{"id":122967,"date":"2024-05-12T19:26:26","date_gmt":"2024-05-12T16:26:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122967"},"modified":"2024-05-12T19:26:38","modified_gmt":"2024-05-12T16:26:38","slug":"kitob","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kitob\/","title":{"rendered":"Kitob"},"content":{"rendered":"\n<p>Kitob \u2014axborotlarni, g&#8217;oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik ka- rashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targ&#8217;iboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tav- siyasiga ko&#8217;ra, hajmi 48 sahifadan kam bo&#8217;lmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, K. deyish qabul qilingan. K. ishi K.ni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va o&#8217;rganish b-n bog&#8217;liq katta jarayonni o&#8217;z ichiga ola- Di. Fan, adabiyot, san&#8217;at asarlaridan matbaada ko&#8217;paytirish va tarkatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badi- iy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifa- si. K.ni ko&#8217;plab chiqarish \u2014 kitob bosish ishi poligrafiya sanoatiaa olib borila- Di. K.larni to&#8217;plash, saqlash, o&#8217;quvchilar o&#8217;rtasida tashviqot qilish, ulardan ki- tobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi (q. Kutubxona, Kutubxonashunoslik). K. va b. bosma asarlar haqida muayyan maqsad b-n o&#8217;quvchilarga ma&#8217;lumot berish va ularni tashviqot qilish bibliogra- fiya vazifasidir va h.k. K.ning paydo bo&#8217;lish tarixi ezuvning yaratilishi va shakllanishi jarayoni b-n o&#8217;zviy bog&#8217;liq. Yozuvningto&#8217;zilish xusu- siyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining o&#8217;ziga xos tomoni va b. ma&#8217; &#8212; lum darajada K. tuzilishini qam belgi- lab berdi. Qad. Misr, Rim, Yunoniston va O&#8217;rta Osiyoda kishilar tosh, palma daraxti barglari, sopol va b. materi- allarga yozib fikr izxrr etganlar. Har bir K. o&#8217;nlab shunday materiallardan tayyorlangan plitalardan iborat bo&#8217;lib, og&#8217;irligi bir necha kg bo&#8217;lgan. Yozuv ma- teriali sifatida papirus usimligi ishlatilishi (mil. AV. 4-3 ming yil- liklarda) b-n o&#8217;rama K.lar paydo bo&#8217;ldi. Bunday K.larning o&#8217;zunligi o&#8217;rtacha 10 m atrofida bo&#8217;lib, ingichka, yumaloq tayoqlarga o&#8217;ralgan va maxsus charm yoki yog&#8217;och g&#8217;iloflarda saqlangan. Sharq mam- lakatlari, qad &#8212; Rim va Yunonistondagi ko&#8217;pgina Nodir asarlar papirusga bitil- gan. Mil. AV. 2-asrga kelib K. materiali sifatida pergament (teri)dan foydala- nish keng rasm bo&#8217;ldi. Dastlab bunday K. o&#8217;rama holda saqlangan. Ayrim ma&#8217;lumot- larga qaraganda, O&#8217;rta Osiyoda, xususan, Xorazmda mil. AV. 1-mingyillikning 1-yarmida vujudga kelgan zardo&#8217;shtiylik dinining muqaddas kitoblaridan Ave- stoning qad. nusxasi ham 12 ming mol terisiga bitilgan. Arablarning O&#8217;rta Osiyodagi istilosiga qadar (8-10-a. lar) u erda ko&#8217;p Nodir K.lar saqlangan kutubxonalar bo&#8217;lgan. Lekin ularning ko&#8217;pi bosqinchilik urushlari natijasi- da yo&#8217;qotib yuborilgan. 2-4-a.lardan boshlab qad. Rimda xud- Di hozirgi K.larning varaqalari singari buklab, tikib tayyorlangan va bir-biriga biriktirilgan, muqovali K.lar \u2014 ko- Deks paydo bo&#8217;ldi. Ular dastlab papirus, so&#8217;ng pergamentga yozilgan. Bunday K.lar og&#8217;ir va besunaqay edi. 6-a.dan boshlab kodeks shakli asosida hoz. ko&#8217;rinishdagi K.lar paydo bo&#8217;ldi. Teriga ishlangan noyob K.lardan biri \u2014 mus-hafi Usmon Kur&#8217;onidir. Qur&#8217;oni Karimning bu nusxasi 644-656 y.larda xalifa Usmon ko&#8217;rsatmasi b-n Muhammad (sav)ning ko- tiblari Zayd ibn sobit, Amir ibn al- O&#8217;s va Hishom ibn hakimlar tomonidan kufiy xatida yozilgan. Mazkur qo&#8217;lyozma K. Amir Temur tomonidan Samarqandga olib ke-lingan. Jami 353 varaq, hajmi 68x53x22 sm. O&#8217;zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. Qog&#8217;ozning kashf qilinishi K. tarixi- da yangi davr ochdi. Ayrim ma&#8217;lumotlarga qaraganda, 650 y.lardayoq Samarqandda qog&#8217;ozli K.lar bo&#8217;lgan. 13-a.dan Evropa- da qog&#8217;oz asosiy yozuv materiali bo&#8217;lib qoldi. Qog&#8217;oz K.ning ko&#8217;payishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. K. bez- ashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar ishlana boshla- Di. Asta-sekin xattotlik (kalligrafiya), muqovasozlik kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa, O&#8217;rta Osiyoda o&#8217;rta asr- larda xattotlik san&#8217;ati keng rivojlan- Di. Mashhur xattotlarning ko&#8217;p avlodla- ri K. tayyorlash usulini \u2014 materiallar, siyoh, xat ko&#8217;chirish texnikasini takomil- lashtirib bordilar. 10-12-a.larda Movarounnahrda mu- ayyan soxa sifatida shakllangan kitobat san&#8217;ati 14-15-a.larda yangi taraqqiyot bosqichiga kutarildi. Har bir K. qog&#8217;ozidan tortib muqovasigacha, siyox- dan to buyoqlari-yu zarhaligacha ma&#8217;lum me&#8217;yordagi modda, reja va qoida asosi- da tayyorlanadi, hatto K.dan xushbo&#8217;y hid anqib turishi uchun ba&#8217;zan siyohga gulob yoki Anbar qo&#8217;shilardi. Qo&#8217;lyozmalar na- fis husnixat, Zarafshon (tilla suvi sochish), suvli buyoqlar b-n hoshiyaga na- fis naqshlar ishlab badiiy bezatildi. 15-16-a.larda bir qancha iste&#8217;dodli xattot, musavvir, lavvoh va saxdof- lar (Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashqadiy, Sultonali Xandon, Mirali qilqalam va b.) etishdi. Hirot xattot- lariga ustozlik qilib, kitobat san&#8217;a- ti ravnaqiga ulkan hissasini qo&#8217;shgan xushnavis xattotlardan Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy, Hofiz, Sa&#8217;- diy, Navoiy, Husayn Boyqaro va b.ning asarlarini ko&#8217;chirib Shuhrat qozondi. Sultonali tomonidan ko&#8217;chirilgan 50 dan ziyod K. bizning davrimizgacha etib kel- gan. Temuriy hukmdorlar devonxonalari qoshida, xususan, Samarqand, Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday kutubxonalar o&#8217;rta asr- ning o&#8217;ziga xos hunarmandchilik kor- xonasi bo&#8217;lib, ularda qo&#8217;lyozma K.larni to&#8217;plash va saqlash b-n birga K. sozlik b-n bog&#8217;liq bo&#8217;lgan bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Bunday saroy kutub- xonalarining boshliklari &#171;kutubxona dorugasi&#187; yoki &#171;kitobdor&#187; deb atalgan. Ularning qo&#8217;l ostidagi ko&#8217;plab xushna- vis xattot, naqqosh-musavvirlar, lavvoh, sahhoflar K. yaratishga doyr turli va- zifalarni bajarishgan. Mas, 15-a.ning 1-yarmida Hirotda Ulug&#8217;bekning ukase Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir qancha naqqosh qo&#8217;lyozma asarlardan nusxalar ko&#8217;chirish va ularni bezash b-n band bo&#8217;lgan. Har bir qo&#8217;lyozma K. bir necha mutaxassis qo&#8217;lidan o&#8217;tardi. 1425-29 y.larda Ja&#8217;far boy-sunquriy tomoni- dan Abulqosim Firdavsiyning mashhur &#171;Shohnoma&#187; asari ko&#8217;chirilib, 20 ta tur- li mazmundagi rangdor miniatyuralar b-n bezatilgan. Noyob san&#8217;at asari sifa- tida bu K. Tehron muzeyida saqlanadi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy sa- Roy kutubxonasi ham o&#8217;z davrida mashhur bo&#8217;lgan. Navoiy badiiy qo&#8217;lyozma san&#8217;ati- ni rivojlantirishga katta hissa qo&#8217;shdi. Uning bevosita ko&#8217;magi b-n Behzod, Sul- tonali Mashhadiy, Shoh Muzaffar kabi o&#8217;nlab K.soz ustalar etishib chiqdi. Bu ustalarning uslub va an&#8217;analari key- ingi yillardagi kalligrafiya san&#8217;a- tining asosini tashkil etdi. Turki- stonda xattotlik yo&#8217;li b-n K. tayyorlash o&#8217;zoq vaqt davom etdi. Hatto K. bosish kashf qilingandan keyin ham, dastlab- ki vaqtlarda K.lar qo&#8217;lyozma yo&#8217;li b-n ko&#8217;paytirilar edi. K. nusxalarini ommaviy ko&#8217;paytirish yo&#8217;lidagi izlanishlar natijasida ksi- lografiya paydo bo&#8217;ldi. 15-a.ning 40-y. larida Germaniyada Iogann Gutenberg to- monidan K. bosish ixtiro qilinishi K. taraqqiyotida yangi davr ochdi. K. bosish texnikasi asta-sekin takomillashib, boshqa mamlakatlarda ham tarqala bosh- ladi (q. Kitob bosish, bosmaxona). Turkistonda bosma usuli b-n K. chiqarish O&#8217;rta Osiyo Rossiyaga qo&#8217;shib olingandan keyin tarqaldi. 1868 y. Toshkentda Turkiston xarbiy okrugi shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus oli- mi va sayyohi N.A.Seversovning &#171;Chu va Norin tizmalari etagidagi tog&#8217;li o&#8217;lka to&#8217;g&#8217;risida lavhalar&#187; (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma K.dir. O&#8217;zbek tilidagi birinchi bosma K. Shohimardon Ibrohimovning 1871 y. Xivada bosil- gan &#171;kalendar&#187;idir. Birin-ketin tur- kistonning boshqa shaharlarida ham xususiy litografiyalar tashkil etildi. Bo&#8217;lardan Otajon Abdalov (Xivada), Se- Myon Laxtin (Toshkentda), G&#8217;ulom Hasan Orifjonov (Toshkentda) litografiyala- ri mashhur. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy, tarixiy asarlar va darsliklar chiqarildi. Oktyabr to&#8217;ntarishidan so&#8217;ng sovet tuzumi davrida K. bosish ishi birmun- cha rivojlanib, ommaviy K.lar yaratish ishiga katta ahamiyat berildi. Lekin K.ga, boshqa ommaviy axborot vositala- ri kabi, KPSS va Sovet hukumatining qudratli mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu maqsadda juda ko&#8217;p nomad va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy siyosiy, badiiy, ilmiy K.lar nashr etildi. Ayni vaqtda, 20-30-y. larda, O&#8217;zbekistonda asrlar mobayni- da saqlanib kelingan qo&#8217;lyozma K.lar, ayniqsa diniy, tarixiy mazmundagi K.lar, keyinroq katag&#8217;onga uchragan o&#8217;zbek yozuvchilarining asarlari yo&#8217;q qilina boshlandi: o&#8217;tda kuydirildi, suvga tash- landi. Istiqloldan keyingi yillarda K. mahsulotlari mavzu-mundarijasida ke- skin o&#8217;zgarish bo&#8217;ldi. Tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga taalluqli K.lar nashriga alohida ahamiyat berildi. Qur&#8217;oni Karimning o&#8217;zbek tilidagi tar- jimasi ikki bor nashr etildi (1991 y., &#171;Cho&#8217;lpon&#187; nashriyotida; 2001 y., Toshkent Islom un-ti nashriyotida). Imom Buxo- riyning 4 jildli &#171;hadis&#187;lari (1991-96 y.lar, Komuslar Bosh tahririyati), Amir Temur mavzui b-n bog&#8217;liq o&#8217;nlab K.lar chiqarildi. Alisher Navoiyning 20 jildli to&#8217;la asarlari (1998 \u2014 2002, O&#8217;zbekiston FA &#171;fan&#187; nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Ku- bro, Mahmud az-Zamaxshariy, Ulug&#8217;bek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Cho&#8217;lpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon Nosir va b.ning asarlari, 33 jildli &#171;Xotira&#187; K.i chiqarildi. &#171;O&#8217;zbekiston&#187; nashri- yotida O&#8217;zbekiston Respublikasi Pre- zidenti I.A.Karimovning 10 jildli Asarlari nashr qilindi (1997-2002). Mavjud nashriyotlar ommaning talab- ehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, il- miy, ommabop, darslik va b. tur K.lar nashr etmoqdalar. K.larning badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada yuksalib bormokda (yana q. Noshirlik). K.larning to&#8217;zilishi va turlari. Hozirgi K.lar o&#8217;quvchilar talabi va este- tik didiga ko&#8217;ra muayyan shaklga ega. K. sahifalarga ajratilib, o&#8217;rtasidan ti- kiladi va muqovalanadi. Muqovaning K. sahifalari b-n biriktirilgan qismi forzas deyiladi. Ayrim hollarda muqovani saqlash va bezak sifatida muqovaga jild (superoblojka) kiygi- ziladi. K.ning bosh qismida sarvaraq (titul list) bo&#8217;ladi. Unda muallif ism- sharifi, K.ning nomi, nashr etilayotgan joyi, yili, nashriyot nomi va b. yoziladi. Sarvaraq qo&#8217;sh sahifada bo&#8217;lishi mumkin; bu holda u K.ning 2-(muqobil sarvaraq) va 3-betlarini egallaydi. Sarvaraq ma&#8217;lumotlarining ayrimlari K.ning l-sahifasi \u2014 peshvarak, (avantitul)da ham yozilishi mumkin. Sarvaraqning orqa sahifasiga kitob belgisi qo&#8217;yiladi. Ba&#8217;zi hollarda sarvaraq o&#8217;rnida sar- rasm (frontispis) bo&#8217;ladi. Matnning mazmuniga karab, K.da turli usulda sarlavhalar qo&#8217;yiladi. Ayrim hollarda yirik sarlavhalar alohida sahifada be- riladi. Bunday sahifa zarvaraq (shmus- titul) deyiladi. K.ning ruknsarlavha (kolontitul) va ruknraqam (kolontsifr) lari undan foydalanish ishini oson- lashtiradi. Shuningdek, K.da munda- rija, muqaddima, xotima, annotasiya, ilova, izoh, turli ko&#8217;rsatkichlar, bibli- ografik ro&#8217;yxatlar ham bo&#8217;lishi mumkin. K. sahifasining hajmi uning nashr bi- chimi b-n belgilanadi (q. 7a-bok). K.lar qanday o&#8217;quvchilar ommasiga mo&#8217;ljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi. O&#8217;quvchilarga ko&#8217;ra, K.lar ommaviy, mutaxassislar uchun va bolalar kitobi bo&#8217;lishi mumkin. Maqsadiga ko&#8217;ra, rasmiy, ilmiy, ilmiy- ommabop, o&#8217;quv, adabiy-badiiy, ma&#8217;lu- motnoma va b. xil K.larga bo&#8217;linadi. Ilmiy K.lar ichida monografiya keng tarqalgan. O&#8217;quv K.lari darslik, o&#8217;quv qo&#8217;llanmasi, o&#8217;quv metodik qo&#8217;llanma va b. turlarga ajratiladi. Ma&#8217;lumotnomalar esa lug&#8217;at, entsiklopediya, kalendar, yo&#8217;l ko&#8217;rsatkichlar qabilarga bo&#8217;linadi. Ad.: Kasprjak E.I., Istoriya knigi, M., 1964; Sidorov A.A., Kniga i jizn, M., 1972; Lyublinskiy B.C., Kniga v istorii chelovecheskogo obtshestva, M., 1972; Rustamov M., O&#8217;zbek kitobi, T., 1968; Murodov A., O&#8217;rta Osiyo xattotlik san&#8217;a-titarixidan, T., 1971;3iganshina N. A., Musavvir va kitob, T., 1987. Murodjon Aminov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kitob \u2014axborotlarni, g&#8217;oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik ka- rashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targ&#8217;iboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tav- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kitob\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122967","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122967","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122967"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122967\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122983,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122967\/revisions\/122983"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122967"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122967"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122967"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}