{"id":122709,"date":"2024-05-12T17:31:42","date_gmt":"2024-05-12T14:31:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122709"},"modified":"2024-05-12T17:31:47","modified_gmt":"2024-05-12T14:31:47","slug":"kaynozoy-kaynozoy-eratemasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kaynozoy-kaynozoy-eratemasi\/","title":{"rendered":"Kaynozoy, kaynozoy eratemasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Kaynozoy, kaynozoy eratemasi (erasi) (Yun. Kainos \u2014 yangi va zoe \u2014 hayot) \u2014 er po&#8217;sti qatlamlari stratigrafik shkalasining eng yosh erate- masi (guruhi), hoz. davrni ham o&#8217;z ichiga oladi (q. Geoxronologiya). K. nomi 1841 y.da ingliz geologi J. Fillips tomo- nidan kiritilgan. K. bundan 66 mln. yil muqaddam boshlangan deb taxmin qilinadi. Paleogen, neogen va to&#8217;rtlamchi (antropogen) sistema (davr)lariga bo&#8217;linadi. Qit&#8217;a va okeanlarning, umu- man, er sathining hoz. qiyofasi, o&#8217;simlik va hayvonot dunyosining shakllanishi, insonning paydo bo&#8217;lishi K. b-n bog&#8217;liq. Geologik tadqiqotlar K.da sut emizuv- chi hayvon turlarining ko&#8217;payganini, suv va quruqlikdagi jonivorlarning taraqqiy etishi uchun qulay sharoit bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatadi. K. boshlarida (paleogen davrida) mashhur Gondvana ma- terigi bir necha mayda bo&#8217;lakka bo&#8217;linib, Jan. Amerika, Afrika, Avstraliya ma- teriklari hosil bo&#8217;lgan. Bu davrda hoz. Osiyo qig&#8217;asining katta qismida dengiz bo&#8217;lgan. Neogen davri oxiri va turtlam- chi davrlarda tog&#8217;hosil bo&#8217;lish jarayoni keskin kuchayganligi natijasida dengiz suvi bu erlardan chekingan. K.da Alp burmalanishi bosqichiga bog&#8217;liq ravishda kuchli tektonik harakatlar sodir bo&#8217;lgan. Tinch okean chekka qismlari, Evropa Jan. va Osiyoda baland tog&#8217;zanjirlari yuzaga keldi, ya&#8217;ni Alp, Karpat, Qrim, Kavkaz, Pomir, Tyanshan, Himolay va b. tog&#8217;tizmalari qad ko&#8217;tardi. Bu bosqichda okeanlarning chuqurlashish va kengay- ish jarayonlari davom etdi. To&#8217;rtlamchi davrda tabiiy sharoit bir necha bor o&#8217;zgarib, juda katta maydonlarni muz- liklar qoplagan. Er yuzining rivoj- lanishi, qit&#8217;a va okeanlar shaklining o&#8217;zgarishi tog&#8217;va cho&#8217;kmalarning paydo bo&#8217;lishiga, iklimning o&#8217;zgarib turishiga sabab bo&#8217;lgan. Buning ta&#8217;sirida Paleo- gen davridagi tropik iqlimli zonalar chegarasi neogen davrida ancha qisqargan, to&#8217;rtlamchi davrda hoz. holatiga yaqin bo&#8217;lgan. Issiq tropik iqlimli joylar- ning qisqarishi shim.da muzliklarni yuzaga keltirgan. To&#8217;rtlamchi davrda bu erlarni 4 marta muz qoplaganligi va bu muzliklar katta maydonlarga tarqalib, Kavkaz, Tatra, Alp tog&#8217;larida muzli- klar paydo bo&#8217;lganligi aniqlangan. Iqlimning o&#8217;zgarishi cho&#8217;kindi tog&#8217;jin- slari qatlamlarining qalinligiga, hosil bo&#8217;lishiga ham katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Tog&#8217;larning nurashi, cho&#8217;l va dashtlarning paydo bo&#8217;lishi, vulkanlar harakatining kuchayishi tog jinslarida o&#8217;z aksini topgan. Bu jinslarda turli kon- lar, ayniqsa, neft, gaz, marganes, ko&#8217;mir, tuz konlari va b. bor. Er yuzida qazib olinadigan neft miqdorining yarmidan ko&#8217;pi K. (paleogen, neogen davrlari) b-n bog&#8217;liq. Farg&#8217;ona va Surxondaryo viloyat- laridagi neft va gaz konlarining katta qismi ham shu qatlamlardan topilgan. K. organik dunyosida yopiq urug&#8217;li o&#8217;simliklar va sut emizuvchi hayvonlar hukmron mavqeini egallagan. To&#8217;rtlamchi davrning boshlarida odam paydo bo&#8217;lgan deb taxmin qilinadi, bu K. uchun muhim qodisa bulgan. Dengizlarda 2 tavaqalilar, qorinoyoqli mollyuska- lar, kremniyli va ohakli mikroorga- nizmlar ham keng rivojlangan. Yana q. Neogen sistemasi (davri), paleogen sistemasi (davri) va turt- lamchi sistema (davr). Ad.: Fatxullaev F., Husanov S, Tarixiy geologiya va paleontologiya asoslari, T., 2002.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kaynozoy, kaynozoy eratemasi (erasi) (Yun. Kainos \u2014 yangi va zoe \u2014 hayot) \u2014 er po&#8217;sti qatlamlari stratigrafik shkalasining eng yosh erate- masi (guruhi), hoz. davrni ham o&#8217;z ichiga oladi (q. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kaynozoy-kaynozoy-eratemasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122709","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122709","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122709"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122709\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122718,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122709\/revisions\/122718"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122709"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122709"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122709"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}