{"id":123433,"date":"2024-05-13T18:42:49","date_gmt":"2024-05-13T15:42:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=123433"},"modified":"2024-05-13T18:42:52","modified_gmt":"2024-05-13T15:42:52","slug":"kosonsoy-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kosonsoy-tumani\/","title":{"rendered":"Kosonsoy tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Kosonsoy tumani \u2013 Namangan viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashqil etilgan. 1962 y. 24 dek.da Chust tumani b-n birlashtirilgan. 1973 y. 28 dek.da yana qaytadan tuzilgan. K.t. viloyat- ning shim. qismida, Qoratog&#8217;etaqlarida, o&#8217;rtacha 790 m balandlikda joylashgan. Jan.dan Namangan sh., sharqdan viloyat- ning Yangiqo&#8217;rg&#8217;on, Jan.-g&#8217;arbdan Chust tu- manlari, shim. va g&#8217;arbdan Qirg&#8217;iziston Respublikasi b-n chegaradosh. Mayd. 0,51 ming km2. Aholisi 141,5 ming kishi (2002). Tumanda 1 shahar (Kosonsoy), 7 qishloq fuqarolar yig&#8217;ini (Yoshlik, ko- son, Tergachi, Chinovul, Shirin, Qorasuv, Ko&#8217;kumboy) bor. Markazi \u2014 Kosonsoy sh. Tabiati . Tuman hududi tog&#8217;li r-nlar zonasiga kiradi. Kosonsoy va uning irmoqlari oqib o&#8217;tgan Qoratog&#8217;, Mug&#8217;, Ko&#8217;kumboy qirlari, dam, Isporan, yoyiq, Qisiq, Qoranko&#8217;l, sarson va Ertikan, bo- Yoston adirlari bor. Tuman qududining qariyb 1\/3 qismi adir. Iqlimi keskin kontinental. Yillik o&#8217;rtacha t-ra 12\u00b0, yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi \u2014 g, minimal t-ra \u2014 14\u00b0, maksimal t-ra 39\u20144G. Ve- getasiya davri 219 kun. Yillik o&#8217;rtacha yog&#8217;in 315 mm. Tuman iqlimining shak- llanishida shim.dan keladigan Arktika havo oqimi, Markaziy Osiyo hududida hosil bo&#8217;ladigan mo&#187;tadil quruq havo va Jan.dan harakatlanuvchi tropik havo oqimlari ishtirok etadi. Tuman Xu- dudidan Kosonsoyning qariyb 40 km qismi hamda Chust (16 km), Tyoshiktosh (41 km), Ko&#8217;kumboy (12 km) kanallari o&#8217;tgan. Ulardan sug&#8217;orishda foydalaniladi. Ko- sonsoy (Urtato&#8217;qay), Qorasuv, Ertikan suv omborlari qurilgan. Tuprog&#8217;i, aso- san, bo&#8217;z tuproq, shim. qismida qisman qo&#8217;ng&#8217;ir va tog&#8217;oldi tuproqlari. Daryo vo- diylarida jiyda, tol, terak, turang&#8217;il, yulg&#8217;un, oqtikan, maymunjon va b. o&#8217;sadi. Tog&#8217;larda do&#8217;lana, sirach, pista, yong&#8217;oq, na&#8217;matak, archa, Lola, gulbarra, ravoch, qir va adirlarda shuvoq, sho&#8217;ra, yantoq, qo&#8217;ytikan, tekislik joylarda kurmak, qamish, ajriq, ariq bo&#8217;ylarida esa yalpiz uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bo&#8217;ri, sug&#8217;ur, quyon, Olmaxon, qumsichqon, turli xil ilonlar, toshbaqa, kaltakesaqlar, qushlardan Lochin, burgut, qirg&#8217;ovul, oqbosh, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, kakku, ko&#8217;kqarg&#8217;a, qizilishton, qir qaldirg&#8217;ochi, mu- Sicha, boyo&#8217;g&#8217;li, chumchuq, olaqanot, sassiqpopishak, bulbul va o&#8217;rdaqlar yashaydi. Kosonsoy soyida, asosan, zar- da baliq (marinka) uchraydi. Foydali qazilmalardan qurilish materiallari \u2014 tosh, arzik, ohaktosh va b. mavjud. A h o l i s i , asosan, o&#8217;zbek va tojiklar, shuningdek, qirg&#8217;iz, rus, tatar va b. mil- lat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 277 kishi. Tuman aholisining 70,8% qishloqlarda, 29,2% shaharda (Kosonsoy) istiqomat qiladi. Xo&#8217;jaligi. Q.x.da etakchi tarmoq \u2014 paxtachilik va g&#8217;allachilik. Shuningdek, chorvachilik, bog&#8217;dorchilik, sabzavotchilik ham rivojlangan. Tumandagi xo&#8217;jalik yurituvchi sub&#8217;- ektlar ichida davlatga qarashli, xusu- siy korxonalar, fermer xo&#8217;jaliklari, qo&#8217;shma korxonalar mavjud. K.t. da 15 ga yaqin yirik sanoat korxonasi faoli- yat ko&#8217;rsatmoqda. &#171;Kosonsoy \u2014 Tekmen&#187; qo&#8217;shma kor-xonasida junli va kostyum- bop matolar, &#171;Atlasmen&#187; qo&#8217;shma korxo- nasida adyollar va ayollar kiyimi ishlab chiqarilmoqda. Chet el investisiyala- rini jalb qilgan holda 2000 y.da &#171;uy mehnati&#187;, &#171;shohi to&#8217;qish&#187;, &#171;Kosonsoy- konserva&#187; qo&#8217;shma aktsiyadorlik jamiyat- lari, Isroil texnologiyasi asosida meva sharbatlarini ishlab chiqaruvchi &#171;nam- Kon&#187; qo&#8217;shma korxonasi tashqil etildi. Bu korxonalar tomonidan tuman umumiy sanoat mahsulotining 80% dan ko&#8217;prog&#8217;i ishlab chiqarilmokda. &#171;Kosonsoyparran- da&#187; ishlab turibdi. Paxta tozalash, g&#8217;isht z-dlari, poy- Abzal f-kasi, avtokorxona, novvoyxo- na, qurilish tashqilotlari faoliyat ko&#8217;rsatmokda. Yuklarni tashish, asosan, Kosonsoy\u2014Namangan avtoyo&#8217;li orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, K.\u2014 To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on, K,\u2014Chust, K,\u2014Yangiqo&#8217;rg&#8217;on, K.\u2014Olabuqa (Qirg&#8217;iziston) avtoyo&#8217;llari mavjud. Tuman er fondi 51 ming ga bo&#8217;lib, shundan 17,4 ming ga erda dehqonchilik qilinadi. Sug&#8217;oriladigan erdardan 7,6 ming ga erga paxta, qariyb 8 ming ga ga g&#8217;alla, 625 ga ga sabzavot, 63 ga ga kartoshka va b. ekinlar ekiladi. Bun- dan tashqari, 1676 ga bog&#8217;, 700 ga tok- zor, 500 ga o&#8217;rmonzor bor. Tumanda 13 shirkat xo&#8217;jaligi, 153 fermer, 2000 dan ortiq deqqon xo&#8217;jaliklari FA- oliyat ko&#8217;rsatmoqda. Chorvachilik ham xo&#8217;jalikning etakchi tarmoqlaridan. Tu- man shirkat va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 22,5 mingdan ziyod qoramol, 31 mingdan ziyod qo&#8217;y va echki, 50 mingdan ortiq par- randa bor (2002). 2001\/2002 o&#8217;quv yilida tumandagi 50 umumiy ta&#8217;lim maktabida 33,6 ming, 8 kasb-hunar kollejida 4,5 mingdan ziyod o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. Tibbiyot va ped. bilim yurtlari bor. Madaniyat uylari, klublar, 34 kutubxona, o&#8217;lkashunoslik muzeyi, 3 stadion mavjud. Markaziy va hududiy kasalxonalar, qishloq uchast- ka shifoxonalarida 195 vrach faoliyat ko&#8217;rsatmokda (har 10 ming aholiga 13,8 vrach). 1932 y.dan &#171;Kosonsoynoma&#187; tuman gaz. chiqadi (adadi 6,5\u2014 7 ming).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kosonsoy tumani \u2013 Namangan viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashqil etilgan. 1962 y. 24 dek.da Chust tumani b-n birlashtirilgan. 1973 y. 28 dek.da yana qaytadan tuzilgan. K.t. viloyat- ning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kosonsoy-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-123433","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123433","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=123433"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123433\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123444,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123433\/revisions\/123444"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=123433"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=123433"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=123433"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}