{"id":123305,"date":"2024-05-13T16:19:35","date_gmt":"2024-05-13T13:19:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=123305"},"modified":"2024-05-13T16:19:38","modified_gmt":"2024-05-13T13:19:38","slug":"kokyotal","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kokyotal\/","title":{"rendered":"Ko&#8217;kyo&#8217;tal"},"content":{"rendered":"\n<p>Ko&#8217;kyo&#8217;tal (Frans. cogueluche) -bo&#8217;g&#8217;ilib-bo&#8217;g&#8217;ilib yo&#8217;tal tutishi b-n kechadigan o&#8217;tkir yuqumli kasallik. Ko&#8217;pincha bolalarda uchraydi. Borde-Jan- gu tayoqchasi degan bakteriya qo&#8217;zg&#8217;atadi (uni kashf etgan belgiyalik J. Borde va frantsiyalik o. Jangu nomidan). Havo- tomchi yo&#8217;li orqali yuqadi. Kasal bola aksirganda, yo&#8217;talganda havoga tarqalgan shilliq tomchilaridagi K. tayoqchasi sog&#8217;lom bolaning nafas yo&#8217;llari orqali organizmga kiradi. K. qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi bola organizmida 2\u2014 15 kun davomida hech qanday kasal- lik alomatlarini paydo qilmasligi ham mumkin \u2014 bu inkubasion davr. Keyinchalik bola bir oz yutala bosh- laydi, yo&#8217;tal kun sayin zo&#8217;raya boradi, harorati ko&#8217;tariladi, bola injiq bo&#8217;lib qoladi, yaxshi uxlay olmaydi, ishtahasi yo&#8217;qoladi, bu \u2014 kataral davr bo&#8217;lib, 2 haftagacha davom etadi. Bolaning ahvoli asta-sekin yomonlasha boradi, ketma-ket qattiq yo&#8217;taladi va ikkinchi haftaning oxiri, uchinchi haftaning boshlariga kelib, xurujsimon yo&#8217;talga aylanadi, kasallik uchinchi davrga \u2014 spazmatik davrga o&#8217;tadi, u 1-5 hafta davom eta- Di. Yo&#8217;tal tutish davri kasallikning asosiy va doimiy alomati bo&#8217;lib, yo&#8217;tal 2-3 marta qattiq yo&#8217;talish b-n boshla- nadi, keyin tinmay ketma-ket kalta-kal- ta yo&#8217;talaveradi va nafasi ichga tushib ketib, tovush yorig&#8217;i qisqarishi natija- sida &#171;g&#8217;iyq&#187; degan tovush chiqadi. Yo&#8217;tal tutganda bolaning yuzi avval qizarib, keyin ko&#8217;karadi, ko&#8217;zi yoshlanib, unga qon quyilishi mumkin, tili osilib ketadi, bo&#8217;yin tomirlari bo&#8217;rtadi. Ozroq balg&#8217;am ko&#8217;chishi va ko&#8217;pincha qayt qilish b-n yo&#8217;tal tutishi to&#8217;xtaydi. Yo&#8217;tal tutgan payti- da bolani ko&#8217;tarib olish yoki o&#8217;tirg&#8217;izib qo&#8217;yish lozim, og&#8217;izda yig&#8217;iladigan shilliq ajralishini kamaytirish uchun boshini sal oldinga engashtirib ushlab turish kerak. Yo&#8217;tal tutmagan paytda bola o&#8217;zini yaxshi sezadi. Bora-bora yo&#8217;tal tutishi kamayadi, bolaning ruhi engilla- shib, sog&#8217;ayish davri boshlanadi, budavr 1-3 hafta davom etadi. Bola kasallik boshlangan kunidan tortib 30 kungacha yuqumli hisoblanadi. K.ga qarshi om- maviy emlash tufayli K. ning engilroq turi ko&#8217;proq uchraydi, bunda yo&#8217;tal tu- tish davri juda engil o&#8217;tishi yoki yo&#8217;tal tutmasligi ham mumkin. Emadigan va nimjon bolalarda K. og&#8217;irroq kechadi. K.ning og&#8217;ir xilidan keyin ko&#8217;pincha bu- Run qonashi, bronxit, zotiljam (aksari go&#8217;daklarda) kabi asoratlar kuzatiladi. Oldini olish. Shu maqsadda AKDS (adsorbirlangan kukyo&#8217;taldifteriya- qoqshol) vaktsivasi qo&#8217;llaniladi (bola- lar 5, 6, 7 oyligida, keyin 1-2 yoshida va 6 yoshida vrach buyurganida emlana- Di). Kasal bo&#8217;lmagan, lekin bemor b-n muloqotda bo&#8217;lgan bolalar ma&#8217;lum kunga- cha alohidalab qo&#8217;yiladi. Davosi. Kun tartibiga rioya qilish, sof havodan bahramand bo&#8217;lish, oz-ozdan, lekin dam-badam to&#8217;yimli ovqat berib turish tavsiya etiladi. Bemorni vrach davolaydi. K. bir umrga immunitet qoldiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ko&#8217;kyo&#8217;tal (Frans. cogueluche) -bo&#8217;g&#8217;ilib-bo&#8217;g&#8217;ilib yo&#8217;tal tutishi b-n kechadigan o&#8217;tkir yuqumli kasallik. Ko&#8217;pincha bolalarda uchraydi. Borde-Jan- gu tayoqchasi degan bakteriya qo&#8217;zg&#8217;atadi (uni kashf etgan belgiyalik J. Borde va frantsiyalik o. Jangu &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kokyotal\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-123305","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123305","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=123305"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123305\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123309,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123305\/revisions\/123309"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=123305"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=123305"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=123305"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}