{"id":122744,"date":"2024-05-12T17:44:06","date_gmt":"2024-05-12T14:44:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122744"},"modified":"2024-05-12T17:44:10","modified_gmt":"2024-05-12T14:44:10","slug":"kanal-sugorish-kanali","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kanal-sugorish-kanali\/","title":{"rendered":"Kanal, Sug&#8217;orish kanali"},"content":{"rendered":"\n<p>Kanal, Sug&#8217;orish kanali \u2014 Max- sus qazilgan suv yo&#8217;li, sug&#8217;orish siste- masining asosiy qismi. K., o&#8217;taydigan vazifasiga qarab, magistral (dare, suv ombori va sh.k. suv manbalaridan sug&#8217;oriladigan erlarga suv oqib keladi- gan); taqsimlaydigan (magistral kanal- lardagi suvni tuman yoki xo&#8217;jaliklarga tarqatadigan); xo&#8217;jalik (suvni tuman- lararo yoki xo&#8217;jaliklararo K.dan olib, xo&#8217;jalikning sug&#8217;oriladigan erlariga oqizadigan), suvni egatlarga taqsimlash uchun xizmat qiladigan muvaqqat (ariq) turlarga bo&#8217;linadi. K. suv olish insho- otlaridan boshlanadi. Suv olish insho- otlari orqali suv K.ga o&#8217;zi oqib o&#8217;tadi (o&#8217;zioqar kanallar) yoki nasos st-yasi (mashina kanallari) orqali ko&#8217;tarib beriladi. K. qazilma, ko&#8217;tarma, yarim qazilma-yarim ko&#8217;tarma tarzda qurilishi mumkin. Odatda, uning ko&#8217;ndalang ke- simi trapesiya shaklida bo&#8217;ladi. Ayrim hollarda, K. o&#8217;zani beton yoki temir be- ton b-n krplanadi, hoz. davrda yig&#8217;ma temir-beton konstruktsiyalaridan keng foydalanilmoqda. Magistral, tumanla- raro vaxo&#8217;jaliklararo K.lar bo&#8217;ylab uni ishlatish b-n bog&#8217;liq bo&#8217;lgan yo&#8217;l va aloqa liniyasi o&#8217;tkazish uchun er-qirg&#8217;oq polosa- si ajratiladi. Bir K.dan ikkinchisiga suv taqsimlanadigan joylarda rostlagich zulfinlari va suv o&#8217;lchagich moslamalar b-n ta&#8217;minlanadigan suv taqsimlagich inshootlar quriladi,; K.ning Daryo, yo&#8217;l, jar va sh.k. to&#8217;siqlar b-n kesishgan joyi- da akveduk, dyuker va b. gidrotexnika in- shootlari kuriladi. K. trassasi, uning o&#8217;lchamlari va quriladigan inshoot tipla- ri maxsus texnik-iqtisodiy va gidrav- lik hisoblar asosida tanlanadi. Yirik sug&#8217;orish sistemalarida magistral K.lar uzunligi bir necha yuz km ga etadi. K.ning asosiy ekspluatasiya ko&#8217;rsatkichlari: suv o&#8217;tkazish imkoniyati (maksimal suv sar- Fi kanalning ko&#8217;ndalang kesimi bo&#8217;ylab vaqt birligida o&#8217;tadigan suv hajmi, m3\/s); kanalning foydali ish koeffi- tsienti (kanal oxiridagi suv sarfi- ning uning bosh qismidagi suv sarfi- ga nisbati, hisoblanayotgan uchastkada mayda kanallarga berilgan suv sarfi chegirib tashlanadi. K. tubiga shimila- digan suvni kamaytirish va kanalning foydali ish koeffisientini oshirish maqsadida K. o&#8217;zani polietilen plyonka va b. sun&#8217;iy materiallar b-n qoplanadi). Qishloq xo&#8217;jaligi, asosan, sug&#8217;orma dehqonchilikka asoslangan O&#8217;rta Osiyoda juda yirik K.lar, jumladan, Turkma- nistonda Krrakum kanali, Tojikiston- da katta Hisor kanali, O&#8217;zbekistonda Amu-Buxoro mashina kanali, karshi magistral kanali, katta Farg&#8217;ona kana- li, Janubiy Mirzacho&#8217;l kanali, Do&#8217;stlik kanali va b. qurilgan (jadvalga q.). O&#8217;zbekistonda umumiy suv sarfi sekun- diga 2500 m3 dan ortiq 74 kanal bor. Xo&#8217;jaliklararo kanallarning umu- miy uz. 32,4 ming km dan ortiq (2000). O&#8217;rta Osiyodagi yangi o&#8217;zlashtirilayotgan erlarda xo&#8217;jalik K.lari qurishda te- Mir-betondan yasalgan novlar (loto- klar) keng qo&#8217;llanilmoqda. Qadimdan sug&#8217;orib kelinayotgan maydonlardagi sug&#8217;orish tarmoqlari qayta qurilmoqda \u2014 ochiq xo&#8217;jalik K.lari suv o&#8217;tkazgich quvurlar b-n almashtirilmoqda. K.lar avtomatik boshqarish sistemasi tar- kibiga olinmoqda, bu esa suvni behuda sarflash va b. ekspluatasisi nobud- garchilikka barham beradi, uni is- te&#8217;molchilarga optimal taqsimlashni ta&#8217;minlaydi (O&#8217;rta Osiyoda birinchi suv xo&#8217;jaligini avtomatik boshqarish sistemasi Zarafshon daryosi havzasida 1978 y.da tashkil etilgan). K.lardan foydalanishni sug&#8217;orish tarmog&#8217;i boshqarmalari va maxsus boshqarmalar amalga oshiradi. Boshqarmalarning aso- siy vazifalari: suvdan foydalanish rejalariga muvofiq suvni etkazib be- rish, hisobga olish va taqsimlash; K.ni, inshoot va aloqa tarmoqlarini yaxshi holatda saqlash, joriy va avariya ta&#8217;- mirini o&#8217;tkazishdan iborat. Yillik joriy ishlarga (K.ni loyqa va oqiziq cho&#8217;kmalaridan tozalash, qisman buzilgan joylarni tuzatish ishlari va sh.k.) suv iste&#8217;molchi xo&#8217;jaliklar jalb qilinadi. Bunday hollarda sug&#8217;orish boshqarmalari texnika nazoratini amalga oshiradi. Ad.: Ahmedov X. A., Sug&#8217;orish meliorasiya- si, T., 1977; Natal chuk M. F. i dr., Eksplu- atasiya orositelnix sistemi, M., 1983. Sharif Hamdamov, Zi- Yomiddin Artukmetov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kanal, Sug&#8217;orish kanali \u2014 Max- sus qazilgan suv yo&#8217;li, sug&#8217;orish siste- masining asosiy qismi. K., o&#8217;taydigan vazifasiga qarab, magistral (dare, suv ombori va sh.k. suv manbalaridan sug&#8217;oriladigan erlarga suv oqib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kanal-sugorish-kanali\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122744","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122744","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122744"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122744\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122748,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122744\/revisions\/122748"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122744"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122744"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122744"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}