{"id":122729,"date":"2024-05-12T17:34:48","date_gmt":"2024-05-12T14:34:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122729"},"modified":"2024-05-12T17:34:55","modified_gmt":"2024-05-12T14:34:55","slug":"kamerun-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kamerun-2\/","title":{"rendered":"Kamerun"},"content":{"rendered":"\n<p>Kamerun (ing. Cameroon, Frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi (ing. Republic of Cameroon, Frans. Republique du Cameroun) \u2014 Markaziy Afrikadagi davlat. G&#8217;arbda Atlantika okeanining Bi- Afra qo&#8217;ltig&#8217;i b-n tutash. Mayd. 475,4 ming km2, axoliey 15,8 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Yaunde sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 10 viloyat (province)ra b o&#8217;l i n a D i . Davlat tuzumi. K. \u2014 respublika. Amal- dagi Konstitusiyasi 1972 y. 2 iyundan kuchga kirgan, unga 1995 y.da tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2013prezident (1982 y.dan Pol Biyya). U umumiy, to&#8217;g&#8217;ri va yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 7 y. ga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 bir palatali parlament (Milliy Majlis). Ijroiya hokimiyatni president va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. K. ekvatorial va shim. subekva- torial mintaqalarda joylashgan. Er yuzasi shim.ga tomon pasayib boradigan yassitog&#8217;lik (1500-2000 m). K. markazida Adamaua platosi bor (eng baland joyi 3008 m). Biafra qo&#8217;ltig&#8217;i sohilida kame- Run vulkanik massivi (4070 m) ajratib turadigan pasttekislikning kengligi 150 km cha. Qazilma boyliklari: temir rudasi, oltin, boksit, qalay, titan, neft, tabiiy gaz. Iqlimi Jan.da ekvatorial, nam iqlim. O&#8217;rtacha t-ra Fev. yoki martda 24\u2014 28\u00b0, iyu- lyo avg.da 22\u00b0-24\u00b0. Yillikyog&#8217;in ichki hududlarda 1500-2000 mm, sohilda 3000 mm dan ortiq (Kamerun massivining g&#8217;arbiy va Jan.-g&#8217;arbiy yon bag&#8217;irlarida \u2014 10000 mm gacha). K.ning boshqa qismida iqlim \u2014 ekvatorial-mussonli, seryomg&#8217;ir, qishi quruq. O&#8217;rtacha t-ra 19\u00b0\u2014 24\u00b0, shim.da 26\u00b0-33\u00b0. Yillik yog&#8217;in 500 mm gacha. Daryolari ko&#8217;p va sersuv, Ostona- li, gidroenergiyaga boy. Ko&#8217;plarida kema qatnay olmaydi. Hududining &#8216;\/, qismiga yaqini o&#8217;rmon. Jan. dagi qizg&#8217;ish-sariq ferralit tuproqda doim yashil o&#8217;rmonlar, sohilda mangra chakalakzorlari bor. Qimmatbaho yog&#8217;och beradigan daraxtlar (qizil, temir daraxt va b.) ko&#8217;p. Shim. dagi qizil-qo&#8217;ng&#8217;ir va qora tropik tupro- Klarda savanna o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. O&#8217;rmonlari daraxtlarda yashaydigan hayvonlar (maymunlar va b.), fil, suv ayg&#8217;iri, timsoh, ilon, qushlar va turli hasharotlarga boy. Qo&#8217;tos, karkidon, kiy- ik, jirafa, Arslon, gepard va b. ko&#8217;p. Hay-vonlarni saqlab qolish uchun Benue, Bubanjida, vaza milliy bog&#8217;lari va ba- FIA, ja, Duala-Edea, Kampo qo&#8217;riqxonalari barpo etilgan. Aholisining ko&#8217;pchiligi bantu (Duala, balundu, basa va b.), Sharqiy bantoid (ba- mileke, bamum, tikar va b.) til oilalari- ga mansub. Rasmiy tillar \u2014 frantsuz va ingliz tillari. Aholisining 45% qad. diniy e&#8217;tiqodni saqlagan, 35% qismidan ortig&#8217;i xristian (asosan, Kato- lik), 20% sunniy musulmon. Aholining 41 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Duala, Yaunde, Bafusam, mor- va, Garva va b. Tarixi. K. hududidan o&#8217;rta va yuqori Pa- leolit davriga oid tosh qurollar topil- gan. K.da dastlab pigmeylar yashab, ovchi- lik, chorvachilik va ibtidoiy dehqonchilik b-n shug&#8217;ullangan. 16-a. ning2-yarmidan K.ga portugallar, gol- landlar, 18-a boshlaridan ingliz, Fran- suz, nemis, Amerika din da&#8217;vatkorlari (missionerlar) va savdogarlari kela boshladi. Ular kamerunliklarga tuz, gaz- mol, idish-tovoq, mis quymasi, spirtli ichimliklar olib kelib sotishgan. Evro- paliklar K.dan fil suyagi, palma moyi, murch va b. olib ketgan. 17\u2014 18-a.larda Shim. K.da Mandora sultonligi tashkil topdi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida fulbe ko&#8217;chmanchilari shim. va Markaziy K.da bir necha musulmon davlatlarini tuzdilar. 18-a.da Markaziy K.da shak- llangan Bamum davlati fulbelarga qarshi kurashdi. 18-19-a.larda Marka- ziy va Jan. K.da yana bir qancha davlatlar paydo bo&#8217;ldi. 20-a. boshlarida Germaniya K.ning shim. va Markaziy qismlariga hukmronlik qila boshladi. 1 -jahon urushi davrida ingliz-frantsuz qo&#8217;shinlari K. hududini Germaniyadan tortib oldi (1916). Sharqiy K. Frantsiya, G&#8217;arbiy K. Bukj Britaniya nazoratiga o&#8217;tdi. Mahalliy aholining ommaviy tashkiloti \u2014 Nigeriya va K. Milliy kengashi (1944) hamda K. xalkla- ri Ittifoqi partiyasi rahbarligida K. xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi. Nihoyat, 1960 y. 1 yanv.da Sharqiy K. mustaqilligi e&#8217;lon qilinib, 13 no-YaB. dan K. Respublikasi deb yuritila boshla- Di. 1961 y. 1 okt.da G&#8217;arbiy K.ning K. Re- spublikasiga birlashuvi natijasida K. Federativ Respublikasi (KFR) tuzildi. Mamlakat iqtisodiyotini ko&#8217;tarish chora- lari Ko&#8217;rildi: yagona pul va o&#8217;lchov birli- gi qabul qilindi; barcha siyosiy partiya- lar K. milliy Ittifoqiga birlashtiril- Di. Ittifoqning 1-s&#8217;ezdida KFRni ri- vojlantirish dasturi qabul qilindi. 1972 y. 20 maydagi referendum natija- sida KFR K. Birlashgan Respublikasi deb ataldi. 1984 y. 25 yanv.dan boshlab K. Respublikasi deb ataladigan bo&#8217;ldi. K. \u2014 1960 y.dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bay- Rami \u2014 20 may \u2014 respublika e&#8217;lon qilingan kun (1972). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Respublikani himoya qilish harakati, 1991 y. da tuzilgan; K. xalqi demokratik birlashmasi, 1966 y.da asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy ittifoq, 1991 y.da tuzilgan; ijtimoiy demokratik front, 1990 y.da asos solin- gan; K. xalqlari Ittifoqi, 1991 y.dan oshkora ishlay boshlagan. K. mehnatkashlari kasaba uyushmasi tashki- loti, 1972 y.da tuzilgan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kira- D i . Xo&#8217;jaligi. K. \u2014 agrar mamlakat. Marka- ziy Afrika mintaqasida iqtisodiy ko&#8217;rsatkichlari jihatidan o&#8217;rtacha daro- madli mamlakatlar guruhiga kiradi. 1980-90-y.larda yalpi ichki mahsulotning o&#8217;rtacha yillik o&#8217;sish sur&#8217;- atlari 7%ni tashkil etdi. Sanoat ildamroq rivojlanishi tufayli yalpi ichki mahsulot tarkibi o&#8217;zgardi: sanoat- ning solishtirma salmog&#8217;i 44%, q.x. salmog&#8217;i 24% bo&#8217;ldi. Sanoati. K.da neft qazib oladigan va uni kayta ishlaydigan, alyuminiy, charm- poyabzal, to&#8217;qimachilik va yog&#8217;ochsozlik sa- noati korxonalari bor. Qimmatli nav yog&#8217;och (temir yog&#8217;och, qizil yog&#8217;och) eksport qilishda K. dunyoda 6-o&#8217;rinda turadi. Mustaqillik yillarida mamlakat o&#8217;zini oziq-ovqat b-n to&#8217;la ta&#8217;minlabgina qolmay, chetga ham sota boshladi. Elektr energiyaning yarmiga yaqini suv kuchi va yarmidan ko&#8217;prog&#8217;i yoqilg&#8217;i yordamida hosil qilinadi (yiliga o&#8217;rtacha 2,6 mlrd. kVt- s o a t ) . Qishloq xo&#8217;jaligi ning etakchi tarmog&#8217;i \u2014 dehqonchilik. Ekinzorlarning 50% dan ko&#8217;prog&#8217;i oziq-ovqat ekinlari, 30% eksportbop ekinlar b-n band. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, oq jo&#8217;xori, makkajo&#8217;xori, sholi, maniok, yams, Maka- bo, Taro, banan, er yong&#8217;oq, sabzavot, shakarqamish, dukkaklilar. Kakao, kofe, kauchuk, tamaki, paxta, choy, moyli palma va b. ham etishtiriladi. K. shim. Va g&#8217;arbida ko&#8217;chmanchi va yarim ko&#8217;chmanchi chor- vachilik muhim rol o&#8217;ynaydi. Qoramol, qo&#8217;y, echki, cho&#8217;chqa, parranda boqiladi. Ichki suv havzalari va Biafra qo&#8217;ltig&#8217;ida turli baliqlar ovlanadi. Transporti. Mamlakat ichkarisida tashi- ladigan yuklarning 70% t.y. transporti- ga to&#8217;g&#8217;ri keladi. T. y.ning uz. 1175 km, avtomobil yo&#8217;llarining uz. \u2014 65 ming km. Asosiy dengiz porti \u2014 Duala, Daryo porti \u2014 Garva, xalqaro aeroportlar \u2014 Yaunde, Duala, Garvada. K. chetga neft, yog&#8217;och, paxta tolasi, Kau- chuk, banan, er yong&#8217;oq, moyli palma mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan ma- shina va asbob-uskuna, keng iste&#8217;mol mollari, yoqilg&#8217;i hamda moylash materi- allari va b. oladi. Savdo-sotiqdagi aso- siy mijozlari: Niderlandiya, Frantsiya, AQSh, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Ispa- niya. Pul birligi \u2014 Afrika franki. Tibbiy xizmati. K.da shifokorlar Yaunde sh.dagi un-t tibbiyot-sanitariya markazi- da tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri-fiy muassasalari. 6-12 yoshdagi bolalar uchun majburiy ta&#8217;lim joriy qilingan. Ta&#8217;lim Sharqiy K.da frantsuz, G&#8217;arbiy K.da ingliz tilida olib boriladi. Bola- larning 85% o&#8217;qishga jalb etilgan. Dav- lat maktablaridan tashqari xususiy MAK- tablar ham bor. Hunar-texnika ta&#8217;limi boshlang&#8217;ich maktab negizida tashkil etilgan. Oliy o&#8217;quv yurtlari: Yaunde unti (1962), Oliy politexnika maktabi (1971), Oliy jurnalistika maktabi (1970), Milliy q.x. kolleji, Milliy ma&#8217;muriy maktab, Milliy sport in-ti, Oliy aloqa maktabi va b. Ilmiy muassa- salari: ilmiy va amaliy tadqiqotlar kengashi (1962), fan-texnika tadqiqotlari milliy byurosi (1965), Fan rivojiga ko&#8217;maklashish uyushmasi (1972), Afrika tillarini o&#8217;rganish mintaqa i.t. markazi, q. x. tadqiqot in- ti, demografiya tadqiqotlari in-ti, Ge- ogr. milliy in-ti, Konchilik-geol. tadqiqotlari byurosi (1959), paxta inti va b. Kutubxonalari: Yaundeda milliy ar- XIV (1952), Yaunde unti kutubxonasi, Oliy normal maktab kutubxonasi, yaun- dedagi milliy kutubxona, demografiya tadqiqotlari in-tining kutubxonasi va b. Ebolovda Markaziy K. xalqlari san&#8217;- ati muzeyi, Bafusamda bamilike san&#8217;ati muzeyi, Fumbanda bamum san&#8217;ati muzeyi b o r . Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. K.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: &#171;Kame- Run Tribyun&#187; (&#171;Kamerun minbari&#187;, in- gliz va frantsuz tilidagi kundalik gaz., 1974 y.dan), &#171;Kamerun autluk&#187; (&#171;kame- Run istiqboli&#187;, ingliz tilidagi xusu- siy gaz., 1971 y.dan), &#171;Kamerun nuvo&#187; (&#171;Yangi Kamerun&#187;, frantsuz tilidagi Xu- susiy gaz., 1984 y.dan), &#171;Kamerun Tayms&#187; (&#171;Kamerun vaqti&#187;, ingliz tilidagi xusu- siy gaz., 1960 y.dan), &#171;Ofjektif&#187; (&#171;Maqsad&#187;, frantsuz tilidagi oylik jur., 1979 y.dan). Kamnyus \u2014 hukumat axborot agentligi 1978 y.da tashkil etilgan. K. radio va teleko&#8217;rsa-tuvi \u2014 hukumat Mahkamasi, 1988 y.da tuzilgan, umuman radioeshittirishlar 1955 y.dan olib boriladi. Adabiyoti. Xalq og&#8217;zaki ijodiyoti K. xalqi hayotida muhim rol o&#8217;ynaydi. 20-a. boshlarida bamum yozuvi paydo bo&#8217;lib, bu yozuvda tarix, tibbiyot va dinga oid 3 asar yaratildi. 30-y.lardan mahalliy (bulu, Duala) tillarda badiiy asarlar (asosan, folklor xarakterida) yaratila boshladi. Hoz. adabiyoti, asosan, frantsuz, qisman, ingliz tillarida bo&#8217;lib, milliy ozodlik harakati b-n chambarchas bog&#8217;langan. Ko&#8217;pchilik yozuvchilar moziyga murojaat etsalar ham, ularning asarlarida 20-a. 50-y.laridagi ozodlik kurashining ta&#8217;- siri sezilib turadi (E.E. Yondonning &#171;Kamerun! Kamerun!&#187;she&#8217;riy to&#8217;plami va b.). Romannavislar jamiyatning turli qatlamlari hayotini ko&#8217;rsatdilar, mu- stamlakachilikni tanqid qildilar (Mon- go betining &#171;shafqatsiz shahar&#187;, &#171;Tu- gallangan missiya&#187; romanlari va h.k.). K. mustaqillikka erishgach, K. madaniyati jamiyati, K. shoirlari va adiblari uyush- masi tuzildi. 1963 y.dan madaniyat masa- lalarini yoritadigan &#171;Abbia&#187; jur. chiqa boshladi. Adabiy asarlarda eskilik sarqitlari (ko&#8217;p xotinlik, qalin olish- berish)ni fosh etish, ozodlik kurashi ta- rixi, yangi turmush qiyinchiliklari va b. mavzular asosiy o&#8217;rin tutadi. Dramatur- giya durust muvaffaqiyatlarga erishdi. Shoirlardan R. Filombe, F. Senga-Kyuo, F. Bebey va b. xalq og&#8217;zaki ijodiyoti an&#8217;- analarini davom ettirish b-n birga hoz. zamon muammolarini xam qalamga oladi- lar. S. M. Eno-Belinganing lirik-fal- Safiy she&#8217;rlardan iborat &#171;negrcha niqoblar&#187; to&#8217;plami keyingi yillardagi salmoqli asar bo&#8217;ldi. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. Loy, tosh, yogoch va bambukdan qilingan aylana, to&#8217;g&#8217;ri burchakli, qamish tomli kulbalar, idishga o&#8217;xshatib loydan qurilgan 6-8 m li konussimon uylar ko&#8217;p. 19-a. oxirida yirik shaharlar (Yaunde, Duala) vujudga keldi, ularda Arabcha va evropacha uslub qorishib ketgan binolar qad ko&#8217;tardi. Keyingi yillarda zamonaviy me&#8217;moriy inshootlar mahalliy me&#8217;morlarning loyihalari asosida ham qurila boshladi (Dualadagi &#171;Kokote&#187; mehmonxonasi, savdo palatasi; Yaundedagi president qarorgohi, frantsuz madaniy markazi, vokzal binolari). K. xalqlari o&#8217;rtasida yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi (uy jihozlari, yog&#8217;ochdan yasalgan odam, hayvon haykalchalari va ularga naqsh solish) rivojlangan. Zamo- naviy yog&#8217;och o&#8217;ymakorlaridan Mombe mas- sanga, uning ugli g. Muafo, shuningdek, Isam Kanko eng mashhurlaridir. Musiqasi. K. aholisining milliy tar- kibi xilma-xilligi musiqa madaniyati- ning o&#8217;ziga xosligini belgilaydi. Cholg&#8217;u asboblari ham turlicha: urma cholg&#8217;ulardan katta-kichik barabanlar, ksilofon, bala- fon; torli-tirnama sozlardan ngombi, mvet, molori va b.; puflama sozlardan kakaki, Sanri kabilar. Har bir xalqning qushiqlari, cholg&#8217;u dastalari tarkibi, ijro uslubi har xil. Ayrim tumanlarda mehnat jarayoniga jo&#8217;r buladigan musiqa: baliqchilar qo&#8217;shig&#8217;i, makkajo&#8217;xori uqalovchi ayollar qo&#8217;shig&#8217;i va b. mavjud. Ayrim qo&#8217;shiqlar yakkaxonlikda, boshqalari jo&#8217;r ovozlikda hamda ko&#8217;p ovozliqda ijro etiladi. Ko&#8217;pgina qo&#8217;shiqlarni raqsdan ajratib bo&#8217;lmaydi. Pigmeylarning qo&#8217;shiq-raqs an&#8217;anasi ham o&#8217;ziga xos. Ularning &#171;mvet&#187; musiqa tomoshalari g&#8217;oyat jozibador. Xalq musiqa ijodi b-n birga an&#8217;anaviy Pro- fessional (saroy) musiqa janrlari ham rivoj topgan. 20-a. da Evropa va Amerika musiqasining ta&#8217;siri kuchaydi. Zamonaviy kompozi- torlar, dirijyorlar, sozandalar etishib chikdi, ashula va rake ansambllari tash- kil topdi. K. musiachilar va kompozitor- lar uyushmasi tuzildi (1972). Folklor namunalarini to&#8217;plash va o&#8217;rganish yo&#8217;lga q o&#8217;y i l D i . Teatri. K. xalqlari o&#8217;rtasida qadimdan raqs-musiqa o&#8217;yinlari \u2014 pantomimalar odat bo&#8217;lgan. Ayrim raqslar ba&#8217;zan tomo- sha sahnasiga aylanib, xalq, teatriga o&#8217;xshab ketadi. 1955 y. Yaundeda yosh ar- tistlar uyushmasi tashkil etildi. Trup- Pa rahbari S. Avona o&#8217;zining &#171;Ebutuning uylanishi&#187;, &#171;ishsiz&#187; pesalarini sahnalashtirdi. 1961 y. da Dualada K. xalk, teatri ochildi. Keyinchalik tashkil etilgan &#171;Afrika avangardi&#187; dramatic truppasi mahalliy mualliflarning asarlarini saqnalashtirdi. Yaunde va Dualada havaskor jamoalarning ko&#8217;riklari, san&#8217;at festivallari o&#8217;t k a z i l D i . Kinosi. K.da yaratilgan dastlabki fil- mlar etn. tusida edi: &#171;tam-tam Parij- da&#187; (1963, rej. T. Sita-Bella), &#171;Bambi- likening katta uyi&#187; (1966, rej. J. P. Ngassa). 1966 y.da axborot vazirligi huzurida kino bo&#8217;limi ochildi. 1973 y.da kino sanoati jamg&#8217;armasi ta&#8217;sis etilib, filmlar yaratish uchun shu jamg&#8217;armadan mablag&#8217;berila boshladi. Rej. J. P. Di- Kong-Pipaning &#171;shoxlar&#187; (1964) va &#171;ot- amni qaytarib beringlar&#187; (1965) qisqa metrajli filmlaridan keyin &#171;begona bola&#187; (1975), &#171;Ozodlik qadri&#187; (1979) filmlari Shuhrat qozondi. Rej. D. Kam- va &#171;belanchak&#187; va &#171;bizning qizimiz&#187; nomli hajviy filmlar yaratdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kamerun (ing. Cameroon, Frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi (ing. Republic of Cameroon, Frans. Republique du Cameroun) \u2014 Markaziy Afrikadagi davlat. G&#8217;arbda Atlantika okeanining Bi- Afra qo&#8217;ltig&#8217;i b-n tutash. Mayd. 475,4 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kamerun-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122729","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122729","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122729"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122729\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122737,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122729\/revisions\/122737"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122729"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122729"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122729"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}