{"id":122893,"date":"2024-05-12T18:33:59","date_gmt":"2024-05-12T15:33:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122893"},"modified":"2024-05-12T18:34:11","modified_gmt":"2024-05-12T15:34:11","slug":"kristallar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kristallar\/","title":{"rendered":"Kristallar"},"content":{"rendered":"\n<p>Kristallar (Yun. krystallos \u2014 muz, tog&#8217;billuri) \u2014 atomlari, ionlari va mo- lekulalari ma&#8217;lum tartibda joylashib, fazoviy kristall panjarani tashqil etgan qattiq jismlar. K., ko&#8217;pincha, suyuq fazalar \u2014 eritmalardan hosil bo&#8217;ladi va o&#8217;sadi, ba&#8217;zan esa gaz holatini yoki qattiq jism holatini tashqil etadigan fazaviy o&#8217;zgarishlar natijasidagiva hosil bo&#8217;ladi. Bir turdagi kristall Pan- Jaraga ega yirik K. \u2014 monokristallar, mayda-mayda kristallchalardan tashqil topgan. K. \u2014 polikristallar, umuman kristall panjara tashqil etmagan qattiq jismlar \u2014 a m o r f jismlar deb yuriti- ladi. Bo&#8217;lardan tashqari suyuq K. maxsus guruhni tashkil etadi. K. tabiatda har xil kattalikda uchray- Di. Eng yirik tabiiy K. (tog&#8217;billuri \u2014 kvars xili) bir necha yuz kilogrammni, sun&#8217;iy etishtirilgan ish-Qoriy galloid K.i bir necha o&#8217;n kilogrammni, eng yirik tayoqcha shaklida etishtirilgan kremniy K.ning diametri 200 mm ni, eng yupqa bir butun monokristall qatlam shakli- dagi K.ning qalinligi 10 nm ni tashqil etadi. K., odatda, simmetrik, to&#8217;g&#8217;ri shak- lli, tomonlari sillik, qirralari to&#8217;g&#8217;ri bo&#8217;ladi. Rentgenostruktura tahlili paydo bo&#8217;lgunga qadar. K. burchaklari- ni o&#8217;lchash yordamida o&#8217;zaro taqqoslanib, ularning kimyoviy tarkibi aniqlangan. K.ni simmetrik jism sifatida o&#8217;rganish maqsadida ular 32 simmetriya sinfi- ga bo&#8217;lingan. Har bir sinf simmetriya elementlarining ma&#8217;lum bir majmui b-n xarakterlanadi. 32 sinf ulardagi xarakterli simmetriya elementlari- ning mavjudligiga qarab 7 singoniyaga guruhlanadi: triklin, monoklin, romb, tetragonal, geksagonal, trigonal va kub. K. ayrim tomonlarining o&#8217;sish tez- ligidagi farqlar ularni kamdan-kam uchraydigan turli-tuman shakllar (PLA- stinkasimon, ignasimon, tolasimon, butoqsimon, dendrit, qorsimon) ga olib kelishi mumkin. Bu xususiyatlardan Ger- maniyning dendrit lentasini, turli yarimo&#8217;tkazgichlarning yupqa plyonka (par- da) sini o&#8217;stirish texnikasida foydala- niladi. Agar eritmada bir yo&#8217;la bir necha kristallanish markazlari hosil bo&#8217;lsa, u holda o&#8217;sib borayotgan K. bir-biri b-n uchrashib, noto&#8217;g&#8217;ri donachalar shaklini oladi. K. ning tashqi ko&#8217;rinishi, u yoki bu sinfga va singoniyaga mansubligi ular- ning kristall panjarasi b-n belgilana- Di. Kimyoviy bog&#8217;lanishga qarab K. ning atom strukturasi 4 ta \u2014 ion (getero- polyar), kovalent, molekulyar va metal bog&#8217;lanishli K. guruhiga bo&#8217;linadi. Ion bog&#8217;lanishlida mas, osh tuzi va b. da bir zaryadli ionlarning o&#8217;zaro ta&#8217;siri na- tijasida kristall panja-ralari hosil bo&#8217;ladi. Kovalent bog&#8217;lanishlida qo&#8217;shni atomlarning valent elektronlari umum- lashib ketib ikkiyoqlama, uchyoqlama va b. bir necha karrali bog&#8217;lanishlar hosil bo&#8217;ladi. Bunga olmos, kremniy va karbo- rund jismlar misol bo&#8217;ladi. Molekulyar bog&#8217;lanishlida molekula atomlari ora- sida mustahkam kovalent bog&#8217;lanishlar mavjud bo&#8217;lib, K. dagi molekulalar ora- sidagi bog&#8217;lanish birmuncha kuchsizroq bo&#8217;ladi. Bunga, asosan, organik birik- malar, N2, N2 va b. hamda inert gazlar- ning kristallik holatlari misol bo&#8217;la oladi. Metall bog&#8217;lanishlida erkin elektronlar kristall panjaralarning barcha qismlarida elektron gaz holatida taqsimlanadi va ular musbat zaryadli tu- gunlardagi ionlarni ma&#8217;lum masofalar- da tutib turadi. Bunga metall va Inter- metall birikmalari misol bo&#8217;la oladi. T-ra yoki bosim o&#8217;zgarganda K. struktu- rasi o&#8217;zgarishi mumkin. Ba&#8217;zi K. struk- turasi ana shu omillarga nisbatan meta- stabil bo&#8217;ladi. K. dagi atomlar orasida- gi kimyoviy bog&#8217;lanishning turi ularning ko&#8217;pgina fizik-kimyoviy xossalarini belgilaydi. Ayrim K. ning qattiqligi, issiqlik hamda elektr o&#8217;tkazuvchanligi va b. xossalaridagi farqlar ulardagi atomlarning xususiya- ti b-n chambarchas bog&#8217;likdir (q. Polimer- lar, qattiq jism). K. ning fizik xossalari (elektr, mag- nit, optik, akustik, mexaniq va b.) o&#8217;zaro bir-biriga bog&#8217;liq bo&#8217;lib, ular kristall strukturasidan, ya&#8217;ni atomlarning joy- lashishi va ular orasidagi bog&#8217;lanish kuchlariga va elektronlarning energe- tik taqsimoti (elektr, magnit va optic xususiyatlari)ga bog&#8217;liq. Mac, metallar- ning o&#8217;ta elektr o&#8217;tkazuvchanligi yoki Di- elektrik va yarimo&#8217;tkazgichlarda elektr o&#8217;tkazuvchanlik xossasining nisbatan pastligi elektronlarning yuqori yoki past kontsentrasiyalanishi (to&#8217;planishi) b-n bog&#8217;liq (q. Qattiq jism). K. ning mustahkamlik, egiluvchanlik, tovlanish, lyuminessent xususiyatlari kristall panjaralardagi nuqsonlar miqdori va turiga qarab aniqlanadi. Undan tashqari, K.da simmetriya, tomonlari orasidagi burchakning katta-kichikligi, fizik va kimyoviy xossalarining har xil bo&#8217;lishi ulardagi anizotropiya va izotro- Piya hodisasi b-n bog&#8217;likdir. K. tuzili- shida har xil nuqsonlar \u2014 vakansiya (te- shiklar), chekka dislokasiyalar va b. uch- raydi. Kristall panjaraning parallel strukturaga ega bo&#8217;lmasligi tufayli bu nuqsonlar ferromagnetik va segnetoe- lektritik kuzatiladi. K.dagi nuqsonlar tufayli ulardan akustik, rentgen va elektromexanik to&#8217;lqinlar sochiladi. K.dagi aralashmalar adsorbtsiya hodisasi tufayli uning strukturasi (yoqlari)ni buzadi. K. yarimo&#8217;tkazgichlarda diodlar, tran- zistorlar, integral sxemalar va b. yara- tishda, pezoelektr generatorlar, sta- bilizatorlar, akustooptik qurilmalar, chastotalarni o&#8217;zgartiruvchi asboblar yara- tishda, injektsion lazer kurilmalarida foydalaniladi. Metallarga ishlov be- rishda, ularni jilo-lashda va parmalash- da o&#8217;ta qattiq K. (olmos, korund va b.) dan foydalaniladi. Hoz. vaqtda yupqa, o&#8217;ta yupqa kristallik (epitoksial) qatlamlar yangi texnikada keng qo&#8217;llanilmokda, mas, (lazerdar, yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgichlar, optoe- lektronika asboblari, Quyosh energiyasi elementlari, o&#8217;ta yuqori chastota (O&#8217;YuCh) li elektronika asboblari, infraqizil (IQ) nurlarni qabul qiluvchilar, mono- xromatorlar, tenzodatchiklar va h. k. yara- tilmokda. Zargarlik sanoatida sintetik K. va b. qo&#8217;llaniladi. Nazar To&#8217;raev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kristallar (Yun. krystallos \u2014 muz, tog&#8217;billuri) \u2014 atomlari, ionlari va mo- lekulalari ma&#8217;lum tartibda joylashib, fazoviy kristall panjarani tashqil etgan qattiq jismlar. K., ko&#8217;pincha, suyuq fazalar \u2014 eritmalardan hosil bo&#8217;ladi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kristallar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122893","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122893","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122893"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122893\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122899,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122893\/revisions\/122899"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122893"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122893"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122893"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}