{"id":122772,"date":"2024-05-12T17:51:58","date_gmt":"2024-05-12T14:51:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122772"},"modified":"2024-05-12T17:52:07","modified_gmt":"2024-05-12T14:52:07","slug":"kasallik-betoblik-xastalik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kasallik-betoblik-xastalik\/","title":{"rendered":"Kasallik, betoblik, xastalik"},"content":{"rendered":"\n<p>Kasallik, betoblik, xastalik \u2014 organizmga tashqi yoki ichki muhitning zararli omillari ta&#8217;sir etganda ro&#8217;y beradigan patologik jarayon. K. haqidagi tushuncha tibbiyot tarixida o&#8217;zgarib bor- Di. K.ning paydo bo&#8217;lishida tashqi muhit omillari etakchi rol o&#8217;ynaydi, chunki ular organizmga bevosita ta&#8217;sir etish b-n birga uning ichki xususiyatlari- ni ham o&#8217;zgartira oladi, bu o&#8217;zgarishlar nasldan-naslga o&#8217;tib, unda K.ni yuzaga keltirishi mumkin. K., ko&#8217;pincha, haddan tashqari kuchli ta&#8217;sirotlar, turli mi-kroorganizmlar, zaharlar ta&#8217;sirida Vu- judga keladi. Bunda organizmning tashqi muhitga moslashuvi susayib, uning muhit b-n o&#8217;zaro muvozanati bu-ziladi. Organizmning rivojlanish nuqsonlari yoki irsiy kamchiliklar ham K.ka sabab bo&#8217;lish mumkin. Mas, muayyan kasalli- klar, xususan, allergik kasalliklarga ba&#8217;zan tug&#8217;ilishdan moyillik bo&#8217;ladi (q. Allergiya). K. paydo qiladigan agent organizmga ta&#8217;sir etib, uni zararlanti- radi, ayni chog&#8217;da bu agent organizmning himoya choralari va moslanish reaktsiya- lari safarbar bo&#8217;lishiga olib keladi. Demak, K., odatda, bir-biriga aloqador ikki jarayonning \u2014 zararlanish va unga qarshi himoyalanish jarayonining birga kelishi b-n ifodalanadi. Har bir K. umuman butun organism hayot faoliyatining buzilishiga olib ke- ladi, lekin ko&#8217;pgina K.larda dardning badandagi o&#8217;rni, shuningdek, ma&#8217;lum bir a&#8217;zo yoki sistemaning ko&#8217;proq za- rarlanganini ko&#8217;rsatadigan belgilar aniq ko&#8217;rinib turadi. Mac, me&#8217;dada yara borligi butun organizmning umumiy ka- salligi \u2014 yara kasalliginit mahalliy belgisi bo&#8217;lishi mumkin, yara kasalli- gi ko&#8217;pincha nerv sistemasi funktsiyasi- ning jismoniy yoki aqliy ishda haddan tashqari zo&#8217;riqishi, noxush xrdisalarni boshdan kechirish tufayli buzilishidan kelib chiqadi. Aksincha, faqat ma&#8217;lum bir joyni shikastlaydigan har qanday ta&#8217;sirot, albatta, qanday bo&#8217;lmasin umumiy hodisalarga sabab bo&#8217;ladi. Mac, badanning biror joyiga chipqon chiqsa, odam isitmalab, lanj bo&#8217;lib yurishi, ishtahasi yo&#8217;qolishi ma&#8217;lum va h.k. K.ning paydo bo&#8217;lish sabablari juda xilma-xil. U bitta omilning ta&#8217;si- ridan yoki bir qancha sharoitlarning birga qo&#8217;shilishidan kelib chiqishi mumkin. Mas, infektsion va parazi- tar K.lar organizmga ma&#8217;lum bir tur- dagi mikroorganizmlar va parazitlar ta&#8217;siridan, boshqalari esa bir qancha sabablarning birgalashib ta&#8217;sir eti- shidan kelib chiqadi (me&#8217;da shilliq qavatining yallig&#8217;lanishi \u2014 gastrit, odatda, tartibsiz ovqatlanish, kundalik rejimga rioya qilmaslik, chekish, ichki- lik ichish, shuningdek, boshqa a&#8217;zolar- ning K.lari oqibatida paydo bo&#8217;ladi). K.ni aniqlashda uning vujudga kelish sabablari (etiologiyasi), kasallik ja- rayonining rivojlanish mexanizmi (Pa- togenezi), klinik ko&#8217;rinishi (belgilari yoki simptomlari) va h. k.larga alohida ahamiyat berish talab etiladi. K.ning so- dir bo&#8217;lishi va o&#8217;tishida organizmning himoya kuchlari va moslanish imkoniyatla- ri hal qiluvchi rol o&#8217;ynaydi. K.ning o&#8217;tkir, o&#8217;rtacha o&#8217;tkir va surun- kali xillari bo&#8217;ladi. K.ning o&#8217;tishida 4 bosqich yoki davr: yashirin (latent), Pro- dromal (dastlabki), avj olish va tuzalish davri tafovut qilinadi. Birok, ko&#8217;pgina K.larning avj olishi va o&#8217;tishida bunday davrlarni ro&#8217;yirost ajratib bo&#8217;lmaydi. K.ning yashirin davri (infektsion K.larda bu davr inkubasion davr deb ata- ladi) zararlovchi agent ta&#8217;sir etgandan boshlab to dardning dastlabki belgilari paydo bo&#8217;lguncha davom etadi; bu davr bir necha lahzadan (shikastlanishda) bir necha yilgacha bo&#8217;lishi mumkin. Prodromal davr K.ning ilk bel- gilari paydo bo&#8217;lgandan boshlab to u ro&#8217;yirost avj olguncha o&#8217;tadigan vaqtni o&#8217;z ichiga oladi. Bu davrda, odatda, ta- laygina K.larga xos bo&#8217;lgan bosh og&#8217;rig&#8217;i, qaltirash, isitmalash, lanj bo&#8217;lish va b. boshlanadi. Xullas, bu davrda odamning dardga chalingani aniq bo&#8217;ladi-yu, Le- kin qanday K. b-n og&#8217;riganligini bilib bo&#8217;lmaydi. K.ka aniq tashhis qo&#8217;yish uchun xarakterli bo&#8217;lgan belgilar ko&#8217;pincha bu davrning oxirida, K. rasmana avj olgan paytda ko&#8217;zga tashlanadi, lekin ayrim hollarda bular notayin bo&#8217;ladi (K.ning bilinmaydigan shakli) yoki uncha avjiga chiqmasdan yo&#8217;qolib ketadi (K.ning abor- TIV shakli). Biroq, K. juda tipik bo&#8217;lib o&#8217;tayotgan hollarda ham biror asorat yoki boshqa bir dard qo&#8217;shilib qolishidan u boshqacha tus oladi. K.ning tugashi, ya&#8217;ni oxirgi tuzalish davri birdan boshla &#8212; nishi yoki asta-sekin o&#8217;tishi mumkin. Ayni vaqtda odam butunlay sog&#8217;ayib ke- tadi yoki biror a&#8217;zosida K.dan anchagacha yo&#8217;qolmaydigan asorat qoladi; ba&#8217;zan K. butunlay yo&#8217;qolmasdan, vaqt-vaqti b-n qo&#8217;zib turadigan surunkali xilga ayla- nadi. K.ning asorat qoldirmay, eson- omon o&#8217;tib ketishi ko&#8217;pincha unga qarshi o&#8217;z vaqtida davo qilish hamda vrachning hamma buyurganlarini bekamu ko&#8217;st baja- rishga bog&#8217;liq. Shuning uchun odam o&#8217;zini andek nosog&#8217; sezganida darhol vrachga borishi kerak. Zamonaviy tibbiyot bemor ahvoliga juda jiddiy qarab, uni kompleks tarzda tek- shiradi; K.ning kelib chiqish sabablari va sharoitlari, avj olib borish mexa- nizmlari, qanday belgilar b-n o&#8217;tishi, organizmning K.ka qarshi qanday kura- shishi, himoya va moslashuv reaktsiyalari- ning qonuniyatlarini o&#8217;rganadi; olingan natijalarga qarab, K.ni aniklash, davo- lash va uning oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Har bir bemorga indi- vidual, ya&#8217;ni kasalligining xili, orga- nizmning holati va b. ko&#8217;pgina xususiyat- larga qarab davo qilinadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kasallik, betoblik, xastalik \u2014 organizmga tashqi yoki ichki muhitning zararli omillari ta&#8217;sir etganda ro&#8217;y beradigan patologik jarayon. K. haqidagi tushuncha tibbiyot tarixida o&#8217;zgarib bor- Di. K.ning paydo bo&#8217;lishida tashqi muhit &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kasallik-betoblik-xastalik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122772","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122772","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122772"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122772\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122781,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122772\/revisions\/122781"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122772"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122772"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122772"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}