{"id":122808,"date":"2024-05-12T17:58:34","date_gmt":"2024-05-12T14:58:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122808"},"modified":"2024-05-12T17:58:41","modified_gmt":"2024-05-12T14:58:41","slug":"keniya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/keniya-2\/","title":{"rendered":"Keniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Keniya (Kenya), Keniya Respublika- si (Republic of Kenya) \u2014 Sharqiy Af- Rikadagi davlat. Mayd. 582,6 ming km2. Axrlisi 30,7 mln. kishi (2001). Poytax- ti \u2014 Nayrobi sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 7 viloyat (province)ra va poytaxt okrugiga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. K. \u2014 Respubli- ka. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlikka kiradi. Amaldagi Konsti- tusiyasi 1969 y.da qabul kilingan, key- inchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (1978 y.dan Dani- el Arap Moi). U umumiy to&#8217;g&#8217;ri ovoz be- rish yo&#8217;li b-n 5 y.ga saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va millat maj- lisi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident, vise-prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. K. Sharqiy Afrika yassitog&#8217;ligi (sharkda bal. 500 m va g&#8217;arbda bal. 1500 m) shim.-Sharqiy chekkasida joy-lashgan. Hind okeani sohili uzilma tog&#8217;lardan iborat, tik va kam parchalangan. Jan.dan shim.ga tomon kengayib (50-200 km) boradigan tekislik bor. Unga tutash botiqning atrofi tog&#8217;tizmalari (sharkda Aberder, bal. 400 m gacha, g&#8217;arbda May va Elgeyo, bal. 3000 m gacha) va so&#8217;ngan vul- kanlar (Keniya tog&#8217;i, 5199 m \u2014 K.dagi eng baland cho&#8217;qqi), Viktoriya ko&#8217;li bo&#8217;ylari kambar tekislik b-n o&#8217;ralgan. Trona, ol- tin, kianit, diatomit, oxaktosh, grafit, polimetall ruda konlari topilgan. K. ekvator iqlim mintaqasidajoylashgan. Sohilda harorat issiq (iyulda o&#8217;rtacha t-ra 24-25\u00b0, yanv.da 27\u00b0), yassitog&#8217;likda salqinroq. Yillik yog&#8217;in miqdori shim.-sharkda 250 mm dan Jan.-g&#8217;arbda 1500-2000 mm gacha. Ekvator yaqinida seryomg&#8217;ir mavsum: mart\u2014apr. va noyab.\u2014 dek. Daryolari kam suvli, qisqa, ayrim- laridagina kema qatnaydi. Yiriklari: Tana, Galana. Oqmas ko&#8217;l ko&#8217;p (eng katta- si \u2014 Rudolf). Mamlakatning sharqi va shim.-sharqi jigarrang-qizil laterit- lashgan, Toshloq, kamhosil, aksar sho&#8217;r tuproqli. Shim.-g&#8217;arbi va Jan.-sharqi qizil-qo&#8217;ng&#8217;ir, Viktoriya ko&#8217;li bo&#8217;ylari o&#8217;tloqi qizil-qo&#8217;ng&#8217;ir, Hind okeani sohili qora va bo&#8217;z tuproqli. K. shim.da tikanli o&#8217;rmonlar va butazorlar, cho&#8217;lga aylanayozgan savannalar, g&#8217;arbida bo&#8217;ydor o&#8217;tli savannalar, tog&#8217;etaklarida sernam tropik o&#8217;rmonlar, tog&#8217;larda o&#8217;tloqlar bor. Yovvoyi hayvonlardan fil, karkidon, Ze-bra, buyvol, jirafa, Arslon, maymunlar, daryolarda timsoh, begemotlar uchraydi. K.da qo&#8217;riqxona va milliy bog&#8217;lar (Tsavo, Sibilon, Maun-Keniya, Meru, Aberder va b.) ko&#8217;p. Aholisining 66% ni Benue-Kongo til- larida so&#8217;zlashuvchi xalqlar tashkil eta- Di. Ularning yiriklari: kikuyyu, luxya, kamba, kisii, meru va b. K.da hindlar, evropaliklar, arablar va b. xam yashay- Di. Rasmiy tillar \u2014 suaxili va ingliz tillari; aholining 1\/2 qismi mahalliy dinlarga e&#8217;tiqod qiladi, qolganlari xristianlar, musulmonlar va b. Jami aholining 25,3% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Nayrobi, Mombasa, Nakuru, Kisumu. Tarixi. K. hududida ilk paleolit davrida manzilgohlar bo&#8217;lgani ma&#8217;lum. Ayrim tadqiqotchilar dastlabki odamzot shu erda paydo bo&#8217;lgan, deb hisoblaydilar. Hoz. aholisining ko&#8217;pchiligi 14-19-a.larda Afrikaning turli joylaridan kelgan bantu va nilot qabilalaridan tarqalgan. Mil. AV 5-6- a.larda K.ga yunon, Misr, Xitoy, Arab dengiz sayyohlari va savdogarlar kelib ketib turgan. 7-8-a.larda qishloqlar, 11 \u2014 15-a.larda shahar-davlatlar pay- do bo&#8217;ldi. 16-a.da portugallar K.ning Sharqiy qismini bosib oldi. 18-a.da bir necha Arab sultonliklari vujudga keldi va qul savdosi rivojlandi. Buyuk Britaniya qul savdosiga qarshi kurash bahonasi b-n K.ga suqilib kela boshla- Di. 19-a. oxirida K. Buyuk Britaniya qo&#8217;l ostiga o&#8217;tdi. Mustamlakachilar mahalliy aholidan unumdor erlarni tortib oldi. Afrikaliklar maxsus ajratilgan joy- larda yashashga majbur etildi, irqiy kam- sitildi. 1920 y.da K. Buyuk Britaniya mu- stamlakasi deb e&#8217;lon qilindi. Shundan keyin mustamlakachilikka qarshi harakat qiluvchi siyosiy tashkilotlar (kikuyu tashkiloti va b.) tuzilib, ular majbu- riy mehnat bekor qilinishi, soliqlar qisqartirilishini, maorif tizimi yaxshilanishi va tortib olingan erlar qaytarib berilishini talab qildi. 2-jahon urushi davrida K. oziq-ovqat va q.x. xom ashyosi etkazib beruvchi manbaga aylantirildi, keniyalik askarlar Buyuk Britaniya mustamlaka qo&#8217;shinlari safi- da yaqin Sharq va birma (hoz. Myanma) dagi urushda qatnashdilar. 40-y.lar oxi- rida ozodlik harakati yanada kuchaydi. 1952 y.da qurolli qo&#8217;zg&#8217;olon boshlandi. Qo&#8217;zg&#8217;olon 4 y. davom etdi. Mustamlaka- chilar qo&#8217;zg&#8217;olonni bostirib, vatanpar- varlardan 11 ming kishini o&#8217;ldirdi, 100 mingga yaqin kishini qamoqqa oldi. 1960 y. tuzilgan K. afrikaliklar milliy Ittifoqi (Kanu) K. mustaqilligini talab qildi. 1961 y. Krnun chiqaruvchi kengashga o&#8217;tkazilgan saylovda Kanu 67% ovoz oldi. 1963 y. mayda yangi Millat Majlisiga o&#8217;tkazilgan saylov- da ham Kanu g&#8217;olib chiqib, J. Keniata boshchiligida birinchi milliy hukumat tuzildi. 1963 y. 12 dek.da K. mustaqil davlat, 1964 y. 12 dek.da esa respublika deb e&#8217;lon qilindi K. \u2014 1966 y.dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 12 dek. \u2014 Mustaqillik kuni (1963). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Demokratik partiya, 1992 y.da tuzil- gan; K. afrikaliklar milliy Ittifoqi (Kanu), 1960 y.da asos solingan; mil- liy rivojlanish partiyasi, 1994 y.da tuzilgan; sosial-demokratik partiya, 1992 y.da asos solingan; Ford-asili va Ford-K. partiyalari, 1992 y. okt.da tu- zilgan. K. kasaba uyushmalari Markaziy tashkiloti, 1965 y. da tuzilgan. Xo&#8217;jaligi. K. \u2014 agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi va baliqchilikning ulushi \u2014 24%, sanoatning ulushi \u2014 10%gayaqin. Iktisodiyotining asosi &#8212; q.h., uning mahsuloti mamlakat eksportining \u00be qismini tashkil etadi. K. mustaqillikka erishgach, yalpi ichki mahsulot tarkibida q.x.ning ulushi tobora pasayib, sanoat va savdoning ulushi oshib, natural i.ch. ulushi kamaydi. Qishloq xo&#8217;jaligida aholining 70% band. Asosiy ekinlari \u2014 kofe, choy, sizal, piretrum, paxta, sholi, bug&#8217;doy, shakarqamish; ichki ehtiyojlar uchun makkajo&#8217;xori, maniok, tariq, jo&#8217;xori, arpa etishtiriladi. Sut chorvachiligi, parrandachilik, cho&#8217;chqachilik rivojlan- gan. Qoramol, qo&#8217;y, echki boqiladi. Baliq ovlanadi va yog&#8217;och tayyorlanadi. Sanoati, asosan, q.x. xom ashyo- sini qayta ishlovchi korxonalar va hunarmandchilik ustaxonalaridan ibo- rat. Oziq-ovqat, to&#8217;qimachilik, avtomo- bil yig&#8217;uv, ko&#8217;nchilik, kimyo, neftni qayta ishlash, taxta tilish va metallsoz- lik, qogoz sanoati korxonalari, tsement z-dlari ham bor. Konchilik sanoatida flyuorit, tabiiy soda, diatomit, Kao- Lin, gips, kianit, asbest, osh tuzi qazib chiqarish ustun. Birmuncha miqdorda mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin, kumush qazib olinadi. Yirik sanoat markazlari: Nayrobi, Mombasa, Kisumu, Nakuru, Tika, Eldo- ret sh. Energetika soxasida gidroelektr st-yalariningsalmog&#8217;i katta. Tana Daryo- si bo&#8217;yida gitaru, Kamburu, Kindaruma GESlari qurilgan. Yiliga o&#8217;rtacha 3,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Transporti. 3 ming km t. y., 62 ming km avtomobil yo&#8217;li bor (shundan 4,5 ming km asfaltlangan). Asosiy dengiz porti \u2014 Mombasa. Nayrobi va Mombasa- da xalqaro aeroportlar bor. K. chetga kofe, choy, neft mahsulotlari, tamaki, piretrum, si- zal, meva va sabzavot, kaltsinirlangan soda, go&#8217;sht, teri, tsement va h.k. chiqaradi. Chetdan sanoat va transport uskunalari, oziq-ovqat va kimyo mahsulotlari, qora va rangli metall, neft, dori-darmon va h.k. oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlar \u2014 Buyuk Britaniya, Gemaniya, AQSh, Yaponiya, Niderlan-diya. Tashqi sayyohlik rivojlangan. Pul birligi \u2014 Keniya shillingi. Tibbiy xizmat. Sog&#8217;liqni saqlash tizimiga davlat rahbarlik qiladi. Yuqumli kasalliklar (bezgak, ichburug&#8217;, yuqumli gepatit, ich terlama va b.) keng tarqalgan. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar Nayrobi un-tida, o&#8217;rta ma- lakali tibbiy xodimlar tibbiy tayyor- garlik markazi va tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Maorifi, madaniy-ma&#8217;rifiy va ilmiy muassasalari. K.da boshlang&#8217;ich maktab 7 y.lik va bepul. Bolalar 6 yosh- dan ingliz tilida o&#8217;qitiladi. 4-sinfdan boshlab suaxili tili.o&#8217;rgatiladi. O&#8217;rta maktab 6 y.lik. Mamlakatda 16 ming boshlang&#8217;ich, 2,5 ming o&#8217;rta maktab bor. . Ilk hunar-texnika ta&#8217;limi boshlang&#8217;ich maktab negizida 2-6 y.lik savdo, ti- jorat, hunarmandchilik, q.x., o&#8217;rmon va veterinariya hunar bilim yurtlari va maktablarida, shuningdek, korxonalarda amalga oshiriladi. O&#8217;rta texnika ta&#8217;li- mi kichik o&#8217;rta maktab negizida kollej- larda tashkil etilgan. Oliy o&#8217;quv yurtla- ri: Nayrobidagi Milliy un-t, Egerton un-ti, Nayrobidagi un-t kolleji. Yirik kutubxonalari: Milliy un-t kutubxona- si, Nayrobidagi yodgorlik kutubxonasi, un-t kolleji kutubxonasi, Mombasadagi ommaviy kutubxona; muzeylari: Nayro- bidagi K. milliy muzeyi, Kitale sh.dagi G&#8217;arbiy K. milliy muzeyi, Mombasadagi muzey va b. K.da 20 ga yaqin ilmiy muassasa, jumladan, Nayrobida K. industrial tadqiqot in-ti, Milliy q.x. lab., Tib- biyot tadqiqotlari lab., Sil kasalli- klari tadqiqot markazi, q.x. tadqiqot markazi, tibbiy tadqiqot in-ti, Sharqiy Afrika in-ti, Afrika tarixi- ni o&#8217;rganuvchi xalqaro in-t, Nyanza vilo- yatida paxta tadqiqoti st-yasi, ru-iruda kofe tadqiqoti markazi, Kerichoda choy tadqiqoti inti va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. K.da 60 ga yaqin gaz. va jur. nashr etiladi. Eng muximlari: &#171;Deyli neyshn&#187; (&#171;millatning kundalik gazetasi&#187;, ingliz tilida, 1960 y.dan), &#171;Keniya Leo&#187; (&#171;bugungi Keniya&#187;, suaxi- li tilidagi kundalik gaz., 1983 y.dan), &#171;Keniya tayme&#187; (&#171;Keniya vaqti&#187;, ingliz tilidagi kundalik gaz., 1982 y.dan), &#171;Pipl Deyli&#187; (&#171;Xalq kundalik gazeta- si&#187;, ingliz tilida, 1998 y.dan), &#171;Stan- dard&#187; (&#171;bayroq&#187;, ingliz tilidagi gaz., 1902 y.dan), &#171;taifa Leo&#187; (&#171;hozirgi mil- lat&#187;, suaxili tilidagi kundalik gaz., 1960 y.dan), &#171;Dram&#187; (&#171;do&#8217;mbira&#187;, ingliz tilidagi oylik jur., 1956 y.dan), &#171;tar- get&#187; (&#171;maqsad&#187;, ingliz tilidagi jur., 1964 y.dan).&#8217;K. axborot agentligi (KNA) 1963 y. dek.da tashkil etilgan. K. radio- eshittirish korporasiyasi 1989 y.da tu- zilgan. Radioeshittirishlar 1927 y.dan, teleko&#8217;rsatuvlar 1962 y.dan olib borila- Di. Adabiyoti asosan, ingliz tilida, shu- ningdek, kikuyyu, masai, suaxili va b. mahalliy tillarda folklor negizida rivojlanib kelayotir. Umuman K.da yozma adabiyot 17-a.da suaxili tilida yuzaga keldi. Unda qahramonlik, diniy va b. mavzudagi dostonlar muhim o&#8217;rin tu- tadi. Etnograf olim, milliy-ozodlik harakatining rahbari J. Keniata xalq afsonalari, ertaklari, rivoyatlarini qayta ishlab e&#8217;lon qildi. O&#8217;zi ham &#171;Ke- niya tog&#8217;iga qarab&#187; (1936) va &#171;mening xalqim \u2014 kikuyyu&#187; (1942) kitoblarini yozib nashr ettirdi. 19\u2014 20-a.larda ham, asosan, nazm rivojlandi. Nasriy asar- lar 50-y.lar oxirida yuzaga kela bosh- ladi. M. Gikaruning &#171;Quyosh o&#8217;lkasi&#187;, V. Itotening &#171;General May May&#187;, J. Kari- ukaning &#171;May May hibsda&#187;, M. Gateru- ning &#171;ikki olam farzandi&#187; qissalarida inglizlarning K.ni mustamlakaga ay- lantirishi va demokratik kuchlarning ozodlik uchun kurashi ko&#8217;rsatilgan. J. Ngugining ingliz tilidagi romanlari (&#171;Yig&#8217;lama, bo&#8217;tam&#187;, &#171;oramizdagi Daryo&#187;) va &#171;qora darvish&#187; pesasi e&#8217;lon ki- lingan. Keyingi yillarda B.O.Vandera, E.Xinga, M.Alot, M.Mvangi, A.Kadambe, D.Karoka, L.Kibera, M.Ruxena kabi yosh yozuvchilar adabiyot maydoniga o&#8217;z ovozla- ri va yangi mavzular b-n kirib keldilar. Ngugi va Txiongoning &#171;qonli yapro- klar&#187; va &#171;Sanamdagi iblis&#187; romanlari ayniqsa diqqatga sazovor. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. K. hududida ilk o&#8217;rta aerlarga oid mahalliy madaniyat yodgorliklari: doyra tosh de- vorlar, sag&#8217;ana ehromlari, arikdarning qoldiqlari saqlangan. Dengiz sohilida Gedi, Malindi, Ungvana, Mnarani, Takva, Mombasa kabi shaharlar paydo bo&#8217;lgan. 14\u2014 15-a.larda Arab me&#8217;morli- gi uslubida mudofaa istehkomlari, mas- jidlar, bozorlar barpo etilgan. 16-a.da portug&#8217;allar me&#8217;morligiga xos uslubda qurilgan qasr va Vasko da Gama tosh ko- lonnasi saqlangan. 20-a.dan shaharlar ingliz va nemis me&#8217;morlari loyiqasi asosida temir-beton konstruktsiyalar va yangi qurilish metallaridan foydalanib qurila boshladi. Binolarda lentasi- mon deraza, peshayvon, oftob to&#8217;sqichlar, rangli sopol plitalar keng qo&#8217;llanilgan (mas, Milliy teatr, texnika kolleji va b.). Kishlok,larda doyra qilib loy b-n suvalgan, usti xashak b-n yopilgan sinchli uylar ko&#8217;proq uchraydi. Keyingi yillar- da qurilgan inshootlardan Mombasadagi &#171;Okeanik&#187; mehmonxonasi, Nayrobidagi gospital, ko&#8217;p qirrali 26 qavatli mi- norasi va aylanuvchan restorani bo&#8217;lgan Keniata majlislar zalini ko&#8217;rsatish mumkin. Badiiy hunarmandchilikda yog&#8217;ochni o&#8217;yib va kuydirib naqsh solish, maro- sim raqslari uchun teridan niqob, mis va jezdan zeb-ziynat buyumlari, loy va qovoqsan idishlar, yog&#8217;och qo&#8217;g&#8217;irchoqlar, sopoldan jonivorlar haykalchalarini yasash, poxoldan savat to&#8217;qish keng avj ol- gan. Musiqasi. K. musiqiy madaniya- ti mamlakatda yashovchi turli elatlar musiqasini o&#8217;z ichiga oladi. Shu tufay- li ohanglar, uslublar, cholg&#8217;u asbobla- ri ham xilma-xil. Xalq udumlari va ma-rosimlarida ashula, raqs va musiqa bo&#8217;lishi shart. Cholg&#8217;u asoboblari orasi- da turli-tuman nog&#8217;ora, doyra va surnay- ni eslatuvchi asboblar, o&#8217;ziga xos Arfa, litungu, nay va b. bor. Ko&#8217;pincha xonan- daning o&#8217;zi Arfa chalib ashula aytadi va badihachilik usulida qo&#8217;shiq to&#8217;qiydi. 20- a. oxirida evropacha musiqaning ta&#8217;si- ri kuchaydi. K. mustaqillikka erishgach, havaskorlik ijodiyoti ayniqsa rivoj topdi, musiqa tashkilotlari tuzildi. Sharqiy Afrika konservatoriyasi, nay- Robi musiqa jamiyati, &#171;bomas&#187; ashula va raqs guruhi, radio va televideniening cholg&#8217;u asboblari orkestri musiqa mada- niyatini rivojlantirishda, milliy kad- rlar tayyorlashda katta rol o&#8217;ynay bosh- ladi. Teatri. Tub aholi tomoshalarida raqs san&#8217;ati qadimdan rivojlangan. 20-a. boshlarida K.da ingliz havaskor teatri truppalari vujudga keldi. 1948 y.dan Nayrobida ingliz professional teatri, 1952 y.dan Milliy teatr ishlaydi. K. mustaqillikka erishgach, Afrika va hind teatrlari paydo bo&#8217;ldi. Teatrni xalq ommasiga yaqinlashtirishga intilgan J. Mpaxlele &#171;Chemchemi&#187; (&#171;Chashma&#187;) trup- pasini tuzib, unga rahbarlik qildi va bir qancha pesalarni muvaffaqiyatli sahnalashtirdi. &#171;Tausi&#187; drama klubi (1963) mahalliy mualliflarning mai- shiy mavzudagi pesalarini qo&#8217;yish b-n Shuhrat qozondi. Milliy teatrning ke- niyaliklardan birinchi direktori \u2014 set Adagala rahbarligida drama maktabi ochildi. Uning talabalari ishtirokida tashkil etilgan Milliy teatr truppasi mamlakat bo&#8217;ylab tomosha ko&#8217;rsatib yura- Di.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Keniya (Kenya), Keniya Respublika- si (Republic of Kenya) \u2014 Sharqiy Af- Rikadagi davlat. Mayd. 582,6 ming km2. Axrlisi 30,7 mln. kishi (2001). Poytax- ti \u2014 Nayrobi sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 7 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/keniya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122808","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122808","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122808"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122808\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122817,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122808\/revisions\/122817"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122808"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122808"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122808"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}