{"id":122762,"date":"2024-05-12T17:49:10","date_gmt":"2024-05-12T14:49:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122762"},"modified":"2024-05-12T17:49:15","modified_gmt":"2024-05-12T14:49:15","slug":"karmana-karmina","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/karmana-karmina\/","title":{"rendered":"Karmana, Karmina"},"content":{"rendered":"\n<p>Karmana, Karmina (asli sug&#8217;diycha Xarmana \u2014 katta saroy) \u2014 aholi yashay- digan qad. maskanlardan biri. Navoiy viloyatida joylashgan. Viloyat hududida o&#8217;tkazilgan arxeologik tadqiqotlar va kuzatishlarning natijalaridan ma&#8217;- lum bo&#8217;lishicha, Zarafshon vodiysining Daryo, bir qismi adirlik va dashtlik er- larini kesib o&#8217;tgan o&#8217;rta qismida joy- lashgan keng bu hududda aholi o&#8217;rta tosh davrining muste (mil. AV. 150-40 ming yilliklar) bosqichidan boshlab yashab keladi. Bunga misol tariqasida Kalqonota qishlog&#8217;i yaqinida, Uchtut mav- zeida, topib tekshirilgan muste davri tosh qurollari yasash ustaxonasi va ib- tidoiy odamlar makoni hamda neolit davri (mil. AV. 5-3 ming yilliklar)da chaqmoqtosh bo&#8217;laklari kavlab olingan. Eng qad. kon \u2014 &#171;Uchtut shaxtasi&#187; (usta- xonasi)ning o&#8217;rni va lahmlari (tunnel qoldiklari); shuningdek, Sarmishsoy va Biyronsoy bo&#8217;ylab jez (bronza) davridan boshlab to ilk o&#8217;rta asrlargacha o&#8217;tgan uzoq ming yilliklar mobaynida kad. ovchi va podachilarning qoyalarga o&#8217;yib tushirgan turli mazmundagi tasvirlari hamda ov manzaralari kabi noyob osori-atiqalarni sanab o&#8217;tish mumkin. Qalqonota va koni- mex atroflarida kayd etilib, tadqiq etilgan mil. AV. 6-4 va mil. 1 \u2014 5-a. larga mansub moddiy madaniyat obi- dalari, Qumrabod, Arabon va Chordara kabi qad. qishloq xarobalari, shuning- dek, Shodibek, Sho&#8217;rovul va Qalqonota mozor qo&#8217;rg&#8217;onlaridan topilgan arxeo- logik topilmalarga karaganda, qariyb ming yillikni qamragan bu davrda K. hududida, xususan, daryoning o&#8217;ng tomoni- da joylashgan uning shim. qismida o&#8217;troq dehqonchilik hayoti ancha gavjum bo&#8217;lgan. Ammo K. hududining qad. tarixi, ayniqsa, bu ko&#8217;hna maskanda dehqonchilik va chorvachilik yoki hunarmandchilik kabi kasb va xo&#8217;jaliklarning yuzaga kelishi va taraqqiyoti, shaharsozlik madaniyatining shakllanishi tarixiga oid moddiy-mada- niyat obidalari bizning davrimizgacha etib kelmagan. Yozma manbalarda kelti- rilgan bor ma&#8217;lumotlar esa, asosan, key- ingi davrlarga \u2014 o&#8217;rta asrlarga mansub- dir. Buning ustiga ular g&#8217;oyatda qisqa va uzuq-yulukdir. 10-a. Buxoro tarixchisi Muhammad Narshaxiyning ta&#8217;rificha, &#171;Karmina Buxoro qishloqlari jumlasidan bo&#8217;lib, uning suvi Buxoro suvidan keladi; XI- roji Buxoro xirojiga qo&#8217;shiladi. Uning o&#8217;ziga tegishli alohida bir qishloq ham bor: unda masjidi jome barpo etilgan&#187;. Buxoro vohasining sug&#8217;orma dehqonchilik erlari K. hududidan boshlangan. Nar- shaxiyning ta&#8217;rificha, vohaning za- rafshon daryosidan bosh olgan sug&#8217;orish tarmoqlaridan dastlabkisi Karmina anhori hisoblangan. Uni Narshaxiy katta anhor deb yozadi. 9-10-a.larda Buxoroning dehqonchilik erlaridan to&#8217;planadigan xiroj solig&#8217;idan tushgan har yilgi daromad K. erlarini qo&#8217;shib hisoblaganda, &#171;bir million bir yuz ol- tmish sakkiz ming besh yuz oltmish olti diramu besh yarim donakni tashkil et- gan&#187;. Keyinchalik K.ning xiroji Buxoro xirojidan ajratilib alohida olingan. Bu ma&#8217;lumotlardan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, K. Buxoro vohasining dehqonchilik rustoq(tuman)lari qatoridan joy ol- gan. U Zarafshon daryosidan chiqarilgan alohida kanal orqali sug&#8217;orilgan. K. rustog&#8217;i ilk o&#8217;rta asrlarda Buxoro vohasining 15 ta dehqonchilik rusto- klarini o&#8217;rab o&#8217;tgan qad. mudofaa insho- oti \u2014 Kanpirak devoridan tashqarida joylashgan. O&#8217;rta asr yozma manbalarida bu tashqi rustoq K., ba&#8217;zan esa Yasir nomlari b-n tilga olinadi. Rustoqning markazi ham K. nomi ostida Shuxrat top- gan. Narshaxiyning ma&#8217;lumoti bo&#8217;yicha, Buxoro b-n K. oralig&#8217;i 14 farsang (98-112 km) uzunlikka ega bo&#8217;lgan. 12-a. muallifi Muhammad as-Sam&#8217;oniy bu masofani 18 farsax (120-144 km)gateng bo&#8217;lgan deb yoza- Di. K. rustog&#8217;i hududidan oqib o&#8217;tgan za- rafshon daryosining har ikki soqillari bo&#8217;ylab Arfud yoki Varqud, Mizyamaj- kas, Xaromkas yoki Zargonkas va Xarjan- kas hamda Xudimankan kabi katta-kichik shahar va qishloqlar joylashgan. Aholi yashagan bu qad. turar joy orasida eng gavjumi K. shahari xisoblanib, unda adiblar va shoirlar ko&#8217;p bo&#8217;lgan. 12-a.da K. shahri Xorazmshoh Elarslon (1156-1172) tomonidan vayron qilingan. Keyinchalik u qayta tiklanib, 15-a.da yana yirik shaharga aylangan. So&#8217;nggi o&#8217;rta asrlarda, xususan, bu- xoro amirligida mang&#8217;itlar sulolasi hukmronlik qilgan davrda (1753 \u2014 1920) K. viloyati alohida imtiyozli be- klikka ajratilib, u Buxoro amirining valiahdi tomonidan boshqarilgan. Jum- ladan, Amir Abdulahad va Sayd olim- xonlarning qarorgohlari K. shahrida bo&#8217;lgan. Hatto Abdulahad vafotidan so&#8217;ng, mayyit Buxorodan olib kelinib, K.da dafn etilgan. Sho&#8217;rolar davrida K. Buxoro viloyati- dagi shahar \u2014 Navoiy r-nining ma&#8217;mu- riy markazi bo&#8217;lgan. Keyinchalik Navo- iy viloyati tashkil etilishi va Navoiy sh.ning kengayishi munosabati b-n unga qo&#8217;shilib ketgan. Me&#8217;moriy yodgorliklar- dan Mir Sayd Bahrom maqbarasi (P-a:) va Qosim Shayx xonaqosi (16-a.) Raboti Malik xarobasi saqlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Karmana, Karmina (asli sug&#8217;diycha Xarmana \u2014 katta saroy) \u2014 aholi yashay- digan qad. maskanlardan biri. Navoiy viloyatida joylashgan. Viloyat hududida o&#8217;tkazilgan arxeologik tadqiqotlar va kuzatishlarning natijalaridan ma&#8217;- lum bo&#8217;lishicha, Zarafshon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/karmana-karmina\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122762","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122762","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122762"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122762\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122770,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122762\/revisions\/122770"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122762"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122762"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122762"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}