{"id":122989,"date":"2024-05-12T19:30:37","date_gmt":"2024-05-12T16:30:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122989"},"modified":"2024-05-12T19:30:43","modified_gmt":"2024-05-12T16:30:43","slug":"kino-sanati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kino-sanati\/","title":{"rendered":"Kino san&#8217;ati"},"content":{"rendered":"\n<p>Kino san&#8217;ati \u2014 kinematogra- fiya ning texnik vositalar asosida shak- llangan badiiy ijod turi; ekran san&#8217;- atining muhim tarkibiy qismi; Real borliqni aynan yoki badiiy-hujjatli obrazlar, multiplikasiya vositalari yordamida suratga olish; kinofilmlar- ning omma orasida keng tarqalishi uchun xizmat qiladigan televidenie, video- kasseta va videodisklarni xam o&#8217;z ichiga oladi. K.s. kinematograf b-n bir vaqtda paydo bo&#8217;ldi. Kinematograf esa fan va texnika taraqqiyoti b-n bog&#8217;liq holda yuzaga keldi va asta-sekin zamonaviy iqtisod, san&#8217;at va madaniyatning eng za- rur sohasiga aylandi. Kino 1895 y. 28 dek.da Parijda (IX- tirochilar aka-uka o. va L. Lyumerlar) yuzaga kelgan. Uning yuzaga kelishi, o&#8217;z na- vbatida, insoniyatning badiiy madaniya- ti tarixida ob&#8217;ektiv qonuniyat bosqichi bo&#8217;ldi. K. eda adabiyot, teatr, tasviriy san&#8217;at va musiqa tajribalari, uning estetik jihatlari uyg&#8217;unlashtirilib, o&#8217;ziga singdirilgan holda voqelik o&#8217;ziga xos ifoda vositalarida fotog&#8217;rafik tasvir orqali ko&#8217;rsatiladi. K.s.ning ommani ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan tarbiyalashda, kishilar ongi, fikr va qarashlari, estetik did va his- tuyg&#8217;ulari, umuman, ma&#8217;naviy dunyosi- ning shakllanishida g&#8217;oyaviy-badiiy ta&#8217;- siri kuchlidir. K.s.ning qaror topishida Amerika kinorejissyori D. Griffitnit xizmatlari katta. Birinchi bo&#8217;lib, u Yi- rik plan, parallel montaj, kengaytiril- gan panorama kabi ifodali vositalarni qo&#8217;llagan. Shuningdek, S. Eyzenshteyn, Ch. Chaplin, E. Shtrogeym, K.Dreyer, K. VI- dor, R. Kler qabilar ham jahon kinosi rivojiga munosib hissa qo&#8217;shdilar. 20-a.ning 1-yarmida K.s.ning janr ti- zimidan ko&#8217;proq komediya xarakteridagi sarguzasht hamda qo&#8217;rqinchli filmlar o&#8217;rin oldi. 20-y.lardan kinoda turli uslubiy izlanishlar bo&#8217;ldi. Mas, &#171;eks- pressionizm&#187;, &#171;poetik kino&#187;, &#171;maxfiy kino&#187; harakati, &#171;ochiq kino&#187; va b. Keyinroq turli mavzular qatori kinohikoyalarga alohida e&#8217;tibor beril- Di. Ko&#8217;proq ma&#8217;lum bir tarixni hikoya qiluvchi filmlar ko&#8217;paydi. Urushdan keyingi yillar rivojlangan mamla &#8212; katlarning ilg&#8217;or kinematografchilari ishlagan filmlar, ayniqsa, Italiya ne- orealizmi ekran san&#8217;atining asosini tashkil etdi. 50-y.larning oxirlari K.s.da kino va televideniening o&#8217;zaro bir-biriga ta&#8217;siri, bir necha soat davom etadigan filmlar ishlash kabi muhim o&#8217;zgarishlar yuz berdi. Ayni bir vaqtda K.s. b-n bog&#8217;liq teleekran ijodi paydo bo&#8217;ldi va rivoj topdi. Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi kabi ko&#8217;pgina mamlakatlarda yangi kinemato- grafiyaning paydo bo&#8217;lishi, bir qator G&#8217;arb davlatlarida o&#8217;ziga xos kinemato- grafik maktablarning rivojlanishi kino mahsulotlarining xilma-xilli- gini ta&#8217;minladi. K.s. janr va uslub jihatdan boyidi. Ekran ijodida poli- foniyaning turli shakllari qo&#8217;llanila boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda eski janrlarning o&#8217;ziga xos qayta uyg&#8217;onish davri boshlandi. Birinchi navbatda, melodrama hamda kinematografik ba- yonda an&#8217;anaviy shakllarning jonlani- shi ko&#8217;zga tashlandi. Ayni vaqtda yangi televizion tizim (kabelli televide- Nie), er yo&#8217;ldoshi orqali o&#8217;zatiladigan ko&#8217;rsatuvlar, videomagnitofon, VI- deokasseta, videodisklarning keng tarqalishi natijasida K.s.ning rivoj- lanishi murakkablashdi. K.s. asarlari yozuvchi-dramaturg, rej., aktyor, operator, rassom, kompozitor kabi ijodiy xodimlardan iborat ja- moa mahsulidir. Kinoda rej. Etakchi rol o&#8217;ynaydi. Film yaratish 2 tomon- ni \u2014 ijod va i.ch.ni o&#8217;z ichiga oladi. Kino i.ch.ning markazi \u2014 kinostudiya. Tayyor filmlar kinoprokat orqali tarqatiladi va ular kinoteatr, televi- denieda ko&#8217;rsatiladi. Ekran san&#8217;atining o&#8217;ziga xos ifoda vositalari bor: umumiy, o&#8217;rta va yirik planda suratga olish, turli rakurslarda kameralar harakati, epizod va kadrlar montajining turli shaklla- ri va b. K.s.ning 4 asosiy turi mavjud: badiiy film, ilmiy-ommaviy kino, hujjatli kino va multiplikasion kino. Shulardan badiiy film K.s.ning asosiy turlaridan bo&#8217;lib, maxsus yozil- gan stsenariy yoki qayta ishlangan badi- iy adabiyot (hujjatli yoki badiiy proza, teatr dramaturgiyasi va b.) asosida ijod- ning ijroviy vositalari yordamida Real yoki to&#8217;qima voqealarning bayon etilishi; ilmiy-ommaviy kino tomoshabinlarni tabiat va jamiyat hayoti, ilmiy kashfiyot va ixtirolar b-n tanishtiradi. K.s.ning yana bir muqim turi \u2014 multiplikasion kino. Eng keng tarqalgan shakllari rasm- li va qo&#8217;g&#8217;irchokli filmlardir. Rassom chizgan rasmlar yoki maketlar, shuning- dek, qo&#8217;g&#8217;irchoqlar harakatlantirilib ki- notasmaga tushiriladi. Hujjatli kino \u2014 bo&#8217;lgan voqea va harakatlarni tasmaga tushiradi. K.s.ning komediya, tarixiy, dramatik va sarguzasht filmlar kabi janrlari mavjud. O&#8217;zbekistonda birinchi film 1897 y. &#171;Eski jo&#8217;va&#187; maydonida ko&#8217;rsatilgan. 1908 y.dan Toshkent, Samarqand, Qo&#8217;qon va b. shaharlarda chet el filmlari namoy- ish etilgan. O&#8217;rta Osiyoda ko&#8217;rsatilgan kinolentalar, asosan, Amerika, Fran- tsiyaning Sharq ekzotikasi tasvirlan- gan filmlaridan iborat bo&#8217;lgan. O&#8217;zbek milliy K.s. 20-a.ning 20-y.larida Vu- judga keldi. Birinchi o&#8217;zbek kinoopera- tori Xudoybergan Devonov o&#8217;zining ilk hujjatli-xronikal filmlarida o&#8217;zbek xalqining hayotini, urf-odatlarini, xo- razm manzaralarini aks ettirishga in- tilgan. 1924 y. rus-Buxoro shirkati &#171;Buxki- no&#187;, 1925 y. Toshkentda &#171;Sharq yuldo&#8217;zi&#187; (1936 y.dan &#171;O&#8217;zbekfilm&#187;) kinofa- brikasining tashkil bo&#8217;lishi o&#8217;zbek K.s. rivojini boshlab berdi. Lekin mil- liy kadrlarning etishmasligi natija- sida studiyani tashkil etishga urinish va &#171;Buxkino&#187; shirkati qoshida munta- zam suratga olishni tashkillashtirish muvaffaqiyatsiz bo&#8217;ldi. Toshkent Studi- yasiga hali kino sohasida yaxshi tanil- magan rus kino arboblarining kelishi, ularning kasbiy saviyasining pastligi haqiqiy milliy mazmundagi kinolar yaratishga yo&#8217;l qo&#8217;ymasdi. Ular yaratgan filmlar faqat ekzotik va tashviqiy xarakterda bo&#8217;lib, o&#8217;zbeklar hayoti bo&#8217;zib ko&#8217;rsatilardi, o&#8217;zbek ayollari rolini rus aktrisalari o&#8217;ynashi natijasida qahramonning ichki dunyosi, uning psi- xologik kechinmalari ochib berilmasdi [mas, &#171;o&#8217;lim minorasi&#187; (rej. V. Viskov- skiy), &#171;musulmon qiz&#187; (D. Bassaligo), &#171;Ikkinchi xotin&#187; (M. Doronin) va b.]. Kino ishlatshda milliy proza va drama- turgiyadan foydalanishdan bosh tortish, o&#8217;zbek hayotini bilmaydigan rus muta- xassislarning o&#8217;zlari yozgan stsenariy- lari asosida film yaratishi milliy kino uchun juda katta yo&#8217;qotish bo&#8217;ldi, o&#8217;zoq yillargacha o&#8217;z shakl-shamoyiliga ega bo&#8217;lolmadi, uning &#171;o&#8217;zbek milliy kinosi&#187; sifatida shakllanishiga o&#8217;tib bo&#8217;lmas to&#8217;siq bo&#8217;ldi. Ovozsiz filmlarda berilgan maz- Mun tomoshabinga ko&#8217;proq Evropa muta- xassislari nuqtai nazarini ifodaladi, chunki milliy an&#8217;analarni bilishdan yiroq mualliflarning asarlari shu ruxda yaratilgan edi. 20-y.lar yaratilgan &#171;Soyabon arava&#187; (o. Frelix), &#171;Ravot qashqirlari&#187; (K. Gertel), &#171;Makrli Chan- gal&#187; (V. Kozlov), &#171;Chodira&#187; (M. Averbax) kabi filmlar shular jumlasidan. Ovozli kinoning yuzaga kelishi o&#8217;zbek K.s.ning ham badiiy qiymatini oshirdi. Birinchi o&#8217;zbek ovozli filmi &#171;qasam&#187; (1937, rej. A. Usoltsev-graf)da mil- liy aktyorlik madaniyati, o&#8217;zbek hayoti va psixologiyasi mufassal aks etdi, ij- timoiy qarama-qarshiliklar asosiga qurilgan dramaturgiya namoyon bo&#8217;ldi. Chunki barcha bosh rollarni o&#8217;zbek aktyor- lari o&#8217;ynagan edi. Lekin baribir asar ovozsiz kino davridagi eski kino mada- niyati qoldig&#8217;utridan xoli bo&#8217;lolmagani sababli o&#8217;tmish va bugungi kun o&#8217;rtasida arosatda bo&#8217;lib qoldi. Shu sababli, o&#8217;sha davrda yaratilgan Gro&#8217;ziya, Ozarbayjon filmlari kabi eng yaxshi filmlar da- rajasiga ko&#8217;tarila olmadi. O&#8217;zbek kinosining muboshiri bo&#8217;lgan &#171;Nasriddin Buxoroda&#187; (1943, rej. Ya. Protazanov) filmi xalq mavzusining haqiqiy imkoniyatlarini ochib berdi, tasviriy vositalar qatorini qanday chi- royli va ifodali qurish mumkinligini ko&#8217;rsatdi, yuqori darajadagi ijro uslu- bini o&#8217;rgatdi. &#171;Tohir va Zuhra&#187; (1945, rej. N. G&#8217;aniev) filmi xalq ertaklari asosida yaratiladigan filmlar chegara- sini &#171;bo&#8217;zib&#187; o&#8217;tgan holda tarixiy filmlar yaratishga asos soldi, milliy ruhdagi ifodali o&#8217;yin imkoniyatlari- ning naqadar kengligini his etishga im- kon berdi. Keyinroq yaratilgan &#171;Alisher Navoiy&#187; (1947, rej. K. Yormatov) fil- Mining yaratilishiga &#171;Tohir va Zuxra&#187; kinosi muhim poydevor bo&#8217;lib xizmat qildi. Shuningdek, &#171;boy ila xizmatchi&#187;, &#171;Qutlug&#8217;qon&#187; (1953, 1957, rej. L. Fayzi- eV), &#171;shohi so&#8217;zana&#187; (1954, A. Beknazarov) kabi badiiy asarlar ekranlashtirildi. O&#8217;zbek kinosida yoshlarda zamon tala- blariga yangicha qarash shakllandi, eski qolip va taxminlardan o&#8217;zoqlashdilar, dunyoga shoirona nazar tashlash imko- niyatlari namoyon bo&#8217;ldi. Shu b-n birga hayot faqat sevish, xursandchilik qilish, qahvaxonalarda raqsga tushish, chi- royli kiyinishdan iborat deb bilgan shaharlik yigit va qizlar uchun tarbiya- viy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan filmlar ham o&#8217;zbek ekran san&#8217;atiga yangi bir sahifa bo&#8217;lib kirib keldi. Bu, ayniqsa, rej. E. Eshmuhamedov ijodida [&#171;nafosat&#187; (1966), &#171;Sevishganlar&#187; (1969) va b.] yaqqol ko&#8217;zga tashlandi. &#171;Maftuningman&#187; (1958, y. A&#8217;zamov), &#171;mahallada duv-duv ran&#187;, &#171;Sen etim emassan&#187;, &#171;Qalbingda quyosh&#187;, &#171;Toshkent \u2014 non shahri&#187; (1960, 1962, 1966, 1967, rej. Sh. Abbo-sov), &#171;Sinchalak&#187;, &#171;Ulug&#8217;bek yuldo&#8217;zi&#187;, &#171;na- tashaxonim&#187; (1961, 1965, 1966, rej. L. Fayziev), &#171;o&#8217;tgan kunlar&#187; (1969, rej. Y. A&#8217;zamov)va b. filmlar shular jumlasi- dan. Milliy kino ijodkorlarining tash- kiliy va ijodiy ishlar, to&#8217;plangan taj- ribalarni yangicha ko&#8217;z b-n ko&#8217;rib chiqishi, ekran san&#8217;atiga talabchanlikni oshiri- shi natijasi o&#8217;laroq tarixiy-inqilobiy filmlar (&#171;qora konsulning halokati&#187;, rej. K. Yormatov; &#171;ettinchi o&#8217;q&#187;, A. Hamroev va b.) b-n bir qatorda zamona- viy mavzuda ham bir qancha filmlar ishlandi: &#171;shiddat&#187; (rej. U. Nazarov), &#171;Yoz yomg&#8217;iri&#187; (A. Qobulov), &#171;falokat oyoq ostida&#187; (3. So-Bitov), &#171;Sevgi fojiasi&#187; (TSh. Abbosov), &#171;alangali so&#8217;qmoqlar&#187; (Y. A&#8217;zamov), &#171;seni kutamiz, yigit&#187; (R. Botirov),&#187;achchiq danak&#187;, &#171;o&#8217;zganing Bax- ti&#187; (q. Kamolova), &#171;inson qushlar orti- dan boradi&#187; (A. Hamroev, Dehli xalqaro kinofestivalida &#171;kumush tovus&#187; muko- fotini olgan, 1976), &#171;Chinor ostidagi duel&#187; (M. Abzalov) va b. Shuningdek, buyuk allomalar hayoti haqida so&#8217;zlovchi &#171;Nodirabegim&#187; (rej. K. Yormatov), &#171;Abu Rayhon Beruniy&#187;, &#171;olovli yo&#8217;llar&#187; (Sh. Abbosov) hamda &#171;zulmatni tark etib&#8230;\u00bb (Y. A&#8217;zamov), &#171;Shum bola&#187; (D. Salimov) va b. O&#8217;zbek kinosi izlanishlarni ken- gaytirishga, jamiyatda sodir bo&#8217;layotgan ijtimoiy jarayonlarni yanada chuqur va yorqin ifodalovchi kinolentalar yaratish- ga intildi. Ekran son va sifat jihatdan yana bir pog&#8217;ona ko&#8217;tarildi, janrlar esa shakl va mazmun jihatdan kuchaydi, ular- ning xilma-xilligi oshdi, qolipga tu- shib qolgan odatiy mazmunlardan qochish sezildi. &#171;Alibobo va qirq qaroqchi&#187; (rej. L. Fayziev, U. Mehra), &#171;mana o&#8217;sha yigit qaytib keldi&#187; (R. Botirov), &#171;Oltin jun- li qo&#8217;y terisi&#187;, &#171;Uygonish&#187; (L. Fayzi- eV), &#171;bo&#8217;ysunmas&#187; (A. Qobulov), &#171;Qiyomat qarz&#187; (u. Nazarov), &#171;dahoning yoshligi&#187;, &#171;Karaxtlik&#187; (E. Eshmuhamedov), &#171;Pa- rol &#171;Regina&#187; mehmonxonasi&#187; (y. A&#8217;za- mov), &#171;Armon&#187;, &#171;Suyunchi&#187;, &#171;Kelinlar qo&#8217;zg&#8217;oloni&#187;, &#171;Maysaraning ishi&#187; (M. AB- Zalov), &#171;orzular og&#8217;ushida&#187; (F. Zaynut- dinov) va b. filmlar estetik sifatini ustunligi va yangi-yangi shakllari b-n AJ- ralib turadi. Keyingi 10 yillikda milliy K.s. rivojida keskin burilish davri bo&#8217;ldi. Qiziqarli filmlar yaratgan M. Abza- lov, 3. Musoqov, Yu. Sobitov kabi rej. larning filmlari zamon muammolari, yoshlar hayotining eng og&#8217;riq jabhalariga qaratildi, uslublar xilma-xilligi ta&#8217;- minlandi. &#171;Tongga qadar&#187; (yu. Azimov), &#171;AJ- dodlar ovozi&#187; (F. Shermuhamedov), &#171;Ket- ma&#187; (J. Ishoqov, R. Sa&#8217;dullaev), &#171;Sevgi qurbonlari&#187; (A. Ismoilov) kabi fil- mlar e&#8217;tiborga molikdir. 1996 y. mil- liy kino uchun yangi muhim sana nuqtasi bo&#8217;ldi. Vazirlar Mahkamasining 1996 y. 12 iyul 247-qaroriga asosan, &#171;O&#8217;zbekkino&#187; davlat aktsionerlik kom- paniyasi tashkil bo&#8217;ldi. Farmon o&#8217;zbek kinosini yangi izlanishlar, zamon b-n hamnafas bo&#8217;lish vazifalariga unda- Di, tomoshabinni jalb qila bilish yo&#8217;llarini topishga, o&#8217;z-o&#8217;zini pul b-n ta&#8217;minlash, yangi texnik jihozlar b-n qurollanishga majbur etdi. Farmon na- tijasi o&#8217;laroq, &#171;Kenja qiz&#187; (R. Kubae- va), &#171;atrof oppoq qor b-n qoplangan&#187; (Q. Kamolova), &#171;Yuldo&#8217;zimni ber osmon&#187; (F. Davletshin), &#171;Buyuk Sohibqiron&#187; (I. Ergashev, B. Sodiqov), &#171;Otamdan qolgan dalalar&#187; (Sh. Abbosov), &#171;Marg&#8217;iyona&#187; (H. Fayziev), &#171;o&#8217;tgan kunlar&#187; (M. Abza- lov, H. Fayziev), &#171;Piyoda&#187; (R. Malikov), &#171;Yaratganga shukur&#187; (3. Musoqov), &#171;Sev- gi&#187; (I. Ergashev), &#171;yolg&#8217;iz yodgorim&#187; (S. Nazarmuhamedov), &#171;Tilsimoy \u2014 g&#8217;aroyib qizaloq&#187; (M. Boymuhamedov) kabi yangicha talqindagi filmlar yuzaga keldi. Hoz. kunda kinoning ijtimoiy nufo&#8217;zi oshdi, mavzu doirasi kengay- Di, mahalliy yozuvchilar asarlarining ko&#8217;payishi ko&#8217;zga tashlanadi. Folklor, tarixiy, zamonaviy va falsafiy mav- zular qayta ishlab chiqildi. &#171;Ayollar saltanati&#187; (yu. Roziqov), &#171;Chayongul&#187; (S. Nazarmuhamedov), &#171;Parimomo&#187; (M. Ra- jabov), &#171;ona&#187; (3. Musokrv) va b. keying yillarning eng yaxshi filmlaridir. Badiiy kinoni jaxrnga tanit- gan, o&#8217;zbek kinosining asoschisi Nabi Faniev, xalq artisti Komil Yormatovlar ijodi o&#8217;zbek kinosi tarixining yorqin sahifalari bo&#8217;lib qoladi. Shuningdek, Y. A&#8217;zamov, Sh. Abbosov, L. Fayziev, 3. Sobitov, R. Botirov, A. Xamroev, A. Qobulov, Q. Kamolova, 3. Musoqov, I. Ergashev, H. Fayziev kabi rej. va H. Fayziev, A. Pann, M. Krasnyanskiy, A. Mukarramov, M. Penson, D. Fatxullin, A. Ismoilov, L. Traviskiy, D. Abdul- laev singari operatorlarning milliy kinoning kamol topishida va jahon kino san&#8217;ati katoridan o&#8217;rin olishida xizmat- lari beqiyosdir. O&#8217;. Alixo&#8217;jaev, Sh. Ergashev, R. Sa&#8217;- dullaev, M. Rajabov, T. Shokirova, R. Adashev, D. Qambarova, B. Zokirov, D. Egamberdieva va b. eng yaxshi kino aktyor- lardir. O&#8217;zbekistonda &#171;O&#8217;zbekfilm&#187;dan tashqari &#171;Vatan&#187;, &#171;imon&#187;, &#171;in- son&#187;, &#171;yog&#8217;du&#187;, &#171;Dostonfilm&#187;, &#171;Samarqandfilm&#187;, &#171;Shod&#187;, &#171;Yuldo&#8217;z&#187; singari kinostudiyalar ishlab turibdi (2002). O&#8217;zbek hujjatli kinosi, asosan, 30-y. lardan boshlangan. F. Nazarov, N. Ga- silov, V. Timkovskiy, K. Alikaev, M. Kovnat, N. G&#8217;aniev, Y. A&#8217;zamov kabilar hujjatli kinoning dastlabki yilla- rida ko&#8217;tarinki ruh b-n ishladilar va ma&#8217;lum muvaffaqiyatlarga erishdilar. &#171;Ishlab chiqarishda jismoniy tar- biya&#187; (rej. Y. A&#8217;zamov), &#171;ajoyib ish&#187; (N. G&#8217;aniev), M. Qayumov suratga olgan &#171;O&#8217;zbek paxtakorlarining g&#8217;alabasi&#187;, &#171;O&#8217;zbek xalqining bayrami&#187; (Sh.Zohidov, O.Tursunov b-n hamkorlikda), &#171;katta Farg&#8217;ona kanali&#187;, &#171;kuchli oqim&#187; fil- mlari yuqori baholandi. Ayniqsa, &#171;Tosh- kent to&#8217;qimachilar kombinata&#187; (1938) filmi Nyu-Yorkda o&#8217;tkazilgan jahon ko&#8217;rgazmasida Oltin medalga sazovor bo&#8217;ldi. Urush yillari &#171;frontdagi do&#8217;stlarga&#187; (rej. K. Yormatov), &#171;frontga sovg&#8217;a&#187; (S. Muhamedov, Y. A&#8217;zamov), &#171;5 respublika kontserti&#187; (A. Speshnev, 3. Sobitov) kabi badiiy-hujjatli filmlar ishlandi. Urushdan keyin hujjatli kino ijodkorlari g&#8217;ayrat va shijoat b-n ol- dinga yangi qadam tashlash b-n ijodi- ni boshladi. &#171;To&#8217;rt darvozali shahar&#187;, &#171;O&#8217;zbekistonimizga keling&#187;, &#171;insoni- yatning besh qo&#8217;li&#187;, &#171;Farhod chiroqlari&#187; (hammasining rej. i M. Qayumov), &#171;So- vet O&#8217;zbekistoni&#187; (K. Yormatov) singari kinoyilnomalarning yorqin va hayotiy kinotasmalari yaratildi. Keyinchalik yaratilgan hujjatli filmlarda O&#8217;zbekistonda qurilayotgan z-D va f-kalar, GESlar, qo&#8217;riq erlar- ning o&#8217;zlashtirilishi, fan va san&#8217;at fidoyilari hayoti va ijodi, sanoat yutuqlari, yirik xalqaro musobaqalar o&#8217;z aksini topdi: &#171;bahordan bahorga- cha&#187;, &#171;13 qaldirg&#8217;och&#187;, &#171;zilzila&#187; (M. Qayumov), &#171;O&#8217;qituvchi&#187; (N. Ataullae- va), &#171;O&#8217;zbekiston gazi va kimyosi&#187; (N. Rahimboev), &#171;moviy olov kishilari&#187; (R. Grigorev), &#171;yo&#8217;lda va ona yurtda&#187;, &#171;Ashurov voqeasi&#187;, &#171;ochiq aytganda&#187;, &#171;Izlanish davom etmokda&#187; (hammasining rej.i T. Nodirov) va b. shular jumlasi- dan.M. Qayumovning ko&#8217;p yillik ijo- Di o&#8217;zbek hujjatli kinosi tarixida alohida bir sahifa bo&#8217;lib qoladi. U b-n yonma-yon ijod qilgan Sh.Zohirov, T. Nodirov, A.Saidov, O.Tursunov, N.Ataullaeva, P.Rasulov, M.Arabov, A.Yoqubov, N.Rahimboevlarning ham hujjatli kino ravnaqida xizmatlari katta. So&#8217;nggi yillarda o&#8217;zbek hujjatli ki- nosi o&#8217;zini ancha o&#8217;nglab oldi, mavzular doirasi kengaydi, hayot bilan hamnafas filmlar yaratildi. Katta avlod o&#8217;rnini yangi yosh rej., operator, stsenariychi va b. mutaxassislar egalladi. &#171;Sharof Ra- shidov&#187;, &#171;Abdulla Qodiriy&#187;, &#171;og&#8217;riq&#187; (Davron Salimov), &#171;Islom Karimov. 21-asr bo&#8217;sag&#8217;asida&#187; (Sh. Qurbonboev), &#171;O&#8217;zbekiston bahori&#187; (Sh. Qurbonboev, E. Xachaturov), &#171;O&#8217;zbekiston oltini&#187; (N. Mahmudov), &#171;Non&#187; (G&#8217;. Shermuhamedov), &#171;Jahonga yo&#8217;l&#187; (Sh. Maxmudov), &#171;O&#8217;zbekiston qurolli kuchlari&#187;, &#171;Fi- trat&#187; (G&#8217;. Shodmonov) va b. keyingi yil- lardagi eng yaxshi filmlardir. Zamona- viy hujjatli kino rivojida Davron sa- limov, B. Mo&#8217;zaffarov, Sh. Mahmudov, Sh. Qurbonboev qabilarning o&#8217;rni alohida (yana q. Hujjatli kino). Multiplikasion kino O&#8217;zbekistonda 60-y.lardan boshlandi. Respublikada birinchi qo&#8217;g&#8217;irchoq film ijodkori yu. Petrov bo&#8217;ldi. &#171;6&#215;6 kvadratida&#187; nomli birinchi filmni (Damir Salimov b-n hamkorlikda) yaratdi. Keyinchalik yara- tilgan &#171;sehrli sandiq&#187; (Damir Sali- mov), &#171;Rahim va qo&#8217;ng&#8217;iz&#187; (q. Kamolova), &#171;Qishki ertak&#187; (3. Royzman), &#171;Shahar qurbaqalari&#187; (A. Akbarxo&#8217;jaev), &#171;Sehrli samovar&#187; (M. Maxmudov), &#171;olma haqida ertak&#187; (N. To&#8217;laxo&#8217;jaev) kabi multfil- mlarda turli mavzular yoritildi. Keyingi o&#8217;n yillikda turli janr- larda yaratilgan multiplikasion fil- mlar keyingi davr rivojini ta&#8217;minla- Di. &#171;Bahrom va Dilerom&#187;, &#171;qoziq&#187; (rej. M. Mahmudov), &#171;yangi ko&#8217;hna ertak&#187; (S. Murodxo&#8217;jaeva), &#171;daladagi chechaklar&#187; (N. To&#8217;laxo&#8217;jaev), &#171;yanchar quyon&#187; (D. Vlasov), &#171;Yangi shoxcha va ba-hor yomg&#8217;iri haqida&#187; (S. Silka) va b. shular jumlasidan. Yana q. Multiplikasion kino. &#171;O&#8217;zbekfilm&#187;da ko&#8217;p yillardan buyon jahonning eng yaxshi filmlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilib, o&#8217;zbek tomosha- biniga etkazuvchi dublyaj guruhi xiz- mat qilib kelmokda. Bu sohaning asos- chilari va faol ishtirokchilaridan q. Mirmuhamedov, M. G&#8217;aniev, S. Saidov, B. Haydarov, S. Iskandarov, J. Obidov, V. Kutyukov, A. Sharapovlarni ko&#8217;rsatish mumkin. K.s. masalalari b-n san&#8217;atshunos- lik ilmiy tadqiqot in-ti shug&#8217;ullanadi. Kino ijodkorlari N. G&#8217;aniev nomidagi kinotexnikum va Toshkent san&#8217;at in- tida tayyorlanadi. O&#8217;zbekiston kino ar- boblari birlashmasi (1962-96-y.larda O&#8217;zbekiston kinematografchilar uyush- masi), 1966 y.dan Kinochilar uyi, 1972 y.dan kino san&#8217;ati muzeyi ishlab turib- Di. Ad.: Abul &#8212; Kasimova X., Rojdenie o&#8217;zbekskogo kino, T., 1965; Teshabaev Dj., Puti i poiski, T., 1972; Teshabaev Dj., O&#8217;zbekskoe kino: Tradisii, novatorstvo, T., 1979; Hasanov B., O&#8217;zbek hujjatli ki- nosi, T., 1972; Abul-Kasimova X. .Tesha- Baev Dj., M irzamuxamedo va M., Kino O&#8217;zbekistona, T., 1985. Jo&#8217;ra Teshaboev, Mohina Ashirova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kino san&#8217;ati \u2014 kinematogra- fiya ning texnik vositalar asosida shak- llangan badiiy ijod turi; ekran san&#8217;- atining muhim tarkibiy qismi; Real borliqni aynan yoki badiiy-hujjatli obrazlar, multiplikasiya vositalari yordamida suratga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kino-sanati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122989","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122989","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122989"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122989\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123002,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122989\/revisions\/123002"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122989"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122989"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122989"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}