{"id":122753,"date":"2024-05-12T17:49:04","date_gmt":"2024-05-12T14:49:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122753"},"modified":"2024-05-12T17:49:09","modified_gmt":"2024-05-12T14:49:09","slug":"karantin-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/karantin-3\/","title":{"rendered":"Karantin"},"content":{"rendered":"\n<p>Karantin (ital. quarantena \u2014 qirq kun), karantinlash \u2014 1) tibbiyot- da \u2014 o&#8217;ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishini cheklashga karatilgan epi- demiyaga qarshi ma&#8217;muriy va sanitariya tadbirlari majmui. K. ma&#8217;lum hududni kasallik tarkatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yo&#8217;qotishga hamda kasal- likning bir joydan boshqa hududlarga tarqalib ketishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslikka qaratilgan profilaktik tadbir hisoblanadi. Shu maqsadda K. e&#8217;lon qilingan joyda aholi orasida hamma turdagi aloqa, bordi-keldi keskin che- klanadi. K. epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiya tomonidan e&#8217;lon qilinadi va &#171;xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari&#187; (Konventsiya) asosida amal- ga oshiriladi. Bu hujjat dastlab 1951 y. Parijda Jahon sog&#8217;liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning 4-sessiyasida qabul qilingan. 1973 va 1981 y.larda bu hujjatga JSSTning 26 va 34-sessiyala- rida qo&#8217;shimchalar kiritilgan. K. birinchi marta 14-a.da Italiya- da qo&#8217;llanilgan. Shunda o&#8217;lat tarqalgan yurtdan kelgan kema 40 kungacha qirg&#8217;oqqa yaqinlashtirilmasdan dengizda ushlab turilgan. Dastlab K. juda ko&#8217;p kasalli- Klarda qilinar, hatto, unchalik xavfli bo&#8217;lmagan qizilcha (skarlatina) kasal- ligida ham bemor 40 kun alohida xo- nada ushlab turilardi. Hoz. K. o&#8217;ta xav- fli yuqumli kasalliklar: toun (o&#8217;lat), sariq isitma; kana va chivin orqali tarqaladigan virusli gemorragik isit- malar: Marburg, Ebol va Laas isitma- lari, denge, Chikugunya, Rift vodiysi, G&#8217;arbiy Nil isitmasi va entsefalit ka- salligida e&#8217;lon qilinadi. &#171;Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari&#187;ga aso- san, K. aeroport va dengiz portlarida hamda avtomobil yo&#8217;llarida joylashgan sanitariya \u2014 karantin punktlari xo- dimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda K. kasallik tarqalgan o&#8217;chokdan kelgan transport vositasi, ekipaj a&#8217;- zolari va yo&#8217;lovchilar salomatligi tek- shiriladi, zarurat bo&#8217;lganida ularning badani ko&#8217;zdan kechiriladi. &#171;Dengiz sanitariya deklarasiyasi&#187; va &#171;samolyot deklarasiyasi&#187;ning sanitariya qismini, shuningdek, deratizasiya (kemiruvchi- larga qarshi tadbirlar) o&#8217;tkazilgani to&#8217;g&#8217;risidagi guvohnoma, transport vosi- tasi ichida kemiruvchilar bor-yo&#8217;qligini aniqlash ushbu xizmat xodimlarining va- zifasi hisoblanadi. Zarurat bo&#8217;lganida dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratiza- tsiya tadbirlari amalga oshiriladi. Bemor b-n muloqotda bo&#8217;lganlar yuqumli kasalliklar shifoxonalari va izolyatorlarda alohidalanib, kasallik- ning yashirin davri o&#8217;tguncha, mas, o&#8217;latda 6 kungacha tibbiy kuzatuv ostida bo&#8217;ladi. Bu davrda ma&#8217;lum profilaktik davolash kursi belgilanadi. 2)o&#8217;simliklar himoyasida \u2014 mam- lakat hududiga q.x. ekinlarining juda xavfli zararkunandalari, kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchilari va begona o&#8217;tlarning ki- rib kelishidan himoya qilish va zarar- lanish o&#8217;choqlarini aniqlash, ihotalash va yo&#8217;qotishga qaratilgan davlat chora- tadbirlari tizimi. Hisob-kitoblarga qaraganda o&#8217;simlik zararkunandalari va kasalliklari jahon bo&#8217;yicha oziq- ovqat ekinlari potentsial hosilining 20-25% ni yo&#8217;q qiladi. Mamlakatla- raro savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi darajasiga qarab bir mam- lakatda uchramaydigan zararkunandalar, kasalliklar va begona o&#8217;tlar turlari- ning boshqasiga kirib kelishi xavfi ortib boradi. Mas, urug&#8217;lik va ko&#8217;chatlar, q.x. xom ashyosi va b. yo&#8217;llar b-n Ameri- kadan Evropaga filloksera (tok biti), qizilqon bit, ko&#8217;pgina cherveslar, Kolo- Rado kartoshka qo&#8217;ng&#8217;izi, kartoshka fitof- Torasi, zarpechak, ambroziya kabi begona o&#8217;tlar kelib qolgan, o&#8217;z navbatida, Evropa va b. mamlakatlardan Amerikaga Gessen pashshasi, yapon qo&#8217;ng&#8217;izi, don qo&#8217;ng&#8217;izi, TSI- Trus mevalar raki va b. tarqalgan. O&#8217;simliklar K. bo&#8217;yicha birinchi qonun Frantsiyada g&#8217;alla ekinlari poya ZANGI epifitotiyasi munosabati b-n qabul qilingan (1660). AQShda fillioksera- ga qarshi kurash zarurati tufayli 1881 y.da birinchi qonun kuchga kirdi. 1870\u2014 1915 y.larda q.x. rivojlangan Germaniya, Frantsiya, Avstraliya, Avstriya, AQSh, Meksika va b.da K. bo&#8217;yicha qonunlar qabul qilindi. 20-a.ning 70-y.larida 100 dan ortiq mamlakatda K. qoidalari ishlab chiqildi va bu qoidalarning ba- jarilishini nazorat qiladigan muas- sasalar barpo qilindi. Sobiq SSSRda 1931 y.da K. xizmati yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Shu yili K. kasalliklar va zararkunandalar- ning, 1935 y.da K. begona o&#8217;tlarning bi- rinchi ro&#8217;yxati tasdiqlandi. 1932 y. O&#8217;zbekiston Respublikasi Qishloq xo&#8217;jaligi vazirligi qoshida Respublika o&#8217;simliklar karantin dav- lat inspektsiyasi xizmati tashkil qilindi. O&#8217;zbekiston Respublikasining &#171;O&#8217;simliklar karantini to&#8217;g&#8217;risida&#187; qonuni 1995 y. 31 avgustda kabul qilindi. O&#8217;simliklar K. tadbirlari bo&#8217;yicha MDH doirasida O&#8217;zbekiston ham qo&#8217;shilgan davlatlararo shartnoma imzolangan (1992). O&#8217;zbekistonda o&#8217;simliklar Karan- tini bo&#8217;yicha davlat xizmatini qishloq va suv xo&#8217;jaligi vazirligi qoshidagi o&#8217;simliklar karantini Bosh davlat in- spektsiyasi (&#171;O&#8217;zboshdavkarantin&#187;) baja- radi. O&#8217;zbekiston q.x. tarixida ko&#8217;rilgan qat&#8217;iy choralarga qaramay Respubli- ka hududiga boshqa mamlakatlardan ko&#8217;p turdagi o&#8217;ta xavfli K.dagi zararli ob&#8217;- ektlarning o&#8217;tib qolishi holatlari kuza- tilgan. 1939 y.da Yaponiyadan keltiril- gan tut ko&#8217;chati b-n komstok qurti, 1964 y.da Kaliforniya qalqondori, 1972 y.da Kolorado qo&#8217;ng&#8217;izi, 1980 y.da issiqxona oqqanoti (q. Oqqanotlar), 1981 y.da Turkiyadan to&#8217;rt dog&#8217;li donxo&#8217;r, 1983 y.da Sharq meva qurti va b. tarqaldi va ular q.x.ga katta iqtisodiy zarar keltirmok- da. 21-a. boshida K. kurash tadbirlari qo&#8217;llaniladigan xalqaro ro&#8217;yxatga 300 dan ortiq turdagi o&#8217;ta xavfli o&#8217;simliklar K.i ob&#8217;ektlari kiritilgan. Ularning 66 tasi o&#8217;simliklar zararkunandalari (g&#8217;o&#8217;za kuyasi, Osiyo g&#8217;o&#8217;za tunlami, Amerika oq kapalagi, apelsin qalqondori, ildiz qurti va b.), 41 tasi zamburug&#8217;li, nemato- Dali, bakteriyali, virusli o&#8217;simliklar kasalliklari (g&#8217;o&#8217;za antraknozi, kar- toshka raki, parmalovchi nematoda, makkajo&#8217;xori vilt kasalligi va b.) dir. O&#8217;zbekistonda 143 turdagi K. ob&#8217;ektlari ro&#8217;yxatga olingan. Shulardan 12 ta turi kam tarqalgan. 3) veterenariyada \u2014 hayvonlarning o&#8217;ta yuqumli, tez tarqalish xususiyatiga ega bo&#8217;lgan va katta iqtisodiy zarar kel- tiradigan kasalliklari o&#8217;choqlarini che- garalash va yo&#8217;q qilish bo&#8217;yicha tadbirlar majmui. Xalqaro epizootiya byurosi ro&#8217;yxatiga ko&#8217;ra (Bosh sessiya, 1983), oqsim, BRU- tsellyoz, sil, vezikulyar stomatit, kuy- dirgi, Aueski kasalligi; qoramollarda \u2014 o&#8217;lat, o&#8217;pkaning umumiy yallig&#8217;lanishi, qorason (emfizematoz karbunkul), tuya- larda \u2014 o&#8217;lat va chechak; otlarda \u2014 manka, epizootik limfangit, yuqumli anemiya, entsefalomielit, kontagioz plevropnev- moniya, o&#8217;lat, yuqumli rinopnevmoniya; parrandalarda \u2014 Nyukasl kasalligi, pasterrelyoz, ichak difterita, mikopla- Rioz, chechak; soxta o&#8217;lat, asalarida \u2014 Amerika va Evropa chirish kasalligi; echkilarda \u2014 yuqumli plevropnevmoniya, qo&#8217;ylarda \u2014 o&#8217;lat, Rift vodiysi isit- masi, qo&#8217;ylarning kataral isitmasi, qo&#8217;ylarning chechagi, cho&#8217;chqalarda \u2014 klas- sik o&#8217;lat, Teshen kasalligi va b. K. tad- birlari joriy etiladigan kasalliklar- ga kiradi. O&#8217;zbekistonda ko&#8217;pgina chorva hayvonlarining yuqumli kasalliklari tugatilgan, ko&#8217;pchiligi esa tarqalmagan. Oqsim, otlarning yuqumli anemiyasi che- klangan hollarda uchraydi. Veterenariya amaliyotda kasallikning tarqalish va xavflilik darajasidan ke- lib chiqqan holda, ayrim xonadon, Fer- ma, poda, asalari oilalari, suv xavzasi, xo&#8217;jalik, aholi yashash punktlari, tuman, shahar, viloyat, respublika hududlariga tegishli hujjatlar asosida K. qo&#8217;yiladi. K. tadbirlari har bir kasallik- ni tugatish bo&#8217;yicha tegishli ko&#8217;rsatma va yo&#8217;riqnoma asosida o&#8217;tkazilib, hayvonlarni K. hududiga kiritish, chiqarish, mahsulot tayyorlash, yarmarka, bozorlarda mol sotish taqiklanadi. K. belgisi chegaraga osib qo&#8217;yiladi va krro- vul posti tashkil etilib, kirib-chiqish tartibga solinadi. Shonosir Shovahobov, Sulton Alimuhamedov, Hoshim Nurmamatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Karantin (ital. quarantena \u2014 qirq kun), karantinlash \u2014 1) tibbiyot- da \u2014 o&#8217;ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishini cheklashga karatilgan epi- demiyaga qarshi ma&#8217;muriy va sanitariya tadbirlari majmui. K. ma&#8217;lum hududni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/karantin-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122753","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122753","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122753"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122753\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122765,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122753\/revisions\/122765"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122753"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122753"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122753"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}