{"id":122696,"date":"2024-05-12T17:29:10","date_gmt":"2024-05-12T14:29:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122696"},"modified":"2024-05-12T17:29:14","modified_gmt":"2024-05-12T14:29:14","slug":"kavkaz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kavkaz\/","title":{"rendered":"Kavkaz"},"content":{"rendered":"\n<p>Kavkaz \u2014 qora, Azov va Kaspiy dengizlari orasidagi hudud (nomining kelib chiqishi hozircha aniqlanmagan; ehtimol u qora dengiz Jan. sohilida qad. yashagan &#171;Kavkaz&#187; xalqining nomi- dan bo&#8217;lsa kerak, deb taxmin qilinadi; K. atamasi dastlab mil.AV. 479 y.da yunon dramaturgi Esxilning &#171;zanjir- band Prometey&#187; tragediyasida qayd etil- gan). Shim.da Kuma-Manich botig&#8217;idan Jan.da tabiiy geografik va geologic jihatdan shartli ravishda Zakavkaze respublikalarining Turkiya va Eron b-n bo&#8217;lgan davlat chegaralarigacha cho&#8217;zilgan. Mayd. 500 ming km2. Shimoliy Kav- kaz va Zakavkazega bo&#8217;linadi. Ular o&#8217;rtasidagi chegara katta Kavkazning Bosh (yoki suvayirg&#8217;ich) tizmasidan o&#8217;tadi. Relefi, asosan, tog&#8217;lardan iborat. Taman ya.o.dan Apsheron ya.o. gacha Katta Kavkaz tog&#8217;lari cho&#8217;zilgan. Bu tog&#8217;larning shim. etaklaridan Kuma- Manich botig&#8217;igacha bo&#8217;lgan hudud Kavka- zoldi deyiladi. Katta Kavkazdan Jan. da Kolxida va kura-Arake pasttekisli- klari bor. K.ning Jan.-sharqida burma- li tolish tog&#8217;lari (bal. 2477 m gacha) va Lenkoran pasttekisligi joylashgan. K. janubining o&#8217;rta va g&#8217;arbiy qismlarini Zakavkaze tog&#8217;ligi egallagan. K. O&#8217;rta dengiz geosinklinal mintaqasiga kiradi. Orografiyasida Kavkazoldi yosh platformasi (plitasi), Katta K. megantiklinoriysi, Rioni-ku- ra tog&#8217;oralig&#8217;i bukilmalari zonasi va Kichik K. megantiklinoriysi ajralib turadi. Kavkazoldi plitasi shim.-g&#8217;arbiy qismining zamini tokembriy Ukraina kristalli massivining er tagidagi Jan.- Sharqiy davomi. Kavkazoldining qolgan qismi o&#8217;rta paleozoy burmali zaminiga mansub. Kavkazoldi cho&#8217;kindi jinslar qoplami miosengacha to&#8217;plana borgan. Miosen oxirida Stavropol qirlari ko&#8217;tarilib, Azov-Kuban botig&#8217;ini Te- rek-Kuma botig&#8217;idan ajratib qo&#8217;ygan. Pliosen oxirida Terek va Sunja tizma- larining antiklinal zonalari paydo bo&#8217;lgan. Katta K. Markaziy qismining shim. yon bag&#8217;ri Kavkazoldi plitasining chekkasi bo&#8217;lib, bu erda yangi tektonik harakatlar bo&#8217;lib turadi. Janubroqda Yon tizmaning intensiv gersin burmala- nish zonasi Pshekish-Tirniauz yoriklari zonasidan ajralgan. Yanada janubrokda, bosh tizma zonasida gersin metamorfik majmuasi ko&#8217;tarilgan. Rioni-kura tog&#8217; oralig&#8217;i bukilmalari zonasi va kichik K. megantiklinoriysining zaminini yuqori tokembriy \u2014 quyi kembriy me- tamorfik majmuasi tashkil qilgan. K. har xil foydali kazilmalarga boy. Bosh tizma va katta K.ning Jan. yon bag&#8217;rida, kichik K.da rangli metall kon- lari, shim. Osetiya-Alaniya, Gruziyada qo&#8217;rg&#8217;oshin va rux, Kabarda-Balkariya va Zangezur (Armaniston)da mis va molib- den, Ozarbayjonda temir rudasi, alu- nit, Tkibuli, Tkvarchelida toshko&#8217;mir, Chiaturada marganes konlari bor. Ozar- bayjon, Checheniston-Ichkeriya, Ingushiya, Dog&#8217;iston respublikalari, Krasnodar va Stavropol o&#8217;lkalarida neft qazib oli- nadi. K. turli xil mineral suv, Binokor- lik materiallari va b. minerallarga boy. K. mo&#187;tadil va subtropik iqlim mintaqasi chegarasida. Yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi Kavkazoldida -2, -5\u00b0, G&#8217;arbiy Zakavkaze (Kolxida pasttekisligi)da 4,5\u20146\u00b0, Sharqiy Zakavkaze (kura-Araks va Lenkoran pasttekisligi)da 1-3,3\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha t-rasi g&#8217;arbida 23-24\u00b0, sharqida 25-29\u00b0. Yillik yog&#8217;in sharqida 200-400 mm, g&#8217;arbida 1200-1800 mm. G&#8217;arbiy va Markaziy K. yon bag&#8217;irlariga 2500 mm dan 4000 mm gacha yog&#8217;in tushadi. Katta K.da muzlik ko&#8217;p. Umumiy soni 2200 dan ziyod, mayd. 1428 km2. K. da- ryolari Kaspiy (kura va irmog&#8217;i Araks, Sulak, Terek, Kuma), kora dengiz (ri- oni, Inguri va b.) va Azov dengizlari (Kuban) havzalariga mansub. K. Daryo- larida ko&#8217;plab GES qurilgan (Kurada Mingechaur va Zemo-Avchala GESlar, Katta K. daryolarida xrami, Rioni va b. GESlar). Eng yirik ko&#8217;li \u2014 Sevan. Kavkazoldining tekislik landshaftla- ri mo&#187;tadil mintaqaga, Zakavkaze esa subtropik mintaqaga kiradi. G&#8217;arbiy va O&#8217;rta Kavkazoldining landshaftlari dashtdan iborat. Stavropol kirlari- ning balandroq qismlari, Mineralnie Vodi atroflari, Sunja tizmasining g&#8217;arbiy qismlari va katta K. ning kiya te- kisliklarini o&#8217;rmonli dasht egallagan. Sharqiy Kavkazoldida och tusli kashtan tuproqlardagi shuvoqli chala cho&#8217;l lan- shafti zonal landshaftdir. Kura-Araks pasttekisligining chala cho&#8217;llarida onda- sonda sho&#8217;rxok cho&#8217;ldar ham uchraydi. Kol- xida va Lenkoran pasttekisliklarida nam subtropik landshaftlari tarqalgan. Katta K. Jan. yon bag&#8217;rining quyi qismi, Kichik K. ning shim. yon bag&#8217;ri va tolish tog&#8217;larida subtropik o&#8217;rmon landshaftla- ri bor. K. tog&#8217;larida tog&#8217;-o&#8217;rmon landshaft- lari hukmron. Sharkay K. (Dog&#8217;iston) va, qisman, Markaziy K., Armaniston tog&#8217;ligining LAVA platolari va tekisli- klarida tog&#8217;-dasht landshaftlari uchray- Di. Katta K. ning eng baland cho&#8217;qqilarida glyasialnival landshaftlari tarqalgan. K.da Kavkaz, Teberda, Risa, dili-jon va b. qo&#8217;riqxonalar bor. K.da Rossiya Fede- rasiyasi xududining bir qismi, Ozarbay- jon, Armaniston, Gruziya, Turkiyaning Sharqiy va Eronning shim.-g&#8217;arbiy qismi joylashgan. K.da yirik kurort r-nlari, Kavkaz mineral suvlari, qora dengiz bo&#8217;yi kurortlari, turizm va alpinism markazlari bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kavkaz \u2014 qora, Azov va Kaspiy dengizlari orasidagi hudud (nomining kelib chiqishi hozircha aniqlanmagan; ehtimol u qora dengiz Jan. sohilida qad. yashagan &#171;Kavkaz&#187; xalqining nomi- dan bo&#8217;lsa kerak, deb taxmin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kavkaz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122696","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122696","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122696"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122696\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122714,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122696\/revisions\/122714"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122696"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122696"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122696"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}