{"id":123151,"date":"2024-05-12T19:58:28","date_gmt":"2024-05-12T16:58:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=123151"},"modified":"2024-05-12T19:58:37","modified_gmt":"2024-05-12T16:58:37","slug":"kapalaklar-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kapalaklar-3\/","title":{"rendered":"Kapalaklar"},"content":{"rendered":"\n<p>Kapalaklar, tangachaqanotlilar (Lepidoptera) \u2014 to&#8217;liq metamorfoz b-n rivojlanadigan hasharotlar turkumi. Mezozoyning boshlarida kelib chiqqan; asosiy oilalari paleogenning boshla- rida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, bo&#8217;r davridan ma&#8217;lum. Ko&#8217;pchilik K.ning og&#8217;iz organlari yuksak ixtisos- lashgan so&#8217;ruvchi xartumdan iborat bo&#8217;lib, boshining ostki tomonida spiral shaklda o&#8217;ralib turadi. Pardasimon qanotlari rangli tangachalar b-n qoplangan. Qanotlarining rangi, ayniqsa, ularning turli rangda tovlanishi rangsiz tangacha- larning yorug&#8217;lik nurini har xil burchak ostida singdirishi b-n, qora, sariq va b. rangli dog&#8217;lar esa pigment b-n bog&#8217;liq. Mo&#8217;ylovlarining shakli va uzunligi har xil. Yozilgan qanotlari 3,2 mm dan (MIT- ti kuyachalar) 300 mm gacha (tunlamlar). Tuxumlarining shakli xar xil bo&#8217;lib, sistematik ahamiyatga ega. Qurtlarida 3 juft ko&#8217;krak oyokdari b-n birga 5 juft soxta qorin oyoqlari ham bo&#8217;ladi. G&#8217;umbaklari yopiq (ko&#8217;pincha, pilla ichida), tuban vakillarida ochiq (erkin) bo&#8217;ladi. K. odatda, tuban K. (teng qanotlilar) va yuksak K. (har xil qanotlilar) kenja tur- kumlariga bo&#8217;linadi. Ayrim hollarda og&#8217;iz organlari kemiruvchi tipda bo&#8217;lgan tishli kuyalar alohida kenja turkumga ajratiladi. K. turkumining sistema- si aniq ishlab chiqilmagan, 100 dan 200 gacha oilaga ajratiladi. 140 mingga yaqin turi ma&#8217;lum. K. faunasi, ayniqsa, tro- pik mintaqada xilma-xil. O&#8217;zbekistonda 1500 ga yaqin turi aniklangan. Tunlam ka- palaklar, odimlovchilar, barg o&#8217;rovchilar oilalari, olovrang K.lar, kuyalar katta oilalari, ayniqsa, turlarga boy. Ko&#8217;pchilik K. shomda yoki kechasi, ayrim- lari kunduzi faol hayot kechiradi. Voyaga etgan K. gul nektari yoki o&#8217;simlik (ba&#8217;- zan qayvonlar) shirasi b-n oziqlanadi. Ko&#8217;pchilik K. imagosining og&#8217;iz organ- lari reduktsiyaga uchragan, oziqlanmaydi (afagiya). Tishli tunlamlar gul changi b-n oziklanadi. K. voyaga etgan davri- da bir necha kun, hatto bir necha soatdan (oziqlanmaydigan turlari) bir necha oy- gacha (voyaga etgan davrida qishlaydigan K.) yashaydi. Ko&#8217;pchilik K.ning qurtlari fitofag, lekin saprofaglar, kerotofa- glar (Yung va patxo&#8217;rlar), yirtqichlar, hatto parazitlar (tropikada) ham uchray- Di. Yillik rivojlanish tsikli turli- cha; ko&#8217;pchilik turlari (monovoltinlar) yilda bir marta, boshqalari (bi-va Pol ivol ti n l ar ) ikki yoki ko&#8217;p marta nael beradi; daraxtlarning yog&#8217;ochlik qismida rivojlanadigan turlari generasiyasi 2-3 yil davom etadi. Odatda, qurtlik davrida, ba&#8217;zi turlari imago yoki tuxum davrida qishlaydi. Ayrim turlarining D i a pauz a si turli rivojlanish dav- rlarida o&#8217;tadi. Ba&#8217;zi K., ayniqsa cho&#8217;lda tarqalgan turlari ezda ham diapauzaga o&#8217;tadi. Ko&#8217;pchilik K. (aksariyat, ixtisos- lashganlari) o&#8217;simliklarni changlatishda ishtirok etadi. Tut, aylant va Xitoy dub ipak qurtlari K.i ipak olish maqsadida qo&#8217;lda boqiladi. Ko&#8217;pchilik K. qurtlari (tunlamlar, kuyalar va b.) q. x. ekinlari, o&#8217;rmonchilik xo&#8217;jaliklari (odimlovchi- lar, barg o&#8217;rovchilar va b.), oziq-ovqat zahiralari, Yung va mo&#8217;ynadan tayyorlan- gan mahsulotlarga (kuyalar, tunlamlar va b.) katta ziyon keltiradi. O&#8217;zbekiston qududida K.ning 100 dan ortiq turi me- Vali daraxtlar va qimmatbahr yovvoyi o&#8217;simliklarga ziyon keltiradi. Ba&#8217;zi turlari (mas, kuzgi, undov, g&#8217;o&#8217;za, kichik quruqlik tunlamlari va b.) g&#8217;o&#8217;za hamda unga yo&#8217;ldosh ekinlar zararkunandala- ridir. Ko&#8217;pchilik K., ayniqsa, kunduzgi turlarining soni yashash muhitining buzilishi, zaharli kimyoviy moddalar va o&#8217;g&#8217;itlarning qo&#8217;llanilishi tufayli keskin kamayib bormoqda. K.ning bir qancha turlari muhofaza qilinadi. Alo- viddin Hamraev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kapalaklar, tangachaqanotlilar (Lepidoptera) \u2014 to&#8217;liq metamorfoz b-n rivojlanadigan hasharotlar turkumi. Mezozoyning boshlarida kelib chiqqan; asosiy oilalari paleogenning boshla- rida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, bo&#8217;r davridan ma&#8217;lum. Ko&#8217;pchilik K.ning og&#8217;iz organlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kapalaklar-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-123151","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123151","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=123151"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123151\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123169,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123151\/revisions\/123169"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=123151"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=123151"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=123151"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}