{"id":12125,"date":"2021-12-10T13:00:48","date_gmt":"2021-12-10T10:00:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12125"},"modified":"2025-10-13T16:05:01","modified_gmt":"2025-10-13T13:05:01","slug":"aholi-migratsiyasi-deganda-nimani-tushunasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/aholi-migratsiyasi-deganda-nimani-tushunasiz\/","title":{"rendered":"AHOLI MIGRATSIYASI deganda nimani tushunasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>AHOLI MIGRATSIYASI-aholining yashash joyini o&#8217;zgartirishi bilan bog&#8217;liq ko&#8217;chishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri bo&#8217;lib, unga kishilarning oddiy mexanik ko&#8217;chish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy xayotning ko&#8217;p tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi aholini joylashishi, yerni xo&#8217;jalik jihatdan o&#8217;zlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqparning paydo bo&#8217;lishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bog&#8217;liq. Ishlab chiqarishni joylashtirishdagi o&#8217;zgarishlar bevosita mehnat resurslarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi. Yo&#8217;nalishiga ko&#8217;ra tashqi Aholi migratsiyasi va ichki Aholi migratsiyasi farqlanadi. Tashqi Aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik), ichki Aholi migratsiyasi esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining o&#8217;zgarishi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar \u2014 migrant (muhojir) lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud \u2014 migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud \u2014 migrantlar o&#8217;rnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining ko&#8217;chib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron bir boshqa mamlakatdan ma&#8217;lum mamlakatga aholining ko&#8217;chib kelishi immigratsiya, unda ishtirok etganlar immigrantlar (kelgindilar) deyiladi. Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil o&#8217;zgartirish), vaqtincha (shartnoma asosida ma&#8217;lum muddatga ishga, o&#8217;qishga va boshqa sabablar bilan mamlakatdagi bir ma&#8217;muriy-hududiy birlikdan boshqasiga borish, yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoqlari \u2014 qishloq xo\u2019jalik, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va boshqa sabablarga ko&#8217;ra ko&#8217;chish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, o&#8217;qishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migrasiya turlari bo&#8217;ladi. Ma&#8217;lum vaqt davomida hududga ko&#8217;chib kelgan va ko&#8217;chib ketgan kishilar soni o&#8217;rtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Ba&#8217;zan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni o&#8217;zgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas. Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining to&#8217;xtovsiz o&#8217;sib borish tendentsiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan ma&#8217;lum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan to&#8217;la qondira olmasligi bu tendentsiyaga sabab bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonda Aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi, 50-60-yillarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Bekobod, Angren, Olmaliq, Yangiyer va boshqa sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan ta&#8217;minlash maqsadida sho&#8217;rolar davrida SSSRning Markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy ko&#8217;chirib keltirish hisobiga bo&#8217;ldi. Natijada bu shaharlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, ko&#8217;pchiligi Respublika tashqarisidan yo&#8217;llanma bilan kelgan kishilar bo&#8217;ldi. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so&#8217;ng Toshkent shahri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida o&#8217;z yurtlaridan qochoq bo&#8217;lganlar va badarg&#8217;a qilinganlar ham O&#8217;zbekistonda qo&#8217;nim topdilar. Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy an&#8217;analar ham ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. O&#8217;rta Osiyo xalqlarida, jumladan o&#8217;zbeklarda tug&#8217;ilib o&#8217;sgan joyga mehri balandligidan migrasiyaga moyillik ancha sust. Nurislom To&#8217;xliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AHOLI MIGRATSIYASI-aholining yashash joyini o&#8217;zgartirishi bilan bog&#8217;liq ko&#8217;chishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri bo&#8217;lib, unga kishilarning oddiy mexanik ko&#8217;chish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy xayotning ko&#8217;p tomonlarini qamragan murakkab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/aholi-migratsiyasi-deganda-nimani-tushunasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-12125","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12125","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12125"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12125\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":156780,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12125\/revisions\/156780"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12125"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12125"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12125"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}