{"id":122743,"date":"2024-05-12T17:44:25","date_gmt":"2024-05-12T14:44:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122743"},"modified":"2024-05-12T17:44:31","modified_gmt":"2024-05-12T14:44:31","slug":"kandidamikoz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kandidamikoz\/","title":{"rendered":"Kandidamikoz"},"content":{"rendered":"\n<p>Kandidamikoz, kandidoz (Candida \u2014 achitqisimon zamburug&#8217;tur- kumining lot. nomi va Yun. mycos \u2014 zamburug&#8217;), og&#8217;iz oqarishi, elikish \u2014 odam va hayvonlarda uchraydigan mikoz kasalligi; asosan achitqisimon (Candida) zamburug&#8217;lar qo&#8217;zg&#8217;atadi. Bunda teri, shilliq qavat, ba&#8217;zan ichki a&#8217;zolar za- rarlanadi. Ko&#8217;proq bolalar va keksalar- da kuzatiladi. Juda qadim zamonlardayoq yosh bolalar, xususan, chaqaloqlar hamda majolsiz bemorlarda kuzatiladigan mog&#8217;or deb nomlangan til oqarishi ma&#8217;- lum bo&#8217;lgan. Kandida zamburug&#8217;lari tabiatda keng tarqalgan; xususan, o&#8217;simliklar, meva va sabzavotlarda, shu- ningdek, qandli mevalarda yashaydi; ular odam va hayvonlarning terisi hamda og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;ida, ichak, nafas va tug&#8217;ruq yo&#8217;llarining shilliq qavatlarida har doim bo&#8217;ladi. Kandida zamburug&#8217;i yangi tug&#8217;ilgan bolaning terisi va shilliq qavatiga tug&#8217;ruq yo&#8217;llaridayoq tushadi va bir umr u b-n birga yashaydi. Ba&#8217;zi hollarda organizmning himoya kuchla- rini pasaytiruvchi og&#8217;ir kasalliklar (sil, qon kasalligi, dizenteriya, terla- ma va b.) oqibatida, shuningdek, kishi antibiotiklar bilan tartibsiz da- volanganda organizmdagi mikroorga- nizmlarning biologik muvozanati bu- zilib, kasallik paydo qiladi. Bunday hollarda hamda uzoq betob yotgan kishi- larda og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;i shilliq qavatida oqarish vujudga keladi, til, tanglay va milkda oson ko&#8217;chadigan oq karashlar paydo bo&#8217;lib, ular ovqat eganda og&#8217;riydi. Olib qo&#8217;yiladigan tish protezi taqadigan keksalarda (ko&#8217;pincha ayollarda) ba&#8217;zan og&#8217;iz burchaklari terisi shilinib yoriladi; bunda Kandida zamburug&#8217;ining ko&#8217;payishi uchun qulay sharoit tug&#8217;iladi, aksari lab bichiladi (q. Labbichilishi). Ko&#8217;pincha tirnoq bolishlari va milk ka-sallanadi; tirnoq g&#8217;adir-budur, xira, mo&#8217;rt bo&#8217;lib qoladi, chetlari qayrilib, o&#8217;rnidan ko&#8217;chadi; tirnoq b-n et orasiga yiring yig&#8217;iladi, milki yallig&#8217;lanadi, shishib, qalin tortadi. K. ko&#8217;pincha qinda paydo bo&#8217;ladi. Bunda shilliq qavat oq ka- rash b-n qoplanadi, suzmasimon chiqindi ajraladi, aksari qichishadi (q. Vaginit). Bolalar va semiz kishilarning teri bur- malari (barmoklar orasi, chov burmalari, ayollarda sut bezlari osti, orqa chiqaruv teshigi atrofi va b.)da ham K. kuzatila- Di (teri K.i). Shilliq qavat va teri K. i o&#8217;z vaqtida davolanmasa, kasallik avj olib, ichki a&#8217;zolarga ham o&#8217;tib ketishi mumkin. Ichki a&#8217;zolar K.ida o&#8217;pka, me&#8217;- da-ichak yo&#8217;li, siydik-tanosil, yurak-to- Mir sistemasi va b. a&#8217;zolar zararlani- shi mumkin. Bemor qancha barvaqt vrachga murojaat qilib, tegishli davo olsa, shuncha tez tuzalib ketadi. Kasallikning oldini olishda gigiena qoidalariga rioya qilish va faqat vrach buyurgan do- rilarni ichish muhim ahamiyatga ega. Hayvonlarda og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;i, tomoq, oshqozon-ichak sistemasi shilliq par- dalari, siydik yo&#8217;llarining zarar- lanishi, ustki qismining oq qatlam qoplashi b-n kechadi. Zamburug&#8217;lar og&#8217;iz va nafas yo&#8217;llari shilliq parda- sini, parda ostini zararlab, nekroz hosil qiladi. Zamburug&#8217;qon va lim- FA orqali butun organizmga tarqaladi va ichki organlarni zararlaydi. Kasallik 6 oygacha bo&#8217;lgan buzoq, qo&#8217;zi, chuchqa bolalari, ko&#8217;proq 3 oygacha bo&#8217;lgan jo&#8217;jalarda uchraydi. Shuningdek, modda- lar almashinuvining buzilishi va Avita- minoz natijasida kuchsizlangan katta yosh- dagi hayvonlar ham kasallanadi. K. ko&#8217;p hollarda disbakterioz va ayrim yuqumli kasalliklar (sil)ni og&#8217;irlashtiradi. Kasallik manbai \u2014 kasal hayvon. K. paydo bo&#8217;lishiga hayvonlarni sifat- siz oziqlantirish, organizmning umu- miy zaiflashuvi, uzoq muddat anti- biotiklar b-n davolash sabab bo&#8217;ladi. K.ning yashirin davri 3-15 kun. Kasal- langan jo&#8217;jalarda ishtaha yo&#8217;qoladi, holsizlanadi, patlari to&#8217;ziydi, ichi ketadi, bir joyga to&#8217;planib turadi. Ularning jig&#8217;ildoni ushlab ko&#8217;rilganda qattiqlashgan va og&#8217;riqli bo&#8217;ladi, ozuqani yutishi qiyinlashadi. Kasallan- gan jo&#8217;jalar 100% gacha nobud bo&#8217;ladi. Qo&#8217;zi, uloq, buzoq va cho&#8217;chqa bolalarida ko&#8217;zidan yosh oqadi, til, tanglay, tomoq va burun shilliq qavatida oqish-kulrang parda paydo bo&#8217;ladi, uning tushib ke- tishi bilan o&#8217;rnida yara hosil bo&#8217;ladi. D a v o l a sh : ozuqaga yoki qatiqqa nystatin sulfanilamid preparati (bir kg vaznga 10-100 mg miqdorida) qo&#8217;shib beriladi. Oldini o l ish : hayvonlarni zoogigiena talablariga qat&#8217;iy rioya etgan holda Vita- minlarga boy ozuqalar b-n boqish. Kasal- lik aniklangandan so&#8217;ng kasal hayvonlar ajratiladi, molxonalar va jihozlar 1 %li kaustik soda yoki 2%li formalin eritmasi b-n dezinfektsiya qilinadi. Saidqosim Arifov, Abdulla Kuranboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kandidamikoz, kandidoz (Candida \u2014 achitqisimon zamburug&#8217;tur- kumining lot. nomi va Yun. mycos \u2014 zamburug&#8217;), og&#8217;iz oqarishi, elikish \u2014 odam va hayvonlarda uchraydigan mikoz kasalligi; asosan achitqisimon (Candida) zamburug&#8217;lar qo&#8217;zg&#8217;atadi. Bunda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kandidamikoz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122743","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122743","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122743"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122743\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122756,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122743\/revisions\/122756"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122743"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122743"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122743"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}