{"id":12130,"date":"2021-12-10T13:02:03","date_gmt":"2021-12-10T10:02:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12130"},"modified":"2025-10-06T14:32:39","modified_gmt":"2025-10-06T11:32:39","slug":"aholining-milliy-tarkibi-deganda-nimani-tushunasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/aholining-milliy-tarkibi-deganda-nimani-tushunasiz\/","title":{"rendered":"AHOLINING MILLIY TARKIBI deganda nimani tushunasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>AHOLINING MILLIY TARKIBI &#8212; muayyan hudud yoki mamlakatda yashovchi aholining millatlar bo&#8217;yicha tarkibi. Aholining milliy tarkibi haqidagi ma&#8217;lumotlar aholi ro&#8217;yxati o&#8217;tkazish va statistik ro&#8217;yxat olib borish yo&#8217;li bilan aniqlanadi. Etnik statistika rivojlanmagan davlatlar, regionlarda esa aholining til birligiga, diniga qarab millatlarga, etnik guruhlarga ajratiladi. Dunyo aholisining milliy tarkibini aniq bilish juda mushkul, chunki dunyoning ko&#8217;p qismlarida assimilyatsiya (qorishish) va konsolidatsiya (milliy jipslashish) jarayonlari keng tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda o&#8217;tkazilgan ro&#8217;yxatlarda milliy tarkibi nisbatan to&#8217;la yoritiladi. Ba&#8217;zi hollarda esa millatlar haqida ma&#8217;lumot to&#8217;la ko&#8217;rsatilmaydi. Shuningdek, davlatlar bo&#8217;yicha qabul qilingan etnik terminologiyada ham farq mavjud. Masalan, ingliz, frantsuz, ispan tilida so&#8217;zlashuvchi ko&#8217;pgina mamlakatlarda &#171;millat&#187; tushunchasi doimo &#171;davlat&#187; tushunchasi bilan tenglashtiriladi va &#171;millat&#187; atamasi davlatga mansublik \u2014 fuqarolikni bildiradi. Shuning uchun ko&#8217;p manbalarda etnik guruhlar \u2014 xalqlar haqida ma&#8217;lumotlar uchraydi. Dunyoda qariyb 3 ming xalq ro&#8217;yxatga olingan va ular turli qit&#8217;alarda istiqomat qiladi. Yevropa mamlakatlari Aholining milliy tarkibi bo&#8217;yicha 3 guruhga bo&#8217;linadi: 1) bir millatli davlatlar. Bu davlatlarning har birida asosiy millat 90% va undan ortiqroq qismni tashkil etadi. Bu guruhga Polsha, Germaniya, Vengriya, Daniya, Shvetsiya kabi 20 dan ortiq mamlakat kiradi; 2) ko&#8217;p millatli davlatlar. Bu davlatlarga Buyuk Britaniya, Ispaniya, Shveytsariya kabi mamlakatlar kiradi. Ularda asosiy millat bilan birga boshqa millatlar ham istiqomat qiladi va aholi tarkibida salmoqli o&#8217;rinni egallaydi; 3) oraliq davlatlar. Bunday davlatlarda milliy masalaga oid muammolar to&#8217;la hal qilinmagan. Oz sonli xalqlar va millatlarni majburan assimilyatsiya qilish siyosati amalga oshiriladi (Ispaniya, Irlandiya). Osiyo ko&#8217;p millatliligi bo&#8217;yicha boshqa qit&#8217;alardan ajralib turadi. Bu qit&#8217;ada bir millatli davlatlar juda kam. Ularga Yaponiya, Koreya va ayrim Arab davlatlari \u2014 Yaman, Saudiya Arabistoni, Iordaniyani kiritish mumkin. Ayrim xalqlar bir necha davlatlar tarkibida qolib ketgan. Masalan, afg&#8217;onlar (Afg&#8217;oniston bilan Pokistonda), panjoblar (Pokiston bilan Hindistonda), kurdlar va boshqalar. Afrika qitasi Aholining milliy tarkibiga ko&#8217;ra 3 etnik oblastga bo&#8217;linadi: 1) shimol va shimoliy- Sharqiy Afrika. Bu rayonlarda o&#8217;zaro yaqin arablar va barbarlar yashaydi; 2) Sharqiy va G&#8217;arbiy Sudan. Bu yerlarda fulbe, volof, gvineyaliklar, gurlar, xausa, ibo kabi xalqlar yashaydi; 3) tropik va Janubiy Afrikada madaniyati, urf-odati va tili o&#8217;zaro yaqin bo&#8217;lgan bantu xalqlari yashaydi. Amerika qitasi aholisining milliy tarkibida ko&#8217;pchilikni (95%) Yevropadan ko&#8217;chib borgan xalqlar va ularning aralashuvidan vujudga kelgan guruhlar yashaydi. U yerda millatlar qaysi davlatda yashasa, shu davlat nomi bilan ataladi (amerikaliklar, kubaliklar va hokazolar). Avstraliya va Okeaniya aholisini etnik tarkibga ko&#8217;ra ikki qismga ajratish mumkin: 1) Avstraliya va yangi Zelandiyada inglizlar va yangi zelandiyalik inglizlar istiqomat qiladi. 2) Polineziya, Melaneziya va Mikroneziya orollarida aholi etnik qabila-qabila bo&#8217;lib yashaydi. Bu xalqlar umumiy nom bilan papuaslar deb ham ataladi. O&#8217;zbekiston ham ko&#8217;p millatli davlat. Respublikada 120 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Asosiy millat \u2014 o&#8217;zbeklar (aholining 71,4%); shuningdek ruslar (8,3%), tojiklar (4,7%), qozoqlar (4,1%), tatarlar (2,4%), qoraqalpoqpar (2,1%) ham yashaydi (1989). Mamlakat Burseva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AHOLINING MILLIY TARKIBI &#8212; muayyan hudud yoki mamlakatda yashovchi aholining millatlar bo&#8217;yicha tarkibi. Aholining milliy tarkibi haqidagi ma&#8217;lumotlar aholi ro&#8217;yxati o&#8217;tkazish va statistik ro&#8217;yxat olib borish yo&#8217;li bilan aniqlanadi. Etnik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/aholining-milliy-tarkibi-deganda-nimani-tushunasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-12130","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12130","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12130"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12130\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":154711,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12130\/revisions\/154711"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12130"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12130"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12130"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}