{"id":123461,"date":"2024-05-13T18:47:39","date_gmt":"2024-05-13T15:47:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=123461"},"modified":"2024-05-13T18:47:46","modified_gmt":"2024-05-13T15:47:46","slug":"konflikt-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/konflikt-2\/","title":{"rendered":"Konflikt"},"content":{"rendered":"\n<p>Konflikt (lot. contlictue \u2014 ixti- lof, to&#8217;qnashish) \u2014 1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar to&#8217;qnashuvi; 2) adabiyot va san&#8217;atda \u2014 badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning o&#8217;zaro to&#8217;qnashishi, ixtilofi. K. epik asarlarga nisbatan qo&#8217;llanadi, lirik asarlarda esa u kolliziya, kechinma, fikr oqimi tarzida namoyon bo&#8217;ladi. K.ning 3 xil ko&#8217;rinishi mavjud: asar qahramonlarining bir- birlari b-n to&#8217;qnashuvi, kurashi; shart- sharoit, muhit b-n to&#8217;qnashuv; o&#8217;z-o&#8217;zi b-n ichki kurash. Dramaaa K. hara-katni ri- vojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xusu- siyatga ega. K.da yozuvchining dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni va insonni qanday idrok etishi va tushunishi namo- yon bo&#8217;ladi. Dramaturgiyada &#171;tashqi&#187; K.ga keng o&#8217;rin beriladi, bunda qahramonlar o&#8217;zaro bir-biri b-n ixtilofda, kurashda bo&#8217;ladi, &#171;ichki&#187; K.da esa qahramonning o&#8217;z burchini his etishi b-n ojiz ruhiy tomoni, hissiy iztiroblari, holati o&#8217;rtasidagi ziddiyat tarzida ko&#8217;rinadi. Mazmuni, yo&#8217;nalishi nuqtai nazaridan K.ning maishiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va b. turlari mavjud. Voqealar rivoji davomida ijtimo- iy K. siyosiy K.ga, siyosiy K. falsafiy K.ga aylanishi mumkin. Katta, o&#8217;tkir g&#8217;oyalar uchun keskin kurashga asoslangan to&#8217;qnashuvda fojiaviy ruh ustun bo&#8217;lib, fojiaviy K.ni tug&#8217;diradi yoki kulgi- li, o&#8217;tkir hajviy yo&#8217;nalishdagi vaziyat, holat, voqealar kulgili ruhni hosil qiladi. K.ning mohiyati zamon, makon b-n jips bog&#8217;liq. Shunday K.lar bo&#8217;ladiki, davr o&#8217;tishi b-n ular barham topadi. Mac, qad. dunyoda yaratilgan asarlar K.ti za- minida taqdir taqozosi turgan bo&#8217;lsa, o&#8217;rta asrlardagi asarlarda ilohiy kuch b-n insondagi shaytoniy hirs K.ning asosini tashqil etadi. Romantizm dav- rida voqelik, muhit, shart-sharoit b-n ideal o&#8217;rtasida, yaxshilik b-n yomonlik, ruhiy erkinlik b-n turmush tashvish- lari o&#8217;rtasidagi ziddiyat hukmronlik qilgan, realizm tantana qilgan davrda inson mohiyati, uning istagi, imkoniyati b-n ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit za- minida K. yuzaga kelgan. Shunday boqiy mavzular borki (mas, saxiylik va xasis- lik, vafodorlik va bevafolik, tiriklik va o&#8217;lim), bo&#8217;larda K. har bir davrning ma&#8217;naviy, ruhiy talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib talqin qilinadi. Sho&#8217;rolar davrida \u2014 sosialistik realizm metodi hukmronlik qilgan davrda K. zaminiga ijtimoiy-sinfiy antagonizm qo&#8217;yilgan va bu ziddiyatning inqilobiy yo&#8217;l b-n echilishi talab qilingan, individual axloq b-n jamoa ongi o&#8217;rtasidagi, Xu- susiy mulkchilik ruhiyati b-n jamoat, xalq manfaati o&#8217;rtasidagi kurash tar- zida qo&#8217;yilgan. Sho&#8217;ro tuzumini tanqid qilish man etilgan va shu tufayli ada- biyotda, ayniqsa dramaturgiyada K.sizlik &#171;nazariya&#187;si kelib chiqqan. Hayotdagi keskin ziddiyatlarni chetlab o&#8217;tish, voqelikni, hayotni bo&#8217;yab ko&#8217;rsatish, in- sonni shunchaki bir qo&#8217;g&#8217;irchoq, robot tar- zida ko&#8217;rsatish bu davr adabiyotining bosh belgisi bo&#8217;lgan. Milliy mustaqillik tufayli o&#8217;zbek adabiyoti va san&#8217;atining ijodiy usuli realistik metod bo&#8217;lib qoldi, hayot va insonni haqqoniy tas- virlash, voqelikdagi ziddiyatlar ku- lami va mohiyatini teran ochish, inson va jamiyatning kamol topishidagi Qi- yinchiliklarni, murakkab jarayonlarni oqilona tasvirlash yagona mezonga aylan- Di. Ammo yozuvchi, san&#8217;atkor voqelikdagi ziddiyatlarni qanday bo&#8217;lsa, shundayli- gicha badiiy asarga ko&#8217;chirmaydi, aksincha, ularni tanlab oladi, umumlashtiradi, yanada keskinlashtiradi, ular ma&#8217;nosi, mohiyatini ochadi, tushuntiradi. Sadohiddin Mamajonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Konflikt (lot. contlictue \u2014 ixti- lof, to&#8217;qnashish) \u2014 1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar to&#8217;qnashuvi; 2) adabiyot va san&#8217;atda \u2014 badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning o&#8217;zaro to&#8217;qnashishi, ixtilofi. K. epik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/konflikt-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-123461","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123461","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=123461"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123461\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123475,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123461\/revisions\/123475"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=123461"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=123461"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=123461"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}