{"id":122963,"date":"2024-05-12T19:26:18","date_gmt":"2024-05-12T16:26:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122963"},"modified":"2024-05-12T19:26:30","modified_gmt":"2024-05-12T16:26:30","slug":"klassisizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/klassisizm\/","title":{"rendered":"Klassisizm"},"content":{"rendered":"\n<p>Klassisizm (lot. classicus \u2014 na- munaviy) \u2014 antik davrda o&#8217;z rivojining yuqori cho&#8217;qqisiga erishgan qad. Yunon va Rim san&#8217;ati merosida shaqllanib, unga taqlid qilish natijasida yuzaga kelgan adabiyot va san&#8217;atdagi uslub, yo&#8217;nalish. K. tarafdorlari 17-19-a.larda Fran- tsiyada, keyinroq Evropaning boshqa mamlakatlarida Uyg&#8217;onish davri an&#8217;ana- larini davom ettirgan holda (inson aql zakovatiga ishonish, antik davr yaratgan ideal mutanosiblikni va nisbatlarni tan olish va e&#8217;zozlash), o&#8217;z zamonasining ijtimoiy hamda estetik talablariga javob tariqasida vujudga kelgan. Antik davr mifologiyasi (rivoyatlari), Tavrot voqealariga murojaat qilib, ulardan olingan syujetlar orqali o&#8217;z davrlari- ning etik \u2014 axloqiy va siyosiy muam- molarini ko&#8217;tarishta harakat qildilar. K.da ham umumlashma asar yaratish asosiy masala hisoblanadi, asarlar birmuncha vazmin, ritm va nafis musiqaviylikka intilish asosida yaratildi. Odatda, K. rivoji tarixi 2 bosqichga ajratiladi. 17-a. Frantsiyada shakllangan K. o&#8217;zida AB- solyutizm g&#8217;oyalarini ifodalagan bo&#8217;lsa, 18-a.ga kelib K. yangi dunyoviy ideallar, ma&#8217;rifatparvarlik g&#8217;oyalari va oddiy xalq orzu-istaqlari va intilishlariga asoslangan ideallarga tayangan holda ri- vojlandi. K.ga xos belgilar dastlab ita- liya nafis san&#8217;atida (16-a.ning 2-yarmi) paydo bo&#8217;lgan (A. Palladio, J. Vinola, S. Serlio, J. Bellori nazariy va ama- liy faoliyatida, shuningdek, Bolonya akademik maktabi rasmiy hujjatlari va h.k.), 17-a. ga kelib Frantsiyada barokko tamoyillariga qarshi kurashda K. ildam- lab, yaxlit uslubiy tizimga, 18-a.ga ke- lib umumevropa uslubiga aylandi. K. estetikasi rasionalizm tamoy- illari asosiga qurilgan bo&#8217;lib, badiiy asarga aql va mantiq natijasi sifatida qaraladi. K. san&#8217;ati &#171;oliy&#187; (tarixiy, mifologik, diniy) va &#171;kichik&#187;, &#171;past&#187; (manzara, portret, natyurmort janr- lari)ga ajratildi. K. nazariyasining shakllanishida Parijda tashkil topgan Qirollik akademiyalari \u2014 rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda me&#8217;morlik (1671) faoliyati muhim o&#8217;rin egalladi. K. tamoyillari nafis san&#8217;atda, me&#8217;mor- likda shaqllarning geometrik aniqligi va ritmik mantiqiy rejalashtirilishi va antik me&#8217;morlik shaqllaridan keng ko&#8217;lamda foydalanishda yorqin namoyon bo&#8217;ldi. Adabiyotda K. adabiyotni ijtimoiy hayot taraqqiyoti talablari b-n uzviy aloqada bulishini taqozo etdi va shu b-n adabiyot hamda san&#8217;at (ayniqsa teatr) ning o&#8217;z zamonasining ilg&#8217;or pozisiyasi- da turib rivojlanishiga xizmat qildi. Ammo K.ning dogmata aylangan ojiz to- monlari adabiyot taraqqiyotiga ma&#8217;lum darajada to&#8217;sqinlik qildi. K. hayotni iz- chil haqqoniyat b-n emas, balki &#171;tozalab&#187;, ma&#8217;lum ijtimoiy va estetik talablar qolipiga solib tasvirlashni talab etdi. Bu b-n adabiyotda izchil realizmning pay- do bo&#8217;lishiga, ijodning keng va erkin ri- vojlanishiga sabab bo&#8217;ldi. K.da adabiy janrlar &#171;oliy&#187; va &#171;past&#187; tarzda tasniflanib, ular orasiga qat&#8217;iy chegara ham qo&#8217;yilgan. &#171;Oliy&#187; janrga tragediya, epopeya va qasida kiritilgan, ularda davlat xayoti, tarixiy voqea- hodisalar, miflar tasvirlangan va ular- ning asosiy qahramonlari qumondonlar, davlat boshliqlari, mifologik perso- najlar, din peshvolari bo&#8217;lgan. K.ning &#171;past&#187; janriga esa komediya, satira va masal kiritilgan. Bo&#8217;larda urtahol in- sonlarning kundalik hayotidan olingan voqea-hodisalar tasvirlanishi ko&#8217;zda tutilgan. Har bir janr orasida shu kabi aniq farklar bo&#8217;lgan. Yuksak va past, tragik va komik holatlar tasvirining aralashib ketishiga yo&#8217;l qo&#8217;yilmagan. K.da tragediya etakchi janr qisoblanadi. K.ning bu &#171;oliy&#187; janri frantsuz drama- turglari (P. Kornel, J. Rasin) ijodida yuksak darajaga kutarilgan bo&#8217;lsa, &#171;past&#187; janrlar sanalgan masal (J. Lafonten), satira (N. Bualo), komediya (Moler) ham o&#8217;zining oliy nuqtasiga kutaril- gan. K.ning estetik asoslari Bualoning &#171;She&#8217;riy san&#8217;at&#187; (1674) dostonida bayon etilgan. Mazkur yo&#8217;nalish Evropa mamlakatla- ri adabiyotiga ham kirib bordi. Angliya- da Aleksandr Pop (1688-1744), Jozef Addison (1672-1719), Italiyada Vatto- Rio Alferi (1749-1803), Germaniya- da I. V. Gyote (1749-1832), F. Shiller (1759-1805), Rossiyada A. P. Sumarokov (1717-77), ya. B. KNYAJNIN (1740-91) va b. ijodkorlarning asarlarida etakchi- lik qildi. 18-a. oxiri va 19-a. boshida K. Evropada tanaz-zulga uchradi. U hayot b-n aloqasini tobora yo&#8217;qotib, tor shart- lilik doirasida depsinib qoldi. Shun- dan so&#8217;ng 19-a.da adabiyotdagi K. o&#8217;rnini boshqa ijodiy metod va adabiy-estetik yo&#8217;nalishlar egalladi. K. jahon madani- yati tarixida insoniyatning ma&#8217;naviy- ma&#8217;rifiy tafakkuri va estetik didiga jiddiy ta&#8217;sir etadigan g&#8217;o&#8217;zal asarlarga asos bo&#8217;lgan metod sifatida qoldi. Musiqada K. uslubi 17-a.da paydo bo&#8217;lib, birinchi navbatda opera janrida o&#8217;z aksini topdi (Frantsiyada J. B. Lyul- li, Italiyada &#171;Neapolitan opera MAK- tabi&#187; vakillari). Unga xos estetik va ijodiy tamoyillar badiiy asarlardagi aniq mantiqiy g&#8217;oya, tugal va mukammal kompozision tuzilish, musiqa janrlari o&#8217;rtasidagi chegaralarning aniqligida namoyon bo&#8217;ladi. Shu b-n birga K.da ijo- diyotdagi aql va hissiyot hamda haqqoniyat va g&#8217;o&#8217;zallik asoslarining o&#8217;zaro muvoza- nati muhim o&#8217;rin tutadi. 18-a.da K. US- lubi Evropaning boshka mamlakatlari (Avstriya, Germaniya, Rossiya va b.)da ham tarkib topdi va o&#8217;z cho&#8217;qqisiga ko&#8217;tarildi (q. Vena klassik maktabi). Shu davr K. oqimi ma&#8217;rifatparvarlik g&#8217;oyalari b-n uzviy bog&#8217;liq holda rivojlanib, muay- Yan asarlarida izchil xalqchillik, hayotni ichki ziddiyatlarning dinamik rivoji orqali, to&#8217;laqonli aks ettirilishi b-n ajralib turdi (yana q. Simfonizm). Me&#8217;morlikda K. uslubida qurilgan me&#8217;moriy kompozisiyalarda me&#8217;morlik orderlari tizimi muhim rol o&#8217;ynadi. K. me&#8217;morlari ko&#8217;pincha order va ularning nisbatlari hamda shaqllarini antic davrdagiga xos ko&#8217;rinishda ifodalash- ga harakat qildilar. K. me&#8217;morligida shaqllar jiddiy va sipo, fazoviy ken- Glik echimining aniqligi hamda me&#8217;mor- likda ishlatilgan unsur (kolonna, pi- lyastr, Friz, karniz va b.)larning aniq, ritmga bo&#8217;ysunganligi, rang va shaql rit- Mining aniqligi b-n xarakterlanadi. K. uslubida qurilgan bino intererlari (xona, dalon, zal va b.) ham o&#8217;z badiiy echimi b-n ajralib turadi. Xonalarda qo&#8217;llanilgan rang, shaql va chiziqlar &#171;aql b-n tartibga keltirilganligi&#187; o&#8217;ziga xosdir. Sipo, jiddiy ishlangan bez- aklar qam undagi jiddiylik va vazmin- likka xalaqit bermaydi. K. me&#8217;morlari antik davr merosidan, uning me&#8217;morlik unsur va ohanglaridan keng foydalanish b-n birga ularning umumiy arxitekto- Nika qonunlari mohiyatini bilishga ham xarakat qiladilar. K. me&#8217;morligining asosiy uslubi bo&#8217;lgan order tizimi antik davr me&#8217;- morligi order tizimiga yaqin va shu b-n birga yangi davr ruhi b-n sug&#8217;orilganligi ko&#8217;zga tashlanib turadi. Bu xususiyat nis- BAT va shaqllarning o&#8217;zgarmagani holda birmuncha nafislashgani, bosiqligi hamda texnologiyasi (tosh, beton, temir va b.), ustun va to&#8217;sin yaratishda ishla- tilishi hamda K. binolarining inte- rerlari ham o&#8217;ziga xosdir. Ularda ish- latilgan shaql, ranglar mayin, fazoviy kenglik bo&#8217;linishlari aniq. Mahobatli moybo&#8217;yoq rassomligi ham K. intererla- rida keng ishlatilgan. Unda rassomlar istiqbolning illyuzion imkoniyatlari- dan unumli foydalanganlar. Bu rasmlar bino umumiy g&#8217;oyaviy-estetik mazmuniga hamohang bo&#8217;lib, K. me&#8217;morligiga xos ulug&#8217;vorlik va salobatlilik tomonla- rini yanada bo&#8217;rttirishga xizmat qildi. Shaharsozlik Uyg&#8217;onish davri va Barok- Koga xos xususiyatlarga tayangan holda rivojlanib shakllandi. &#171;Ideal shahar&#187; yo&#8217;riqnomasi ishlandi (Versal), 18-a. ning 2-yarmida planlashtirishning yangi uslubi shakllandi. Shahar qurilishida binolarni tabiat b-n uyg&#8217;unlashtirishni ta&#8217;minlash, keng ochiq maydonlar tash- kil etish, ularni kucha va Daryo (anhor) yoqalari bo&#8217;ylab qo&#8217;shib ishlash boshlandi. Shaqllarning maqsadga muvofiqligi, ixcham bezaklarning nozikligi, tabi- at b-n uyg&#8217;unligi 18-19-a. boshlarida &#171;palladiochilar&#187; ijodida o&#8217;z aksini topdi (shahar va shahardan tashqaridagi saroy-uylar va villalar). O&#8217;zbekistonda K. belgilari 19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida me&#8217;morlik san&#8217;atida V. Geyntselman, A. Benua, G. Svarichevskiy qabilar ijodida (Sharq- Vizantiya, Rim-Vizantiya shaqllari) qo&#8217;llanildi. Bino kapitelida ioni orde- ri o&#8217;rnida uslublashtirilgan paxta bez- agi o&#8217;z ifodasini topdi. Ma&#8217;muriy bi- nolar bosh tarzini qator ustunli baland va hashamatli qilib barpo qilishda qad. mumtoz uslub qo&#8217;llanilib, milliy me&#8217;- morlik an&#8217;analari qo&#8217;shimcha qilingan. Tasviriy san&#8217;atda K. barokkoga, 18-a. dan esa rokoko san&#8217;atiga qarshi kurash- da rivojlandi. Tasvirlar uyg&#8217;un, jo- zibador, ulug&#8217;vor, tantanali bo&#8217;lishiga ahamiyat berilib, obrazlar hashamatli qiyofa va shaqllarda ifodalandi. Karti- nalarda voqea ishtirokchilari birinchi plandagilar b-n (sahnadagidek) yonma-yon ko&#8217;rsatildi. Frantsiyada K. 17-a. 1-yarmida to&#8217;la shakllandi (rassom N. Pussen va b.), keyin Evropa mamlakatlarida tarqaldi. 18-a. 2-yarmida, 19-a. boshlarida hukmron uslubga aylandi (Frantsiyada rassom J. David, Germaniyada rassomlardan A. va V. Tishbeynlar, A. Mengo, haykaltarosh I. Shadov, Italiyada xaykaltarosh A. Ka- Nova). 19-a. boshida AQSh va Lotin Ame- rikasida, Rossiyada 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida tarqaldi (hay-kaltarosh I. Prokofev, I. Martos, rassomlar A. Lo- Senko, A. Ivanov va b.). Haykaltaroshlik san&#8217;atida K. shaqllarning tugalligi, tinik, ishlan- ganligi, nursoya o&#8217;yinining nozikligi, chiziklarning musiqaviyligi va rit- mi b-n ajralib turadi. Harakatning ko&#8217;rsatilishi har bir shaql tugalli- gi va haykal holatidagi vazminlikni bo&#8217;zmaydi. Rangtasvir va grafikada ham K. o&#8217;z ko&#8217;rinishiga ega. Rangtasvirda shaqlning asosiy unsurlaridan chiziq va nursoya etakchi o&#8217;rinni egallaydi. K.ning so&#8217;nggi bosqichida rangtasvir monoxrom rang gammasiga o&#8217;ta boshlaydi. Grafikada esa asosiy sof (toza) va tiniq chiziklar asarning emosional tomonini belgilovchi va asar g&#8217;oyasini yorituvchi vo- Sitaga aylandi. K. rangtasvirida buyum va obrazlar tasviri ixcham, xarakter jihatidan spektr ranglariga yaqin. Bu ranglar kartina (asar)da tasvirlangan buyum va manzara planlarini aniq, ifo- dalaydi. Mas, manzara janrida birinchi plan issiq-jigarrang, o&#8217;rta plan yashil va orka plan moviy, ko&#8217;k ranglarda ifo-da- langan. Bu jixatdan asarlar sahna Deko- rasiya (bezak)lariga yaqinlashadi. O&#8217;zbekistonda K.ning so&#8217;nggi ko&#8217;rinishi \u2014 akademizm yo&#8217;nalishi ko&#8217;proq S. Yudin, R. Zommer, I. Karnov- larning syujetli kompozisiyalarida o&#8217;z ifodasini topdi. Teatr san&#8217;atida K.ning yuzaga keli- shi frantsuz aktyorlari g. Mondori va J. Floridor faoliyati b-n bog&#8217;liq. J. Rasin davrida shogirdlari T. Dyupark va M. Shanmele ijodida uslub sifatida poyo- niga etdi. Ayniqsa, Frantsiya teatridagi K.ning yaqqol ko&#8217;rinishi E. Rashel ijo- dida namoyon bo&#8217;ldi. K. spektakllarida tarixiy aniqlik etishmagan, zamonaviy qahramonlar antik dunyo kahramonlari qiyofasida talqin qilingan. Spektak- llar umumiy tantanavorligi, qat&#8217;iy shaklga egaligi va mizansahnalar tuzi- lish jihatdan simmetriyaga asoslangan- ligi b-n ajralib turgan. K.dagi demokratik, realistic yo&#8217;nalishlar J. Molerning sahnaviy islohotida, aktyorlar M. Baron va A. Lekuvryor ijodida, konservativ yo&#8217;nalishlar saroy teatrida namoyon bo&#8217;ldi. 18-a. 2-yarmida K.dagi progressive yo&#8217;nalish burjua ma&#8217;rifatparvarligi goyalari b-n uzviy bog&#8217;langan. K. Neyber (Germaniya), T. Betterton va J. Kembl (Angliya) kabi artistlar ham K.ning yirik vakillaridir. Frantsuz burjua Rev-yasi davri (1789-94) da F. Tal- ma rahbarligida ilg&#8217;or teatr arboblari K.ning grajdanlik tendentsiyalarini revolyusion \u2014 qahramonlik darajasiga ko&#8217;tardi. Keyinchalik K. san&#8217;atida Revo- lyusion mazmun yo&#8217;qolib, sahna o&#8217;yini ritorik formal xususiyatga ega bo&#8217;ldi. E. Rashel ijodi frantsuz teatridagi K. ning yorqin ko&#8217;rinishi edi. 19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida K.ning estetik nor- malari &#171;Komedi Fransez&#187; teatrida J. Mune-Syulli, Sara Bernar kabi aktyorlar ijrosida o&#8217;z aksini topdi. 18-a.ning 30-50-y.larida rus K.i G&#8217;arbiy Evropa K.ining asosiy xususiyat- larini saqlab qoldi, unda ma&#8217;rifatpar- varlik g&#8217;oyalari, norozilik mavzulari, kamchiliklarni hajv qilish keng o&#8217;rin egalladi. Ad.: Russkaya literatura XVIII v. EPO- xa klassisizma (SB.st.), M. \u2014 L., 1964; Vipper Yu. B., Formirovanie klassi- tsizma vo frantsuzskoy poezii nachala 17 v., M., 1967; Renessans, Barokko, Klas- sisizm. Problema stiley v zapadnoev- ropeyskom iskusstve 15-17 vekov, M., 1968; Vseobtshaya istoriya arxitekturi v 12 tomax, t. 7, M., 1969; Rotenberg E. I., Zapadnoevropeyskoe iskusstvo 17 veka, M., 1971 (Pamyatniki mirovogo iskus- stva, VIP. 4, 1-ya seriya).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Klassisizm (lot. classicus \u2014 na- munaviy) \u2014 antik davrda o&#8217;z rivojining yuqori cho&#8217;qqisiga erishgan qad. Yunon va Rim san&#8217;ati merosida shaqllanib, unga taqlid qilish natijasida yuzaga kelgan adabiyot va san&#8217;atdagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/klassisizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122963","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122963","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122963"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122963\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122976,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122963\/revisions\/122976"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122963"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122963"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122963"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}