{"id":122979,"date":"2024-05-12T19:30:31","date_gmt":"2024-05-12T16:30:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122979"},"modified":"2024-05-12T19:30:35","modified_gmt":"2024-05-12T16:30:35","slug":"kipr-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kipr-3\/","title":{"rendered":"Kipr"},"content":{"rendered":"\n<p>Kipr (grekcha Kypros, turkcha Kibris), Kipr Respublikasi (grekcha \u2014 Kypriaki Dimokratia, turkcha \u2014 Kibris Gumhuriyeti) \u2014 G&#8217;arbiy Osiyoda, O&#8217;rta dengizning Sharqiy qismidagi Kipr o.da joylashgan davlat. Mayd. 9251 km2. Aholisi 762,8 ming kishi (2001). Poytaxti \u2014 Nikosiya sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 6 okrug (district) ra bo&#8217;linadi. Davlat to&#8217;zumi. K. \u2014 Respubli- ka. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlikka kiradi. Amaldagi kon- stitusiyasi 1960 y.da qabul qilingan va keyinchalik to&#8217;zatish xamda qo&#8217;shimchalar kiritilgan. Davlat boshlig&#8217;i president (1993 y.dan Glafkos Kliridis). Prezi- dent kiprlik grek jamoasi, vise-Pre- zident kiprlik turk jamoasi tomonidan to&#8217;g&#8217;ri saylov yo&#8217;li b-n 5 y.ga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Vakillar Pa- latasi (grek va turk jamoalari vakilla- ridan iborat bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va VI- Tse-prezident boshkaradi hamda hukumat (Vazirlar Kengashi)ni tayinlaydi. Pre- zident hukumatga boshchilik qiladi. Tabiati. Qir va tog&#8217;ko&#8217;p, sharqi pasttekislik. Shim. qirgoklari tik va serqoya. Shim. sohili bo&#8217;ylab Kireniya (1023 m gacha) va Karpas tizmalari (364 m gacha) joylashgan. K. hududining marka- ziy va Jan. qismida Troodos tog&#8217;massivi bor (eng baland joyi 1951 m). Shim. Va Jan.dagi tizmalarni keng Mesaoriya te- kisligi (bal. 200 m gacha) ajratib turadi. Qazilma boyliklardan xromit, temir va mis rudalari, asbest va b. bor. Iqlimi subtropik O&#8217;rta dengiz iqlimi. Yozi issiq (25-35\u00b0), qishi yumshoq (10-15\u00b0), seryog&#8217;in. Yillik yog&#8217;in tekislikda 300\u2014 500 mm, tog&#8217;larda 1000-1300 mm. Tog&#8217; etaklari va tekisliklarda doim yashil butazorlar, Kireniya va Karpas tizmala- rining ohaktoshli Jan. yon bag&#8217;irlarida dasht o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. K. hududining 18% o&#8217;rmon: dub, sarv, Halab qarag&#8217;ayi, tog&#8217;vodiylarida yulg&#8217;un, sambit o&#8217;sadi. Ilon, to&#8217;ng&#8217;iz, kaltakesak, buqalamun, kalxat, burgut va b. bor. Aholisining 78% kiprlik greklar, 18% kiprlik turklar. Inglizlar, ara- blar, armanlar, italyanlar ham yashaydi. Grek va turk tillari \u2014 rasmiy. GRE- klar pravoslav, turklar Islom diniga e&#8217;tiqod qiladi. Shahar aholisi 68%. Tarixi. K. hududida odam neolit dav- ridan yashaydi. Mil. AV. 15-11-a.larda K.ni axeylar, 9-a.da finikiylar, 8-a. oxirida ossuriylar, 6-a.da axomaniy- lar bosib oldi, 333-323 y.larda ma- kedoniyalik Aleksandr, 294-58 y.larda Ptolemeylar davlati, 58 y.dan Rim im- periyasi qo&#8217;l ostida bo&#8217;ldi. Rim imperi- yasi qulagach (mil. 395 y.), K. Vizantiya tarkibiga o&#8217;tdi. 648 y. Orolni arablar, 1191 y. salibchilar eg&#8217;alladi. 1489-1571 y.larda Venesiya, 1571 y.dan Usmonli turk davlatiga karam bo&#8217;ldi. 19-a.da kiprlik greklarning K.ni GRE- tsiyaga qo&#8217;shish harakati paydo bo&#8217;ldi. 1878 y. K.ni Buyuk Britaniya bosib oldi. 1925 y. K. Angliya mustamlakasi maqomini oldi. 1931 y. ingliz hukmronligiga qarshi stixiyali qo&#8217;zg&#8217;olon boshlandi, Le- kin uni mustamlakachilar shafqatsizlik b-n bostirdi. 2-jahon urushi yillari (1939-45) 20 mingdan ortiq kiprlik ingliz qo&#8217;shinlari safida Germaniyaga qarshi urushda qatnashdi. Urushdan keyin K.da milliy ozodlik harakati avj ol- gach, Buyuk Britaniya yon berishga majbur bo&#8217;ldi. 1960 y. 16 avg.da K. mustaqil re- spublika deb e&#8217;lon qilindi. Makarios III prezident, F. Kichik vise-prezident etib saylandi. K.dagi grek va turk jamoalari o&#8217;rtasidagi kelishuvga ko&#8217;ra, mamla- kat Prezidenta kiprlik greklardan va vise-prezidenti kiprlik turklardan saylanar edi. Biroq 1963 y.da kiprlik greklar b-n kiprlik turklar o&#8217;rtasidagi munosabat keskinlashib, natijada ik- kala jamoaning birgalikdagi faoliyati to&#8217;xtadi. 1965 y.da grek jamoa palatasi bekor qilindi. 1967 y. dek.da kiprlik turklar &#171;muvaqqat turk ma&#8217;muriyati&#187;ni to&#8217;zdilar. 1983 y.da &#171;shim. K. turk re- spublikasi&#187; e&#8217;lon qilindi, ammo shim. K. turk Respublikasi K. Respublikasi hukumati tomonidan tan olinmagan. 1964 y. martdan buyon bu erda BMT qo&#8217;shinlari turibdi. Xalqaro hamjamiyat vositachi- ligida K. muammosini bartaraf etish yuzasidan jamoalar o&#8217;rtasida mo&#8217;zoqa- ralar o&#8217;tkazilyapti. K. 1960 y.dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR b-n diplomatiya munosa- batlarini 2001 y.da o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 1 okt. \u2014 Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Demokratik partiya (shu nomdagi greklar partiyasi 1976 y.da, turklar partiyasi 1992 y. da tuzilgan); demokra- tik yig&#8217;in, 1976 y.da asos solingan; so- tsial-demokratlar harakati, 2000 y.da Yagona markaz demokratik Ittifoqi aso- sida tuzilgan; Liberal partiya, 1986 y.da barpo etilgan; Birlashgan demokratlar, 1996 y.da tuzilgan; Milliy birlik par- tiyasi, 1975 y.da turk jamoasi asos sol &#8212; gan; ijtimoiy ozodlik partiyasi, 1976 y.da turk jamoasi to&#8217;zgan; K. mehnatkash xalq ilg&#8217;or partiyasi (Akel), 1926 y.dan 1941 y.gacha faoliyat ko&#8217;rsatgan K. kommu- nistik partiyasining vorisi sifatida 1941 y.da tuzilgan; respublikachi turk partiyasi, 1970 y.da asos solingan. Ka- saba uyushma birlashmalari: Umumkipr mehnat federasiyasi, 1946 y.da tuzilgan; K. mehnatkashlar konfederasiyasi, 1944 y. da tuzilgan; K. turk kasaba uyushma Fe- derasiyasi (Turksen), 1954 y.da asos so- lingan; K. inqilobiy kasaba uyushmalari federasiyasi (devish), 1976 y.da tuzil- gan. Xo&#8217;jaligi. K. \u2014 agrar-industrial mamlakat. Iqtisodiyotda xizmat ko&#8217;rsatish sohasining salmog&#8217;i katta. Yalpi ichki mahsulotda bu sohaning ulushi 47%, q. x. ulushi 8%, sanoatning ulushi 20%. Mamlakat maydonining 65% ishlanadi, shundan 12% sug&#8217;oriladi. Asosiy ekinla- ri \u2014 bug&#8217;doy, arpa, suli, kartoshka, DUK- kakli va poliz ekinlari. O&#8217;zum, bodom, yong&#8217;oq, tsitrus, zaytun, paxta, tamaki, sab- zavot ham etishtiriladi. Tog&#8217;larda qo&#8217;y, echki, cho&#8217;chqa, qoramol boqiladi. Pilla- chilik rivojlangan, sohillarda baliq, suv jonivorlari ovlanadi. Mahalliy ma&#8217;dan zahiralari asosida konchilik sa- noati mavjud. Asosan, eksport uchun mis, temir, xrom rudalari, marmar, asbest, gips qazib olinadi. Ishlab chiqaruvchi sanoat kichik-kichik to&#8217;qimachilik, ti- kuvchilik, ko&#8217;n-poyabzal, vinochilik, yog&#8217;, tamaki, konserva va b. korxonalar- dan iborat. Tsement ishlab chiqariladi. Larnaka sh.da chetdan keltirilgan neft asosida ishlovchi neft mahsulotlari z-Di bor. 1 y.da o&#8217;rtacha 2,1 mlrd. kVt- soat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (temirchilik, kulolchi- lik) rivojlangan. Chet el sayyohligi tez sur&#8217;atda ri- vojlanib, xorijiy valyuta tushumining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. K.da ishlab turgan 17 mingdan ko&#8217;proq offshor kompaniya yiliga o&#8217;rtacha 200 mln. dollar daromad keltiradi. Asosiy transport turi \u2014 avtomobil. Avtomo- bil yo&#8217;llari o&#8217;z. \u2014 10,2 ming km dan ortiq, shundan 4,2 ming km ga yaqini as- faltlangan. Dengiz floti rivojlangan. Asosiy dengiz portlari \u2014 Famagusta, Limasol. Xalqaro aeroportlari \u2014 ni- kosiya, Larnakada. Chetga, asosan, ma&#8217;- danli xom ashyo, tsitrus mevalar, o&#8217;zum mahsulotlari, kartoshka, tayyor kiyim va b. chiqaradi, chetdan mashina va asbob- uskuna, oziq-ovqat, kimyoviy moddalar, neft mahsulotlari oladi. Savdo-sotik- dagi mijozlari: Evropa Ittifoqi dav- latlari va Arab mamlakatlari. Pul bir- ligi \u2014 Kipr funti. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. Mamlakatda grekcha va turkcha ta&#8217;lim tizimlari mavjud. Grekcha tizim: 6-14 yoshdagi bolalar uchun ta&#8217;- lim majburiy, bepul. Boshlang&#8217;ich MAK- tabda o&#8217;qish muddati 6 y., o&#8217;rta maktabda ham 6 y. Oliy ta&#8217;lim chet elda, asosan, Gresiyada olinadi. Bir qancha o&#8217;quv yurt- lari \u2014 ped. akademiyasi, texnika in-ti, o&#8217;rmon-texnika inti va b. to&#8217;liq oliy ma&#8217;lumot bermaydi. Turkcha tizim: 6-15 yoshdagi bolalar uchun ta&#8217;lim majburiy, bepul, boshlang&#8217;ich maktabda o&#8217;qish mudda- ti 6 y., o&#8217;rta maktabda ham 6 y. Ped. kol- leji bor. Nikosiyada K. ilmiy tadqiqot markazi (1967 y.dan), K.ni o&#8217;rganish ja- miyati (1936 y.dan), K. geogr. Jamiyati (1968 y.dan) va b. ishlaydi. Nikosiyada Faneromeni ommaviy kutubxonasi, ma- Orif vazirligining kutubxonasi, FA- magusta sh.da ommaviy kutubxona, shu- ningdek, K. muzeyi, Tarix muzeyi, Xalq san&#8217;ati va lapidariy muzeyi, Larnaka, Limasol, Famagusta sh.larida muzeylar bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. K.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: &#171;Agon&#187; (&#171;Ko&#8217;rash&#187;, grektilidagi kundalik gaz., 1964 y.dan), &#171;Alitiya&#187; (&#171;haqiqat&#187;, grek tilidagi kundalik gaz., 1951 y.dan), &#171;Birlik&#187; (turk tilidagi kundalik gaz., 1980 y.dan), &#171;Filelefteros&#187; (&#171;Libe- ral&#187;, grek tilidagi kundalik gaz., 1956 y.dan), &#171;xalqin sesi&#187; (&#171;Xalq ovo-zi&#187;, turk tilidagi kundalik gaz., 1941 y.dan), &#171;Xaravgi&#187; (&#171;tong&#187;, grek tilidagi kundalik gaz., 1956 y.dan), &#171;neos Dimo- kratis&#187; (&#171;yangi demokrat&#187;, grek tilida- gi jur.). K. axborot agentligi 1976 y.da tashkil etilgan. K. radioeshittirish kor- porasiyasi hukumat radio va televidenie tijorat xizmati bo&#8217;lib, 1953 y. tashkil etilgan. Radioeshittirish 1953 y.dan, teleko&#8217;rsatuv 1957 y.dan olib boriladi. Adabiyoti grek va turk tillarida. Grek tilidagi K. adabiyoti grek ada- biyoti b-n o&#8217;zviy bog&#8217;liq holda taraqqiy etgan. Stasinning &#171;Kipr dostonlari&#187; (mil.AV. 6-ming yillik), Afroditani sha- raflovchi &#171;Gomer madhiyalari&#187; K. adabiyo- tining ilk namunalaridir. 8-10-a.lar- da shakllangan K. shevasidagi &#171;Digenis Akrit&#187; eposi (12-13-a.lar), &#171;ishqiy lirika&#187; (14\u2014 15-a.lar) va b. folklore asarlari yozib olingan. Yozma adabiyot 19- a. oxiri \u2014 20-a. boshlaridan rivojlana boshladi. V. Mixailidis she&#8217;rlarida xalqning ingliz mustamlakachilariga qarshi ko&#8217;rashi aks etdi. 20-a. boshlarida yozuvchilar N. va M. Nikoladislar, shoir- lardan T. Pieridis, T. Antias va b.ning asarlarida o&#8217;tkir ijtimoiy muammolar aks etdi. 1960 y.da mustaqillikka eri- shilgach, K. yozuvchilari yosh davlatning eng dolzarb muammolarini yoritdi. 1968 y.dan keyin yozuvchi y. Filippu-Pieri- dis va shoir A. Piliotis adabiyotda etak- chi rol o&#8217;ynadi. P. Lyasidis K. shevasida xalq she&#8217;riyati an&#8217;analarini davom et- tirdi. Turk tilidagi K. adabiyotida, aso- san, she&#8217;riyat rivojlandi. Kenzi va Su- kuti Ismoil og&#8217;a, Hasan xilmi Afandi, Myuftyu Roji va b. 19-a.ning taniqli shoirlaridir. Nozif Sulay- mon Ebe o&#8217;g&#8217;li, Urkie Mine, Mahmud Levent va b. taraqqiyparvar yozuvchilar hisoblanadi. Dramaturgiya F. Korkut, Yu. Ulutug va b. ijodida rivojlandi. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. K.ni mo&#8217;zey Orol deb ataydilar. Hoz. K. hududida ilk neolit (Xirokitiya manzilgohidagi doirasimon turar joy- lar) va jez (turli rasmlar solingan sopol idishlar, tosh butlar, jez buyum- lar va h.k.) davrlariga oid yodgorliklar topilgan. Mil. AV. 3-ming yillikning 2-yarmidan idishlarni odam, hayvon, o&#8217;simliklar surati va b. b-n bezashda oq, qizil, qora ranglardan foydalanila boshlandi. So&#8217;nggi jez davridan (mil.AV. 1400-1050 y.) shaharlarning qoldiqlari, go&#8217;zal rasmlar solingan keng og&#8217;izli ko&#8217;zalar, zargarlik buyumlari, fil Su- yagiga ishlangan bo&#8217;rtma naqshlar va b. saqlangan. Mil. AV. 4-a. \u2014 mil. 4-a.lar- da me&#8217;morlik va tasviriy san&#8217;at mumtoz yunon va ellin san&#8217;ati, keyinchalik Rim san&#8217;ati ta&#8217;sirida rivojlandi. Qushlar, Nilufar guli tasvirlangan idishlar shu davrga mansub. 13-15-a. cherkovlari go- tika uslubida qurildi. 1960-y.lardan me&#8217;morlik, rassomlik, grafika tez ri- vojlana boshladi. Xalq san&#8217;atida yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, kulollik, kandakorlik (ku- mushdan zarb qilish), to&#8217;r to&#8217;qish va kash- tachilik rivojlangan. Musiqasi qad. Vizantiya imperiya- si chegaralarini himoya qilgan jangchi- lar haqidagi qo&#8217;shiqlar, frantsuz, turk va ingliz hukmronligi davrida paydo bo&#8217;lgan, ozodlikni madh etuvchi lirik qo&#8217;shiklar hanuzgacha saqlangan. K.da grek va turk qo&#8217;shiqlari, cholg&#8217;u asboblari keng tarqalgan. 20-a. boshlarida professional musiqa madaniyati paydo bo&#8217;la boshladi. Solomon va Yangos Mixailidislar K.da dastlabki va mashhur kompozitorlardir. S. Mixailidis Limasolda konservato- riyaga (1934), K.da birinchi sim-fonik orkestrga (1938) va Nikosiyada kontsert jamiyatiga asos soldi. U sim-fonik, kamer asarlar yaratdi. Ya. Mixailidis ko&#8217;plab ommaviy qo&#8217;shiqlar, simfonik asarlar va b. yaratgan. Zamonaviy kompo- zitorlardan A. Limburidis, G. Kosonis, S. Violaris, K. Kosteaslarni ko&#8217;rsatish mumkin. K.da 4 konservatoriya, bir qancha shaharlarda musiqa bilim yurtlari, havaskor xor jamoalari, ashula va raqs ansambllari bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kipr (grekcha Kypros, turkcha Kibris), Kipr Respublikasi (grekcha \u2014 Kypriaki Dimokratia, turkcha \u2014 Kibris Gumhuriyeti) \u2014 G&#8217;arbiy Osiyoda, O&#8217;rta dengizning Sharqiy qismidagi Kipr o.da joylashgan davlat. Mayd. 9251 km2. Aholisi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kipr-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122979","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122979","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122979"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122979\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122997,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122979\/revisions\/122997"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122979"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122979"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122979"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}