{"id":122730,"date":"2024-05-12T17:34:50","date_gmt":"2024-05-12T14:34:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122730"},"modified":"2024-05-12T17:34:57","modified_gmt":"2024-05-12T14:34:57","slug":"kanada-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kanada-2\/","title":{"rendered":"Kanada"},"content":{"rendered":"\n<p>Kanada (Canada) \u2014 shim. Ameri- kaning shim. qismi va unga yondosh o.lar- dajoylashgan davlat. Mayd. 9971 ming km2. Axrlisi 31,59 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Ottava sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 10 viloyat (province) va 3 hudud (territory)ra bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. K. \u2014 Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlik tarkibida- gi Federativ davlat. Amaldagi Konsti- tusiyasi 1982 y. 17 apr.da kuchga kirgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), uning nomidan Ge- neral-gubernator davlatni boshkaradi. Kirolicha general-gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi b-n, odatda, 5 y. muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general- gubernator va 2 palatali parlament (se- nat va jamoalar palatasi) amalga oshira- Di. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomi- dan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi (1993 y.dan bosh vazir Jan kre- t \u044c e n ) . Tabiati. K. hududining g&#8217;arbiy kismi tog&#8217;li, Sharqiy qismi tekislik, shim. Va qisman shim.-Sharqiy sohillari pastte- kislik, Sharqiy qirg&#8217;oklari tik, g&#8217;arbiy sohili esa juda baland. Materikning o&#8217;rta qismi va Kanada Arktikasi arxipe- lagining materikka tutashgan joyi te- kislik hamda platodan iborat. Gudzon qo&#8217;ltig&#8217;ining atrofi pasttekislik. Lav- rentiy kirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar bor. K.ning g&#8217;arbiy chekkasida Kordilera tog&#8217;lari, Jan.- sharqida Appalachi tog&#8217;lari joylashgan. Uran, temir, nikel, mis, rux, qo&#8217;rg&#8217;oshin, oltin va kumush, toshko&#8217;mir, neft, tabi- iy gaz konlari bor. Iqlimi \u2014 K.ning ko&#8217;p qismida Arktika va subarktika, Jan.da mo&#187;tadil, asosan, kontinental iklim. Yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi shim.da -30\u00b0, -35\u00b0, Jan. da -18\u00b0, -20\u00b0, iyulniki shim.da 4-7\u00b0 va Jan.da 16-18\u00b0. G&#8217;arbiy sohilda yillik yog&#8217;in 2500 mm dan ortiq, Sharqiy sohilda 1250 mm gacha, Markaziy r-nlarda 400\u2014 250 mm, shim.da esa 150 mm dan kam. K.da Daryo ko&#8217;p, asosan, qor-yomg&#8217;ir suvla- ridan hosil bo&#8217;ladi. San-Lavrentiy (Buyuk ko&#8217;llari b-n), Finli\u2014pis- River\u2014Qullar\u2014Makenzi (Kichik Qullar, Atabaska, katta qullar va b. ko&#8217;llar b-n), Bou\u2014Saskachevan\u2014Nelson (Bou, Sidar, Vinnipeg va b. ko&#8217;llar b-n) Daryo-ko&#8217;l tizimlari Atlantika va shim. Muz okeani havzasiga kiradi. 200 dan ortiq yirik ko&#8217;llari bor. K.ning chekka shim. Arktika saxrosi bo&#8217;lib, onda-sonda lishayniklar va b. o&#8217;tlar uchraydi. Undan Jan.da tundra, so&#8217;ngra esa o&#8217;rmon-tundra zonasi joylash &#8212; gan. Podzol va botqoq tuproqlarda oq va qoraqarag&#8217;ay, Amerika tilog&#8217;ochi o&#8217;sadi. Jan.-Sharqiy chekkasidagi podzol va qo&#8217;ng&#8217;ir o&#8217;rmon tuproqlarda ignabargli va keng bargli daraxtlar bor.Tekisliklar- dagi unumdor tuproqli erlarda dehqonchilik qilinadi. K.da shim. bug&#8217;usi, mushkli buka, oq ayiq, qutb tulkisi, lemming, qutb quyoni, ka- klik, boyqush, Los, bizon, jayra, qoplon, bo&#8217;ri, Qunduz va b. hayvonlar yashaydi. Daryo va ko&#8217;llari baliqlarga boy. Milliy bog&#8217;lari: Banf, Vud-Baffalo, Gleysher, Jasper, Yoxo va b., viloyat bog&#8217;lari ham bor. Aholisining V3 qismi ingliz-Kanada- liklar (44%) va frantsuz-kanadaliklar (28%). Tub aholisi \u2014 indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kishi qolgan. K.da nemislar, ukrainlar, ita- lyanlar, gollandlar, vengerlar, ruslar va b. xam yashaydi. Rasmiy tillar \u2014 in- gliz va frantsuz tillari. Frantsuz-kana- daliklar katolik dinida, ingliz-Kanada- liklarning asosiy qismi \u2014 protestant. Aholining 78,6% shaxarlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Monreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va b. Tarixi. K.ning qad. xalqi \u2014 eskimos va indeyslar. 15-a. oxirlaridan K.ga evro- paliklar kela boshlagan. Frantsuzlar Por-Ruayal va Kvebekka asos soldilar (1605-08). Kvebek yangi Frantsiya mu- stamlakasining markazi bo&#8217;lib qoldi. 17-a.ning 20-y.larida K. hududida bi- rinchi Angliya mustamlakasi \u2014 yangi Shotlandiya vujudga keldi. 17-a.ning 2-yarmidan frantsuz-kanadaliklar shak- llandi. Etti yillik urush (1756-63) natijasida Buyuk Britaniya yangi Fran- tsiyani egallab oldi. 1791 y. Kvebek 2 VI- loyat (quyi K. va yuqori K.)ga bo&#8217;lindi. K. uchun bo&#8217;lgan Angliya-Amerika urushi (1812-14) natijasida demokratik islohot va o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish uchun qarakat boshlanib ketdi. Viloyatlarda islohot tarafdorlari (&#171;vatanparvar- lar&#187;) partiyalari tuzildi. 1834 y. islohot tarafdorlari quyi va yuqori K. parlamentlari faoliyatini nazorat ostiga oldi. 1841 y. Yuqori K. b-n kuyi K. birlashtirildi. 1848 y. K. va yangi Shotlandiyada yangi hukumat tuzildi. 19- a. o&#8217;rtalarida K.da t. y.lar qurildi, sano- at rivojlandi, 1867 y. Buyuk Britaniya- ning shim. Amerikadagi mustamlakala- ri birlashtirilib, &#171;K. dominioni&#187; nomi b-n federasiya tuzildi. Yangi Shot- landiya, Nyu-Bransuik, shim.-G&#8217;arbdagi hududlar, Britaniya Kolumbiyasi (1871) va Prins-Eduard o. (1873) K. dominioni- ga qo&#8217;shib olindi. Markazlashgan davlat barpo etilishi milliy bozorning yuzaga kelishiga asos bo&#8217;ldi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida K. iqtisodiyoti rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi sanoat tez o&#8217;sib, uning mahsuloti qiymati 1914-18 y.larda 4 baravar oshdi, aholi soni 64% ko&#8217;paydi. Kapital va i.ch. sanoati yiriklashdi, 1900-17 y.larda banklar birlashishi natijasida ularning soni 36 dan 21 ga kamaydi; bank va sanoat kapitali qo&#8217;shila bordi. 1-jahon urushida K. Buyuk Brita- niya tomonida qatnashdi. 1-jahon urushi davrida K. iktisodiyoti mustahkamlanib olishi natijasida K.da Angliya ta&#8217;siri susaydi va ta&#8217;siri ku- chaydi. 1919-20 y.gi Parij konferen- tsiyasida K. sulh shartnomalarini mustaqil imzoladi. Boshqa domi-Nion- lar b-n bir katorda K. Millatlar Liga- siga vakil yuborish huquqini qo&#8217;lga ki- r i t D i . 1929-33 y.lardagi jahon iqtisodiy bo&#8217;hroni natijasida sanoat i.ch. 2 bara- Vardan ziyod kamayib ketdi. 1933 y. bo- shida ishsizlar 1,3 mln. kishidan ortdi. Q. x. mahsulotlarining narxi nihoyatda pasayib ketishi natijasida 240 ming ferma barbod bo&#8217;ldi. 2-jahon urushida K. Buyuk Britaniya to- monida qatnashdi. K. antifashist davlat- larni, birinchi navbatda, Buyuk Brita- niyani xom ashyo, oziq-ovqat, qurol-yarog&#8217; b-n ta&#8217;minlab turdi. Mamlakatda harbiy sanoat rivojlandi, yangi tarmoqlar: sta &#8212; noksozlik, sintetik kauchuk i.ch. va b. Vu- judga keldi. 1939-45 y.larda sanoat i.ch. 2,5 baravar ortdi. 1960-y.lardan K. hukumati ichki va tashqi siyosatda milliy manfaatlarni ko&#8217;zlab ish tuta boshladi. Hukumat K.ning siyo- siy mustaqilligini saqlashga, Lotin Amerikasi, Osiyo va Evropa mamlakatla- ri b-n aloqalarni rivojlantirishga in- tildi. Keyingi yillarda K.da milliy masala keskinlashdi. Kvebek partiyasi mazkur viloyatni alohida davlat qilib ajratishni talab qila boshladi. 1995 y. da Kvebek suvereniteti xususida o&#8217;tkazilgan referendumda suverenitetga qarshi bo&#8217;lganlarning 50,6% ovoz olishi natijasida mamlakatning parchalanish xavfi bartaraf etildi. K. \u2014 1945 y.dan BMT a&#8217;zosi. 1991 y. 25 dek.da O&#8217;zR suve- renitetini tan oldi va 1992 y. 7 apr. da u b-n diplomatiya munosabatlari o&#8217;rnatdi. Milliy bayrami \u2014 1 iyul \u2014 K. kuni (1867). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Liberal partiya, 1873 y. rasmiylashgan; Progressiv konservativ partiya, 1854 y. tuzilgan; K. Kommunistok partiyasi, 1921 y. vujudga kelgan; Kvebek partiyasi, 1968 y. tuzilgan; yangi demokratik par- tiya, 1961 y. asos solingan; Kvebek bloke partiyasi, 1990 y. tuzilgan; K. isloxrt partiyasi, 1987 y, tuzilgan; K. uyushmasi partiyasi, 2000 y.da tuzilgan. Kasaba uyushmalari birlashmalari \u2014 K. ishchi- lar Kongressi 1956 y. tuzilgan, Milliy kasaba uyushmalari konfederasiyasi 1921 y. vujudga kelgan. Xo&#8217;jaligi. K. \u2014 yuksak taraqqiy etgan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, q.x. ulushi 2,2%. Sanoati. Aholi jon boshiga mineral xom ashyo va yarim fabrikatlar i.ch. jihatdan K. taraqqiy etgan ko&#8217;pgina mamlakatlar- dan ustunlik qiladi. Nikel, rux, ku- mush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qog&#8217;oz, alyu- miniy, tsellyuloza, tilingan binokorlik yog&#8217;ochlari i.ch.da dunyoda oldingi o&#8217;rinlardan birida turadi. K.da ko&#8217;mir, neft, temir rudasi, volfram, uran (me- Tall tarkibidagi ruda), kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib chiqariladi. Yi- liga o&#8217;rtacha 490,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Van- Kuver va Ontario atrofida bir kancha Yi- rik issiqlik elektr st-ya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Ishlab chiqaruvchi sanoat da oziq-ovqat va tamaki sanoati&#8217;, qora va rangli metal- lurgiya hamda metall ishlash, transport mashinasozligi va b. tarmoqlar etakchi o&#8217;r i n D a . Mashinasozlik ishlab chikaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1\/2 qismini be- radi. Uning asosiy tarmog&#8217;i \u2014 trans- port mashinasozligi (avtomobil, kema, aviasiya, vagon va lokomotivso zli k). Boshqa sanoat tarmoqlaridan q.x. mashi- nasozligi, neft va gaz sanoati, kon, o&#8217;rmon va tsellyuloza-qog&#8217;oz sanoati uchun uskunalar i.ch. kor-xonalari yaxshi ri- vojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, Monreal, Uinsor, Gamilton va b. Kora metallurgiya ga- Milton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni sh.larida, alyuminiy, rangli me- tallar i.ch. Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda to&#8217;plangan. Neftni kayta ishlash z-dlari Monreal va Sarniyada joylashgan. Kimyoviy o&#8217;g&#8217;itlar, sintetik kauchuk va plastmassa i.ch. rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, Monreal, Toronto, Niagara- Fole va Kitchener. Un tortish, go&#8217;sht, baliq-konserva va likyor-araq i.ch. oziq- ovqat sanoatining asosiy tarmoqlari bo&#8217;lib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Engil sanoat tarmoqlaridan to&#8217;qimachilik, ko&#8217;n-poyabzal va tikuvchi- lik nisbatan yaxshi rivojlangan. Mahsulotning yarmi Monrealda ishlab chiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qog&#8217;oz, karton i.ch. markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Kishloq xo&#8217;jaligi sermahsul, fermalari mexanizasiyalashgan va ixtisoslashgan. K-xga yaroqli erlarning U4 qismiga yaqini yirik xo&#8217;jaliklarga Birlashgan. 70 mln. gektar er fermalar b-n band. Dehqonchilik ustun. G&#8217;alla (bug&#8217;doy, arpa, suli, makkajo&#8217;xori), texnika ekinlari (qand lavlagi, soya, zig&#8217;ir, tamaki), o&#8217;t va em-xashak, sab-zavot, kartoshka, raps etishtiriladi. Fermalarning 9\/yu kismi elektrlashtirilgan. Don xo&#8217;jaligi ri- vojlangan asosiy joylar: dasht viloyat- lari, ay-niqsa, Saskachevan va Manitoba. Etishtirilgan bug&#8217;doyning &#8216;\/2 qismidan ziyodrog&#8217;i, arpa hosilining &#8216;\/3 qismi chetgachiqariladi. Sut chorvachiligi onta- Rio, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi VI- loyatlarida rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y va ot boqiladi. Q.x. maxsulotining 60% ga yaqinini chorvachi- lik etishtirib beradi. O&#8217;rmon xo&#8217;jaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontarioda yaxshi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yog&#8217;ochning &#8216;\/yu K.ga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Baliq-chilik, hayvonotchilik, parrandachilik, mo&#8217;ynachilik rivojlangan. Transport i. 94,3 ming km t.y. va 850 ming km avtomobil yo&#8217;li bor. Daryo va dengiz transporti, shuningdek, Buyuk ko&#8217;llar, Lavrentiy daryosidagi suv yo&#8217;llari muhim ahamiyatga ega. Asosiy portlari: Vankuver, set-Il, Monreal, Tander-Bey. Avtotransportining ahamiyati (ayniqsa, shim.da) juda katta. Asosiy aeroportlari Monreal, toron- to, Vankuver, Vinnipeg va Ottavada. K. chetga avtomobil, qog&#8217;oz, bug&#8217;doy, yog&#8217;och- taxta, tsellyuloza, nikel, alyuminiy, neft va neft mahsulotlari, temir ru- dasi, mis, asbest, uran, kaliyli tuzlar, tabiiy gaz, mis, sanoat jihozlari va b. chikaradi. Chetdan mashina va sanoat usku- nalari va mollari, ko&#8217;mir, kofe, kauchuk, banan va kakao sotib oladi. Savdo- sotiqdagi asosiy mijozlari: AKSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya. 1989 y.da K. b-n AQSh o&#8217;rtasida erkin savdo haqidagi bitim kuchga kirishi va 1992 y.da shim. Amerika erkin savdo mintaqasi to&#8217;g&#8217;risidagi uch tomonlama (AKSH\u2014Kanada \u2014Meksika) bitim imzo- lanishi b-n K. iqtisodiyotining Amerika iqtisodiyoti b-n birlashuvi va uning Shim. Amerika yagona iqtisodiy makoni tarkibiy qismiga aylanish jarayoni tez- lashdi. Pul birligi \u2014 K. dollari. Tibbiy xizmati. K.da vrachlar 15 ta tibbiyot maktabida tayyorlanadi, bu MAK- tablarning aksariyati un-tlar huzurida. Xot-Springs balneologiya kurorti, Nyufaundlend, Keyp-Breton o.laridagi, Nyu-Bransuik viloyatidagi iqlimiy st- yalar, Monreal, Maskoka ko&#8217;li, Manito- ba, yangi Shotlandiyadagi sil kasallikla- ri shifoxonalari ma&#8217;lum. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;rifiy muassasalari. K.da tarixan ingliz va frantsuz maktabi tizimlari tarkib top- gan. Inglizcha tizim AQSh maktab tizi- miga o&#8217;xshash: 12 y.lik umumiy ta&#8217;lim maktabi 6 y.lik boshlang&#8217;ich, 3 y.lik ki- chik o&#8217;rta, 3 y.lik katta o&#8217;rta maktablar- dan yoki 8 y.lik boshlang&#8217;ich va 4 y.lik o&#8217;rta maktablardan iborat. Kvebek viloya- tida frantsuzcha ta&#8217;lim tizimi: 6 y.lik boshlangich va 5 y.lik o&#8217;rta maktab ishlay- Di. 5-7 yoshdan 14\u2014 16 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalar uchun bepul majburiy to&#8217;liqsiz o&#8217;rta ta&#8217;lim joriy etilgan. Davlatga ka- rashli ta&#8217;lim bepul bo&#8217;lgan maktablar b-n bir qatorda xususiy (pulli), asosan, diniy va etnik guruxlar qaramog&#8217;idagi maktablar xam bor. Ulardagi darslar o&#8217;sha guruhlar tilida olib boriladi. Oliy o&#8217;quv yurtlarida pul to&#8217;lab o&#8217;qiladi. Barcha viloyatlarda un-tlar bor. Yirikla- ri: Toronto, Vankuver, Kingston, Mon- Real, Kvebek un-tlari. Ilmiy muassasa- lari: K. Qirollik jamiyati, ijtimoiy fanlar soxdsidagi tadqiqot kengashi (hammasi Ottavada), o&#8217;rmonchilik va q.x. sohasidagi bir qancha i.t. institutlari. Yirik kutubxonalari: parlament, Xalq, Milliy, Milliy ilmiy (hammasi otta- vada), Monreal va Torontodagi xalq ku- tubxonalari, shuningdek, Toronto, Mon- Real, Vankuver un-tlari huzuridagi ku- tubxonalar. Ottavada K. Milliy muzeyi, Milliy galereya, Milliy san&#8217;at marka- zi, Ontario viloyatida Qirollik muzeyi, Torontoda badiiy galereya, Monrealda Badiiy muzey, Kvebek sh.da Kvebek vilo- yati muzeyi va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. K.da 114 ta kundalik gaz. va 1200 ta haftanoma nashr etiladi. Et- nik guruhlar (nemis, italyan, Xitoy va b.) tillarida 300 ga yaqin gaz. va b. dav- riy nashrlar bor. Eng yiriklari: ingliz tilida \u2014 &#171;Glob eng meyl&#187; (&#171;butun dunyo pochtasi&#187;, kundalik gaz., 1844 y.dan), &#171;Toronto-Star&#187; (&#171;Toronto yulduzi&#187;, kun- dalik gaz., 1892 y.dan), &#171;Gazett&#187; (kunda- lik gaz., 1778 y.dan), &#171;Ottava Sitizen&#187; (&#171;Ottava fuqarosi&#187;, kundalik kechki gaz., 1845 y.dan), &#171;Vankuver san&#187; (&#171;Vankuver quyoshi&#187;, kundalik kechki gaz., 1886 y.dan) va b. Frantsuz tilida \u2014 &#171;Devuar&#187; (&#171;Burch&#187;, kundalik gaz., 1910 y.dan), &#171;Press&#187; (&#171;matbuot&#187;, kundalik kechki gaz., 1884 y.dan), &#171;Soley&#187; (&#171;Quyosh&#187;, kun- dalik kechki gaz., 1896 y.dan) va b. &#171;Kana- Dian leybor&#187; (&#171;Kanada kasaba uyushmala- ri&#187;, oylik jur., ingliz va frantsuz til- larida, 1956 y.dan), &#171;Maklinz ka-nada&#8217;z uikli nyusmegezin&#187; (&#171;Kanada Maklin yangiliklari&#187;, haftalik jur., ingliz ti- lida, 1905 y.dan) jur.lari chiqadi. Kana- Dian Press Milliy axborot agentligi (1917 y.da tashkil etilgan) bor. &#171;Kana- Dian brodkasting Korporeyshn&#187; \u2014 Si- bi-si, K. radioeshittirish va teleko&#8217;rsatuv korporasiyasi, 1936 y.da tashkil etilgan. Ra-dioeshittirish 1926 y.dan, teleko&#8217;rsatuv 1952 y.dan boshlan- gan. Umuman 115 ta tele va 575 ta radiost-ya ishlaydi. Adabiyoti. K. tub joy aholisi (indeys- lar, eskimoslar)ning og&#8217;zaki ijodiyoti avloddan avlodga o&#8217;tib kelgan. K. adabiyo- ti, asosan, ingliz (18-a.) va frantsuz (19- a.) tillarida shakllandi. Rus, ukrain va b. tillarda ham adabiy asarlar nashr etiladi. Indeyslar va eskimoslarning og&#8217;zaki ijodi ingliz-kanadalik yozuvchi- lar tomonidan qisman to&#8217;plandi (20-a.). Shoira Polin Jonson (1862-1913) bu- tun hayotini indeyslar haq-huquqini himoya qilish va ularning afsonalarini adabiy jihatdan ishlab chiqishga bag&#8217;ishlagan. Umuman mustamlaka qaramligining og&#8217;ir sharoiti milliy adabiyotning rivojlanishiga to&#8217;sqinlik qilib keldi. Ingliz tilidagi adabiyot dastlab ingliz romantizmi ta&#8217;sirida va unga taklidan rivojlangan. Konfederasiya shoirlari deb atalmish romantiklar tabiat go&#8217;zalligi haqida asarlar yozdilar va K.da yashovchi turli millat vakillarini bir- lashishga da&#8217;vat etdilar. 19-a.ning 2-yar- mida tarixiy romanchilik rivojlandi. Hajvchi S. Likok (1869-1944) o&#8217;z asarla- rida K. shaharchalari aholisining axloqi, pul hukmronligi, &#171;kichik&#187; odam- ning nochorligini tasvirlab, jahonga mashhur bo&#8217;ldi. 20-a. boshlarida adabiy jur. lar, K. adabiyotining dastlabki ta- rixi va antologiyasi paydo bo&#8217;ldi. K. yozuvchilari uyushmasi vujudga keldi (1921), u, asosan, ingliz-kanadalik yozuv- chilarni birlashtirdi. 20-a.ning o&#8217;rtalaridan ingliz tilidagi adabiyotda kanadaliklarning milliy xarakteri yorqin namoyon bo&#8217;la boshladi. 40-y.lardan tanqidiy realizm rivojlandi. F. Grov yozgan realistik romanlarning qahramonlari \u2014 mehnat ahli. Realist yozuvchi M. Kellexen asarlari odamshavan- dalik va xalqqa rahm-shavqat ruhi b-n sug&#8217;orilgan. X. MAK-Lennan o&#8217;z asarlari- da Angliya va Frantsiyadan kelgan Kanada- liklarni birdamlikka chaqirdi (&#171;ikki yolg&#8217;izlik&#187;, 1945). 60-80-y.lardagi ko&#8217;p asarlarning mavzui jamiyat turmushida- gi chalkashliklarga bag&#8217;ishlangan. K. mu- ammolari va indeyslar b-n eskimoslar- ning ahvoli kabi masalalar K. ilg&#8217;or yozuvchilarining e&#8217;tiborida turibdi. Frantsuz tilidagi adabiyot. K.da Fran- suzlar hukmronlik qilgan davrda diniy mavzularda asarlar yozildi. 19-a. oxirla- rida K.da romantik shoirlar maktabi Vu- judga keldi. Shoir J. O. Kremadi ijodi K. adabiyotiga frantsuz romantik she&#8217;ri- yati ruhini kiritdi. Frantsuz romanti- klari, jumladan, V. Gyugo ta&#8217;sirida L. O. Freshett, L. P.Leme o&#8217;z asarlarini yaratishdi. F. de Gaspening &#171;qadimiy ka- nadaliklar&#187; qissasi 19-a.ning eng sal- mokli asaridir. 20-a. boshlarida Patri- arxal hayot, dehqonlarning dindor bo&#8217;lishi ulug&#8217;landi. L. Emonning &#171;Mariya Shapdlen&#187; romani mustamlaka davri ada- biyotini hayotiy tasvirlar b-n boyitdi. 30-y.larda realizm rivojlandi. 40-y. larda yozuvchilar ijtimoiy masalalarni yorita boshladi. R. Lemlen cherkov xodim- larini satirik tasvirladi (&#171;qiyalik etagida&#187; romani, 1944); Gabriel Rua &#171;Tasodifiy baxt&#187; romanida ishchilar hayotini ko&#8217;rsatdi. 50-y.lar nasrida ruhiy kechinmalarga, jamiyatda kishi- ning o&#8217;zini begona, yolg&#8217;iz his etishiga e&#8217;- tibor kuchaydi (I. Terio, E. Klute asar- lari). Yu. Aken frantsuz-kanadaliklarni milliy iftixor uchun kurashga chorladi (&#171;Yaqin kunlardagi vokea&#187;). Shoirlar 60-80-y.larda zamondoshlarining aqliy va ijodiy hayotini aks ettirishga harakat qildi. A. Granbua sevgi, hayot va o&#8217;lim mavzularida asarlar ezdi. Me&#8217;morligi. Indeyslar erto&#8217;la, vigvam- chaylalarda, tomi teri yoki yog&#8217;och b-n yopil- gan uylarda yashagan. 17-19-a.larda frantsuzlar Sharqiy K.ga o&#8217;z an&#8217;analari bo&#8217;yicha mustahkam devorli, tomi tik ni- shabli uylar, zalli Cher-kovlar (old qismi 1-2 minorali), jamoat binolari qurishni rasm qildilar. Shu davrda J. Demer, T. Bayarje kabi me&#8217;morlar eti- shib chikdi. K.ning inglizlar bosib ol- gan qismida (18-19-a.lar) imoratlarni sinch va toshdan klassisizm uslubida (me&#8217;mor J. Merrik) qurish rivojlandi. 19-a. o&#8217;rtalaridan to&#8217;g&#8217;ri ko&#8217;chali, kam qavatli uylardan iborat shaharlar (ot- tava, Monreal, Toronto, Kvebek) qad ko&#8217;tara boshladi. Me&#8217;morlardan E. Len- Noks, J. Layl loyihalari asosida qorishiq uslubda inshootlar qurildi. 19-a. oxiridan AQSh me&#8217;morligi ta&#8217;si- ri kuchayib, baland jamoat binolari, mehmonxonalar qurish avj oldi (F. Dar- Ling, J. Pirson kabi me&#8217;morlar). 20-a. o&#8217;rtalaridan eski shaharlar jadal sur&#8217;atda qayta qurilib, kengaya boshladi. Temir-beton va po&#8217;latdan zamonaviy sa- noat va jamoat binolari (Torontodagi Annesis-Aylend kti va ratusha binola- ri, Monrealdagi vil-Mari maydoni, Jahon ko&#8217;rgazmasi, Olimpiada majmua- si va b.) qurildi. Shaharlar yagona loyiha asosida barpo etildi, korxonalar atro- fida shinam turar joylar qad ko&#8217;tardi. Tasviriy san&#8217;ati. K. hududida indeys va eskimoslar san&#8217;ati qadimdan rivojlan- gan. Indeyslarning qad. san&#8217;ati yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, tosh, suyak, shoxga naqsh o&#8217;yish, pat va chig&#8217;anokdardan bezaklar yasash, qo&#8217;l to&#8217;qimachiligi, jayra ignasi va bug&#8217;u junidan kashta tikish, rasmlar so- lishdan iborat bo&#8217;lgan. 17-a.dan keyin esa Evropa va AQShdan ko&#8217;chib kelganlar va ularning avlodlari bu ishga hissa qo&#8217;shdilar. Eskimoslar tosh, suyak hamda hayvon shoxlaridan inson va hayvon haykalchalarini yasash b-n shug&#8217;ullangan. Evropaliklar kelib o&#8217;rnashgan paytlar- dan boshlab K. tasviriy san&#8217;ati Fran- tsiya va Angliya san&#8217;ati ta&#8217;sirida o&#8217;ziga xos tarzda rivojlana boshladi. 17-a. \u2014 19-a. boshlarida portret chizish va diniy rassomlik vujudga keldi; yog&#8217;och haykalchalar, kumush idishlar, akvarel manzaralar yaratildi. 19-a. o&#8217;rtalarida dehqonlar hayotini, viloyatlar ko&#8217;rinishlari va indeyslar turmushini tasvirlaydigan mo&#8217;yqalam ustalari (P. Keyn, K. Krigxof, X. Uotson, X. Uoker) ijod qildi. 20-a.da J. U. Morris, T. Tomson, J. Makdonald, A. Lizmer shi- mol kengliklarining go&#8217;zal maftunkor tabiatini tasvirlovchi asarlar yaratish- D i . Zamonaviy K. san&#8217;atida modernizm (A. Pellon, J. Riopel) b-n bir qatorda re- alistik okim (J. Leme, T. Makdonald, F. Teylor, R. Pilo) ham mavjud. Dizayn va amaliy bezak san&#8217;ati (kandakorlik, gilamchilik, kulollik) rivojlanmokda. Xalk, ijodida yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, ukrain iroqisi, eskimoslar haykaltaroshligi alohida ajralib turadi. Musiqa qadimdan tub xalq va ko&#8217;chib kel- gan aholi turmushining muqim qismi bo&#8217;lgan. Indeyslarga xos jangchi, ovchi qo&#8217;shiklari, ishqiy ashulalar sho&#8217;x va ifodali. 18-a. oxirlarigacha, asosan, cherkov musiqasi rasm edi. 18-a. oxirla- ridan kontsertlar berila boshladi. 19-a. boshlarida havaskorlar kuchi b-n opera spektakllari ko&#8217;rsatildi. 19-a. ning 2-yarmida professional musiqani ri- vojlantirish uchun sharoit vujudga kel- Di, musiqa havaskorlari jamiyati tuzil- Di. K.da evropalik musiqachilar, AQShlik opera truppalari va simfonik orkestrlar kontsert berdi. Dastlabki musiqa arboblaridan biri \u2014 K. Lavalle &#171;O, Kanada&#187; milliy madhiyasini yaratdi. 19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida profes- sional kompozitorlar va musiqachilar paydo bo&#8217;ldi. 40-y.larda musiqa jadal rivojlana boshladi. Toronto, Monreal, Vinnipegda doimiy opera truppalari, Ontarioda milliy balet, Ottavada mum- toz balet, Vinnipegda Qirollik baleti, turli shaharlarda 30 ga yaqin doimiy ish- lovchi orkestr bor. K. musiqa arboblari- dan M. Blekbern, J. Vayntsvayg, P. Mer- Kyur kabi kompozitorlar, J. Bodri, A. Brott, P. Dervo kabi dirijyorlar, L. Marshal, T. Stratas, E. Jonson, L. Simo- no kabi xonandalar, g. Guld, I. Gendel kabi sozandalar mashhur. K. kompozitor- lar, mualliflar va noshirlar uyushmasi mavjud. K.da 8 ta oliy musika o&#8217;quv yurti bor. Bir qator shaharlarda un-tlar qoshida musiqa maktablari, musiqa f-tlari ochilgan. 1965 y.dan Monrealda har yili xalqaro musiqa festivali va musiqachi-ijrochilarning tanlovi o&#8217;t k a z i l a D i . Teatri. Indeyslarning marosimlarida xalq teatr san&#8217;ati unsurlari bor. Ular diniy marosimlarni o&#8217;tkazishda niqob va qo&#8217;g&#8217;irchoqlardan foydalanishar edi. Professional teatr 17-a.dan Kvebek va Akadiya viloyatlarida rivojlana boshla- gan. P. Kornel, J. Rasin, J. Moler pesalari qo&#8217;yilgan. 1606 y.da Port- Royyaldagi &#171;Neptun&#187; teatrida Leskarbo- ning &#171;dengiz niqobi&#187; nomli she&#8217;riy pesasi sahnalashtirildi. Spektaklda indeyslar b-n frantsuzlar qatnashishdi. 1774 y.da Galifaksda K. hayotidan birin- chi pesa \u2014 &#171;Akadius yoki xilvatdagi muhabbat&#187; sahnalashtirildi. 1825 y. Monrealda birinchi doimiy teatr Ochil- Di. Teatr repertuariga K. dramaturglari \u2014 J. Kenel, Ch. Xevisij, Ch. Meyr asar- lari kiritildi. Monreal, Toronto, Viktoriya, Gamilton, Vinnipeg sh.lari- da teatrlar tashkil etildi. 19-a.ning 80-y.lari oxiridan 1-jahon urushigacha bo&#8217;lgan davrda ko&#8217;chma professional teat- rlar avj oldi. Kvebek va Galifaks teatr truppalari tarkibida AQSh, Frantsiya va Angliyadan kelgan aktyorlar b-n birga ka- nadalik aktyorlar ham bor edi. Shu davrda &#171;Roud&#187; (&#171;yo&#8217;l&#187;) deb atalgan sayyor Pro- fessional teatrlar keng tarkaldi. 20-a. ning 20-30-y.larida un-tlar, makta- blar, klublar va cherkovlar krshida ko&#8217;plab havaskor truppalar tashkil etil- Di. 40-y.lar oxirida yirik shaharlarda professional teatrlar paydo bo&#8217;ldi. Monrealdagi &#171;rido ver&#187;, Torontodagi &#171;Tietr Toronto&#187;, Edmontondagi &#171;Tsita- del&#187; teatrlari shular jumlasiga kira- Di. Ularda Shekspir, Moler, Turgenev, Chexov va b.ning pesalari qo&#8217;yiladi. Frantsuz tilidagi teatrlarda milliy te- ATR madaniyatini vujudga keltirish ja- rayoni kechayotir. K.da M. Anglii, U. Xyu- ston, R. Massi kabi rej.lar, K. Kolikos, L. Grin, Tsh. King, K. Rid kabi aktyorlar mashhur. Torontoda Milliy teatr san&#8217;a- ti maktabi, Alberta, Saskachevan, Kuins un-tlarida drama bo&#8217;limlari bor. &#171;Kana- da teatri&#187; jur. (ingliz va frantsuz til- larida) nashr etiladi. Kinosi. 1898 y. K.ning &#171;Messi-Xarris&#187; kinofirmasi buyurtmasi b-n reklama filmi suratga olindi. 1900 y.da &#171;ka- neydian bayoskop&#187; kinofirmasi K.ga ko&#8217;chib keluvchilarni qiziqtirish uchun turkumli filmlar yaratdi. G. Bredford tomonidan 1903 y. boshlab berilgan &#171;ka- nadadagi hayot&#187; nomli turkum filmlar ham shu maqsadga xizmat qildi. 1906 y. Monrealda birinchi doimiy kinoteatr ochildi. 1914 y. Monrealda K.ning dast- labki badiiy filmi \u2014 &#171;Evanjelina&#187; (rej. I. P. Salli-Ven, u. X. Kovano) Su- ratga olindi. Faroyib shimol tabiati va eskimoslar hayotiga qiziqib qolgan Ame- rikalik rej. R. Flaerti &#171;Shimol Far- zandi \u2014 Nanuk&#187; qujjatli filmi (1922)ni suratga oldi va K. hujjatli kinosining rivojiga munosib hissa qo&#8217;shdi. K.ning birinchi ovozli filmi \u2014 &#171;Viking&#187; (rej. V. Frissell, J. Mel- Ford, 1931). Milliy kino san&#8217;atining qaror topishiga rej. J. Grirson muhim hissa qo&#8217;shdi. 1939 y. Kino masalalari bo&#8217;yicha milliy kengash tashkil etildi. U davlat yo&#8217;li b-n hujjatli filmlar i.ch.ni boshqardi. 2-jahon urushi davri- da &#171;jangdagi totuvlik&#187; kinoseriyasi Shuhrat qozondi. 1952 y. &#171;Eten Bryule, nobakor&#187; degan birinchi rangli film yaratildi. &#171;Oltin shahri&#187; (rej. K. Lou), &#171;Tinchlik davom etsin deb&#187;, &#171;dengiz b-n chuchuk suv oralig&#8217;ida&#187; (rej. M. Bro) filmlari yaratildi. 1970-90 y.larda dunyo yuzini ko&#8217;rgan filmlar orasida &#171;Moviy qish&#187; (rej. A. Blanshar), &#171;Mual- limga nega o&#8217;q otildi&#187; (rej. S. Narisan- no), &#171;ovchi&#187; (rej. 3. R. Delen), &#171;qari tul- ki&#187; (rej. F. Borsos) kabi badiiy fil- mlarni ko&#8217;rsatish mumkin. K.da qiziqarli multfilmlar ham yaratila- Di. Statford, Monreal, Vankuverda xalqaro kinofestivallar muntazam o&#8217;tkaziladi. K.da 1400 kinoteatr, kinoar- XIV va filmoteka bor. K. kino Akademi- yasi har yili eng yaxshi filmlarga so- vrinlar beradi. Uzbekiston \u2014 K. muno- sabatlari. Ikki mamlakat o&#8217;rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlar 1996 y.dan bir muncha osha boshladi. 1998 y.da O&#8217;zbekistonning K.ga eksporti xizmat ko&#8217;rsa-tish, qora metall va undan yasalgan buyumlarni yuborishdan iborat bo&#8217;ldi. Uzbekiston K.dan elektr asbob-uskuna- lari, plastmassa, oyna, poligrafiya sa- noati mahsulotlari, sut, go&#8217;sht va baliq mahsulotlari sotib oldi. 1999 y. yakuni bo&#8217;yicha mamlakatlar o&#8217;rtasidagi Tovar aylanma 15,68 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O&#8217;zbekistondan K.ga eks- port keskin o&#8217;sib, ijobiy saldo 6,77 mln. AQSh dollariga etdi. 1999 y. 17 iyunda ikkala mamlakat hukumatlari o&#8217;rtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik hamda daromad va sarmoya solig&#8217;i to&#8217;lashdan bo&#8217;yin tovlashning ol- dini olish haqida Konventsiya imzolandi. K.ning turli kompaniya va notijorat tashkilotlari O&#8217;zbekistonning mineral xom ashyo va neft-gaz konlarini ishga tu- shirishda qatnashishga g&#8217;oyat qiziqib qaraydi. Navoiy viloyatidagi tandir maydonini geologik jihatdan birgalik- da o&#8217;rganish to&#8217;g&#8217;risida 1998 y. okt.da O&#8217;zbekiston Geol. va mineral resurslar davlat qo&#8217;mitasi b-n &#171;Xebron fiord Re- sourses Ink&#187; kompaniyasi o&#8217;rtasida tu- zilgan shartnomada K. tomoni salkam 4,5 mln. AQSh dollari sarflashi ko&#8217;zda tu- tilgan. Kompaniya mutaxassislari belgi- langan ish dasturini bajarishga kirish- Di. Toshkent aviasiya i.ch. birlashmasi K.ning &#171;Pratt end Uitni&#187; kompaniyasi b-n Il-114 samolyotlari uchun PW-127 dvigatellarini etkazib berish sohasida bevosita hamkorlik qila boshladi. O&#8217;zbekiston aloka va axborotlashtirish agentligi K.ning &#171;Nortel Telekom&#187; kom- paniyasi b-n 1993 y.dan buen hamkorlik qilib kelayotir. Keyingi 8 y. mobaynida ushbu kompaniya b-n jami 29 mln. AQSh dollari qiymatiga ega bo&#8217;lgan 8 ta shar- tnoma amalga oshirilib, O&#8217;zbekiston- Amerika &#171;O&#8217;zdunrobita&#187; qo&#8217;shma korxona- si uchun asbob-uskunalar etkazib beril- D i . O&#8217;zR tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki K.ning bir qancha moliya muassasa- lari b-n aloqa o&#8217;rnatgan. Ikki mamlakat o&#8217;rtasida ta&#8217;lim, fan va texnika sohasida, jumladan, bir-birlariga ta- labalar, aspirantlar, o&#8217;qituvchilar va mutaxassislar yuborish, ularning mala- kasini oshirish borasida hamkorlik yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. O&#8217;zRda 2000 y. boshlari- da K.lik sarmoyadorlar ishtirokidagi 13 korxona ro&#8217;yxatga olingan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kanada (Canada) \u2014 shim. Ameri- kaning shim. qismi va unga yondosh o.lar- dajoylashgan davlat. Mayd. 9971 ming km2. Axrlisi 31,59 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Ottava sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 10 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kanada-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122730","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122730","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122730"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122730\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122738,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122730\/revisions\/122738"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122730"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122730"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122730"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}