{"id":122928,"date":"2024-05-12T18:43:50","date_gmt":"2024-05-12T15:43:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122928"},"modified":"2024-05-12T18:43:57","modified_gmt":"2024-05-12T15:43:57","slug":"komi-komi-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/komi-komi-respublikasi\/","title":{"rendered":"Komi, Komi Respublikasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Komi, Komi Respublikasi \u2014 Ros- siya Federasiyasi tarkibidagi Respu- blika. Rossiyaning Evropa qismi shim.- sharqida joylashgan. Mayd. 415,9 ming km2. Aholisi 1135,5 ming kishi (2000). K.da 12 tuman, 8 shahar, 40 sha-harcha bor. Poytaxti \u2014 Sektivkar sh. Davlat tuzumi. K. \u2014 respublika. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 Respublika boshlig&#8217;i hukumatga boshchilik qiladi. Qonun chiqaruvchi organ \u2014 Davlat kengashi (par- lament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. K. hududi Jan.-sharkdan shim.-g&#8217;arbga ko&#8217;tarilib boradi. Sharqida Shim., Qutbiy, qutb oldi va Ural tog&#8217;lari bor. K.ning Sharqiy chegarasi shu tog&#8217;larning suvayirg&#8217;ichi bo&#8217;ylab o&#8217;tadi. K.ning va Uralning eng baland cho&#8217;qqisi \u2014 Naroda tog&#8217;i (1895 m). Timan qator tepalari b-n Ural tog&#8217;i orasida Pechora pasttekisligi joylashgan. K.da toshko&#8217;mir, neft, tabiiy gaz, asfaltit, titan rudasi, boksit, tosh to&#8217;z, kaliy tuzi, gips, ohaktosh, qurilish materiallari ko&#8217;p. Ayniqsa, yoqilg&#8217;i- energetika resurslarining ahamiyati katta. Iqlimi respublikaning ko&#8217;p qismida mo&#187;tadil kontinental; qishi uzoq, sovuq; yozi qisqa, iliq. Sovuq Jan.-g&#8217;arbdan shim.-sharqqa tomon kuchayib boradi, yanv. ning o&#8217;rtacha t-rasi \u2014 17\u00b0 dan -20\u00b0 gacha, iyulniki 1 g dan 15\u00b0gacha. Respublika hududining 13% (shim., shim.-sharqi) ko&#8217;p yillar davomida muzlab yotadi. Respublikaning ko&#8217;p qismida yillik yog&#8217;in 600-700 mm, Ural tog&#8217;larida 1500 mm gacha. Yirik daryolari: Pechora, Vicheg- da, Mezen. Pechoraning 1500 km qismida kema qatnaydi. Vichegda (Shim. Dvina irmog&#8217;i) \u2014 K.ning muhim suv yo&#8217;li. Yirik ko&#8217;llari \u2014 Yamozero va Sindor. Tuprog&#8217;i podzol, shim. qismida esa tundra toi- Fali. Hududining 12\u2014 15% botqoqlik, 2% cho&#8217;kindi tuproqli, ko&#8217;p qismi tay- ga. 28,7 mln. gektar o&#8217;rmon bor, asosan, qoraqarag&#8217;ay, qarag&#8217;ay, kedr, oqqarag&#8217;ay, tilog&#8217;och va b. o&#8217;sadi. Qimmatbaho mo&#8217;ynali hayvonlardan qutb tulkisi, suvsar, tiy- in, tulki, quyon; qushlardan qur, karqur, o&#8217;rdak, bulduruq va qutb kaqligi ovlana- Di. Losos zot baliqlar (syomga va b.) ko&#8217;p. Yuqori Pechora havzasida Pechora-Ilich qo&#8217;riqxonasi va &#171;Yugid va&#187; milliy bog&#8217;i bor. Aholisi. Tub aholisi \u2014 komilar, shuningdek, ruslar, ukrainlar, Belorus- lar, tatarlar va b. yashaydi. Aholining 75% shaharlarda istiqomat qiladi. Ras- miy tili \u2014 komi va rus tillari. Din- dorlar, asosan, xristianlar. Yirik shaharlari: Sektivkar, Vorkuta, uxta, Inta, Pechora, Sosnogorsk. Tarixi. K. hududida aholi yuqori paleolit davridan yashab kelgan va aso- san, ovchilik b-n shug&#8217;ullangan. Mezolit va neolit davrlarida Vichegda va pecho- ra havzasiga Jan.dan kelgan qabi-lalar joylashib borgan. 2-ming yillikning boshida hoz. komi (ziryan) xalqi avlodla- rining qabilaviy birliklari shakllan- Di. 11 \u201414-a.larga oid manbalarda VI- chegdalik permlar nomi eslatib o&#8217;tiladi. Ular o&#8217;rta va quyi Vichegda havzasida yashab, dehqonchilik va chorvachilik b-n shug&#8217;ullangan. O&#8217;troq hayot boshlanib, hunar markazlari vujudga kelgan. Vicheg- dalik permlar 12\u2014 14-a. lar davomida Novgorodga xiroj to&#8217;lab turdi. 14-a.da Moskva knyazligining ta&#8217;siri kuchay- Di. 14-a. oxiridan aholi xristian Di- niga o&#8217;ta boshladi. 1478 y. Komi o&#8217;lkasi rasmiy ravishda rus davlati tarkibiga qo&#8217;shib olindi. 15\u2014 18-a.larda muhim savdo yo&#8217;llari (Vyatka-Kama havzasi \u2014 Arxangelsk va Velikiy Ustyug \u2014 Si- bir) Komi o&#8217;lkasi orqali o&#8217;tardi. 18-a. da bir necha savdo markazi paydo bo&#8217;ldi. Cho&#8217;yan quyish z-dlari, neft haydash korxonalari va h.k. qurildi. Komi xalqi tarkib topdi. 19-a.ning 1-yarmida dehqonlar Rossiya davlati va mahalliy ekspluatatorlar zulmiga qarshi ommaviy isyon ko&#8217;tardi. 1918 y. yanv.\u2014mart oylari- da K.da sho&#8217;ro hokimiyati e&#8217;lon qilindi. 1921 y. avg.da RSFSR tarkibida K. (Zi- Ryan) Muxtor viloyati tuzildi, u 1936 y.da K. Muxtor Respublikasiga aylantirildi. 1990 y. suverenitet haqidagi Deklarasi- yaga muvofiq, 1992 y.da K. Respublikasi maqomini oldi. Xo&#8217;jaligida og&#8217;ir sanoat tarmoqlarining ulushi katta: elektro- energetika, ko&#8217;mir, neft, gaz qazib chiqarish va qayta ishlash, o&#8217;rmon sanoa- ti etakchi o&#8217;rinda. Energetika-sini bir qancha issiqlik elektr st-yalari va Pe- chora GRES tashqil etadi. Yiliga o&#8217;rtacha 10,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Yog&#8217;och, asosan, Vichegda, Pechora va Mezen havzalarida tayyorla- nadi. Yog&#8217;ochsozlik, mebel, tsellyuloza- qog&#8217;oz sanoati barpo etilgan. Timan-Pe- chora neft-gaz konlari negizida neft va gazni qayta ishlash sanoati rivoj topgan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari Sektivkar, uxta, Nyuvchim, Inta, Shelyayurda joylashgan. Qurilish ashyolari koni (g&#8217;isht, tsement, ohak, te- Mir-beton konstruktsiyalar) i.ch. yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Engil sanoat korxonalari ko&#8217;n-poyabzal k-ti, tikuvchilik f-kalari va b.dan, oziq-ovqat sanoati sut z-dlari, go&#8217;sht k-tlari, to&#8217;z olish z-Di, un k-ti, qandolat va makaron f-klaridan iborat. Asosiy sanoat markazlari: Sektivkar, Uxta, Vorkuta, Inta, Pechora. K-x. sut chorvachiligiga ixtisoslash- gan. Qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y va echki, parran- da, shim.da bug&#8217;u boqiladi. K.ning Jan.- g&#8217;arbida dehqonchilik b-n shug&#8217;ullaniladi. Ozuqabop ekinlar, kartoshka, sabza- vot, g&#8217;alla (javdar, arpa, suli) ekila- Di. Q.x. aholining oziq-ovqatga bo&#8217;lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Respublikada t.y. (3,1 ming km) va avtomobil yo&#8217;li (15,3 ming km) asosiy transporot turidir. Mikun\u2014 Uxta\u2014 Vorkuta t.y., Vuktil\u2014uxta-Torjok gaz quvuri, Usinsk\u2014uxta-Yaroslavl neft quvuri o&#8217;tkazilgan. Asosiy avtomo- bil yo&#8217;llari: Sektivkar\u2014Emva\u2014uxta, Ust-Vim\u2014Yarensk, Aykino\u2014Mikun, Uxta\u2014Vuktil, Sektivkar\u2014Ust-Kulom, Ust-Sisolsk\u2014 Troisko-Pechorsk. Yuk tashishda suv transporti, yo&#8217;lovchi ta- shishda havo transporti muhim rol o&#8217;ynaydi. Sektivkar, Uxta, Pechora, Vor- kutada aeroportlar bor. Tibbiy xizmat. K.da aholiga 5 mingga yaqin vrach, 12 mingdan ko&#8217;proq o&#8217;rta tib- biyot xodimi xizmat ko&#8217;rsatadi. 200 dan ko&#8217;proq ambulatoriya-poliklinika, 29 sanitariya-epidemiologiya st-yasi, 500 ga yaqin feldsherlik-akusherlik muassasa- si, Seryogovo balneologiya kurorti, sa- natoriylar bor. Maorifi, madaniy-ma&#8217;rifiy va il- miy muassasalari. K.dagi 592 kunduzgi umumiy ta&#8217;lim maktabida 196 ming, 20 o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtida 15 ming o&#8217;quvchi, 3 oliy o&#8217;quv yurti (Sektivkar un-ti, ped. in-ti, Uxtadagi industrial in-t)da 11 mingga yaqin talaba ta&#8217;lim oladi. K.da Rossiya FA Ural bo&#8217;li-Mining K. il- miy markazi, Pechora ko&#8217;mir i.t. in-ti, K. tibbiyot in-ti, q.x. tajriba st-yasi va b. ilmiy muassasa hamda loyiha- konstruktorlik tashqilotlari mavjud. K.da madaniyat uylari, ommaviy kutubxo- nalar, 4 teatr, 5 muzey, sport maktablari bor. Respublika radio va televideniesi, Sektivkar, Vorkuta va Uxtada telemar- kazlar ishlaydi. Adabiyoti. Qad. xalq ijodiyoti: qo&#8217;shiq, ertak, afsona, rivoyatlarda ko- milar turmushi va qalbi ifodalangan. K. yozma adabiyotiga shoir I.A.Kuratov (1839-75) asos solgan. U o&#8217;z she&#8217;rlari- da xalqning og&#8217;ir chayoti va orzu-umidla- rini aks ettirgan. 20-y.larda poeziya va dramaturgiya etakchi janrlarga aylandi. A.V.Savin, M.N.Lebedev, V.I.Litkin, V.T.Chistalev va b. yozuvchilar xalq og&#8217;zaki ijodi va rus adabiyoti an&#8217;analariga taya- nib ijod qildi. Shoirlar xalq jasora- ti va ona yurt tabiatini kuyladi. 20-y. larning 2-yarmida proza etakchi janr bo&#8217;lib qoldi. 30-y.larda K. adabiyoti yana- da ravnaq topdi. Yirik nasriy asarlar \u2014 qissa va romanlar (g.A.Fyodorovning &#171;Qishloq tongi&#187;, I.V.Iz&#8217;yurovning &#171;Timka brigadasi&#187; va b.) paydo bo&#8217;ldi. K. yozuvchilarining ko&#8217;pi 2-jahon urushi- da qatnashdi. S.A.Popov, I.M.Vavilin, N.M.Dyakonov kabi yosh yozuvchlar jang- chilar jasoratini va front orqasidagi mehnatni ulug&#8217;lagan asarlar yaratdi. Key- ingi yillarda xalqning o&#8217;tmish va za- monaviy hayotini aks ettiruvchi &#171;tundra chiroqlari&#187; (V.V.Yuxnin), &#171;ikki dust&#187; (Ya.M.Rochev), &#171;Tongda&#187; (G.A.Fyodorov) va b. romanlar yaratildi. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. Re- spublika hududida mezolit davriga oid geometrik naqshli yog&#8217;och va tosh asboblar, turli rasmlarga boy shisha idishlar, suyak buyumlar topilgan. Respublikaning o&#8217;rmonga boyligi yog&#8217;och me&#8217;morligining rivojlanishiga imkon berdi. Ibodatxo- nalar yog&#8217;och va toshdan ishlangan (18-a.). Susol va Vim uslubidagi uylar go&#8217;zal va ifodali. 19-a.da 1-2 qavatli, baland poydevorli serqasham va yog&#8217;och uylar qo&#8217;proq qurilgan. Tomi ikki tomonga ni- shab qilingan. Derazalari oqqa bo&#8217;yalgan, ustki taxtasi hashamdor qilib yasalgan. 20-a.da Sektivkarda qurilish ishlari avj oldirildi. Vorkuta (1943), Uxta (1943), Pechora (1949) va b. shaharlar bar- po etildi, 5-9 qavatli g&#8217;ishtin va yirik panelli uylar, ko&#8217;plab jamoat binolari va b. qurildi. K. xalq san&#8217;ati, asosan, kiyim va ro&#8217;zg&#8217;or buyumlarini tayyorlashdan bosh- langan. Har bir joyning sevimli ran- glari bor: Jan.da ayol bosh kiyimlari va ko&#8217;ylaklari juda mayda zich kashtali qilib, ko&#8217;pincha, qizil va qora rangda tikiladi. Shim.da mo&#8217;ynali kiyimlar, ko&#8217;lqoplar, sumkalar qizil, ko&#8217;k, yashil rangdagi movut parchalari b-n &#171;mozaika&#187; usulida bezatiladi. Qayin po&#8217;stlog&#8217;idan turli buyumlar to&#8217;qish keng rasm bo&#8217;lgan. Professional tasviriy san&#8217;a- ti 20-a.ning 20-y.larida paydo bo&#8217;ldi. V.V.Polyakov asos solgan kitob grafi- kasi, plakat va gaz. suratkashligi M.P. Beznosov, V.P. Malaxov, V.A. Bausov- lar tomonidan rivojlan-tirildi. 40-y. larda tarixiy mavzuda manzara va rasm chizish (V.G.Postnikov), portretlar yara- tish (M.P.Beznosov) avj oldi. 40-50- y.larda dastlabki syujetli rasmlar va portretlar yaratildi. Haykaltaroshlik, o&#8217;ymakorlik san&#8217;ati paydo bo&#8217;ldi. Keyin- gi yillarda san&#8217;atning barcha tarmoqlari ravnaq topdi. Xalq hunarmandchiligi turlarida yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, yog&#8217;ochsozlik, mo&#8217;ynachilik, kashtachilik, ko&#8217;nchilik, ku- lollik, to&#8217;qimachilik rivoj topgan. Musiqa folklori qo&#8217;shiq janridan iborat. Qad. K. qo&#8217;shiqlari past parda- larda ravon aytiladi. Keyingi davr qo&#8217;shiklari keng diapazonda ijro etili- shi b-n ajralib turadi. Yakkaxon va xor (odatda, 2 va 3 ovozli) ijrochilik san&#8217;- ati tarqalgan. Cholg&#8217;u asboblaridan uch torli sugudek (kamonli va chertma), 4-7 torli brungan (katta hajmdagi urma soz), puflab chalinadigan orkestr asboblari- dan chipsan, pelyan va b. bor. Ular ichida balalayka va garmon salmoqli o&#8217;rin tu- tadi. Professional musiqa san&#8217;ati 20- a. boshlarida paydo bo&#8217;ldi. 40-y.larda dastlabki milliy musiqali dramalar yaratildi (A.A. Voronsovning &#171;Ust- Kulom qo&#8217;zg&#8217;oloni&#187; asari va b.). 60-y.lar- da milliy opera (&#171;ust-kulom osmonida momaqaldiroq&#187;) va balet (&#171;yag-Mort&#187;) yuzaga keldi. K.da respublika musiqali teatri, filarmoniya, ashula va raqs ansambli, musiqa bilim yurtlari, bolalar musiqa maktablari bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Komi, Komi Respublikasi \u2014 Ros- siya Federasiyasi tarkibidagi Respu- blika. Rossiyaning Evropa qismi shim.- sharqida joylashgan. Mayd. 415,9 ming km2. Aholisi 1135,5 ming kishi (2000). K.da 12 tuman, 8 shahar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/komi-komi-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122928","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122928","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122928"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122928\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122941,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122928\/revisions\/122941"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122928"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122928"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122928"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}