{"id":122848,"date":"2024-05-12T18:06:32","date_gmt":"2024-05-12T15:06:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122848"},"modified":"2024-05-12T18:06:36","modified_gmt":"2024-05-12T15:06:36","slug":"kutubxona-katalogi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kutubxona-katalogi-2\/","title":{"rendered":"Kutubxona katalogi"},"content":{"rendered":"\n<p>Kutubxona katalogi \u2013 bir yoki bir necha kutubxona fondida mavjud kitoblar, xujjatlarning tarkibi va mazmunini ochib beruvchi bibliografik yozuvlar ro&#8217;yxati. K. k. kartochkali yoki kompyuter yozuvlari shaklida bo&#8217;lishi va elektron disklar yoki kitob holida ko&#8217;paytirilib sakdanishi mumkin. K. k. kutubxona fondini to&#8217;la yoritish, kitob- xonlarning osonlik b-n kitob tanlashla- riga yordam berish, kitobxonlarga turli bilimlarni singdirish hamda ularni ma&#8217;naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash- ga xizmat qiladi. Bosma asarlarning turlari, mavzu- ning rang-barangligi hamda kitobxon- lar talablaridagi xilma-xilliklar K.k.ning murakkab tizimini yaratishni taqozo etadi. K.k. tuzishning nazariy va uslubiy asoslarini i.ch. kutubxonashu- noslikning asosiy vazifalaridan biri- dir. K.k. vazifasiga ko&#8217;ra, kitobxonlar (ma&#8217;lumot-tavsiya beruvchi) va kutubxo- nachilarga mo&#8217;ljallangan yor-damchi kata-loglarga bo&#8217;linadi (yordamchi kataloglar eskirgan, juda kam talab etiladigan asarlarni ham o&#8217;z ichiga oladi). Materi- allarni guruhlashda K.k. alfavitam, si- stemali, predmetli va b.ga bo&#8217;linadi. Alfavitli K. k. barcha kutubxonalar- ning majburiy kataloglaridan biri, unda asarlar muallifining nomi, na- sabi, asarlarning sarlavhalari alfa- vit tartibida beriladi. Sistemali K.k. asarlar mazmuniga asoslanib fan tarmoqlari bo&#8217;yicha guruhlanadi: unda kitoblar mantiqiy bo&#8217;linish tartibida (umumiydan xususiyga qarab) \u2014 ilmiy fanlar, bo&#8217;limlar, bo&#8217;linmalar va h.k. bo&#8217;yicha joylashtiriladi. Sistemali K. k. kitob mazmunini ochib berish b-n birga, uning tarmoq bo&#8217;linishlarini ham hisobga oladi va ko&#8217;pgina fanlar- ni bir tarmoq nuqtai nazaridan bir joyga to&#8217;plash imkoniyatini yaratadi. Bu katalog maxsus ishlangan tayyor jad- val (&#171;Kutubxona-bibliografiya klassi- fikasiyasi jadvali&#187;) asosida tashkil qilinadi. Predmetli K.k.da asarlarda bayon qilingan voqea-hodisalar, tushun- chalar sohalar bo&#8217;yicha emas, balki al- favit tartibida joylashtiriladi, ma- teriallarni alohida guruhlanishi b-n sistemali K. k.dan farq qiladi; uning afzalligi bo&#8217;limlarni alfavit tarti- bida joylashtirilishi tufayli dolzarb muammolarni tezda yoritish va ulardan foydalanishga imkon tug&#8217;diradi hamda ma&#8217;lumotnomali axborot berish vazifa- sini bajaradi. Har bir kutubxonada alfavitli va sistemali K.k., shuningdek, gaz.-jur. maqolalari kartotekasi bo&#8217;lishi lozim. Predmetli K. k. ilmiy va maxsus kutub- xonalarda qo&#8217;llaniladi. Respublika, o&#8217;lka, viloyat kutubxonalarida adabiyot- lar va shu joylar b-n bog&#8217;liq materiallar bo&#8217;yicha K. k. tuziladi, bunday kataloglar o&#8217;lkashunoslik katalogi, mahalliy matbu- ot katalogi deyiladi. Kutubxonalarning axborot berish vazifalari va kutubxona- lararo abonementlarning ko&#8217;payishi b-n bir necha mustaqil kutubxona fondlari- ni ifodalaydigan qo&#8217;sh m a K. k. (ko&#8217;pincha hududiy yoki fan tarmoqlariga ko&#8217;ra) tu- ziladi. Respublikada K. k.ning markaz- lashtirilgan tizimi tashkil etilgan. Jumladan, ommaviy kutubxonalar uchun mo&#8217;ljallab nashr etilayotgan barcha Kito- blarda ularning katalogga tushirilgan kartochkalaridagi belgilari berib bori- ladi; O&#8217;zbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi tomonidan bosma kartoch- kalar tarqatiladi. Ad.: Kutubxona kataloglari [g. I. Chijkova tahriri ostida], T., 1988. Ziroat Iig&#8217;matova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kutubxona katalogi \u2013 bir yoki bir necha kutubxona fondida mavjud kitoblar, xujjatlarning tarkibi va mazmunini ochib beruvchi bibliografik yozuvlar ro&#8217;yxati. K. k. kartochkali yoki kompyuter yozuvlari shaklida bo&#8217;lishi va elektron &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kutubxona-katalogi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122848","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122848","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122848"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122848\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122858,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122848\/revisions\/122858"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122848"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122848"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122848"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}