{"id":12327,"date":"2021-12-12T10:10:16","date_gmt":"2021-12-12T07:10:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12327"},"modified":"2021-12-12T10:10:17","modified_gmt":"2021-12-12T07:10:17","slug":"zangiota-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zangiota-tumani\/","title":{"rendered":"ZANGIOTA TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>ZANGIOTA TUMANI Toshkent viloyatidagi tuman. 1933 yil 1 dekabrda tashkil etilgan (1992 yil maygacha Kalinin tumani deb atalgan). Hududi Toshkent shahrining g&#8217;arbi va Janubga tutash. Shimolda Toshkent tumani, g&#8217;arbda Qozog&#8217;istonning Janubiy Qozog&#8217;iston viloyati, Sharqda Qibray, O&#8217;rta Chirchiq, yuqori Chirchiq tumanlari, Janubda Yangiyo&#8217;l tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,22 ming kilometr kvadrat. Aholisi 160,6 ming kishi (2002). Zangiota tumanida 2 shaharcha (Eshonguzar, O&#8217;rtaovul), 9 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bo&#8217;zsuv, Zangiota, Ittifoq, Nazarbek, Xonobod, Chig&#8217;atoyoqtepa, Erkin, o&#8217;zgarish, Qatortol) bor. Markazi \u2014 Eshonguzar shaharchasi. Tuman nomi shu o&#8217;ramdagi Zangiota qishlog&#8217;i nomi bilan bog&#8217;liq. Bu qishloqda 13 asr 1-yarmida Zangiota yashab o&#8217;tgan. Zangiota majmuasi musulmonlarning katta ziyoratgohiga aylangan. Tabiati. Zangiota tumani hududi Chirchiq daryosining o&#8217;ng sohilida, shimol g&#8217;arbda qisman Keles daryosining chap sohiliga tutash. Relefi, asosan, tekis, shimol sharqdan Janub g&#8217;arbga pasayib boradi. Tuman yerlarida juda qadimdan dehqonchilik qilib kelinadi. Tuproqlari tipik bo&#8217;z tuproq, Daryo sohillarida unumdor o&#8217;tloqi tuproq. Tuman hududidan Bo&#8217;zsuv, zax, yuqori jo&#8217;n, yuqori Toshkent, Anhor, Tolariq, Barotxo&#8217;ja, Nayman kanallari va boshqa ariqlar o&#8217;tadi. Iqlimi mo\u2019tadil issiq. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 26,9\u00b0, yanvarda -0,9\u00b0. Yiliga 350 millimetr yog&#8217;in tushadi, asosan, qishning ikkinchi yarmi va bahorda yog&#8217;adi. Vegetasiya davri 263 kun. Tuman hududi butunlay o&#8217;zlashtirilganligi bois yovvoyi o&#8217;simlik va hayvonlar juda kam qolgan. Foydali qazilmalardan gips, gil va boshqa qurilish materiallari mavjud, shuningdek, issiq mineral buloklar ham bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qozoq, tatar, tojik, koreys va boshqa 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 730 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shaharliklar 24,6 ming, qishloq aholisi 136 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tuman hududidagi sanoat korxonalari, asosan, qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. 20 dan ortiq qo&#8217;shma korxona, 400 dan ziyod kichik va xususiy korxona, 20 dan ziyod sanoat korxonasi, 7 avtokorxona, 100 ga yaqin maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchasi ishlab turibdi. AQSh, Isroil kompaniyalari bilan birgalikda araq, shampan vinosi, sharbatli ichimliklar, Germaniyaning &#171;Landtexnik&#187; kompaniyasi bilan birgalikda &#171;Moral\u2014125&#187; kombayni, &#171;Gidrav &#171;Ittifoq&#187; qishlog&#8217;i hududidagi sanatoriylika&#187; aktsiyadorlik jamiyatida Gollandiya firmalari bilan hamkorlikda qishloq xo\u2019jalik texnikasi va asbob-uskunalari ishlab chiqarilmoqda. &#171;Toshkentgo&#8217;sht&#187; aktsiyadorlik jamiyati Shimol Irlandiya bilan qo&#8217;shma korxona tuzib faoliyatini kengaytirdi. &#171;Monimebel LTD&#187; qo&#8217;shma korxonasi plastmassadan rom va eshiklar, &#171;Nur-Bajaxu&#187; qo&#8217;shma korxonasi parolon, O&#8217;zbekistonIsroil &#171;Farvab&#187; qo&#8217;shma korxonasi spirtli va yaxna ichimliklar ishlab chiqarish, &#171;Virtex Agro&#187; qo&#8217;shma korxonasi parranda go&#8217;shti va tuxum yetishtirishga ixtisoslashgan. Tuman qishloq xo\u2019jaligida sabzavotchilik, sut chorvachiligi, bog&#8217;dorchilik va tokchilik asosiy o&#8217;rin egallaydi. Tumandagi &#171;Bo&#8217;zsuv&#187; va &#171;Erkin&#187; shirkat xo&#8217;jaliklari turli sabzavot urug&#8217;lari yetkazib berishga ixtisoslashgan. Tuman xo&#8217;jaliklari poytaxt aholisini ho&#8217;l meva, sabzavot, poliz va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta&#8217;minlaydi. Shunday xo&#8217;jaliklardan &#171;Qo&#8217;yliq&#187; agrofirmasi mashhur. Zangiota tumanining jami ekin maydoni 8,2 ming gektar, shundan 7,9 ming gektar sug&#8217;oriladigan yerlar. Lalmikor yerlar 344 gektar. Chorvachilikda, asosan, sut, go&#8217;sht yetishtiriladi. Qariyb 22 ming bosh qoramol (shu jumladan 8,4 mingdan ortiq sigir), 7,5 ming qo&#8217;y va echki, 439,6 mingdan ziyod parranda bor (2002). &#171;O&#8217;zbekiston&#187; va &#171;Do&#8217;stlik&#187; parrandachilik fermalari, &#171;barakat&#187; bo&#8217;rdoqichilik fermasi, &#171;Damachi&#187; baliqchilik korxonasi mavjud. Zangiota tumanida transport yo&#8217;llari ancha zich. Tuman hududidan uch yo&#8217;nalishda temir yo\u2019l (Toshkent\u2014Yangiyo&#8217;l, Keles\u2014O&#8217;rtaovul va Toshkent Angren) va umumdavlat ahamiyatiga ega bo&#8217;lgan katta O&#8217;zbekiston trakti o&#8217;tgan. Tuman markazi Toshkent bilan yo&#8217;lovchilar tashish va avtomobil transporti orqali bog&#8217;langan. Tumandan Toshkent shahrining &#171;Janubiy&#187; temir yo\u2019l vokzaligacha 3 kilometr. 2001-2002 o&#8217;quv yilida 43 umumiy ta&#8217;lim maktabida qariyb 31 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. Kollej, kasbxunar maktabi va boshqa o&#8217;quv muassasalari bor. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasining suv muammolari intining tajriba-eksperimental xo&#8217;jaligi, Genetika va o&#8217;simliklar biologiyasi intoning tajriba uchastkasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 5 kasalxona, 3 poliklinika, 10 qishloq davolash ambulatoriyasi, 21 feldsherakusherlik punktida 360 dan ziyod oliy ma&#8217;lumotli shifokor va 1376 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. 34 kutubxona, 12 madaniyat uyi, 5 stadion, sport suv havzasi, 2 tennis korti bor. Yiliga 5 ming kishini davolash imkoniyatiga ega bo&#8217;lgan &#171;Nazarbek&#187;, &#171;Zangiota&#187;, &#171;Algoritm&#187; sanatoriylari faoliyat ko&#8217;rsatadi. 1965 yildan &#171;Istiqbol&#187; tuman gazeta nashr etiladi (adadi 2000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZANGIOTA TUMANI Toshkent viloyatidagi tuman. 1933 yil 1 dekabrda tashkil etilgan (1992 yil maygacha Kalinin tumani deb atalgan). Hududi Toshkent shahrining g&#8217;arbi va Janubga tutash. Shimolda Toshkent tumani, g&#8217;arbda Qozog&#8217;istonning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zangiota-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12327","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12327","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12327"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12327\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12329,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12327\/revisions\/12329"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12327"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12327"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12327"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}