{"id":122889,"date":"2024-05-12T18:34:14","date_gmt":"2024-05-12T15:34:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122889"},"modified":"2024-05-12T18:34:25","modified_gmt":"2024-05-12T15:34:25","slug":"kot-d-ivuar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kot-d-ivuar\/","title":{"rendered":"Kot-D&#8217; Ivuar"},"content":{"rendered":"\n<p>Kot-D&#8217; Ivuar (Cote d&#8217;lvoire), Kot- D&#8217;Ivuar Respublikasi (Republique de Cote d&#8217;lvoire) (1986 y. gacha Fil suyagi Qirg&#8217;og&#8217;i) \u2014 G&#8217;arbiy Afrikada, Atlanti- ka okeani sohilida joylashgan davlat. Mayd. 322,5 ming km2. Aholisi 16,4 mln. ga yaqin kishi (2001). Poytaxti \u2014 Yamusu- Kro sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 50 departa- mentga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. K.-D&#8217;I. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 2000 y. 23 iyul- dagi referendumda ma&#8217;qullangan. Dav- lat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (2000 y.dan Loran Gbagbo). U to&#8217;g&#8217;ri va yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga saylanadi va ya na bir marta qayta saylanishi mum- kin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni mil- lat Majlisi (bir palatali parlament) amalga oshiradi. Uning 225 deputata umumiy to&#8217;g&#8217;ri yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. K.-D&#8217;I. ekvatorial va Su- bekvatorial mintaqalarda joylash- gan. Gvineya qo&#8217;ltig&#8217;ining sohili g&#8217;arbda tik va qoyali, Sharqda asosan tekis, ko&#8217;rfazlarida kema qatnashi mumkin. Er yuzasi Jan.da pasttekislik, shim.da PLA- to (500-800 m). G&#8217;arbida esa mamlakatda eng yuqori cho&#8217;qqi hisoblangan nima tog&#8217;i (1752 m) bor. Oltin, boksit, neft, te- Mir rudasi, qalay va kolumbit, olmos va marganes ruda konlari bor. Iqlimi \u2014 Jan.da ekvatorial, doim sernam, qolgan hududlarda subekvatori- al iqlim, Jan.da eng issiq oylar (dek.\u2014 apr.)da o&#8217;rtacha t-ra 27-28\u00b0, eng salqin oylar (iyul\u2014sent.)da 23-24\u00b0, shim. da 30\u00b0 (apr.) va 25\u00b0 (avg.\u2014 sent.). Yil- lik yog&#8217;in sohildagi pasttekisliklarda 1300-2300 mm, shim.da 1100\u2014 1800 mm. Asosiy daryolari: Kavalli, Sasandra, Bandama, Komoe. Hayvonot dunyosi juda boy va xilma-xil (maymun, fil, begemot, qoplon, sirtlon, bo&#8217;ri, chiyabo&#8217;ri, oxu va b.) Jan.da ekvatorial o&#8217;rmonlar, shim. da savannalar. Milliy bog&#8217;lari: Komoe, Tai, Maraxue va b. Aholisi asosan, kVA, kru, Volta, man- de til guruhiga mansub BATE, baule, AnVi, sindfo, malinke, dan, lobi va b. 2 mln. dan ortiq ajnabiylar bor. Aholisining yarmidan ko&#8217;prog&#8217;i mahalliy an&#8217;anaviy dinlarga, qolganlari Islom va xristian dinlariga e&#8217;tikrd qiladi. Rasmiy til \u2014 frantsuz tili. Mamlakatning marka- ziy qismi, Abidjan sh. va uning atrofla- rida aholi zich joylashgan. Aholisining taxm. 41% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Abidjan, Bvake, Dalola, Man, Korxogo. Tarixi. Arxeologiya topilmalari- ning dalolat berishicha, K.-D&#8217;I. hududida tosh asrida odamlar yashagan. Daryo sohillarida neolit davriga oid usta- xonalar, ish qurollari va sopol idish- lar topilgan. Taxm. mil. AV. 3-2-ming yilliklarda savannada, keyinroq o&#8217;rmon zonasida ham dehqonchilik vujudga kela boshlagan. Shim.da dehqonchilik b-n bir- ga chorvachilik ham rivojlangan. Yovvoyi mevalarni yig&#8217;ish, ovchilik, baliq ovlash katta ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. O&#8217;rta aerdar- da temirchilik keng ommalashgan (temir eritish o&#8217;choqlari topilgan), oltin qazib olingan (avvaliga bu o&#8217;lka Oltin qirg&#8217;oq deb atalgan), metallsozlik, kulolchilik, to&#8217;qimachilik va b. rivojlangan. Shim. va sharqdan o&#8217;tuvchi G&#8217;arbiy Afrika sav- do yo&#8217;llarida shaharlar, manzilgohlar paydo bo&#8217;lgan. 11-a.da asos solingan Kong manzilgohi G&#8217;arbiy Afrikaning karvon yo&#8217;llarida yirik savdo markazlaridan biriga aylangan. 15-a. oxirida K.-D&#8217;I. hududida Portu- gallar va b. evropaliklar paydo bo&#8217;ddi. Ular qul olib ketishdan tashqari, fil suyagi va b. boyliklarni taladilar. 1842-43 y.larda Frantsiya Gran-Basam va Asinini, keyinchalik sohildagi boshqa joylarni bosib oldi. 19-a.ning 80-y. larida mamlakat ichkarisiga bostirib kira boshladi. 1893 y. dan K.-D&#8217;I. Fran- tsiya mustamlakasi. 1895-1958 y.larda esa Frantsiya G&#8217;arbiy Afrikasi tarkibi- da bo&#8217;ldi. 2-jahon urushidan so&#8217;ng mamlakat- da milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1950-51 y.larda mustamlakachilar Zul- miga qarshi xalq ommasining yirik chiqishlari bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Ozodlik hara- kati natijasida Frantsiya hukumati yon berishga majbur bo&#8217;ldi. 1957 y.dan mamlakat hududiy Assambleyasi (1958 y.dan qonun chiqaruvchi Assambleya) umu- miy saylov yo&#8217;li b-n saylanadigan va Hukumat kengashini tuzadigan bo&#8217;ldi. 1958 y. 28 sent.da o&#8217;tkazilgan referen- dumga ko&#8217;ra, davlat maqomini (Frantsiya hamjamiyati a&#8217;zosi sifatida) olishga muvaffaq bo&#8217;ldi. Afrika mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlarining yanada avj olishi natijasida Frantsiya hukumati 1960 y. 11 iyulda mahalliy hukumat b-n bitim tuzishga majbur bo&#8217;ldi; bu bitimga ko&#8217;ra, 1960 y. 7 avg.da K.-D&#8217;I. ning mustaqilligi e&#8217;lon qilindi. O&#8217;sha yili sent.dan u \u2014 BMT a&#8217;zosi. Mam- lakat mustaqillikka erishgach, Fran- tsiya hamjamiyati a&#8217;zoligidan chikdi. Lekin hukumat Frantsiya b-n siyosiy, iqtisodiy va harbiy aloqalarini saqlab qoldi. 1985 y.da qabul qilingan qarorga muvofiq, K.-D&#8217;I. geografik atama emas, balki mamlakat ning nomi ekanligi va chet tillarga tarjima qilinmasligi ta&#8217;- kidlandi. 1983 y.da mamlakat poytaxti- ni Abidjandan Yamusukroga ko&#8217;chirishga qaror qilindi. Milliy bayrami \u2014 7 avg. \u2014 Mustaqillik e&#8217;lon qilingan kun (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. K.-D&#8217;I. demokratik partiyasi, 1946 y.da tuzilgan; Ivuar mehnatkashlar par- tiyasi, 1990 y.dan oshqora ishlay boshla- gan; Ivuar xalq jabhasi, 1982 y.da tu- zilgan, 1990 y.dan oshqora ishlay boshla- gan; Respublikachilar birlashmasi, 1994 y. tashqil etilgan; sosial-demokratlar Ittifoqi, 1990 y.dan oshqora ishlay boshlagan. K.-D&#8217;I. mehnatkashlar umumiy Ittifoqi kasaba uyushmasi, 1962 y.da tu- zilgan. Afrika kasaba uyushma birligi tashkilotiga va xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederasiyasiga kiradi. Xujaligi. K.-D&#8217;I. \u2014 agrar mamlakat. Sanoati nisbatan durust rivojlangan, G&#8217;arbiy Afrika mamlakatlari o&#8217;rtasida ayrim sanoat tarmoqlari (yog&#8217;och tayyor- lash, yog&#8217;ochsozlik, oziq-ovqat sanoati) ning i. ch. darajasi ancha yuqori. Qishloq xo&#8217;jaligida erdan jamoa bo&#8217;lib foydalanish saqlanib qolgan. Q.x. yalpi milliy mahsulotning 35,7 % ni, eksport tushumlarining 70% dan ko&#8217;prog&#8217;ini ta&#8217;minlaydi. Mehnatga layoqatli aholining 30% q.x. da band. Agrotexnikasi oddiy. Dehqonchilik q.x.ning asosiy tarmog&#8217;i: geveya, kofe, moyli palma, kakao, g&#8217;o&#8217;za, banan, ananas, tsitrus mevalar o&#8217;stiriladi. Kofe etish- tirish va eksport qilish bo&#8217;yicha jahonda 3-o&#8217;rinda, kakao bo&#8217;yicha esa 4-o&#8217;rinda tu- radi. Ichki iste&#8217;mol uchun yams, maniok, sholi, makkajo&#8217;xori, oq jo&#8217;xori, tariq va b. etishtiriladi. Chorvachiligi sust rivojlangan; shim. savanna o&#8217;tloqlarida qoramol, qo&#8217;y, echki, cho&#8217;chqa, uy parran-da- si boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoati yalpi milliy mahsulotning 26% ni ishlab chiqaradi. 700 dan ko&#8217;proqi.ch. korxonalari, shu jumladan, xorijiy sarmoya ishtirokidagi bir necha qo&#8217;shma korxona bor. Chetga chiqariladigan xom ashyo va chetdan keltiriladigan yarim fabrikatlarga ishlov beruvchi sano- at korxonalari rivojlangan. Yiliga o&#8217;rtacha 2,3 mlrd. kVt-soat elektr Energi- yasi hosil qilinadi. Oziq-ovqat va tama- ki, energetika, yog&#8217;ochsozlik, to&#8217;qimachilik, metallsozlik, kimyo va yog&#8217;-moy, neft qazib olish va uni qayta ishlash, tayyor qismlardan avtomobil yig&#8217;ish, qurilish materiallari, kauchukni qayta ishlovchi va plastmassa ishlab chikaruvchi, konchi- lik va b. sanoat korxonalari mavjud. Chet- dan keng iste&#8217;mol mollari keltirishni kamaytirish va eksport qilish maqsadida yirik yog&#8217;ochsozlik, to&#8217;qimachilik, oziq- ovqat sanoati korxonalari barpo etila boshladi. Asosiy sanoat markazlari: Abidjan, Bvake va b. Transporti ning asosiy turlari \u2014 dengiz va avtomobil transporti. Dengiz yuklari, asosan, xorijiy kompaniyalar- ning kemalarida tashiladi. T.y.ning o&#8217;z. \u2014 1314 km, jumladan, Abidjan \u2014 uaga- dugu t.y.ning o&#8217;z. \u2014 625 km. Avtomobil yo&#8217;llari o&#8217;z. \u2014 55 ming km. Dengiz port- lari: Abidjan, San-Pedro. Abidjan va Yamusukroda xalqaro aeroportlar bor. Mamlakat chetga paxta, kauchuk, kofe, kakao va undan tayyorlangan mahsulotlar, yog&#8217;och, olmos, palma yog&#8217;i, ananas, banan chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, neft va neft mahsulotlari, oziq-ovqat va b. iste&#8217;mol mahsulotlari, qora metal- lar prokati, o&#8217;g&#8217;itlar keltiradi. Savdo- sotiqdagi asosiy mijozlari: Frantsiya, Niderdandiya, AKSH, Germaniya, Italiya, Nigeriya va b. Turizm rivojlanmokda. Pul birligi \u2014 Afrika franki. Tibbiy xizmat. Davlat sog&#8217;liqni saqlash tizimi mavjud. Aholiga tibbiy xizmatni kasalxonalar, turli tibbiyot markazlari va ko&#8217;chma otryadlar ko&#8217;rsatadi. Vrachlar Abidjan un-tining tibbiyot f-tida va chet ellarda tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. Maktablarning aksa- riyati davlat qaramog&#8217;ida. Ularda o&#8217;qish bepul. Katolik missiyalar xususiy makta- blar ochishgan. Boshlang&#8217;ich va o&#8217;rta makta- blar, texnika liseylari, turli kollej- lar, ped. maktablari bor. O&#8217;qituvchilar ped. maktablari va oliy maktablarda tayyorlanadi. Abidjanda un-t (1958 y. da asos solingan), ijtimoiy fanlar Mar- kazi (1960 y.dan), tropik o&#8217;rmonchilik markazi (1962), kofe va kakao tadqiqot st-yasi, Geofizika st-yasi, Okeanogra- fiya tadqiqot markazi, kauchuk, tropic tadqiqot, gigiena va b. ilmiy tadqiqot in-tlari, Milliy muzey, etn. muzeyi, Milliy kutubxona, un-t kutubxonasi, Munisipal kutubxona va b. mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Mamlakatda bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Asosiy- lari: &#171;alif&#187; (Islom muammolarini aks ettiruvchi oylik gaz.). &#171;Vua&#187; (&#171;Yo&#8217;l&#187;, frantsuz tilidagi kundalik gaz.), &#171;De- mokrat&#187; (frantsuz tilidagi haftalik gaz.), &#171;Kontinan&#187; (&#171;qit&#8217;a&#187;, frantsuz ti- lidagi kundalik Umumafrika gaz., 1980 y.dan), &#171;Notr tan&#187; (&#171;bizning vaqt&#187;, frantsuz tilidagi haftalik gaz.), &#171;Nu- vel orizon&#187; (&#171;yangi ufq&#187;, frantsuz tilidagi haftanoma), &#171;Fraternite- Maten&#187; (&#171;qardoshlik tongi&#187;, frantsuz tilidagi kundalik gaz., 1964 y.dan), &#171;Eritaj&#187; (&#171;meros&#187;, frantsuz tilidagi haftanoma, 1994 y.dan), &#171;Reformater&#187; (&#171;Islohotchi&#187;, frantsuz tilidagi oylik jur., 1993 y.dan). K.-D&#8217;I. matbuot agent- ligi (AIP) 1961 y.da, Ivuar radio va te- levideniesi 1963 y.da tuzilgan. K.-D&#8217;I. da radioeshittirish 1949 y.dan (frantsuz va 10 mahalliy tilda), teleko&#8217;rsatuvlar 1963 y.dan olib boriladi. Adabiyoti. K.-D&#8217;I.dagi Anya, baule, se- nufo va b. xalqlarda xalq og&#8217;zaki ijodi qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, baule xalqining folklori alo-hida ajralib turadi. Griot deb ataluvchi baxshilar qo&#8217;shiq va ertaqlarni aytib yurishadi. Folklor an&#8217;analari asosida frantsuz tilida yozma adabiyot rivojlandi. K.- D&#8217;I. adabiyotining shakllanishida fol- klorchi, romannavis Bernar Dadening xizmati katta. Uning mustamlakachilik- ka qarshi asarlari mashhur. Yozuvchi Ake Loba (asli ismi Abobo baule)ning &#171;ko- kumbo \u2014 qora talaba&#187; va &#171;Daryo ustidagi nayzalar&#187; romanlari, Sh. Nokaning &#171;Sha- mol shiddatli edi&#187; romani, &#171;Quyosh, qora nuqta&#187; poemasi, Sidiqi Dembelening &#171;Boqibeg&#8217;amlar&#187; romani 20-a. 2-yarmiga xos ijtimoiy muammolarni aks ettirdi. J. M. Bonini, Moris Kone va b.larning she&#8217;riy to&#8217;plamlari nashr qilindi. Me&#8217;morligi. Mamlakatning Jan., o&#8217;rmon qismi xalqlari turar joylarni yog&#8217;ochdan va ikki nishabli tomini pal- ma shoxlari b-n yopib, to&#8217;g&#8217;ri burchakli qilib quradilar. Buale va Anya xalqlari cho&#8217;ziq doirasimon uylar atrofini bo- stirma b-n o&#8217;raydi. Shim.-g&#8217;arbda devoir shox-shabba b-n to&#8217;qilib, loy suvoqli va konussimon tomi poxol b-n yopilgan doi- rasimon uylar keng tarqalgan. Mamlakat sharqida yassi tomli to&#8217;g&#8217;ri burchaqli gu- valak uylar ko&#8217;proquchraydi. K.-D&#8217;I. Mar- kazidagi uylarning devorlari geometric naqshlar, inson va hayvon tasvirlari b-n bezalgan. Mamlakat mustaqillikka erishgach (1960), mahalliy aholi uchun 1-4 qavatli turar joy loyihalari ishlab chiqildi. Ko&#8217;p qavatli bino- larning quyi qismida savdo markazi, mehmonxona, restoranlar joylashtiril- Di. Abidjandagi Hyp al-hayot markazi (me&#8217;mor A. Laje, J. P. Lyupi, J. Mas), alyuminiy b-n ziynatlangan ehromsimon ma&#8217;muriy bino (me&#8217;mor R. Oliveri, muhandis R. Morandi), Mandagi &#171;Shalo- la&#187; meqmonxonasi (me&#8217;mor M. Dyusharm, Larra, J.-P. Mino) va b. Sa-Sandra va Asinidagi mehmonxonalar tomi poxod b-n yopilgan qad. uylar shaklida bar- po etildi. Turli shaharlarda madaniyat markazlari, Tim bo-zorlar go&#8217;zal usul- da qurilgan. Qurilishda temir-beton, shishadan foydalaniladi, binolarga mahalliy hunarmandlar bezak beradi. Tasviriy san&#8217;ati. Haykaltaroshlik K.-D&#8217;I. xalqlari tasviriy san&#8217;atining eng go&#8217;zal sohasidir. Marosimlarda ish- latiladigan yog&#8217;och niqoblar, odam gavda- lari nozik did va mahorat b-n yasaladi, ularning shakli yo nafis yoki vahimali bo&#8217;ladi. Bo&#8217;yoq va naqshlar niqoblarning ta&#8217;sirchanligini oshiradi. Ro&#8217;zg&#8217;or buyum- lari va uy eshiklari o&#8217;ymakorlik usulida ishlanadi. Oltin, mis, jezdan zeb-ziynat asboblari yasash, qul to&#8217;qimachiligi, kash- tachilik, kulolchilik rivojlangan, uy- larning devorlariga turli rasm, gullar, qush va hayvonlarning suratini solish odat bo&#8217;lgan. Musiqasi. K.-D&#8217;I. xalqlarining ba&#8217;- zilari qad. Musiqiy an&#8217;analarga ega. Chunonchi, dan xalqi boshliqlarida truba va barabandan iborat katta orkestrlar bo&#8217;lgan. Danlarning ko&#8217;p qo&#8217;shiqlari mu- ayyan marosim va odatlar b-n bog&#8217;langan. Mac, qabila boshlig&#8217;i sharafiga Zia, jamoa ishlari vaqtida kotava degan qo&#8217;shiqlar aytilgan. Baule xalqida ma&#8217;budalarni sharaflovchi va ajdod- lar ruhini eslatuvchi qo&#8217;shiklar keng tarqalgan. Ayollar qo&#8217;shig&#8217;i tovushning jo&#8217;shqin tebranishi b-n ajralib tura- Di. Malinke xalqi griotlari \u2014 jeli qo&#8217;shiqlarining she&#8217;riy matnlari g&#8217;oyat musiqiydir. Mustaqillik yillarida zamonaviy musiqa rivojlana boshla- Di. Ko&#8217;pgina ijodiy jamoalar, jumla- dan, &#171;Makakumani&#187; folklor guruhi (qabilalararo jamoa) katta ish qilayotir. Abidjandagi Milliy san&#8217;at in-ti tar- kibida Milliy musiqa va raqs konserva- toriyasi, Milliy musiqa maktabi, Xalq san&#8217;ati va hunarmandchiligi departa- menti bor. Abidjan un-ti, gumanitar tadqiqotlar markazi, Afrika san&#8217;ati- ni o&#8217;rganish markazi xalq musiqasi va raqsini o&#8217;rganish b-n shug&#8217;ullanadi. Teatri. Xalq ijodiyoti namunala- rini ijro etuvchi griotlarning xatti &#8212; harakatlarida aktyorlik nishonalari bor edi. Zamonaviy teatr Dakarda 20-a.ning 30-y.larida vujudga keldi, havaskorlik to&#8217;garaklari tuzila boshladi. 1933 y. da B. Dade &#171;shaharlar&#187; deb atalgan birinchi pesani yozdi. 1938 y.da mahalliy teatr tashqil etildi. Unda sahnalashtirilgan F. J. Amonning &#171;Bussate yoki qora folbin siri&#187;, &#171;pinhona to&#8217;y&#187; pesala- rida turmush sarqitlari, g. Koffining &#171;Bizning xotinlar&#187;, &#171;mening erim&#187;, &#171;Qaytish qo&#8217;shig&#8217;i&#187; hajviy pesalari mustamlakachilik zulmini fosh qildi. 2-jahon urushidan keyin &#171;Gezabo&#187;, &#171;ika- re&#187; teatr jamiyatlari jamoalari, Abid- Jan un-tining &#171;niqoblar va ro&#8217;dapolar&#187; truppasi mahalliy dramaturglardan M. Berte, E. Derven, A. Koffi asarla- rini an&#8217;anaviy Afrika teatri ruhida sahnalashtirdilar. 1967 y.da Milliy san&#8217;at in-ti huzurida yarim professi- onal truppa ish boshladi. B. Dadening &#171;Tog&#8217;o-nini janoblari&#187;, g. Oyono- Mbianing &#171;uch oshiq, bir qayliq&#187;, g. Go- ning &#171;Tussio&#187; asarlari uning eng yaxshi spektakllari bo&#8217;ldi. &#171;Tam-tam. Ovoz va badan&#187; spektakli an&#8217;anaviy Afrika tea- trining izlanishlarini aks ettirdi. Kinosi. K.-D&#8217;I. kino san&#8217;ati mustaqillik yillarida rivojlana boshladi. Rej. T. Bassorning &#171;Yolg&#8217;izlik qumtepalarida&#187; qisqa metrajli lenta- si birinchi film bo&#8217;ldi. Uning &#171;Pichoq ushlagan ayol&#187; filmida afrikaliklar- ning G&#8217;arb tamadduni b-n to&#8217;qnashuvi ko&#8217;rsatilgan. &#171;Musofirlar uchun kon- tsert&#187; filmi (rej. D. Ekare) milliy ki- noga Shuhrat keltirdi, unda pul ishlash uchun Evropaga borgan afrikaliklarning og&#8217;ir qismati muammosi ko&#8217;tarilgan. Milliy kinoning asoschilaridan biri A. Dyupark &#171;Muna yoki rassomning orzu- si&#187;, &#171;oila&#187; filmlarida muhim masala- larni o&#8217;rtaga tashladi. Keyingi yillarda ijod kila boshlagan yosh rej.lar &#171;Muaz- zinning da&#8217;vati&#187; (E. Vodio), &#171;Kanday yangiliklar bor&#187; (g. M. Bala), &#171;Jelli&#187; (K. Fadika), &#171;Aja Tio&#187; (J. L. Kula) kabi qiziqarli filmlarni yaratdilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kot-D&#8217; Ivuar (Cote d&#8217;lvoire), Kot- D&#8217;Ivuar Respublikasi (Republique de Cote d&#8217;lvoire) (1986 y. gacha Fil suyagi Qirg&#8217;og&#8217;i) \u2014 G&#8217;arbiy Afrikada, Atlanti- ka okeani sohilida joylashgan davlat. Mayd. 322,5 ming km2. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kot-d-ivuar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122889","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122889","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122889"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122889\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122904,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122889\/revisions\/122904"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122889"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122889"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122889"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}