{"id":123020,"date":"2024-05-12T19:35:47","date_gmt":"2024-05-12T16:35:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=123020"},"modified":"2024-05-12T19:35:58","modified_gmt":"2024-05-12T16:35:58","slug":"kegeyli-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kegeyli-tumani\/","title":{"rendered":"KEGEYLI TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>KEGEYLI TUMANI &#8212; Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tu- man. 1928 y. 3 sent.da Chimboy tumani- dan ajratib tashkil etilgan. Chimboy, Nukus, Qorao&#8217;zak, Bo&#8217;zatov tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,94 ming km2. Aholisi 58,2 ming kishi (2000). K.t.da 1 shahar (Xalq-obod), 1 shaharcha (Kegey- li) va 6 ovul fuqarolari yig&#8217;ini (Abat, Janabozor, Jalpaqjap, Kumshunko&#8217;l, Oqto&#8217;ba, Qiziluy) bor (1998). Markazi \u2014 Kegeyli shaharchasi. Kegeyli atamasi- ning kelib chiqishini tuman va Kegeyli shaharchasi hududidan oqib o&#8217;tadigan Ke- Geyli kanali nomi b-n bog&#8217;laydilar. Bu kanalning ikki tomoni kegay daraxtla- ri, turang&#8217;illar b-n burkanib turganligi uchun u Kegeyli nomini olgan deyiladi. Ushbu nom keyinchalik shaharcha va tuman nomiga aylangan. Tabiati. K.t. quyi Amudaryoning o&#8217;ng sohilidagi pasttekislikda joylash- gan. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Iyulning o&#8217;rtacha t-rasi 26,9\u00b0, yanv.niki -6,7\u00b0. Vegeta- tsiya davri 188 kun. Tumanning g&#8217;arbiy qismida, asosan, dehqonchilik qilinadi, Jan.-sharqida, ya&#8217;ni Qizilqumda chorva- chilik rivojlangan. K.t. shim. Qismida joylashgan Dovudko&#8217;ldan suv ombo- ri sifatida foydalaniladi. Tuman hududidan Quvanishjarma kanali oqib o&#8217;tadi. Oqto&#8217;ba, Besquduq, Sassiqshiyel, Qoraoy ko&#8217;llari bor. Tuprog&#8217;i o&#8217;tloq, o&#8217;tloqi-botqoq o&#8217;zlashtirilmagan tuproq. Dovudko&#8217;l atrofi yaxshi pichanzor va o&#8217;tloq. Ekin ekilmaydigan erlarda turang&#8217;il, qamish, chiy, buyon, qo&#8217;g&#8217;a, yantoq, ajriq, korabarok, yulg&#8217;un, tol, jiyda, mayda jiyda va b. o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, chiyabo&#8217;ri, tulki, bo&#8217;rsiq, quyon; qushlardan qirg&#8217;ovul, birqozon, chag&#8217;alay (Chayka), g&#8217;oz, o&#8217;rdaklar uchraydi. Ko&#8217;llarda oynabaliq, zog&#8217;orabaliq, cho&#8217;rtan, Bakra, so&#8217;zan, laqqa, Oqbaliq, olabug&#8217;a, oq-Amur, ilonbaliq, tabanbaliqlar bor. Aholisining aksari qismi qoraqalpoklar, shuningdek, o&#8217;zbek, qozoq, tatar, koreys, rus va b. millat vakilla- ri ham yashaydi. 1 km2 ga 62 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shahar aholisi 33,8 ming kishi (2000). Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaligi asosan, q. x.ga ixtisoslashgan. Qurilish, trans- port, aloqa va b. korxonalari bor. Shirkat xo&#8217;jaliklarida, asosan, paxta etishtiri- ladi, g&#8217;allachilik, bog&#8217;dorchilik, polizchi- lik, chorvachilik b-n ham shug&#8217;ullaniladi. 154 ga er Olmazor. 65 ga erga oq teraklar o&#8217;tqazilgan. Tumanda 90 dan ortiq kichik va xususiy korxona, &#171;Xalqobod momig&#8217;i&#187; paxta z-Di bor. 15,6 ming ga erga paxta, 1,7 ming ga erga beda, 2,5 ming ga erga kuzgi bug&#8217;doy ekiladi. Shuningdek, pilla ham etishtiriladi. K.t.da dehqon fermer, shirkat xo&#8217;jaliklari, 2 agrofirma bor. Tuman shirkat va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 18 mingga yaqin qoramol, 18 ming bosh qo&#8217;y, 10 bosh tuya boqiladi. Tumandagi jami 38 o&#8217;rta, 4 to&#8217;liqsiz o&#8217;rta va 4 tayanch maktabida qariyb 16 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim olmoqda. Ularda 1900 ga yaqin o&#8217;qituvchi dars beradi. 2 kasb-hunar va 1 o&#8217;rta ta&#8217;lim liseyi, 3 o&#8217;rta bilim yurti mavjud. Shuningdek, 8 klub, 33 kutubxona, madaniyat saroyi, Markaziy kasalxona, 2 qishloq kasalxo- nasi, 33 feldsher-akusherlik punkta, kish-loq vrachlik ambulatoriyalari fao- liyat ko&#8217;rsatmoqda. Bu muassasalarda 103 shifokor, 551 o&#8217;rta tibbiy xodim ishla- mokda. 1952 y.dan &#171;Kegeyli turmushi&#187; gaz. nashr etilmoqda (adadi 1468).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KEGEYLI TUMANI &#8212; Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tu- man. 1928 y. 3 sent.da Chimboy tumani- dan ajratib tashkil etilgan. Chimboy, Nukus, Qorao&#8217;zak, Bo&#8217;zatov tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,94 ming km2. Aholisi 58,2 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kegeyli-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-123020","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123020","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=123020"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123020\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123036,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123020\/revisions\/123036"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=123020"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=123020"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=123020"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}