{"id":122776,"date":"2024-05-12T17:52:00","date_gmt":"2024-05-12T14:52:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122776"},"modified":"2024-05-12T17:52:04","modified_gmt":"2024-05-12T14:52:04","slug":"kataliz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kataliz\/","title":{"rendered":"Kataliz"},"content":{"rendered":"\n<p>Kataliz (Yun. katalysis \u2014 buzilish, parchalanish) \u2014 kimyoviy reaktsiyalar tez- ligining ba&#8217;zi moddalar (katalizator- lar) ta&#8217;sirida o&#8217;zgarishi. Katalizator reaktsiyaga kirishuvchi modda (reagent)lar b-n bir qancha oraliq birikmalar hosil qilib, reaktsiya nihoyasida miqdori va tarkibi o&#8217;zgarmasdan ajralib chiqadi. Katalizator sifatida turli xil modda- lar (gaz, suyuqliklar va qattiq modda- lar) ishlatilishi mumkin. Reagentlar va katalizatorlarning fazaviy holatiga qarab katalitik jarayonlar, asosan, go- mogen va geterogen K.ga bo&#8217;linadi. Bun- dan tashqari, mikrogeterogen, fermen- tativ katalitik jarayonlar ham mavjud. Gomogen K.da reagentlar b-n katalizator bir jinsli aralashma hosil qiladi. Re- aktsiya gaz yoki suyuq fazada boradi. Kata- lizator sifatida atomlar, ionlar, mole- kulalar ishtirok etishi mumkin. Bunday katalitik jarayon mexanizmini sharxlash uchun oraliq moddalar nazariyasi ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga asosan, reagent- lar katalizator b-n beqaror oraliq mod- dalar hosil qiladi. So&#8217;ngra bu moddalar parchalanib katalizator qayta tiklanadi (regenerasiya). Suyuq fazadagi kislota- asosli K. mexanizmi reagentlar b-n ka- talizator o&#8217;rtasidagi proton almashini- shiga asoslangan. Mas: R-CH=CH2+HA -&#187; R-CH2-CH2++A~ R &#8212; C H 2 &#8212; C H j + H + O H ^ R &#8212; C H 2 &#8212; CH2OH+H+ N+ + A -> NA Gomogen katalitik jarayonning tezli- gi juda ko&#8217;p omillarga, xususan, reagent- lar va katalizatorlar kontsentrasiyasi, t-ra, bosim va aralashtirish darajasiga bog&#8217;liq. Bu jarayonning asosiy kamchili- gi mahsulot tarkibidan katalizatorni ajratib olish (tozalash) zarur bo&#8217;ladi. Geterogen K.da katalizator sifatida qattiq moddalar ishlatiladi. Ularning sharsimon, granulasimon, spiralsimon va b. turlari ma&#8217;lum. Shuningdek, bu ka- talizatorlar tarkibiga ko&#8217;ra, bir, ikki yoki ko&#8217;p komponentli, holatiga qarab OK- sidsimon, metallsimon bo&#8217;ladi. Getero- gen K. ba&#8217;zan kontakt K. deb ham ataladi. Bu jarayon nihoyasida mahsulotdan (suyuq yoki fazadagi) katalizator oson ajratib olinadi. Shu sababli geterogen K. sano- atda keng qo&#8217;llaniladi. Mikrogeterogen K.da reaktsiya suyuq fazada boradi, kata- lizator sifatida kolloid zarrachalar ishtirok etadi. Fermentativ K. o&#8217;simlik yoki hayvon to&#8217;qimalarida sodir bo&#8217;ladi, bu reaktsiyada katalizator sifatida kol- loid holdagi oqsil zarrachalari \u2014 Fer- mentlar xizmat qiladi. Ba&#8217;zi moddalar kimyoviy reaktsiya tezligini susaytiradi yoki to&#8217;xtatadi. Bunday moddalar antika- talizator yoki ingibitorlar deb ataladi. Bu holatni manfiy K. deyiladi. Sano- atda, asosan, musbat K. katta ahamiyatga ega. Katalizator qo&#8217;llanganga bir vaqtda borishi mumkin bo&#8217;lgan parallel reaktsi- yalardan faqat birining tezligi ortadi. Boshqalari esa to&#8217;xtaydi (selektiv K.). Mas: [Ad] SN2\u2014SN2 [Pd] [Si] K. jarayonida hosil bo&#8217;ladigan oraliq kompleks birikmalar b-n dastlabki mod- dalar energiyasi orasidagi farq aktivla- nish energiyasi deyiladi. Kimyoviy reak- tsiyalar tezligi, asosan, shu energiyaning mikdoriga bog&#8217;liq bo&#8217;lib, unga teskari proportsionaldir. Katalitik jarayon- ning aktivlanish energiyasi qancha kam bo&#8217;lsa, reaktsiya tezligi shuncha yuqori bo&#8217;ladi. K. jarayonida qo&#8217;llaniladigan katalizatorning roli kimyoviy reaktsi- yalar aktivlanish energiyasini kamayti- rishdan iborat bo&#8217;lib, buning natijasi- da reaktsiya yo&#8217;lini o&#8217;zgartiradi yoki uni zanjirsimon mexanizmga o&#8217;tkazadi. K. borish mexanizmiga qarab, asosan, ik- kiga bo&#8217;linadi: kislota-asos katalizi va oksidlanish-qaytarilish katalizi. Kislota-asos K.da kislota-asoslar kata- lizator bo&#8217;ladi. Bu reaktsiyalarda proton almashinishi ro&#8217;y beradi, ya&#8217;ni proton katalizatordan reagentga yoki, aksincha, reagentdan katalizatorga o&#8217;tadi. K. ja- rayoni keyingi bosqichda polimerlanish, izomerlanish: kreking jarayonlari alyu- miniy silikat ta&#8217;sirida shu kislota- asos katalizi mexanizmi b-n boradi. Oksidlanish-qaytarilish katalizida metall, metall oksidlari, tuzlar kata- lizator bo&#8217;lib xizmat qiladi. Bunday K.da elektron almashadi, elektron kata- lizatorlardan reagentga yoki, aksincha, reagentdan katalizatorga o&#8217;tadi. Shunday qilib, OK-sidlanish \u2014 qaytarilish ja- rayoni sodir bo&#8217;ladi. Ma&#8217;lum kataliza- tor yoki katalizatorlar guruhi kimyoviy reaktsiyaning ma&#8217;lum yo&#8217;nalishinigina o&#8217;zgartiradi, tezlatadi, xolos. Shunga ko&#8217;ra, muayyan reaktsiya uchun katalizator tanlash amaliy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan asosiy va muhim vazifadir. Hoz. vaqtda K.ning umumlashgan yagona nazariyasi mavjud bo&#8217;lmasada, uning ba&#8217;zi tomon- larini e&#8217;tiborga olgan ayrim nazariya- lar bor. Rus kimyogarlari N. I. Kobozev- ning faol ansambl, A. A. Balandinning multiplet K.i.ning elektron va zanjir nazariyalari shular jumlasidandir. Ad.: Geyts B., Ketsir D., Shuyt G., Ximiya kataliticheskix prosessov, Per. s angl. M., 1981; Problemi kinetiki i kataliza, t. 1-19; L. &#8212; M., 1935-85. Maruf Musaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kataliz (Yun. katalysis \u2014 buzilish, parchalanish) \u2014 kimyoviy reaktsiyalar tez- ligining ba&#8217;zi moddalar (katalizator- lar) ta&#8217;sirida o&#8217;zgarishi. Katalizator reaktsiyaga kirishuvchi modda (reagent)lar b-n bir qancha oraliq birikmalar hosil qilib, reaktsiya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kataliz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122776","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122776","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122776"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122776\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122784,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122776\/revisions\/122784"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122776"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122776"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122776"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}