{"id":123806,"date":"2024-05-14T20:25:16","date_gmt":"2024-05-14T17:25:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=123806"},"modified":"2024-05-14T20:25:20","modified_gmt":"2024-05-14T17:25:20","slug":"kometalar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kometalar-2\/","title":{"rendered":"Kometalar"},"content":{"rendered":"\n<p>Kometalar (Yun. kometes \u2014 uzun sochli) \u2014 Quyosh sistemasiga kiradigan kichik osmon jismlari. K.ning Quyosh atrofidagi harakat yo&#8217;llari (orbitala- ri) kichik Sayyoralarnikiga qaraganda ancha cho&#8217;ziq bo&#8217;lgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina ko&#8217;rinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga o&#8217;xshab ko&#8217;rinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning ta&#8217;sirida &#171;dum&#187; chiqaradi (ba&#8217;zan bir necha &#171;dum&#187; chiqarishi qam mumkin). Odatda, K.ning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yo&#8217;nalgan bo&#8217;ladi. Har yili 5-10 ta kometa kashf etiladi. Quyosh atrofida aylanish davrlari ular- ning orbitalari cho&#8217;zikligiga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Shuning uchun ularning Quyoshga yaqinlashishi bir necha yildan ming va undan ham ortiq yilda to&#8217;g&#8217;ri kelishi mumkin. K.ning orbita tekisliklari fazoda ixtiyoriy ravishda joylashgan bo&#8217;lib, vaqt o&#8217;tishi b-n katta sayyoralar ta&#8217;sirida o&#8217;z vaziyatlarini o&#8217;zgartiradi. K. yaqinlashgan sari ularning orbita- dagi tezligi ortib (500 km\/s gacha) bo- radi. Perigeliy nuqtasidan o&#8217;tgach, bu tezlik yana kamaya boradi. Shunday kat- ta tezlikka ega bo&#8217;lgan K.dan ba&#8217;zilari sayyoralar b-n to&#8217;qnashishi ham mumkin. Mac, oy sirtidagi kraterlarning ke- lib chiqishida K.ning ham &#171;xizmati&#187; bor. K. bosh va dum qismlarga ajratilib tekshiriladi. K. hali Quyoshdan uzoqda bo&#8217;lganda uning suv, og&#8217;ir elementlar, gaz-changlardan tashkil topgan mo&#8217;zlagan yadro qismigina kuzatiladi. K. b-n Quyosh orasidagi masofa 3-5 astronomik bir- likka (a. b.) tenglashganda Quyosh nurlari ta&#8217;sirida yadro o&#8217;zidan engil gaz va chang zarralarini chiqara boshlaydi. Bu zarra- lar yadro atrofida tuman qobiq \u2014 koma hosil qiladi. Ana shu yadro b-n qobiq birga K.ning &#171;boshi&#187;ni tashkil eta- Di. K. yadrolarining diametri, odatda, 0,5\u201420 km, massasi 10&#8243;-10&#187; kg bo&#8217;ladi. K. b-n Quyosh orasidagi masofa keskin qisqarganda Quyosh nurlarining itarish kuchlari engil chang va b. elementlarni K.dan tashqariga chiqib ketishga majbur etadi va K.da dum hosil bo&#8217;ladi. Hamma K.da ham dum bo&#8217;lavermaydi. Dum bo&#8217;lish- bo&#8217;lmasligi K.ning Quyoshdan uzoq- yaqinligiga, massalariga, ob-havoning tiniqligi va b.ga bog&#8217;liq. K. chang boshi (diametri) bir necha ming km.dan 1-2 km.gacha, dumi esa ba&#8217;zan bir necha o&#8217;n million km.gacha cho&#8217;zilgan bo&#8217;lishi mum- kin. K. dumlarining ko&#8217;rinishiga qarab ularni 3 turga ajratish qabul qilingan: Quyoshdan qarama-qarshi tomonga to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;nalgan dumlar I turga; K.ning orbi- tal qarakatlari yo&#8217;nalishiga teskari tomonga ancha burilgan dumlar II turga; qisqa, deyarli to&#8217;g&#8217;ri va orbital harakat yo&#8217;nalishiga bir oz teskari burilgan dumlar III turga kiradi. I turdagi dum- lar plazmalardan tashkil topgan bo&#8217;lib, Quyosh shamoli ta&#8217;sirida sekundiga o&#8217;nlab va yuzlab km tezlikda K. yadrosini tark etadi. II va III turdagi dumlar chang va zarralardan tashkil topgan. K.lar spektrlarini tekshirish ularning yadro- larini juda mayda qattiq moddalar \u2014 temir, kaltsiy, nikel, natriy, magniy, kremniy, marganes va mo&#8217;zlagan turli gaz- lar (SN4, NH4, N2O, SO2) aralashmasi- dan iboratligini ko&#8217;rsatadi. K.larning kelib chiqishi haqidagi ko&#8217;plab naza- riyalar ichida hrzir qabul qilingan na- zariyaga muvofiq, ular Quyosh sistema- sidagi sayyoralarning hosil bo&#8217;lishi davrida gaz-chang qoldiqlaridan paydo bo&#8217;lgan. Hozirgacha mingdan ortiq K. qayd qilingan, ba&#8217;zilari bir necha martalab kuzatiladi (2002). Eng mashhur davriy K. \u2014 Galley ko- metasi (davri R=76 yil), Enke kometasi (R=3,3 yil), Shvassman \u2014 Vaxman kome- tasi (kometa orbitasi Yupiter va Saturn orbitalari orasida joylashgan). Gal- Ley kometasi 1986 y. perigeliy orqali o&#8217;tganda sobiq Ittifoq, g&#8217;arbiy Evropa va yapon kosmik apparatlari yordamida tadqiq qilingan. K. tabiatini yaxshiroq o&#8217;rganish uchun uni modellashtirishga doir lab. tajribalaridan foydalanila- Di. Geofizik raketalar va kosmik zond- lar yordamida bir necha yuzdan bir necha o&#8217;n ming km balandlikda ishqoriy metal- lar bug&#8217;idan sun&#8217;iy bulutlar \u2014 sun&#8217;iy K. hosil qilingan. Ular ochiq kosmosda K.ni modellash uchun negiz yaratdi. K.ning Quyoshga navbatdagi yaqinlashishida bi- Ron bir davriy kometaga kosmik zond chiqarib, uning tarkibi, magnit may- donlari va b. fizik xususiyatlari to&#8217;g&#8217;risidagi bevosita ma&#8217;lumotlar olish rejalashtirilgan. Abdusalom Latipov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kometalar (Yun. kometes \u2014 uzun sochli) \u2014 Quyosh sistemasiga kiradigan kichik osmon jismlari. K.ning Quyosh atrofidagi harakat yo&#8217;llari (orbitala- ri) kichik Sayyoralarnikiga qaraganda ancha cho&#8217;ziq bo&#8217;lgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina ko&#8217;rinadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kometalar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-123806","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123806","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=123806"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123806\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123811,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123806\/revisions\/123811"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=123806"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=123806"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=123806"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}