{"id":12341,"date":"2021-12-12T10:35:03","date_gmt":"2021-12-12T07:35:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12341"},"modified":"2021-12-12T10:35:04","modified_gmt":"2021-12-12T07:35:04","slug":"zanjir-reaktsiyalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zanjir-reaktsiyalar\/","title":{"rendered":"ZANJIR REAKTSIYALAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ZANJIR REAKTSIYALAR kimyoviy reaktsiyalarning bir turi. Bu reaktsiyalarda faol zarra (erkin radikal yoki atom) paydo bo&#8217;lishi tufayli boshlang&#8217;ich moddaning ko&#8217;plab molekulalari ketma-ket o&#8217;zgarishlarga uchrab turadi. Yonish, portlash jarayonlari Zanjir reaktsiyalarga kiradi. Ko&#8217;p kimyoviy reaktsiyalar Zanjir reaktsiyalar tarzida boradi. Masalan, xlor va vodorod aralashmasidan yorug&#8217;lik ta&#8217;sirida vodorod xlorid hosil bo&#8217;lishi Zanjir reaktsiyalardir. Molekuladan vujudga kelayotgan xlor atomlari (S12\u2014>2 S1) vodorod molekulalari bilan reaktsiyaga kirishadi: O +N2>NS1+ N. Hosil bo&#8217;lgan vodorod atomi, o&#8217;z navbatida, xlor molekulasi bilan reaktsiyaga kirishadi: N+S12&#8243;NS1+S1. Shu tariqa, erkin vodorod va xlor atomlari ishtirokida navbatlanuvchi reaktsiyalar zanjiri hosil bo&#8217;ladi, natijada yutilgan har bir yorug&#8217;lik kvantga taxminan 100000 molekula vodorod xlorid vujudga keladi. Zanjir reaktsiyalar o&#8217;tishi uchun faol zarralar (erkin radikallar yoki atomlar) bo&#8217;lishi zarur shartdir, bular molekuladagi bog&#8217;lardan biri uzilganda vujudga keladi, energiya shuning uchun sarf bo&#8217;ladi. Faol zarralar turli yo&#8217;l b-n (elektr razryadili elektronlarning urilish energiyasi hisobiga, yorug&#8217;lik nuri, rentgen nuri va ionlashtiruvchi boshqa nurlar ta&#8217;sir etganda) hosil bo&#8217;ladi. Issiqlik hisobiga erkin radikallar olish g&#8217;oyatda muqim. Lekin aksari molekulalarning bog&#8217;lanish energiyasi katta bo&#8217;lgani uchun Zanjir reaktsiyalar bir qadar yuksak tralarda ro&#8217;yobga chiqadi. Zanjir reaktsiyalarni yuqori bo&#8217;lmagan tralarda o&#8217;tkazish uchun erkin radikallarni osongina hosil qiluvchi har xil aralashmalar (inisiatorlar) qo&#8217;llaniladi. Masalan, sanoatda polimerlash jarayonini ro&#8217;yobga chiqarish uchun organik peroksidlar ko&#8217;p ishlatiladi, bular parchalanganda faol radikallar vujudga keladi. Erkin radikallarning o&#8217;zaro reaktsiyaga kirishib, erkin molekulalar hosil qilishi (rekombinasiya reaktsiyasi) natijasida Zanjir reaktsiyalar to&#8217;xtab, zanjir uziladi. Ba&#8217;zi faol aralashmalar sekinlashtiruvchi moddalar ta&#8217;sirida ham barcha Zanjir reaktsiyalar to&#8217;xtab qoladi. Zanjir reaktsiyalarni batamom to&#8217;xtatish uchun sekinlashtiruvchi moddadan ozgina qushish kifoya. Ba&#8217;zi Zanjir reaktsiyalarning ayrim bosqichlarida bittadan ortiq (ko&#8217;pincha uchta) yangi erkin radikal vujudga keladi. Ulardan biri zanjirni go&#8217;yo davom ettiradi, boshka ikkitasi esa ikkita yangi zanjirni boshlab, tarmoq tuzadi (tarmoklangan Zanjir reaktsiyalar). Vodorodning oksidlanishi tarmoqlangan Zanjir reaktsiyalarga misol bo&#8217;la oladi. Vodorod quyidagi sxemaga muvofiq oksidlanadi: 1) N2+O2> on+6; 2) 6n+N2^N2O+y; 3) b+N2^>on+N va hokazolar. 1 va 2 reaktsiyalarda on va N radikallari hosil bo&#8217;ladi, bular tarmoqlanmagan zanjirning rivojlanishini ta&#8217;minlaydi, 1-reaktsiyada kislorod atomi vujudga keladi. U ikkita erkin valentlikka ega bo&#8217;lib, Zanjir reaktsiyalarga oson kirishadi va ikkita qo&#8217;shimcha radikal (on va N) hosil qiladi, bular esa zanjirlar \u2014 tarmoqni boshlab beradi. Tabiat va texnikada Zanjir reaktsiyalar g&#8217;oyat katta ahamiyatga ega. Kimyo va neft sanoatida kreking, xlorlash, oksidlash va polimerlash kabi muhim reaktsiyalar ham Zanjir reaktsiyalardir. Yoqilg&#8217;ilar ham Zanjir reaktsiyalar asosida yonadi. Yadro Zanjir reaktsiyalari bilan tarmoqlangan Zanjir reaktsiyalar tabiatan har xil bo&#8217;lsa ham ko&#8217;p jihatdan birbiriga o&#8217;xshaydi. Nasriddin Sirojiddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZANJIR REAKTSIYALAR kimyoviy reaktsiyalarning bir turi. Bu reaktsiyalarda faol zarra (erkin radikal yoki atom) paydo bo&#8217;lishi tufayli boshlang&#8217;ich moddaning ko&#8217;plab molekulalari ketma-ket o&#8217;zgarishlarga uchrab turadi. Yonish, portlash jarayonlari Zanjir reaktsiyalarga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zanjir-reaktsiyalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12341","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12341","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12341"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12341\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12348,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12341\/revisions\/12348"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12341"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12341"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12341"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}