":120433,"date":"2024-05-11T19:32:03","date_gmt":"2024-05-11T16:32:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120433"},"modified":"2024-05-11T19:32:10","modified_gmt":"2024-05-11T16:32:10","slug":"maktab-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/maktab-2\/","title":{"rendered":"Maktab"},"content":{"rendered":"\n<p>Maktab \u2014 1) o&#8217;qituvchi rahbarligida yosh avlodga ma&#8217;lumot be- riladigan va tarbiyaviy ishlar olib bo- riladigan o&#8217;quv tarbiya muassasasi. M.ni kuyidagi turlarga bo&#8217;lish mumkin: a) be- riladigan bilimning xarakteriga kura \u2014 umumiy va professional; b) bilim- ning ko&#8217;lamiga ko&#8217;ra \u2014 boshla-ng&#8217;ich (yoki quyi), o&#8217;rta, oliy; v) kimning qaramog&#8217;ida bo&#8217;lishiga qarab \u2014 davlat, municipal (jamoa) va xususiy; g) o&#8217;quvchilar jin- siga ko&#8217;ra \u2014 aralash (har ikki jinsda- gi o&#8217;quvchilar uchun), ayollar hamda erlar maktabi;D) dinga nisbatan \u2014 dunyoviy vadiniy (konfessional); e) bolalar M.da bo&#8217;lish vaqtiga qarab \u2014 qatnab o&#8217;qiydigan M. va tunab qolinadigan M. (pansion, internat va t.k.). O&#8217;zbekistonda M., asosan, davlat mulki bo&#8217;lib, unda o&#8217;qish bepuldir. Shu b-n birga oliy o&#8217;quv yurtlarida o&#8217;qish qisman shartnoma aso- sida ota-onalar mablag&#8217;lari hisobiga amalga oshiriladi. O&#8217;zR ning 1997 y.da qabul qilingan &#171;ta&#8217;lim to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qoluni hamda &#171;Kadrlar tayyorlash mil-liy dasturi&#187; da belgilab berilgani- dek, O&#8217;zbekiston maktablarida ta&#8217;lim o&#8217;quvchilarning ona tilida olib borila- Di. Barcha M.larda o&#8217;quvchi va talabalar uchun uzluksiz tarzda ta&#8217;limning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga o&#8217;tish ta&#8217;- minlangan. Boshlang&#8217;ich va o&#8217;rta M.larda ta&#8217;limning asosiy shakli \u2014 dars, o&#8217;rta maxsus va kasb-hunar, hamda oliy makta- blarda \u2014 lektsiya. Ilk M.lar qad. Sharq mamlakatla- ri (Xitoy, Bobil, Misr va b.)da paydo bo&#8217;lgan; bu mamlakatlardagi ibodatxo- nalarda kohinlar va kotiblar M.lari bo&#8217;lgan. Evropada dastlabki M.lar tax- minan mil. AV. 6-a.da Yunonistonda, mil. AV. 4-a.da qad. Rimda vujudga kelgan. O&#8217;rta Osiyoda boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim be- radigan M. maktabxona deb nomlangan. O&#8217;rta Osiyoda M.lar tipidan yana madrasa, qorixonank ko&#8217;rsatish mumkin. Madrasa o&#8217;rta va oliy tipdagi M. hisoblangan; qorixonada Qur&#8217;onni tilovat qilish o&#8217;rganilgan. Turkistondagi rus aholi mahalliy aholiga nisbatan M.lar b-n yaxshi ta&#8217;- minlangan. 1876 y.dan gimnaziya, Real M., muallimlar seminariyasi va b. xil M.lar ochilgan. Rus M.larining ayrim- larida mahalliy millat bolalari ham o&#8217;qigan. 19-a. oxirlarida mahalliy mil- lat bolalari uchun rus-tuzem maktablari tashkil etila boshladi. Bu M.lar, asosan, chorizmning mustamlakachilik siyosati- ga xizmat qilgan bo&#8217;lsada, o&#8217;lkada ilg&#8217;or o&#8217;qish usullarining yoyilishida ma&#8217;- lum rol o&#8217;ynadi. Sovet tuzumi davrida M.lardagi ta&#8217;lim jarayonining o&#8217;zi va o&#8217;qitish uslubiyatidagi har xil kamchi- liklar oqibatida bilim berishda yuza- ga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, o&#8217;quvchilarda mustaqil fikrlash rivoj- lanmay qoldi. O&#8217;zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, maktablarning moddiy texnika bazasini rivojlanti- rish, ularni ilmiy metodik jihatdan ta&#8217;minlash sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi. O&#8217;zbekistonda M. ish- lari yuksak sur&#8217;atlar b-n rivojlanmoqda. Mamlakatda 9672 umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabi (6 mln. dan ortiq o&#8217;quvchi), 224 o&#8217;rta maxsus va kasb-hunar o&#8217;quv yurti (223 ming o&#8217;kuvchi), 61 oliy o&#8217;quv yurti (125,5 ming talaba) mavjud (2002). Yana q. Xalq ta&#8217;limi, boshlang&#8217;ich maktab, Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabi, akademik lisey, kasb-hunar kolleji, Oliy o&#8217;quv yurtlari; 2) fan, adabiyot, san&#8217;at, ijtimoiysiyo- siy hayot va sh.k.da o&#8217;ziga xos xususiyatlar- ga ega bo&#8217;lgan yo&#8217;nalish, oqim (mas, geology olim Habib Abdullaev maktabi va h.k.). M. atamasi, shuningdek, rangtasvir, haykaltaroshlikka, o&#8217;ziga xosligi aniq ifodalangan shahar yoki ma&#8217;lum vilo-yat me&#8217;morligiga, u yoki bu darajada anik, uslubiy va tarixiy chegaralariga ega bo&#8217;lgan butun bir mamlakatning milliy san&#8217;atiga nisbatan ham qo&#8217;llanadi (mas, Hirot miniatyura maktabi). Rohatoy Safarova, Laylo Shermama- tova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Maktab \u2014 1) o&#8217;qituvchi rahbarligida yosh avlodga ma&#8217;lumot be- riladigan va tarbiyaviy ishlar olib bo- riladigan o&#8217;quv tarbiya muassasasi. M.ni kuyidagi turlarga bo&#8217;lish mumkin: a) be- riladigan bilimning xarakteriga kura &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/maktab-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120433","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120433","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120433"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120433\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120452,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120433\/revisions\/120452"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120433"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120433"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120433"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}