{"id":122809,"date":"2024-05-12T17:58:36","date_gmt":"2024-05-12T14:58:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122809"},"modified":"2024-05-12T17:58:43","modified_gmt":"2024-05-12T14:58:43","slug":"keramika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/keramika\/","title":{"rendered":"Keramika"},"content":{"rendered":"\n<p>Keramika (Yun. keramos \u2014 tuproq) \u2014 tuproq (gil, kaolin) yoki anorganik moddalarni yuqori t-ralarda pishirish yo&#8217;li b-n olinadigan nemetall materi- allar va buyumlar. Barcha sohalarda: uy- ro&#8217;zg&#8217;orda (idish-tovoqlar), qurilishda (g&#8217;isht, cherepisa, quvurlar, koshinlar, devorlarni bezash buyumlari), texnikada (radiotexnika, elektrotexnika, kosmo- navtika), t. y.da, suv va havo transporti- da, haykaltaroshlik va amaliy san&#8217;atda K. keng tarqalgan. Tuzilishiga ko&#8217;ra, dag&#8217;al (notekis tarqalgan yirik zarra- lardan tashkil topgan, g&#8217;ovakligi 5 \u2014 30%) va nafis (tekis tarqalgan mayda zarralardan tashkil topgan, g&#8217;ovakligi 5% gacha) turlarga bo&#8217;linadi. D ag&#8217;al K.gako&#8217;pchilik qurilish materiallari, mas, g&#8217;isht va koshin, nozik K.ga sopol, chinni, fayans, pezo va segnetokeramika, ferritlar, kermetlar, ba&#8217;zi olovbar- dosh materiallar, yarim chinni va mayo- lika kiradi. Kimyoviy tarkibiga ko&#8217;ra, K. oksid, karbid, nitrid, silisid, optik va b. turlarga bo&#8217;linadi. Oksid K. elektr qarshiligi yuqoriligi (10&#8243; \u2014 1013 Om-sm), qisilishga mustahkamligi (5 gPa gacha) va yuqori t-Rada oksidlovchi muhitda barqarorligi b-n tavsiflanadi; ba&#8217;- zilari, mas, ittriy-bariyli K. yuqori t-ralarda o&#8217;ta o&#8217;tkazuvchanlik xossala- rini namoyon qiladi (q. Ittriy). Chin- ni, fayans, kulollik buyumlari, kaolin paxta, izolyasiya materiallari, raketa, kosmik apparatlar, yadro reaktorlari- ning qismlari, radiotexnika detallari, xotira qurilmalarining qismlari va b. tayyorlashda keng qo&#8217;llanadi. Karbid K.ga karborund (SiC) asosida olingan karborund K., shuningdek, titan, (Ti), niobiy (Nb), volfram (W) karbidla- ri asosida olingan materiallar kira- Di. Karbid K.ning elektr va issiqlik o&#8217;tkazuvchanligi yuqori, kislorodsiz muhitga chidamli (karborund K. oksid- lovchi muhitda 1500\u00b0 gacha barkaror). Konstruktsion materiallar, elektr pech qizdirgichlari, olovbardosh materiallar va b. tayyorlashda qo&#8217;llaniladi. Nitrid K.ga bor nitrid (BN), alyuminiy nitrid (A1N), kremniy nitrid (Si3N4), (U, Pu) N asosida, shuningdek, tarkibida kremniy (Si), alyuminiy (A1), kislorod (o), azot (N) yoki ittriy (Y), tsirkoniy (Zr), o va N bo&#8217;lgan birikmalarni qizdirish yo&#8217;li b-n olingan materiallar kiradi. Bunday K. kukun holidagi modda yoki birikmalar- ni azot atmosferasida 100 MPa bosim ostida yuqori t-ralarda (1700-1900\u00b0) qizdirib, issiq holatda presslab olina- Di. Nitrid K. dielektrik xossalarining barqarorligi, mexaniq mustahkamligi, issiqbardoshligi, turli muhitlarda ki- myoviy mustahkamligi va b. xossalari b-n tavsiflanadi. Metall i. ch. sanoati uchun asbob-uskunalar, ba&#8217;zi yarimo&#8217;tkazgich materiallarni eritish uchun tigellar, izolyatorlar va b. i. ch.da qo&#8217;llaniladi. Si3N4 ga kobalt (so), nikel (Ni), xrom (SG), temir (G&#8217;e) lar qo&#8217;shib tayyorlanadi- gan K. issiqbardosh qotishmalar o&#8217;rniga ishlatiladi. Silisid K.ning eng ko&#8217;p tarqalgan turi molibden disilisid (MoSi2) asosida olingan K.dir.U elektr qarshiligining pastligi (170-200 mkomsm), oksidlovchi muhitlarga (1650\u00b0 gacha), metall eritmalari va tuzlar ta&#8217;- siriga chidamliligi b-n tavsiflanadi. Oksidlovchi muhitlarda ishlatiladi- gan elektr qizdirgichlar tayyorlashda qo&#8217;llaniladi. Ba&#8217;zi metallarning fto- ridlari, sulfidlari, fosfidlari va arsenidlaridan tayyorlangan optik K. infraqizil texnikada ishlatiladi. Keramik buyumlar tayyorlash uchun AV- val tuproq, kaolin, kum, dala shpati, me- tallurgiya va ba&#8217;zi sanoat chiqindilari sharli tegirmonda kukun holiga keltiri- ladi, suv qo&#8217;shib aralashtiriladi; olingan oquvchan qolatdagi qorishma aralashtir- gichli hovuzchalarga quyiladi; qoliplash usuliga qarab uni filtr-presslar yoki maxsus purkash qurilmalarida ma&#8217;lum miqdorgacha suvsizlantiriladi. So&#8217;ngra namligi 6 \u2014 12% bo&#8217;lgan kukun holidagi qorishmalardan presslar yordamida, 15\u2014 25% li qorishmalardan yoyish, bosish yoki kulollik charxit shakl berish yo&#8217;li b-n bu- yumlar tayyorlanadi. Tarkibida 25-45% suvi bo&#8217;lgan qorishmalar esa gips, g&#8217;ovak plastmassa va metall qoliplarga quyish yo&#8217;li b-n qoliplanadi. Qoliplangan bu- yumlar quritilib maxsus pechlarda 900\u00b0 dan (qurilish K.si uchun) 2000\u00b0 gacha (olovbardosh K. uchun) qizdirib pishiri- ladi. K.ning ba&#8217;zi turlariga pishiril- gandan so&#8217;ng qo&#8217;shimcha mexaniq ishlov va pardoz beriladi. Sopol, chinni, fayans va nafis K.ning boshqa turlaridan ishlan- gan buyumlarga suv va gaz o&#8217;tkazmaydigan shishasimon qatlam hosil qiladigan sir qoplanib, 1000 \u2014 1400\u00b0 da qayta pishiriladi. Issiqlikni saqlovchi g&#8217;ovak materiallar tayyorlashda loyga yuqori t-Rada yonib ketadigan yonuvchan qo&#8217;shimchalar (ko&#8217;mir, qipiq, organiq mod- dalar) qo&#8217;shiladi, ko&#8217;shimchalar yonib ket- gach, o&#8217;rnida qolgan kovaklar g&#8217;ovaklikni hosil qiladi. Fayans olish va sirkorlik sirlari qadimda misrliklarga mil. AV 15-a.dayoq ma&#8217;lum bo&#8217;lgan ular milodning 3\u2014 4-a. larida Xitoyda yana kashf qilindi, 9-10-a.larda yaqin Sharq mamlakatla- rida, o&#8217;rta asrlarda O&#8217;rta Osiyoda, 16-a. da Frantsiyada, 18-a.da Germaniya, Angli- yada, 19-20-a.larda Rossiyada rivojlan- gan. K. taraqqiyotining jahon tarixida Xitoy chinnisi va fayansi muhim o&#8217;rin tutgan. U Evropa va Osiyoning ko&#8217;pgina mamlakatlarida K. rivojiga sezilarli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. O&#8217;rta Osiyoda, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, Arab mamlakatla- rida binolarni bezashda, qabariq Terra- kotani qo&#8217;llashda, idish-tovoqlar yasashda K.ning ahamiyati beqiyos bo&#8217;lgan. 10-15- a. me&#8217;-morligida Xiva, Samarqand, bu- xoro, Qo&#8217;qon, Toshkentda qurilgan bino- larning polixrom mozaika koshinkorlik qoplamlari me&#8217;morlik san&#8217;atining eng yuqori yutuqlari hisoblanadi (q. K. mahsulotlarini pishirish tex- nikasi va texnologiyasi ko&#8217;p asrlar mo- baynida oddiy gulxandan xumdongacha, oddiy o&#8217;choqdan mexanizasiyalashtiril- gan pechlargacha bo&#8217;lgan taraqqiyot yo&#8217;lini bosib o&#8217;tdi. Hozir turli mamlakatlarda, shu jumladan, O&#8217;zbekistonda K. usta- xonalari, xumdonlar, z-dlar faoli- yat ko&#8217;rsatmokda. Toshkent, Samarkand, Quvasoy chinni z-dlari, Angren va rish- tondagi keramika z-Di, O&#8217;zbekistonning barcha viloyatlarida xumdonlar bor (2002). Ad: avgusti n n i k A.I., Keramika, 2 izd., L., 1975; Vidrik G.A., Solovyova T.V., Xaritonov F.Ya., Prozrachnaya kera- Mika, M., 1980; Balkevich V.L. Texniche- skaya keramika, 2 izd; M., 1984; strel o v K.K., Teoreticheskie Osnovi proizvod- stva ogneupornix materialov, M., 1985. Rustam Ma&#8217;rupov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Keramika (Yun. keramos \u2014 tuproq) \u2014 tuproq (gil, kaolin) yoki anorganik moddalarni yuqori t-ralarda pishirish yo&#8217;li b-n olinadigan nemetall materi- allar va buyumlar. Barcha sohalarda: uy- ro&#8217;zg&#8217;orda (idish-tovoqlar), qurilishda (g&#8217;isht, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/keramika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122809","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122809","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122809"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122809\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122818,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122809\/revisions\/122818"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122809"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122809"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122809"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}