{"id":12177,"date":"2021-12-11T11:21:33","date_gmt":"2021-12-11T08:21:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12177"},"modified":"2021-12-11T11:21:34","modified_gmt":"2021-12-11T08:21:34","slug":"zaydiylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zaydiylar\/","title":{"rendered":"ZAYDIYLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ZAYDIYLAR \u2014 shialikda vujudga kelgan firqa tarafdorlari, 8-asr o&#8217;rtalarida paydo bo&#8217;lgan. Arab xalifaligida ziddiyatlar keskinlashib, zodagonlar o&#8217;rtasidagi kurash kuchaygan, umaviylar hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Firqa shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan. Muhammad al-Bokirning sustligidan norozi bo&#8217;lgan shialarning ichidan Zayd o&#8217;z tarafdorlarini to&#8217;plab, umaviylar hokimiyatiga qarshi 739 yilda isyon ko&#8217;tardi. Zayd 740 yil xalifa Xishom (724-743) qo&#8217;shinlari bilan bo&#8217;lgan jangda halok bo&#8217;ldi. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlodiga berishni talab qilib, xalifalar hokimiyatiga qarshi ko&#8217;p marta isyon ko&#8217;tardilar. 864 yilda Zaydiylar qo&#8217;zg&#8217;oloni shimoliy Eronda g&#8217;alaba qilib, mustaqil davlat vujudga keldi. Tabariston, Daylom, Gilon viloyatlarini o&#8217;z ichiga olgan bu mustaqil davlatdagi Zaydiylar imomlari 300 yilcha hukmronlik qilganlar. 901 yilda Zaydiylar Yamanda ham hokimiyatni qo&#8217;lga kiritib, mustaqil davlat tuzdilar. Yamanda Zaydiylar hukmronligi 1972 yil 26 sentabr inqilobigacha, ya&#8217;ni Yaman respublika deb e&#8217;lon qilinguncha davom etdi. Zaydiylar Zaydni so&#8217;nggi 5-Imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Ular o&#8217;z aqidalari va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o&#8217;rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yo&#8217;lini tutadilar. Zaydiylar yashiringan Imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan ilgarigi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon) ni la&#8217;natlamasliklari, taqiyya printsipini va mut&#8217;a (yoki siyg&#8217;a) nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig&#8217;inishni hamda darvishlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar. O&#8217;z aqidalarida mo\u2019taziliylardan Iroda erkinligi va Qur&#8217;onni Alloh yaratganligini, xorijiylarning esa diniy e&#8217;tiqodni amaliy faoliyat bilan mustahkamlash qoidasini qabul qilib olganlar. Hozirgi Yaman aholisining yarmidan ko&#8217;prog&#8217;i Zaydiylar firqasiga mansub. Zaydiylar Saudiya Arabistonida, Pokiston va boshqa davlatlarda ham bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZAYDIYLAR \u2014 shialikda vujudga kelgan firqa tarafdorlari, 8-asr o&#8217;rtalarida paydo bo&#8217;lgan. Arab xalifaligida ziddiyatlar keskinlashib, zodagonlar o&#8217;rtasidagi kurash kuchaygan, umaviylar hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Firqa shialarning 5-imomi Muhammad &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zaydiylar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12177","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12177","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12177"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12177\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12181,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12177\/revisions\/12181"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12177"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12177"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12177"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}