{"id":122741,"date":"2024-05-12T17:44:08","date_gmt":"2024-05-12T14:44:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122741"},"modified":"2024-05-12T17:44:22","modified_gmt":"2024-05-12T14:44:22","slug":"kanalizasiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kanalizasiya\/","title":{"rendered":"Kanalizasiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Kanalizasiya \u2014 korxonalar, jamoat va turar joy binolari hamda aholi yashaydigan joylardan chiqadigan oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan muhandislik inshootlari va jihozlari majmui, shuningdek, bu suvlardan foy- dalanish yoki suv havzalariga oqizishdan oldin tozalash va zararsizlantirish tadbirlari. K. tizimining asosiy qismlari: kanalizasiya tarmog&#8217;i, nasos st-yasi, tozalash inshootlari va oqova suvlar qo&#8217;shimcha tozalanadigan inshoot- lar. Kanalizasiya t a r m o G&#8217;i korxona va turar joylardan okrva suvlarni olib ketadigan quvurlar tarmog&#8217;i; u ichki va tashqi K. tarmoqlariga bo&#8217;linadi. Ichki K. tarmog&#8217;idan maishiy va i.ch. okrva suv- larini bino yoki inshootlar tashkarisiga chiqarib tashlashda foydalaniladi. Unga oqova suvlarni qabul qiladigan asbo- blar (sanitariya asboblari), stoyaklar, binodan chiqarib yuborish qurilmalari kiradi. Ba&#8217;zi korxonalarda okrva suv- larni oldindan tozalaydigan uskunalar ham o&#8217;rnatiladi. Tashqi K. tarmog&#8217;i turar joy binolari, sanoat ob&#8217;ektlaridan chiqadigan iflos va yog&#8217;in suvlarni qabul qilish hamda oqizib yuborish uchun xiz- mat qiladi. U xovli ichi, kvartal ichi va ko&#8217;cha tarmoqlariga bo&#8217;linadi. Bir necha K. liniyalaridan kelgan suvlar kollek- torlarga yig&#8217;iladi, u erdan umumiy K. tarmog&#8217;iga qo&#8217;shilib ketadi. K. tarmog&#8217;i trassasi iloji boricha okrva suvlar o&#8217;z-o&#8217;zidan oqadigan qilib yotqiziladi. Agar buning iloji bo&#8217;lmasa, nasos stantsiyasi o&#8217;rnatiladi. U oqova suvlar- ni bosimli quvurlar bo&#8217;ylab haydaydi. O&#8217;z-o&#8217;zidan oqadigan tarmoqlarga sopol, asbest-tsement va plastmassa quvurlar, bosimli tarmoqlarga cho&#8217;yan, temir- beton, asbest-tsement va plastmassa quvurlar ishlatiladi va ular erning muzlash chuqurligini hisobga olgan holda imkoni boricha yuza yotqiziladi. K. tarmog&#8217;ini tekshirib turish va tozalash uchun trassata K. quduklari quriladi. Birlashgan va alohida K. tizimlari ham mavjud. Birlashgan K. tizimida barcha suv- lar bitta quvur orqali ketadi. Alohida K. tizimida uy-joylardan chiqadigan yoki okrva suvlar, yog&#8217;in suvlari uchun alohida- alohida K. tarmoqlari quriladi. Za- monaviy kommunal qurilishda, asosan, aloxdtsa K. tizimi qo&#8217;llaniladi. Sanoat korxonalaridan chiqadigan suvlar to- zalash inshootlarida, kimyoviy, biolo- gik va mexanik usullar b-n tozalangan- dan so&#8217;nggina umumiy K.ga qo&#8217;shiladi. Markazlashtirilgan K. bo&#8217;lmagan joy- larda har qaysi uy (yoki bir necha uy) uchun mahalliy K. tizimi quriladi. K. tizimi qadimda Misr, Hindiston, Rim, Yunonistonda qurilgan. Yunoni- ston va Rimda ancha mukammal K.lar bo&#8217;lgan. Ilgari Uzbekistan hududida ham K.lar yotqizilgani ma&#8217;lum (q. Af- rosiyob). U paytlarda K.da, asosan, sopol quvurlardan foydalanishgan. Zamonaviy K. tizimi 19-a.dan boshlab qurila bosh- langan. K. yashash va ishlab chiqarish sha- roitlarini yaxshilashga, suv resurslari- dan samarali foydalanishga hamda tabi- atni muhofaza qilishga imkon beradi va turar joylarni obodonlashtirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kanalizasiya \u2014 korxonalar, jamoat va turar joy binolari hamda aholi yashaydigan joylardan chiqadigan oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan muhandislik inshootlari va jihozlari majmui, shuningdek, bu suvlardan foy- dalanish yoki suv havzalariga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kanalizasiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122741","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122741","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122741"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122741\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122750,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122741\/revisions\/122750"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122741"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122741"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122741"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}