{"id":122794,"date":"2024-05-12T17:55:40","date_gmt":"2024-05-12T14:55:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122794"},"modified":"2024-05-12T17:55:45","modified_gmt":"2024-05-12T14:55:45","slug":"kvant-mexanika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kvant-mexanika\/","title":{"rendered":"Kvant mexanika"},"content":{"rendered":"\n<p>Kvant mexanika, to&#8217;lqin me- xanika \u2014 nazariy fizikaning juda kichik massali zarra (elementar zar- ra, atom, molekula va h.k.) ning harakat qonunlarini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi. 20-a. boshida, ya&#8217;ni qator omillar \u2014 atomlar- ning turg&#8217;unligi, fotoeffekt, radioak- tivlik va b.ni klassik mexanika va klas- sik elektrodinamika yordamida tushunti- rib berish mumkin bo&#8217;lmay qolganda K.m. ni yaratish g&#8217;oyasi paydo bo&#8217;ldi. M. Plank, A. Eynshteyn va N. Bor kabi olimlar- ning ishlari K.m. ning yaratilishiga asos bo&#8217;ldi. Klassik fizika qonunlarini juda kichik massali zarralarga tatbiq qilishda olingan xulosalar klassik tasavvurlarni tubdan o&#8217;zgartirishni talab qildi. Klassik fizikada zarra nurlanishi energiyasining qiymatlari uzluksiz bo&#8217;ladi. 1900 y.da M. Plank moddada elektromagnit nurlanishni mu- vozanatda bo&#8217;lish shartini tadqiq qildi. U nurlanish energiyasi chiqayotganda yoki yutilayotganda faqat uzlukli (kvantlan- gan) qiymatlargagina ega bo&#8217;lishi mum- kinligi to&#8217;g&#8217;risidagi gipotezani ilgari surdi. 1905 y.da A. Eynshteyn yorug&#8217;lik tushayotgan metallardan tashqariga elek- tron chiqish hodisasi (fotoeffekt) ni tekshirib, energiya faqat yutilib yoki chiqibgina qolmay, u nurlanish kvanti \u2014 foton ko&#8217;rinishida ham mavjud bo&#8217;ladi, degan xulosaga keldi. Foton energiyasi E=\u042c\\ ga teng, bunda y \u2014 Plank doimiysi, v \u2014 elektromagnit nurlanish chastotasi. 1913 y.da N. Bor yorug&#8217;likning kvant- lar nazariyasini atomlarning tuzilishi masalasiga tatbiq qilib, atomdagi elek- tron shu atom yadrosining atrofida klas- sik mexanika krnunlarita bo&#8217;ysunadigan aniq orbitalar bo&#8217;yicha harakat qilishini ko&#8217;rsatdi. Bunda orbitalarning har bi- rida elektron aniq energiyali holatda, ya&#8217;ni barqaror holatda bo&#8217;lib, hech qanday nurlanish ro&#8217;y bermaydi (bor postulat- lari) . Atomning nur yutishi yoki nur chiqarishi faqat elektronning bir orbi- tadan boshqa orbitaga o&#8217;tishi b-n bog&#8217;liq. Bor nazariyasi eng sodda atom \u2014 vodo- rod atomining nurlanish xususiyatlari- ni tushuntirib bera oldi. Ammo murak- kab atomlarga, molekulalarga bu nazari- yani qo&#8217;llash mumkin bo&#8217;lmaydi. 1924 y.da L. de Broyl modda yorug&#8217;lik kabi ham zarra, ham to&#8217;lqin xususiyatla- riga ega bo&#8217;ladi, degan gipotezani ilga- ri surdi. L. de Broyl aytgan moddiy zarraning to&#8217;lqin xususiyatlari Qar to- monlama tasdiqlandi. Shunday qilib, korpuskulyar-to&#8217;lqin dualizmi g&#8217;oyasi tasdiqlandi: bu g&#8217;oyaga binoan, to&#8217;lqin xususiyatga ega ob&#8217;ektda zarra xususiyati ham uyg&#8217;onadi, zarra esa ma&#8217;lum sharoit- larda o&#8217;zini to&#8217;lqinlardek tutadi. 1926 y.da E. Shryodinger zarralar harakatining to&#8217;lqin nazariyasi ustida ishlab, moddiy zarralarning zarra va to&#8217;lqin xususiyatlarini ifodalovchi ten- glamani taklif qildi. Bu tenglama eng sodda atom \u2014 vodorod atom i masalasini aniq echib berdi. Ko&#8217;p elektronli siste- malar uchun Shryodinger tenglamasi aniq echilmaydi, bu erda taxm. echish usullari (variasion usul, Xartri \u2014 Fok usuli va b.) ishlatiladi. K.m.da barcha zarralar korpuskulyar va to&#8217;lqin xossalariga ega deb qaraladi; zotan bu xossalar bir-birini istisno qilmaydi, balki bir-birini to&#8217;ldiradi. Elektronlar, protonlar va b. zarralar- ning to&#8217;lqin tabiati zarralar difrak- tsiyasiga oid tajribalarda tasdiqlandi. K.m.da zarraning to&#8217;lqin xususiyati to&#8217;lqin funktsiya (u-funktsiya) orqali bayon etiladi. To&#8217;lqin funktsiya aslida statistik xarakterga ega ekanligini bi- rinchi bo&#8217;lib 1927 y.da M. Born aytdi. To&#8217;lqin funktsiyaning statistik ma&#8217;nosi, ya&#8217;ni zarraning biror hajm birligida bo&#8217;lish ehtimolligi \u2014 to&#8217;lqin funktsiya modulining kvadrati \\|\/12 b-n ifodala- nadi. Demak, K. m.da zarraning holatini bir vaqtda aniq koordinata va impuls orqali ifodalash mumkin emas, u faqat to&#8217;lqin funktsiya orqaligina aniqlanadi. Zarraning koordinata b-n impulsi V. Gepzenberg tomonidan kashf etilgan noaniqliklar munosabatiga bo&#8217;ysunadi. Nisbiylik nazariyasini qo&#8217;llab, K. m.ni umumlashtirish natijasida relyati- vistik K.m. paydo bo&#8217;ldi. K.m.ning yara- tilishi va rivojlanishida M. Born, P. Dirak, V. Pauli, E. Fermi, shuningdek, L. D. Landau va V. A. Fok kabi olimlar- ning ishlari muhim rol o&#8217;ynadi. K.m. yaratilishi yarimo&#8217;tkazgichlar fizikasi va texnikasi, past t-ralar fizikasi, kvant elektronika, yadro fizikasi va atom energetikasi, astrofizika va b. ning tez rivojlanishiga sabab bo&#8217;ldi. Ad.: Geyzenberg V., Fizicheskie prin- Tsipi kvantovoy teorii, L. \u2014 M., 1932; Dirak P., Printsipi kvantovoy mexani- ki, Per.s angl., M, 1960; Pauli V., Obtshie printsipi volnovoy mexaniki, Per. S nem., M., &#8212; L., 1947; Feynman R. P., Xibs A., Kvantovaya mexanika i integrali po traektoriyam, Per. s angl., M., 1968; Lan- DAU L. D., Lifshis E. M., Kvantovaya me- xanika. Nerelyativistskaya teoriya, 3 izd., M., 1974; Fok V. A., Nachalo kvantovoy mexaniki, M., 1976.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kvant mexanika, to&#8217;lqin me- xanika \u2014 nazariy fizikaning juda kichik massali zarra (elementar zar- ra, atom, molekula va h.k.) ning harakat qonunlarini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi. 20-a. boshida, ya&#8217;ni qator omillar \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kvant-mexanika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122794","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122794","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122794"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122794\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122802,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122794\/revisions\/122802"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122794"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122794"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122794"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}