{"id":122488,"date":"2024-05-12T16:27:23","date_gmt":"2024-05-12T13:27:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122488"},"modified":"2024-05-12T16:27:35","modified_gmt":"2024-05-12T13:27:35","slug":"meda-shirasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/meda-shirasi\/","title":{"rendered":"Me&#8217;da shirasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Me&#8217;da shirasi \u2014 me&#8217;da (oshqozon) shilliq pardasining turli bez hujayralaridan ishlanib chiqadigan ovqat hazm qilish shirasi; rangsiz, tiniq, nordon suyuklik. Unda xlorid kislota va bir qator mineral tuzlar, shuningdek, fermentlar (asosan, pepsin va b.) bor. Odam M. sh.dagi xlorid kislota kon- tsentrasiyasi 0,4\u20140,5% ga teng. Xlorid kislota ovqatni o&#8217;zlashtirishda muhim rol o&#8217;ynaydi. U ovqat luqmalarini na- mlab yumshatadi, M. sh.ning fermentla- rini faollashtiradi, mikroorganizm- larni o&#8217;ldiradi, me&#8217;da osti bezining fermentlar ishlab chiqarishini kuchay- tiradi, ovqat hazm qilish gormonlari- ning hosil bo&#8217;lishiga yordam beradi. M. sh.dagi xlorid kislota miqsori &#171;kis- lotalilik&#187; degan tushuncha b-n yuriti- ladi. Kislotalilik hamma vaqt bir xil bo&#8217;lmaydi, u shira ajralishining tez- ligiga, ishqoriy reak-tsiyaga ega bo&#8217;lgan me&#8217;da shillig&#8217;ining neytrallash ta&#8217;si- riga bog&#8217;liq; ovqat hazm kilish siste- masi a&#8217;zolarining kasalliklarida ham kislotalilik o&#8217;zgaradi. Ma&#8217;lumki, me&#8217;- da bezi hujayralari asosiy, qoplovchi va qo&#8217;shimcha hujayralarga bo&#8217;linadi, ularning har qaysi guruhi shiraning ma&#8217;lum bir tarkibiy qismini ishlab chiqaradi. Qo&#8217;shimcha xujayralar M. sh.ni qovushqoq qiluvchi shilliq ajratadi, ana shu shilliq xlorid kislotani neytral- laydi va M. sh.ning kislotaliligini kamaytiradi, shilliq pardani ta&#8217;sir- lardan saklaydi va me&#8217;daga tushgan oziq mahsulotlarni o&#8217;zlashtirishda ishtirok etadi. M. sh. tarkibida fermentlar, shilliq va xlorid kislotadan tashqari, bir qator organik va anorganik modda- lar, shuningdek, ingichka ichakda vitamin V|2 ning so&#8217;rilishini ta&#8217;minlaydigan Kasl faktori deb ataluvchi maxsus modda bo&#8217;ladi; u ko&#8217;mikda qizil qon tanachala- ri (eritrositlar)ning normal etilishi uchun zarur. Me&#8217;da, ichak, jigar, o&#8217;t pufa- gi hamda qon kasalliklarida, shuning- dek, ruhiy hayajonlanish va qayg&#8217;u ta&#8217;si- rida ham M. sh.ning miqpori va tarkibi o&#8217;zgarishi mumkin. M. sh.ni zond b-n olib tekshirish diagnostik ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Me&#8217;da shirasi \u2014 me&#8217;da (oshqozon) shilliq pardasining turli bez hujayralaridan ishlanib chiqadigan ovqat hazm qilish shirasi; rangsiz, tiniq, nordon suyuklik. Unda xlorid kislota va bir qator mineral tuzlar, shuningdek, fermentlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/meda-shirasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-122488","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122488","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122488"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122488\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122514,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122488\/revisions\/122514"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122488"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122488"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122488"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}