{"id":122752,"date":"2024-05-12T17:49:03","date_gmt":"2024-05-12T14:49:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122752"},"modified":"2024-05-12T17:49:07","modified_gmt":"2024-05-12T14:49:07","slug":"karam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/karam\/","title":{"rendered":"Karam"},"content":{"rendered":"\n<p>Karam (Brassica L.) \u2014 butguldosh- lar oilasiga mansub, bir, ikki va ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar turkumi, sabzavot va em-xashak ekini. K.ning Evrosiyo va shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor. Ko&#8217;pgina turlari O&#8217;rta dengiz atrofi va Xitoydan kelib chiqqan. Bryukva, raps, sholg&#8217;om, Su- Repisa, xantal ham shu turkumga kiradi. Bir turi \u2014 poliz K. (V. o1egaseae)ning juda ko&#8217;p turlari xo&#8217;jalik aqamiyatiga ega. Dehqonchilikda ulardan oq boshli (bosh o&#8217;raydigan oddiy) K., qizil K., sa- voy karami, Bryussel karami, kolrabi, gulkaram, Pekin karami dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Jahon bo&#8217;yicha oq boshli K.ning umumiy ekin may-doni 2,3 mln.ga, hosildorlik 209,9 ts\/ga, yalpi hosili 48,8 mln.t (1999). Aso- san, oq boshli va gulkaram ekiladi. K. aksari ikki yillik o&#8217;simlik. Birinchi yil bosh (karam) chiqaradi, ikkinchi yili o&#8217;zagidan gulpoya chiqarib, urug&#8217;laydi. Oq boshli K. navlari vegetativ (o&#8217;zagi, barg plastinkasi, to&#8217;p bargi) va qosil organ- lari (karam boshi)ning qator morfo- logik belgilari b-n bir-biridan farq qiladi. Tashqi o&#8217;zagining bo&#8217;yi 16-20 sm, to&#8217;pbargining diametri 60-80 sm, bandining uzunligi bo&#8217;yicha barglari bandsiz, 4\u2014 15 sm bandli, barglari may- da \u2014 25\u2014 40 sm, o&#8217;rtacha \u2014 40-50 sm va yirik \u2014 50 sm va undan yirik bo&#8217;lishi mumkin. Barg to&#8217;qimasining yuzasi silliq va burishgan. Barglarining ran- gi och-yashil, to&#8217;q-yashil, kulrang-yashil, ko&#8217;kish-yashil, yashil-binafsha, olachipor, ko&#8217;k-yashil va qizil-binafsha tusda. K. boshlari kattaligi va tig&#8217;izligiga ko&#8217;ra, mayda (0,5\u20141,5 kg), o&#8217;rtacha (1,5\u2014 2,5) va yirik (2,5 kg dan ortiq) vaznda bo&#8217;ladi. Gullari sarg&#8217;ish, yirik, Shin- gillarga to&#8217;plangan, mevasi qo&#8217;zoq. Urug&#8217;i yumaloq, to&#8217;q qo&#8217;ng&#8217;ir, diametri 2 mm cha. K. sovuqqa chidamli, urug&#8217;i 2\u2014 5\u00b0 da una boshlaydi. Ko&#8217;kati \u2014 5\u00b0 so-vuqqa, katta o&#8217;simligi \u2014 8\u00b0 qisqa muddatli sovuqqa chidaydi. Oq boshli K. 11-18\u00b0 t-Rada bosh hosil qiladi. T-ra 25\u00b0 dan oshganda bosh chiqarishi kechi-kadi; sernam va yorug&#8217; joyda tez rivojlanadi. K. tarkibida qandlar, organik kis- lotalar, vitaminlar (S, R, V,, V2, RR, K, E) va karotin, pantoten va folat kis- lotalar, yog&#8217;, fermentlar, fitontsidlar, kaliy, kaltsiy, yod, marganes, temir va b. elementlarning tuzlari bor. Be- vosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida iste&#8217;mol qilinadi. K. xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterin- ning chiqib ketishini tezlatadi. K.da kletchatka ko&#8217;p. K. navlari ertagi, o&#8217;rtacha ertagi, urtagi, o&#8217;rtacha kechki va kechki gu- ruxlarga bo&#8217;linadi. K. ko&#8217;chati parnik va issiqxonalarda etishtirilib, ertagisi- ga Fev. oxiri va mart boshlarida (60&#215;60 sm, 70&#215;70 sm sxemada), o&#8217;rtagisi apr. \u2014 may boshlarida, kechkisi iyul oxiri va iyul boshlarida (70&#215;70 sm sxemada) eki- ladi. Parvarishi sug&#8217;orish, qator oralari va tup atrofini yumshatish, o&#8217;g&#8217;itlash, zararkunanda va kasalliklarga karshi kurash olib borishdan iborat. Birinchi oziklantirishda gektariga 150-200 kg superfosfat va 120-150 kg ammiakli selitra, ikkinchisida faqat 120\u2014 150 kg ammiakli selitra beriladi. K. ekiladi- gan er kuzda yoki erta bahorda haydalib, gektariga 20-30 t go&#8217;ng, 300-400 kg Su- perfosfat, 100-150 kg kaliy tuzi sochi-ladi. K. urug&#8217;ini bevosita dalaga ekish ham mumkin. Bunda unumdor, begona o&#8217;tlardan toza erlarga seyalkada qator orasini 60\u2014 70 sm dan qilib, 1 ga maydonga 1 \u2014 1,5 kgurug&#8217;sepiladi. 2-3 chin barg chiqargach, yaganalab, har uyada (30-40 sm oraliqda) bittadan o&#8217;simlik krldiriladi. Bundan keyingi ishlar ko&#8217;chati o&#8217;tqazilgandagi ishlar b-n bir xil. O&#8217;rtacha hosildorligi (1 ga dan) ertapishari 200-300 ts, o&#8217;rtapishari 400\u2014 500 ts, kechpishari 600-900 ts. K. urug&#8217;chiligi b-n K. ekila- digan barcha zonalarda shug&#8217;ullaniladi. O&#8217;zbekistonda oq boshli K.ning quyidagi navlari ekiladi: Gribov- skiy 147\u2014ertagi, ko&#8217;chati o&#8217;tqazilgach, 60-65 kunda etiladi. Boshi 0,7\u20141kg, yumaloq, o&#8217;rtacha zich, ko&#8217;kish, pishganda yoriladi. Toshkent 10\u2014o&#8217;rtagi, ko&#8217;chati o&#8217;tqazilgach, 90-110 kunda pishadi. K.i 2\u2014 2,5 kg, yumaloq-yassi, issiqqa chidam- li. O&#8217;zbekiston 133\u2014o&#8217;rta kechki, ko&#8217;chati o&#8217;tqazilgach, 110-120 kunda etiladi. K.i 2,5\u20144,3 kg, yumaloq-yassi. Shuningdek, Apsheron kuzgisi, Saratoniy, Navro&#8217;z, Ashxobod, parallel Fp Derbent va b. na- vlari ham ekiladi (2002). K. zararkunandalari. K.ni zararlay- digan hasharotlar turlari juda ko&#8217;p, aso- siylari karam biti, karam kuyasi, karam qandalasi, karam oq kapalagi vab. Karam biti \u2014 qanotsiz urg&#8217;ochisi 1,9\u20142,3 mm, tuxumsimon, ko&#8217;kish-kulrang, kulrang mum g&#8217;ubor b-n qoplangan; qanotli urg&#8217;ochisi 2,15 mm, boshi va ko&#8217;kragi jigarrang, qorni ko&#8217;kish-sariq, ozroq mum g&#8217;uborli. Bir mavsumda 15 martagacha avlod bera- Di. Karam kuyasi \u2014 kapalagi qanotlari yozilganda 14-17 mm; oldingi qanotlari qo&#8217;ng&#8217;ir, keyingisi kulrang. Lichinkasi (qurti) 9-12 mm, urchuqsimon, yashil. Tuxumi 0,4\u20140,5 mm, yumaloq-suyri, och sariq. Hamma joyda uchraydi, asosan, K. va kizil lavlagini zararlaydi. Be- gona o&#8217;tlarda, K. o&#8217;zagi va barglarida qishlaydi. Tuxumdan chiqqan qurtlari barg b-n oziqlanadi (Toshkent viloyatida 9-10 ta avlod beradi). Karam qandalasi \u2014 tanasi 7 \u2014 8 mm, bo&#8217;g&#8217;imli, qalqoni qorinni yarmigacha qoplab turadi. Usti zangori yoki yashilsimon qora bo&#8217;lib, qizg&#8217;ish, sargish yoki oqish chiziqlari bor. O&#8217;simlik barglarini xartumchasi b-n te- shib shirasini so&#8217;radi, bunda burglar sarg&#8217;ayadi, ilma-teshik bo&#8217;lib ketadi, yosh o&#8217;simliklar qurib qoladi. Ko&#8217;klamda begona o&#8217;simliklar b-n oziqlanib, barg orqasiga tuxum qo&#8217;yadi. 6-15 kunda tu- xumdan lichinkalar chiqadi, kattalashib g&#8217;umbakka aylanadi. Birinchi bo&#8217;g&#8217;ini, ko&#8217;pincha may \u2014 iyunda K.ga tushadi. Ka- RAM oq kapalagi \u2014 qanoti yozilganda 5,5\u20146 sm, oq, uchi qora ko&#8217;rinadi. Lichin- kalari qora dog&#8217;li sarg&#8217;ish-och yashil, bo&#8217;yi 1 sm. O&#8217;rta Osiyo sharoitida yiliga 4 marta avlod beradi. K. kasalliklaridan hosilga katta zarar keltirganlaridan asosiylari: bakterioz, soxta unshudring, qora bo&#8217;g&#8217;iz, ildiz bo&#8217;g&#8217;zi qorayishi. Zararkunandalarga qarshi kurashda ko&#8217;chatni dalaga ekishdan oldin insekti- tsidlardan birontasining 0,2% li erit- masi purkaladi, o&#8217;suv davrida biologic preparatlardan dendrobasillin (1,0\u2014 1,5 kg\/ga), Gomelin (0,8\u20141,0 kg\/ga) erit- malari, hosilni yig&#8217;ishdan 20-30 kun oldin insektisidlar b-n dorilanadi, kasalliklarga qarshi erni kuzda shudgor- lash, o&#8217;simlik qoldiqlarini yig&#8217;ib olish, urug&#8217;likni ekishdan oldin dorilash tad- birlari o&#8217;tkaziladi. Ad.: Balashev N. I., Zeman G. O., Sab- zavotchilik, T., 1977; Bo&#8217;riev H., Abdulla- eV A., Tomorqa sabzavotchiligi, T., 1987. Botir Azimov, Zuhra Saidova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Karam (Brassica L.) \u2014 butguldosh- lar oilasiga mansub, bir, ikki va ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar turkumi, sabzavot va em-xashak ekini. K.ning Evrosiyo va shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor. Ko&#8217;pgina &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/karam\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122752","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122752","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122752"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122752\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122764,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122752\/revisions\/122764"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122752"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122752"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122752"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}